9Белгилар Ҳақида

9 ta BELGI HAQIDA

Maqsadi

9 ta Belgi sog‘lom jamoatlar orqali Xudoning ulug‘vorligini xalqlarga namoyon etish uchun jamoat yetakchilarini kalomiy nuqtai nazar va amaliy manbalar bilan ta’minlash maqsadida fa’oliyat ko‘rsatadi.

Tarixi

Tashkilotning ildizi Vashington DCdagi “Capitol Hill Baptist” Jamoatida Mark Dever va Met Schmuckerning cho‘ponlik mehnatlariga borib taqaladi. Bu jamoat bir necha o‘n yillar davomida tanazzulda bo‘lgan paytda 1990-yillarning boshlariga kelib Mark (cho‘pon) va Met (ma’mur/oqsoqol) uni isloh qilishga kirishishgan. Ikkovlari jamoat o‘sishiga doir adabiyotlarning odatiy an’anasi – so‘rovlar o‘tkazish, yangi dasturlar ishlab chiqish yoki to‘g‘ri madaniyatni shakllantirish – yo‘lidan bormadilar. Ular, shunchaki, qo‘llaridagi Muqaddas Kitoblarini ochdilar. Mark va’z aytadi va ikkovi jamoatni Muqaddas Yozuvlardan kelib chiqib strukturalash (tuzish) ustida ishlaydilar.

Kitob

Metning undovi bilan, Mark “Sog‘lom Jamoatning 9 ta Belgisi” nomli o‘zi chop etgan bukletini yozadi, bir necha yillardan keyin esa, u “Crossway”da chop etilgan “Sog‘lom Jamoatning To‘qqizta Belgisi” nomli kitobga aylanadi. Mark va Metning muhokamalari foydali ekanligini o‘zlari uchun kashf etgan cho‘ponlarning soni tobora oshib ketgani sababli 90-yillarning oxirlarida tashkilot dunyoga keladi va o‘shandan boshlab sekin-astalik bilan rivojlanib kelmoqda.

Tashkilot

9 ta Belgi mahalliy jamoat Xudo O‘z ulug‘vorligini xalqlarga namoyon etish rejasining diqqat markazi ekanligiga va jamoat hayoti uchun Kalomning o‘zi yetarli ekanligiga ishonadi. Shuning uchun, tashkilot sifatida biz diqqatimizni jamoatga, Kalomga Cho‘ponga qaratamiz. Biz fikrlar va uslublar xilma-xilligini ham, shu bilan birga, hamfikr hamkorliklarni ham qadrlaymiz. Biz Xudo Kalomini bilishda o‘sishni va uni mahalliy jamoatda qo‘llashni davom ettirishga umid qilamiz. Shu bilan birga, biz yangilarini yaratib emas, aksincha, mavjud joylar, platformalar va institutlar orqali o‘z kontentimizni tarqatish niyatidamiz.

To‘qqizta belgi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) Ekspozitsion va’z, (2) kalomiy teologiya, (3) xushxabarga doir kalomiy tushuncha, (4) yuqoridan tug‘ilishga doir kalomiy tushuncha, (5) xushxabarchilikka doir kalomiy tushuncha, (6) kalomga asoslangan jamoat a’zoligi, (7) kalomga asoslangan intizomiy chora, (8) kalomga asoslangan shogirdlik va o‘sish hamda (9) kalomga asoslangan jamoat yetakchiligi. Bular sog‘lom jamoatlar barpo etish uchun kerak bo‘lgan narsalarning to‘liq ro‘yxati emas, ular bugungi kunda ko‘pgina jamoatlarning e’tiboridan chetda qolayotgan va qaytadan urg‘u berilishi kerak bo‘lgan to‘qqizta amaldir.

 9 ta Belgining maqsadi

9 ta Belgi sog‘lom jamoatlar orqali Xudoning ulug‘vorligini xalqlarga namoyon etish uchun jamoat yetakchilarini kalomiy nuqtai nazar va amaliy manbalar bilan ta’minlash maqsadida fa’oliyat ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqib, biz bu to‘qqizta belgilarga ega sog‘lom jamoatlarni ko‘rishni xohlaymiz:

Sog‘lom jamoatning 9 ta belgisi

  1. Ekspozitsion va’z

Bu nima?

Ekspozitsion va’z Kalomdagi parchaning asosiy g‘oyasini olib, va’zning asosiy g‘oyasiga aylantiradigan va uni bugungi hayotga qo‘llaydigan va’z aytish turidir.

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

  • Kalomga binoan, Xudo gapirish (aytish) orqali amalga oshirishni xohlagan ishni amalga oshiradi (Ibtido 1:3, Ishayo 55:10-11, Havoriylar 12:24). Bu shuni anglatadiki, agar voizxonlar o‘z va’zlari Xudoning qudratiga to‘lgan bo‘lishini xohlashsa, ular Xudo aytgan so‘zlarni va’z qilishi kerak.
  • Muqaddas Kitobda bunday va’z va ta’limot turiga ko‘pgina misollar keltirilgan: Levi ruhoniylari qonunni o‘rgatishgan (Qonunlar 33:10), Ezra va Levilar Tavrot kitobidan o‘qib, mazmunini tushuntirib berdilar (Naximiyo 8:8), Butrus va havoriylar Kalomni talqin qilib berib, o‘z tinglovchilarini tavba va imon bilan javob qaytarishga undashgan (Havoriylar 2:14-41, 13:16-47).
  • Boshqa tomondan, Xudo Uning og‘zidan “chiqqan so‘zlarni emas, o‘z dil orzularini” aytadiganlarni hukm qiladi (Yeremiyo 23:16, 18, 21-22).

