Yuqoridan tug’ilish haqida kalomiy tushunchaga ega bo’lish Jamoat hayotida qanday namoyon bo’ladi?

08.18.2017

Yuqoridan tug’ilish haqida kalomiy tushunchaga ega bo’lgan jamoat … A’zo sifatida kimni qabul qilayotganiga ehtiyot bo’ladi. Jamoatga a’zo bo’lish xohishini bildirgan har bir kishidan xushxabarni tushuntirib berishni so’raydi. Tavba qilinmagan biror bir soha bor yoki yo’qligini aniqlaydi. Cho’mdirish va Qutlug’ Kechlikni ehtiyotkorlik bilan amalga oshiradi. A’zolar birovni shoshma-shosharlik bilan va tekshiruvlarsiz cho’mdirishga majbur qilishmaydi. Qutlug’ […]

Jamoat oqsoqoli kim?

07.17.2017

Asoslar: Oqsoqol bu – (i) (1 Timo‘tiy 3:1-7) va (Titus 1:6-9) dagi xususiyatlarga mos keladigan, (ii) o‘z jamoati tomonidan oqsoqol deb tan olingan (iii) va Kalomni o‘rgatish orqali jamoatni (yig‘ilishni) olib boradigan (1 Tim. 3:2), qo‘ylari uchun ibodat qiladigan (Yoqub 5:14) va jamoat masalalari ustidan nazorat qiladigan shaxsdir (1 But. 5:2). Nazorat: Oqsoqol suruv ustidan […]

Ekspozitsion va’z nima?

06.17.2017

Ekspozitsion va’z bu Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy g’oyasini olib, va’zning asosiy g’oyasiga aylantiradigan va bugungi hayotga moslashtiradigan va’zdir. Boshqacha qilib aytganda, ekspozitsion va’z Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy mazmunini “ochib beradi” va tinglovchilar hayotiga uning qanday ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu xolos. Bu shuni anglatadiki, ekspozitsion va’z Faqatgina bir yoki ikki oyatga […]

Jamoatdagi intizomiy chora nima?

05.17.2017

Jamoatdagi intizomiy chora bu jamoat o‘zining bironta a’zosining gunohiga qarshi turish va uni tavbaga chaqirish amalidir; bunda agar shaxs tavba qilmasa, tavba qilinmagan jiddiy gunohi tufayli Isoni tan oluvchi bu jamoatdan va Qutlug‘ Kechlikdan chetlashtirishgacha boriladi. Kengroq ma’noda esa, intizomiy chora jamoat o‘z a’zolariga muqaddaslikka rioya qilishga va gunohga qarshi kurashishga yordam berish uchun ko‘riladigan […]

Jamoat konsultatsiyasi nima?

04.17.2017

Jamoat konsultatsiyasi “konsultatsiya”ni mahalliy jamoatning intizomiy ishiga olib kelishga urinishdir. Bu “tashqaridagi” mutaxassisga murojaat qilishdan ko‘ra, bir-birlarining konsultativ muhtojliklarini qondirishlari uchun jamoat a’zolari va yetakchilarini qurollantirish orqali konsultatsiya amaliyotini qo‘llashdir. Jamoat konsultatsiyasi “mutaxassis” rolidan yoki birovni mutaxassisga borishni tavsiya qilishdan butunlay voz kechmaydi, ayniqsa, murakkab vaziyatlarda. Shunga qaramay, bir necha kalomiy qarashlarga asoslanadi: 1) Konsultatsiya […]

Xizmatdagi muvaffaqiyat nima? U qanday o’lchanadi?

03.21.2017

Bu qiyin savol, chunki bu savolga javob berayotganda bir-biriga raqobatdosh har xil tamoyillar yuzaga keladi. G’ayritabiiy narsalarni o’lchash?G’ayritabiiy hosilni har doim ham o’lchab bo’lmaydi. Muvaffaqiyat ishonchlilik bilan barobar.Muvaffaqiyatning eng muhim mezonlaridan biri bu Xudo Kalomini ishonchli tarzda (o’zgartirmasdan) va’z qilish va Kalomga mos ravishda yashashdir. Bu jamoatga qatnovchilar sonidan muhimroq narsa.Jamoatga qatnaydigan odamlarning soni e’tiborga […]

Yuqoridan tug’ilish nima?

03.17.2017

Yuqoridan tug’ilish inson hayotidagi 180 darajaga burilish hisoblanadi. Bu najotga erishish uchun shaxs butun o‘zligini gunohdan Masihga burishi hisoblanadi. Butga sajda qilishdan, Xudoga sajda qilishga. O‘zini o‘zi oqlashdan, Masihning oqlashiga. O‘z-o‘zini boshqarishdan, Xudo boshqaruviga. Yuqoridan tug’ilish bu Xudo ruhan o‘lganlarni uyg‘otganda va ularni o‘z gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga imkon berganda sodir bo‘ladigan […]

Gunoh nima?

02.18.2017

Gunoh mohiyatan Xudoga qarshi isyondir (Rim. 1:18-32). Gunoh Xudoni Xudo sifatida tan olishni rad etish va o‘zimizni Xudo o‘rniga qo‘yishdir. Gunoh Xudoning irodasi va qonuniga to‘la mos kelmaydigan har qanday amaldir (1-Yuhanno. 3:4). Gunoh Xudoning g‘azabini keltirib chiqaradi. Xudo muqaddasligi sababli, U gunoh uchun jazolaydi. Xudo bir kun kelib barcha insonni hukm qilishni va har bir kishini […]

Xushxabarchilik nima?

02.17.2017

Xushxabarchilik – bu boshqalarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilgani haqidagi yaxshi – xush xabarni aytishdir. Buni amalga oshirish uchun, siz boshqalarga quyidagilarni aytishingiz kerak: Xudo muqaddasdir (1 Yuhanno 1:5). U barchaning Yaratuvchisidir (Ibtido 1:1). Hamma odamlar gunohkor va Xudoning adolatli, abadiy qahriga munosibdir (Rim. 3:10-19, Mark 9:48, Vahiy 14:11). To‘laqonli Xudo va to‘laqonli […]

“Kalomiy teologiya” nima degani?

01.18.2017

“Kalomiy teologiya” atamasi ikki usulda ishlatilishi mumkin: Sog‘lom doktrina (ta’limot). Bu atama o‘rtamiyona odam o‘ylaydigan ma’noni bildirishi mumkin: ya’ni bu Kalomga mos teologiya yoki Xudo Kalomida O‘zi haqida namoyon qilgan haqiqatlarni o‘zida aniq aks ettirgan teologiyadir. Jamoat yetakchilari odatda ommabop o‘lgan, birovni xafa qilmaydigan va odamlar eshitishni xohlagan narsalarni o‘rgatish vasvasasiga uchraydilar. Ular an’anaga sodiq qolgan […]