Doimiy tarzda sokin vaqt o‘tkazish cho‘pon uchun muhimmi?

04.17.2016

Isoning O‘zi yolg‘iz qolib ibodat qila olish uchun katta olomonga xizmat qilishni to‘xtatib, kimsasiz joylarga borardi (Luqo 5:12-16). Havoriy Pavlus uzoq va yaqindagi jamoatlar uchun ibodat qilishga vaqt ajratadi (Rim. 1:9-10, 1-Kor. 1:4, Efes. 1:16, Fil. 1:4, Kol. 1:3). Lekin, agar Iso va Pavlusning misollari yetarli bo‘lmasa, quyida cho‘ponlar nima uchun har kuni Kalom o‘qish […]

Qanday holatda bolaning o‘zini yomon tutishi otasining oqsoqol yoki cho‘pon bo‘lish huquqidan mahrum etadi?

03.17.2016

Bola ota-onasidan mustaqil bo‘lganda, u ota-onasining hokimiyati ostidan chiqadi, Pavlusning Titusga yozgan maktubidagi gapi shunga tegishli. Bola ulg‘ayib, uyini tark etganda hech qaysi yaxshi ota-onalik uning Masihni Rabbim deb tan olishiga va bu bo‘yicha yashashiga kafolat bera olmaydi. Agar bola hali ota-onasining hokimiyati ostida bo‘lsa, uning o‘zini tutishi ikki holatda otasini oqsoqol bo‘lishi huquqidan mahrum […]

Jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan qutulish uchun, shunchaki, a’zolikdan chiqib ketishlari mumkinmi?

02.17.2016

Ba’zan intizomiy chora ko‘rilish jarayonida turgan jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan saqlanish maqsadida jamoat a’zoligidan chiqishga urinishadi. Jamoat bunga yo‘l qo‘yib berishi kerakmi? Albatta, yo‘q. Jamoatlar o‘z a’zolariga, shunchaki, intizomiy choradan qutulish uchun jamoat a’zoligidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak: Iso jamoatga, ya’ni bir butunlik sifatidagi mahalliy jamoatga kim ularga tegishli yoki tegishli emasligini belgilash vakolatini […]

Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?

01.17.2016

Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]

Yangi Ahdning qaysi joyida biz jamoat a’zoligini ko‘ramiz?

01.14.2016

Matto 18:15-17: “Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan boʻlasiz. Agar sizga quloq solmasa, oʻzingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki «har bir masala ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi.» […]

Nima uchun cho‘ponlar jamoat yetakchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga shaxsan ustozlik qilishlari kerak?

01.09.2016

Muqaddas Kitobda shunday buyurilgan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus quyidagicha yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.” Timo‘tiyga maktubi faqatgina Timo‘tiyga emas, bizga uchun ham taalluqli ekan (Rim. 15:4, 2-Tim. 3:16-17), har bir mahalliy jamoat cho‘poni jamoatdagi boshqa odamlarni ta’lim beruvchilar qilib tayyorlashi kerak. […]

Ayollar cho‘pon yoki oqsoqol bo‘lishlari mumkinmi?

12.17.2015

Ushbu qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan savolga javob berish uchun bir necha kalomiy parchalarga qarab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Erkaklar va ayollar Xudoning suratida yaratilganlar va Xudoning nazarida teng qadr va mavqega egalar (Ibt. 1:26-28). Xudo yaratilish strukturasining ichida erkaklar va ayollar uchun har xil rollar bergan. U Odam Atoni bosh, yetakchi bo‘lish va hokimiyat uchun yaratgan […]

Cho‘pon Xudo tomonidan xizmatga “chaqirilishi” kerakmi?

11.17.2015

Bir tomondan, Yangi Ahddagi oqsoqollik yoki cho‘ponlik xizmati uchun maxsus “chaqirilish” talab etilishi haqida Kalomda hech narsa deyilmagan. Cho‘ponlar Eski Ahddagi payg‘ambarlar va oliy ruhoniylar chaqirilganiga o‘xshash tarzda (Yer. 1:5; Ibr. 5:4) xizmatga chaqirilishi kerakligi haqida Yangi Ahdda hech nima deyilmagan. Bundan tashqari, Yangi Ahdda “chaqirilish” atamasi hech qachon cho‘ponlik xizmatiga nisbatan ishlatilmagan, faqatgina umumiy […]

Xushxabar nima?

09.17.2015

Xushxabar Iso Masih gunohkorlarni Xudo bilan yarashtirish uchun qilgan ishi haqidagi xush xabardir. Quyida batafsilroq yoritiladi: Yakkayu-yagona, muqaddas Xudo bizni O‘z suratida yaratdi, toki biz uni tanib bilaylik (Ibt. 1:26-28). Lekin, biz gunoh qildik va o‘zimizni Undan ajratdik (Ibt. 3; Rim. 3:23). O‘zining buyuk sevgisi bilan, Xudo O‘z Og‘li Iso Masihni shoh sifatida kelib, O‘z […]

Cho‘pon o‘z xotinini sevishning ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?

08.17.2015

Jamoat siz bilan cho‘ponlik lavozimi uchun suhbat o‘tkazayotganida, ular xotiningizni emas, sizni ishga olishayotganligini tushuntiring (Muqaddas Kitobda oqsoqollarning xotinlari haqida hech narsa deyilmagan). Jamoat xotiningiz nima qilishi haqida so‘raganda, u jamoatga qo‘shilmoqchiligi va xuddi boshqalarga o‘xshab jamoatning oddiy bir a’zosi bo‘lmoqchiligini ayting. Jamoatning qo‘shimcha kutishlaridan o‘z qalbini himoya qilishga unga yordam bering. U jamoatdagi o‘z […]