Bu nima uchun muhim?

Ekspozitsion va’z muhim, chunki Xudoning Kalomi ayblarni ko‘rsatadi, tavbaga yetaklaydi, Xudo xalqining imonini mustahkamlaydi va muqaddaslaydi (Ibr. 4:12; 1-But. 1:23; 1-Sal. 2:13; Yuhanno 17:17). Matnning asosiy g‘oyasini va’zning asosiy g‘oyasiga aylantiradigan va’z aytish turi voizxonning emas, Xudoning dasturi jamoatni boshqarishiga yo‘l qo‘yib beradi.

  1. Kalomiy teologiya

Bu nima?

Kalomiy teologiya bu sog‘lom doktrinadir (ta’limot); u Xudo haqidagi to‘g‘ri fikrlardir; u Kalomga mos e’tiqoddir.

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

  1. Butun Kalom sog‘lom ta’limotni o‘rgatadi.
  2. Ko‘pgina Yangi Ahd kitoblari, xususan Pavlusning Rimliklarga va Efesliklarga maktublari boy doktrinal ta’limot bilan to‘lib toshgan (Rim. 1-11 va Efes. 1-3ga qarang).
  3. Yangi Ahd mualliflari sog‘lom imonlilar va sog‘lom jamoatlar uchun sog‘lom ta’limot muhim ekanligini tez-tez ta’kidlashadi (1-Tim. 1:5, 2-Yuh 1-6, va Titus 2:1-10).

Bu nima uchun muhim?

Kalomiy teologiya quyidagi sabablar tufayli muhim:

  1. Xushxabarchilik. Xushxabar bu ta’limotdir. Shuning uchun sog‘lom ta’limot xushxabarchilik uchun zarur.
  2. Shogirdlik. Iso shunday ibodat qiladi: “Sening kaloming haqiqatdir. Haqiqat orqali ularni Oʻzing uchun ajratib olgin” (Yuh. 17:17). Masihiylar haqiqatni o‘rganish va undan kelib chiqib yashash orqali, boshqacha qilib aytganda, sog‘lom ta’limot orqali o‘sadilar.
  3. Birlik. Yangi Ahdga binoan, yagona haiqiqiy birlik bu haqiqatdagi birlikdir (1-Yuh. 1:1-4; 2-Yuh. 10-11).
  4.    Ulug‘lash. Xudoni ulug‘lash Uning buyuk ishlarini e’lon qilish (1-But. 2:9-10) va Uning muqaddas ulug‘vorligini ko‘kka ko‘tarishdir (Zabur 28:2). Haqiqiy sajda sog‘lom ta’limotdan kelib chiqadi.
  1. Xushxabarga doir kalomiy tushuncha

Bu nima?

Xushxabar bu:

  • Muqaddas bo‘lgan yagona Xudo uni tanib bilishimiz uchun bizni O‘z suratida yaratdi (Ibt. 1:26-28).
  • Lekin biz gunoh qildik va o‘zimizni Undan ajratdik (Ibt. 3; Rim. 3:23).
  • Uning buyuk sevgisi tufayli, Xudo Masihda inson bo‘ldi, mukammal hayot kechirdi va xochda qurbon bo‘ldi, shu tariqa, qonunni O‘zi bajo keltirdi va bir kun kelib gunohidan tavba qiladigan va Unga imon keltiradigan barcha insonning gunohlari uchun jazoni O‘z bo‘yniga oldi (Yuh 1:14; Ibr. 7:26; Rim. 3:21-26, 5:12-21).
  • U o‘likdan tirildi va bu orqali Xudo Masihning qurbonligini qabul qilganligi va Uning bizga qarshi qahr-g‘azabi qondirilganligi namoyon bo‘ldi (Hav. 2:24, Rim. 4:25).
  • U hozir bizni gunohlarimizdan tavba qilishga va kechirilishimiz uchun faqatgina Masihga imon keltirishga chaqirmoqda (Hav. 17:30, Yuh. 1:12). Agar biz gunohlarimizdan tavba qilsak va Masihga imon keltirsak, biz yangi hayot uchun, Xudo bilan birgalikdagi abadiy hayot uchun qaytadan tug‘ilamiz (Yuh 3:16).
  • U Masihga Rabbiy sifatida bo‘ysungan barcha insonlar orasidan O‘ziga yangi bir xalq yig‘moqda (Matto 16:15-19; Efes. 2:11-19).

