Cho‘pon nima uchun ekspozitsion va’z aytishi kerak?
Cho‘pon ekspozitsion (izohli) va’z aytishi kerak, chunki Xudo Kalomi orqali Xudo ishlaydi. Gapiruvchi Xudo ijro etuvchi hamdir.* Xudo olamni O‘z Kalomi orqali yaratgan (Ibt. 1:3; Zab. 33:6), va U bizni O‘z Kalomi orqali yangidan yaratadi (2-Kor. 4:5-6). Xudo Ibrohimni So‘zi orqali O‘ziga chaqirgan va U imonlilarni So‘zi orqali O‘ziga chaqirmoqda (Ibt. 12:3; Rim. 8:30). Xudoning Kalomi […]
Jamoatlar yig‘ilganda nima qilishlari kerakligi haqida Yangi Ahdda nima deyilgan?
Yangi Ahdda jamoatlar yig‘ilganda ular Kalomni o‘qishlari, Kalomni va’z qilishlari, Kalomni ibodat qilishlari, Kalomni kuylashlari va Kalomni ko‘rishlari kerakligi aytilgan. Kalomni o‘qish: Pavlus Timo‘tiyga “Muqaddas Bitiklarni ovoz chiqarib o‘qishga .. vaqtingni bag‘ishla”, deb aytadi (1 Tim. 4:13). Jamoatlar o‘z yig‘ilishlarida Kalomni ovoz chiqarib o‘qishlari lozim. Kalomni va’z qilish: Pavlus Timo‘tiyga, “Xudoning Kalomini targ‘ib qil”, deb aytadi (2 Tim. […]
Odamlar ekspozitsion va’z haqida qanday noto‘g‘ri fikr qilishadi?
Kop odamlarda ekspositsion va’z haqida quyidagicha noto‘g‘ri fikrlar mavjud: Zerikarli egzegetik (talqin qiluvchi) ma’ruza.Ekspozitsion va’z quruq, akademik ma’ruza emas. To’g‘ri, u sinchikovlik bilan qilingan ekzegetikani/talqinni o‘z ichiga olishi kerak, lekin u, odatda, o‘sha ekzegetikaning mayda-chuyda tafsilotlarini taqdim etmasligi kerak. Aksincha, ekspozitsion va’z parchaning mohiyatini uning tinglovchilariga yo‘l-yoriq beradigan, ularni tuzatadigan va ayblarini ko‘rsatadigan tarzda aniq […]
Qanday qilib va’zxon o‘z jamoatini ekspozitsion va’zdan samarali foydalanishga tayyorlay oladi?
Ularni cho‘zilishga majbur qiladigan yuqorilikdagi darajada va’z qiling, lekin va’z boshlari ustidan uchib ketadigan darajada yuqori bo‘lmasin. Matnni ularning hayotlariga xos ravishda moslashtiring. Jamoatni yaqin kelajakda aytiladigan barcha va’zlarning ro‘yxati keltirilgan varaqalar, blog postlar yoki shunga o‘xshash narsalar bilan ta’minlang, toki jamoat kelasi haftalarda va’zxon qaysi kalomiy matnlar bo‘yicha va’z qilishi haqida oldindan xabardor bo‘lsin. […]
Qay tarzda ekspozitsion va’z xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin?
Buning o‘zi xushxabarga yo‘naltirilgan. Xudoning Kalomi gunohkorlarni imonga keltiradi (Rim. 10:17; 1-But 1:23). Har hafta Xudo Kalomini sadoqat bilan va’z qilish ruhan o‘lik gunohkorlarga ruhiy hayotning yagona manbasi, ya’ni Xudoning Kalomini ochib beradi. Shuning uchun, ekspozitsion va’z mohiyatan xushxabarga yo‘nalgan. Har bir va’zda xushxabarni va’z qiling. Muqaddas Kitobdagi har bir matn, to‘g‘ri tushunilsa, Iso Masihning shaxsi va najotkorlik […]
Cho‘pon qanday qilib jamoatning umumiy xushxabarchilik guvohligini rivojlantira oladi?
Ekspozitsion (izohli) va’z ayting.Odamlaringiz har hafta Xudoning so‘zini eshitgani sari, ular Uning ulug‘vorligini dunyoga namoyon etib borishadi. Haftadan haftaga ularning hayotlari o‘z najotkorlari – Iso Masihning odamlar diqqat markazidagi surati bo‘lib boradi. Har hafta xushxabarni va’z qiling. Odamlaringiz har hafta xushxabarni tinglar ekan, ular uni qadrlashda, tushunishda o‘sadilar va uni boshqalar bilan bo‘lishish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Va’zlaringizda […]
Ekspozitsion va’z boshqa turdagi va’zlardan qay tarzda farqlanadi?
Tematik (mavzuviy) va’z: Tematik va’zda va’zxon o‘zi yetkazmoqchi bo‘lgan mavzuni tanlaydi va keyin o‘sha mavzuga mos kalomdan material izlaydi. Tematik va’z va’zxonning kun tartibi (rejasi)dan, ya’ni, u gapirishni xohlagan narsadan kelib chiqadi. Ekspozitsion va’z esa, boshqa tomondan, Muqaddas Kitobdan boshlanadi. Va’zxon nimani va’z qilishga qaror qilmasdan Kalomga qaraydi; u Kalomdagi matnga qaraydi va nimani va’z qilishni […]