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

Rimliklarga 1-4-boblarda butun Kalomdagi xushxabarning eng to‘liq bayonlaridan biri keltirilgan va 1-Korinfliklar 15:1-4da xushxabarning lo‘nda xulosasi berilgan.

Bu nima uchun muhim?

  • Xushxabarga doir kalomiy tushunchaga ega bo‘lish juda muhim, chunki xushxabar unga ishonadigan har bir kishining najotga erishishi uchun Xudoning qudratidir va u gunohkor odamlar uchun muqaddas Xudo bilan birlasha oladigan yagona yo‘ldir.
  • Faqatgina bu emas, balki jamoatdagi har bir narsa, xoh va’z aytish bo‘lsin, xoh nasihat, shogirdlik, hamdu-sano, xushxabarchilik, elchilik safarlari va hokazolar uning xushxabarni qanday tushunganidan kelib chiqadi.
  1. Yuqoridan tug‘ilishga doir kalomiy tushuncha

Bu nima?

Yuqoridan tug‘ilishga doir kalomiy tushuncha najot uchun Xudo nima qilishini ham, odamlar nima qilishi ham tan oladi. Yuqoridan tug‘ilishda, Xudo

  • o‘lik bo‘lganga hayot beradi (Efes. 2:5)
  • ko‘rlarning ko‘zini ochadi (2-Kor. 4:3-6)
  • imon beradi hamda tavbaga olib keladi (Fil. 1:29; Hav 11:18).

Yuqoridan tug‘ilishda, odamlar

  • gunohidan tavba qiladi (Mark 1:15; Hav. 3:19)
  • va Masihga imon keltiradi (Yuh. 3:16; Rim. 3:21-26).

Yuqoridan tug‘ilishga doir kalomiy tushuncha faqatgina Xudo najot bera olishi va U shaxslarni xushxabarga javoban gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga qodir qilish orqali najot berishini tan oladi.

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

  • Iso odamlarni tavba qilishga va Unga imon keltirishga chaqirgan (Mark 1:15). Inson yuqoridan tug‘ilmasdan turib Osmon Shohligiga kirolmasligini aytgan (Yuh. 3:1-8).
  • Havoriylar kitobida, havoriylar odamlarni o‘z gunohlaridan yuz o‘girib, Masihga imon keltirishga chaqiradilar (Hav. 2:38, 3:19-20, 10:43, 13:38-39, 16:31, 17:30).
  • Ko‘pgina maktublar bizning tavba qilishimiz va Masihga imon keltirishimiz zarurligi hamda buni amalga oshirishdagi Xudoning g‘ayritabiiy ishini tasvirlaydi (Rim. 6:1-23; 1-Kor. 2:14-15; 2-Kor. 4:3-6; Efes. 2:1-10; 1-Sal. 1:9-10; 2-Tim. 2:25-26).

Bu nima uchun muhim?

Yuqoridan tug‘ilishga doir kalomiy tushunchaga ega bo‘lish jamoatlar uchun muhim, chunki

  1. Bu jamoatlar masihiy bo‘lmaganlarni qanday da’vat etishlari kerakligini aniqlashtiradi – ular masihiy bo‘lmaganlarni o‘z gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga da’vat etishlari lozim.
  2. Bu jamoatlar o‘z xushxabarchilik harakatlarida Xudoga tayanishlari kerakligini ularga eslatadi; faqatgina U yangi ruhiy hayot bera oladi.
  3. Bu jamoatlarga o‘zlari va dunyo o‘rtasidagi aniq farqlovchi chegarani saqlashni o‘rgatadi.

o   Jamoat a’zolarining hayotida yuqoridan tug‘ilish mevalari namoyon bo‘lishi kerak,

o   Jamoatlar faqatgina yuqoridan tug‘ilish alomatini namoyon qilgan odamlarnigina cho‘mdirishi va Qutlug‘ Kechlikda ishtirok etishlariga ruxsat berishi kerak.

Jamoatlar xushxabarchilikni va masihiy hayot haqidagi ta’limotni shu tarzda amalga oshirishi kerakki, yuqoridan tug‘ilishning keskin farqlanadigan tabiatiga doimiy tarzda urg‘u berib turilishi kerak.

  1. Xushxabarchilikka doir kalomiy tushuncha

Bu nima?

Xushxabarchilik bu masihiy bo‘lmaganlarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilganligi haqidagi xush xabarni shunchaki aytish va ularni tavba qilishga va imon keltirishga undashdir. Kalomga mos ravishda xushxabar aytish uchun siz quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

  1. Xushxabarni to‘liq va’z qiling, hatto bizning gunohlarimizga qarshi Xudoning g‘azabi haqidagi og‘ir xabarni ham.
  2. Odamlarni o‘z gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga da’vat eting.
  3. Masihga ishonish qimmatga tushishi, lekin u bunga arzishini tushuntirib bering.

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

Muqaddas Kitob xushxabarchilikka doir ta’limotni ham (Matto 28:19-20; Rim. 10:14-17; 1-But. 3:15-16) xushxabarchilik va’zlariga misollarni ham (Hav 2:14-41, 3:12-26, 13:16-49, 17:22-31ga qarang) o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, har safar Muqaddas Kitobda xushxabar haqida gapirilganda u bizga xushxabar aytayotganda nimalar bilan bo‘lishishimiz kerakligini o‘rgatayotgan bo‘ladi (misol uchun, Rimliklarga 1-4 va 1-Korinfliklarga 15:1-4ga qarang).

Bu nima uchun muhim?

  • Jamoat xushxabarga doir kalomiy bo‘lmagan tushunchaga ega bo‘lganda, ular xushxabar aytmaydilar, ular noto‘g’ri yoki manipulatsiya qilish yo‘llarida xushxabar aytadilar yoki ular xushxabardan boshqa xabar bilan bo‘lishadilar.
  • Boshqa tomondan, xushxabarchilikka doir kalomiy tushuncha Xudoning jamoatga bergan vazifasidagi bizning rolimizni oydinlashtiradi: biz Masih qilgan ishi haqidagi xushxabarni va’z qilishimiz va Xudo odamlarni bunga ishonishga olib kelishi uchun ibodat qilishimiz kerak.
  1. Jamoat a’zoligi

Bu nima?

Muqaddas Kitobga ko‘ra jamoat a’zoligi har bir masihiy mahalliy jamoatga qatnashi, uni sevishi, unga xizmat qilishi hamda unga bo‘ysunishi kerakligi majburiyatidir.

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

  • Butun Eski Ahd tarixi bo‘ylab Xudo O‘z xalqi va dunyo o‘rtasidagi farqni aniq belgilab qo‘ydi (Levi. 13:46, Sah. 5:3, Qon. 7:3ga qarang).
  • Masih ta’kidlaydiki, Xudo shohligiga kirish “yerdagi” jamoatga bog‘liq bo‘lishni bildiradi (Matto 16:16-19; 18:17-19). Yerdagi jamoatni biz qayerda ko‘ramiz? Mahalliy jamoatda.
  • Yangi Ahdda ba’zi odamlar jamoat ichida va ba’zi odamlar jamoatdan tashqarida ekanligi aniq ta’kidlangan (1-Kor. 5:12-13). Bu shunchaki tasodifiy birlashma emas.
  • Korinfdagi jamoat ma’lum bir songa ega imonlilardan tashkil topgan edi, shuning uchun, Pavlus jazoning ko‘pchilik tomonidan berilishi haqida gapira olgan (2-Kor. 2:6).
  • Yangi Ahdda nafaqat jamoat a’zoligining haqqoniyligi haqida gapirilgan, shu bilan birga, undagi o‘nlab “bir-biringiz” jumlasi mahalliy jamoatlarga qarata yozilgan va bu jamoat a’zoligi amalda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerakligiga doir bizning tushunchamizni to‘ldiradi.

Bu nima uchun muhim?

Kalomga asoslangan jamoat a’zoligi muhimdir, chunki jamoat dunyoda turib Xudoning guvohligini o‘zida aks ettiradi. U Xudoning ulug‘vorligini namoyon etadi. Jamoat a’zoligi orqali imonsizlar Xudo xalqining o‘zgargan hayotlarida Uning muqaddas va inoyatli ekanligi hamda Uning injil xushxabari najot berish va gunohkorlarni o‘zgartirish qudratiga ega ekanligini ko‘rishlari kerak.

  1. Jamoatdagi intizomiy chora

Bu nima?

  • Kengroq ma’noda, jamoatdagi intizomiy chora jamoat o‘z a’zolari muqaddaslikka intilishlari va gunohga qarshi kurashishlariga yordam berish uchun qiladigan har qanday choradir. Va’z aytish, ta’lim berish, ibodat qilish, umumiy sajda, hisobdorlik munosabatlari, cho‘ponlar va oqsoqollar tomonidan amalga oshiriladigan xudojo‘ylik nazorati – bularning hammasi intizomiy chora ko‘rinishlaridir.
  • Torroq ma’noda, jamoatdagi intizomiy chora tana hayotidagi gunohni tuzatish amalidir, bu biror bir masihiyni tavba qilmagan jiddiy gunohi tufayli oxirgi ehtimoliy qadam bo‘lgan jamoat a’zoligidan chetlatish va Qutlug‘ Kechlikda ishtirok etishni taqiqlash chorasini o‘z ichiga oladi (Matto 18:15-20, 1-Kor. 5:1-13ga qarang).

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

  • Yangi Ahdning quyidagi parchalarida tuzatuvchi intizomiy chora (tavba qilmagan gunohkorlarni jamoat birodarligidan chetlatish chorasi)ni qo‘llash buyurilgan: Matto 18:15-17, 1-Korinfliklarga 5:1-13, 2-Korinfliklarga 2:6 va 2-Salonikaliklarga 3:6-15.
  • Yangi Ahdda bunyod etuvchi intizomiy chora (bizning muqaddaslikda birga o‘sish yo‘lidagi harakatlarimiz) haqida ko‘plab muqaddaslikka intilish va bir-birimizning imonimizni mustahkamlashga doir son-sanoqsiz parchalarda gapirilgan: masalan, Efesliklarga 4:11-32 va Filippiliklarga 2:1-18.

Bu nima uchun muhim?

Intizomiy choraga daraxtni to‘g‘ri o‘sishga yordam beradigan tirgak sifatida, velosipeddagi qo‘shimcha g‘ildiraklar sifatida yoki sozandaning soatlab mashq qilishlari sifatida qarang. Intizom bo‘lmasa Xudo xohlaganidek o‘sa olmaymiz. Intizom bilan esa, Xudoning inoyati tufayli, biz tinch-totuvlik va solihlik mevasini keltiramiz (Ibr. 12:5-11).

  1. Shogirdlik

Bu nima?

Kalom bizga tirik masihiy o‘sayotgan masihiy ekanligini o‘rgatadi (2-But. 1:8-10). Shu bilan birga, Kalom bizga nafaqat ko‘rsatmalar orqali, balki o‘rnak olish orqali ham o‘sishni o‘rgatadi (1-Kor. 4:16; 11:1). Shuning uchun, jamoatlar o‘z a’zolarini ham muqaddaslikda o‘sishga, ham buni bajarishni boshqalarga o‘rgatishga da’vat etishlari lozim.

Kaloming qaysi joyida bu haqda yozilgan?

  • Butrus o‘z o‘quvchilarini inoyatda, Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni tanib-bilishda o‘sishga chorlamoqda (2-But. 3:18).
  • Pavlus Efesliklarni bir-birlariga haqiqatni mehr-muhabbat bilan aytib o‘sishga undaydi (Efes. 4:15).
  • Muqaddas Kitobdagi ko‘pgina parchalar bizni xudojo‘y yetakchilardan o‘rnak olishga undaydi (Fil. 4:9; Ibr. 13:7).

Asosiy g‘oya shuki, Muqaddas Kitobga binoan, barcha masihiylar Masihda o‘sishlari, boshqa masihiylardan o‘rnak olishlari va boshqalarni Masihga o‘xshab borishda qo‘llab-quvvatlashlari kerak.

Bu nima uchun muhim?

  1. Kalomga asoslangan shogirdlik va o‘sishni ilgari surish muhim, chunki bizlardan hech birimiz mukammal emasmiz. O‘lgunimizcha biz, barcha masihiylar, gunohga qarshi kurashamiz va bu kurashda olishimiz mumkin bo‘lgan har qanday yordamga muhtojmiz.
  2. Agar jamoat shogirdlik va o‘sishni e’tibordan chetda qoldirsa yoki uning egri, kalomga mos bo‘lmagan ko‘rinishini o‘rgatsa, u haqiqiy masihiylarning hafsalasini pir qiladi va soxta masihiylarni noto‘g‘ri ravishda ishontiradi. Aksincha, agar jamoat masihiy shogirdlik va o‘sish madaniyatini rivojlantirsa, u imonlilarning muqaddaslikda o‘sish harakatlarini oshiradi.
  3. Imonda o‘smayotgan jamoat oxir-oqibatda dunyoga nosog‘lom shohidlikni keltirib chiqaradi.
  1. Yetakchilik

Bu nima?

Muqaddas Kitob har bir mahalliy jamoat oqsoqollar deb nomlangan xudojo‘y, kerakli xislatlarga ega odamlar ko‘pligi tomonidan boshqarilishi (yetaklanishi) kerakligini o‘rgatadi.

Kalomning qaysi joyida bu haqda yozilgan?

Pavlus oqsoqollardan talab etiladigan xislatlarni 1-Timo‘tiy 3:1-7 va Titus 1:5-9da sanab o‘tadi. Bitta mahalliy jamoatda oqsoqollar ko‘p ekanligini tasdiqlovchi parchalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Havoriylar 14:23, Havoriylar 20:17, 1-Timo‘tiy 4:14, 1-Timo‘tiy 5:17 va Yoqub 5:14.

Bu nima uchun muhim?

Xudo jamoatlarga oqsoqollarni beradi toki ular:

  • Xudo suruvini Xudo Kalomi bilan boqsin (Yuh. 21:15-17),
  • suruvni yetaklasin (1-Tim. 4:16; 1-But. 5:3, Ibr. 13:7),
  • va suruvni hujumchilardan saqlasin (Hav. 20:27-29; 2-Tim. 4:3-4; Tit. 1:9),
  • o‘zlarini ham, jamoatni ham oqsoqollarning ko‘pchiligi donoligi yordamida himoya qilsin (Hikm. 11:14; 24:6).

Xullas, kalomga mos jamoat yetakchiligi muhimdir, chunki usiz Xudoning xalqi cho‘ponsiz qo‘ylar kabidir.

9 ta Belgi nima uchun mavjud?

Juda ko‘p cho‘ponlarga “muvaffaqiyat”ni statistikalar va hissiy ko‘tarinkiliklar bilan o‘lchash o‘rgatilgan. Jamoat yetakchilariga muvaffaqiyatni Xudoga, Uning Kalomiga va Uning xalqiga sadoqat sifatida ifodalashga yordam berish uchun 9 ta Belgi mavjud.

Xayriyatki, bu cho‘ponlarning ko‘pchiligi raqamlarga faqat raqamlarning o‘zi uchun qiziqishmaydi. Ular ko‘proq odamlarga Masihiylik xushxabari bilan yetishishni xohlashadi. Muammo shundaki, ular boshqalarga yetishish maqsadi atrofida o‘z jamoatlari hayotini qayta tuzishga (strukturalashga) kirishishlaridir. Boshqalarga yetishish birlamchi narsaga aylanadi.

Har xil turlar

Ba’zilar dunyoga jamoat dasturlari yoki eshikma-eshik xushxabar aytish orqali yetishishga harakat qilishadi. Ular va’zlarining oxirida “Iso siz bilan shaxsiy munosabat qurishni juda xohlaydi, shuning uchun, Uni yuragingizga taklif eting”, deya odamlarni oldinga chiqishga chorlashadi

Boshqalar hamma narsani imonsizlarga yoki “izlovchilar”ga ochiq bo‘lish g‘oyasi atrofida qurishadi. Ular jamoatga xos madaniy to‘siqlarni olib tashlashadi va munosabatlar, vazifani ado etish va maqsad kabi “sezilgan ehtiyojlar”ni iddao qilishadi.

Yana boshqalar esa, jamoatlar to‘siqlar haqidagi barcha gaplarni to‘xtatib, o‘zlari madaniyatga sho‘ng‘ishlari kerakligiga urg‘u berishadi. Shuning uchun, shaharga ko‘chib o‘t. San’atlar, maktablar va oshxonalarga qiziqqin. Madaniyatni o‘zgartir. Xizmat qil va shifo keltir.

Birlamchi savol

Muammo shundaki, har uchala tur tarafdorlari ikkinchi darajali– “Tashqi dunyoga qanday yetisha olamiz?” savolidan boshlashadi. Bu yaxshi savol, lekin birlamchi emas. Biralmchi savol “Qanday qilib biz Xudoning xalqi sifatida Xudoga sodiq bo‘la olamiz?” Sodiq bo‘lishning bir qismi bu tashqi dunyodagilarga yetishishga harakat qilishdir, lekin sodiqlik birinchi navbatda Xudoga quloq solish va u buyurgan hamma narsani qilishdir – “Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar” (Matto 28:20).

9 ta Belgi jamoatlar sodiqlikdan boshlashlari kerakligi tarafdoridir, bu esa bizni boshqacha yondashuvga olib keladi.

Sodiq jamoat

Quyidagi manzarani tasavvur qiling: bir guruh odam xonada yig‘iladi. Kimdir o‘rnidan turib, Muqaddas Kitobni ochadi va “Xudo shunday demoqda”, – deb aytadi. Uni tushuntirib beradi. Jamoat hamdu-sano aytadi, ibodat qiladi, non va kosani o‘zaro bo‘lishadi va Xudoning So‘zini hali hech qachon eshitmaganlar bilan bo‘lishish ishtiyoqida uylariga qaytishadi.

Rostdan ham, bu sodiq jamoat manzarasidan boshqa narsa emas.

Sodiq jamoat? Bu unchalik bozori chaqqon tuyulmayapti. Ekilgan urug‘ni kuzatish kabi zavqlimi? To‘xtang, boshqa narsalar ham bor: So‘zlar qudrat, Muqaddas Ruh va katta ishonch bilan keladi. Vijdonlarga nayzadek sanchiladi. Hayotlar o‘zgaradi. Odamlar gunohdan nafratlanib, bir-birlarini sevib va qo‘shnilarini qidirib Xudoni ulug‘lagan holda uylariga qaytishadi.

Sodiq jamoat quloq soladigan va kamtar jamoatdir va bu g‘ayritabiiy ravishda o‘ziga jalb qiladi. U tuz kabi o‘zgacha va nur kabi yorug‘dir. Odamlar hatto Xudoning o‘g‘illari va qizlari kabi ko‘rina boshlaydilar. Jozibadorlik haqida gaplashyapmiz! Buning bari Unga quloq solishdan boshlanadi.

9 ta Belgi nima bilan shug‘ullanadi?

9 ta Belgida biz kitoblar, maqolalar va kitoblarga taqrizlar yozamiz. Biz konferensiyalar o‘tkazamiz, intervyular yozib olamiz va jamoat yetakchilari bilan konsultatsiya qilamiz. Qisqa qilib aytganda, biz Kalomga asoslangan jamoat qanday bo‘lishini cho‘ponlar, bo‘lajak cho‘ponlar va jamoat a’zolari ko‘ra olishlari va shunday bo‘lishga amaliy qadamlar qoyishlariga yordam berish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Tashkilot hayotining dastlabki yillarida Mark Deverning ovozi omma oldidagi yagona ovoz edi. Shunday bo‘lsada, tamoyillar kalomga mos va jamoat yetakchilarining kichik bir harakati yozish va gapirishni boshlamoqda.

9 ta Belgi kitoblari

Soni o‘sib borayotgan doimiy yozuvchilar 9 ta Belgi kitoblar to‘plamiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Mark Deverning kitoblari standart kitoblardir: Sog‘lom Jamoatning To‘qqizta Belgisi, Xushxabar & Shaxsiy Xushxabarchilik va boshqalar. Lekin, Tabiti Anyabvilining sog‘lom jamoat a’zosi bo‘lish haqidagi, Greg Gilbertning xushxabar haqidagi, Maykl Lourensning kalomiy teologiyaga doir, Maykl MakKinlining jamoatga asos solishga doir va boshqa kitoblarni tekshirib ko‘ring. 9 ta Belgi Kitoblari uchun bu yerga bosing.

9 ta Belgi multimediyasi

9 ta Belgi turli xil multimediya manbalarini taklif etadi, u audio va videoni ham o‘z ichiga oladi. Biz Yetakchilik Intervyulari, konferensiya saboqlari, davra suhbatlari, ma’ruzalar va asosiy mavzular bo‘yicha qisqacha tushuntirishlar orqali jamoat yetakchilarini qurollantirishga va qo‘llab quvvatlashga intilamiz.

9 та БЕЛГИ ҲАҚИДА

Мақсади

9 та Белги соғлом жамоатлар орқали Худонинг улуғворлигини халқларга намоён этиш учун жамоат етакчиларини каломий нуқтаи назар ва амалий манбалар билан таъминлаш мақсадида фаъолият кўрсатади.

Тарихи

Ташкилотнинг илдизи Вашингтон DCдаги “Capitol Hill Baptist” Жамоатида Марк Девер ва Мет Шмукернинг чўпонлик меҳнатларига бориб тақалади. Бу жамоат бир неча ўн йиллар давомида таназзулда бўлган пайтда 1990-йилларнинг бошларига келиб Марк (чўпон) ва Мет (маъмур/оқсоқол) уни ислоҳ қилишга киришишган. Икковлари жамоат ўсишига доир адабиётларнинг одатий анъанаси – сўровлар ўтказиш, янги дастурлар ишлаб чиқиш ёки тўғри маданиятни шакллантириш – йўлидан бормадилар. Улар, шунчаки, қўлларидаги Муқаддас Китобларини очдилар. Марк ваъз айтади ва иккови жамоатни Муқаддас Ёзувлардан келиб чиқиб структуралаш (тузиш) устида ишлайдилар.

Китоб

Метнинг ундови билан, Марк “Соғлом Жамоатнинг 9 та Белгиси” номли ўзи чоп этган буклетини ёзади, бир неча йиллардан кейин эса, у “Crossway”да чоп этилган “Соғлом Жамоатнинг Тўққизта Белгиси” номли китобга айланади. Марк ва Метнинг муҳокамалари фойдали эканлигини ўзлари учун кашф этган чўпонларнинг сони тобора ошиб кетгани сабабли 90-йилларнинг охирларида ташкилот дунёга келади ва ўшандан бошлаб секин-асталик билан ривожланиб келмоқда.

Ташкилот

9 та Белги маҳаллий жамоат Худо Ўз улуғворлигини халқларга намоён этиш режасининг диққат маркази эканлигига ва жамоат ҳаёти учун Каломнинг ўзи етарли эканлигига ишонади. Шунинг учун, ташкилот сифатида биз диққатимизни жамоатга, Каломга Чўпонга қаратамиз. Биз фикрлар ва услублар хилма-хиллигини ҳам, шу билан бирга, ҳамфикр ҳамкорликларни ҳам қадрлаймиз. Биз Худо Каломини билишда ўсишни ва уни маҳаллий жамоатда қўллашни давом эттиришга умид қиламиз. Шу билан бирга, биз янгиларини яратиб эмас, аксинча, мавжуд жойлар, платформалар ва институтлар орқали ўз контентимизни тарқатиш ниятидамиз.

Тўққизта белги қуйидагиларни ўз ичига олади: (1) экспозицион ваъз, (2) каломий теология, (3) хушхабарга доир каломий тушунча, (4) юқоридан туғилишга доир каломий тушунча, (5) хушхабарчиликка доир каломий тушунча, (6) каломга асосланган жамоат аъзолиги, (7) каломга асосланган интизомий чора, (8) каломга асосланган шогирдлик ва ўсиш ҳамда (9) каломга асосланган жамоат етакчилиги. Булар соғлом жамоатлар барпо этиш учун керак бўлган нарсаларнинг тўлиқ рўйхати эмас, улар бугунги кунда кўпгина жамоатларнинг эътиборидан четда қолаётган ва қайтадан урғу берилиши керак бўлган тўққизта амалдир.

 9 та Белгининг мақсади

9 та Белги соғлом жамоатлар орқали Худонинг улуғворлигини халқларга намоён этиш учун жамоат етакчиларини каломий нуқтаи назар ва амалий манбалар билан таъминлаш мақсадида фаъолият кўрсатади. Бундан келиб чиқиб, биз бу тўққизта белгиларга эга соғлом жамоатларни кўришни хоҳлаймиз:

Соғлом жамоатнинг 9 та белгиси

  1. Экспозицион ваъз

Бу нима?

Экспозицион ваъз Каломдаги парчанинг асосий ғоясини олиб, ваъзнинг асосий ғоясига айлантирадиган ва уни бугунги ҳаётга қўллайдиган ваъз айтиш туридир.

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

  • Каломга биноан, Худо гапириш (айтиш) орқали амалга оширишни хоҳлаган ишни амалга оширади (Ибтидо 1:3, Ишаё 55:10-11, Ҳаворийлар 12:24). Бу шуни англатадики, агар воизхонлар ўз ваъзлари Худонинг қудратига тўлган бўлишини хоҳлашса, улар Худо айтган сўзларни ваъз қилиши керак.
  • Муқаддас Китобда бундай ваъз ва таълимот турига кўпгина мисоллар келтирилган: Леви руҳонийлари қонунни ўргатишган (Қонунлар 33:10), Эзра ва Левилар Таврот китобидан ўқиб, мазмунини тушунтириб бердилар (Нахимиё 8:8), Бутрус ва ҳаворийлар Каломни талқин қилиб бериб, ўз тингловчиларини тавба ва имон билан жавоб қайтаришга ундашган (Ҳаворийлар 2:14-41, 13:16-47).
  • Бошқа томондан, Худо Унинг оғзидан “чиққан сўзларни эмас, ўз дил орзуларини” айтадиганларни ҳукм қилади (Еремиё 23:16, 18, 21-22).

Бу нима учун муҳим?

Экспозицион ваъз муҳим, чунки Худонинг Каломи айбларни кўрсатади, тавбага етаклайди, Худо халқининг имонини мустаҳкамлайди ва муқаддаслайди (Ибр. 4:12; 1 Бут. 1:23; 1 Сал. 2:13; Юҳанно 17:17). Матннинг асосий ғоясини ваъзнинг асосий ғоясига айлантирадиган ваъз айтиш тури воизхоннинг эмас, Худонинг дастури жамоатни бошқаришига йўл қўйиб беради.

  1. Каломий теология

Бу нима?

Каломий теология бу соғлом доктринадир (таълимот); у Худо ҳақидаги тўғри фикрлардир; у Каломга мос эътиқоддир.

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

  1. Бутун Калом соғлом таълимотни ўргатади.
  2. Кўпгина Янги Аҳд китоблари, хусусан Павлуснинг Римликларга ва Эфесликларга мактублари бой доктринал таълимот билан тўлиб тошган (Рим. 1-11 ва Эфес. 1-3га қаранг).
  3. Янги Аҳд муаллифлари соғлом имонлилар ва соғлом жамоатлар учун соғлом таълимот муҳим эканлигини тез-тез таъкидлашади (1 Тим. 1:5, 2 Юҳ. 1-6, ва Титус 2:1-10).

Бу нима учун муҳим?

Каломий теология қуйидаги сабаблар туфайли муҳим:

  1. Хушхабарчилик. Хушхабар бу таълимотдир. Шунинг учун соғлом таълимот хушхабарчилик учун зарур.
  2. Шогирдлик. Исо шундай ибодат қилади: “Сенинг каломинг ҳақиқатдир. Ҳақиқат орқали уларни Ўзинг учун ажратиб олгин” (Юҳ. 17:17). Масиҳийлар ҳақиқатни ўрганиш ва ундан келиб чиқиб яшаш орқали, бошқача қилиб айтганда, соғлом таълимот орқали ўсадилар.
  3. Бирлик. Янги Аҳдга биноан, ягона ҳаиқиқий бирлик бу ҳақиқатдаги бирликдир (1 Юҳ. 1:1-4; 2 Юҳ. 10-11).
  4. Улуғлаш. Худони улуғлаш Унинг буюк ишларини эълон қилиш (1 Бут. 2:9-10) ва Унинг муқаддас улуғворлигини кўкка кўтаришдир (Забур 28:2). Ҳақиқий сажда соғлом таълимотдан келиб чиқади.
  1. Хушхабарга доир каломий тушунча

Бу нима?

Хушхабар бу:

  • Муқаддас бўлган ягона Худо уни таниб билишимиз учун бизни Ўз суратида яратди (Ибт. 1:26-28).
  • Лекин биз гуноҳ қилдик ва ўзимизни Ундан ажратдик (Ибт. 3; Рим. 3:23).
  • Унинг буюк севгиси туфайли, Худо Масиҳда инсон бўлди, мукаммал ҳаёт кечирди ва хочда қурбон бўлди, шу тариқа, қонунни Ўзи бажо келтирди ва бир кун келиб гуноҳидан тавба қиладиган ва Унга имон келтирадиган барча инсоннинг гуноҳлари учун жазони Ўз бўйнига олди (Юҳ 1:14; Ибр. 7:26; Рим. 3:21-26, 5:12-21).
  • У ўликдан тирилди ва бу орқали Худо Масиҳнинг қурбонлигини қабул қилганлиги ва Унинг бизга қарши қаҳр-ғазаби қондирилганлиги намоён бўлди (Ҳав. 2:24, Рим. 4:25).
  • У ҳозир бизни гуноҳларимиздан тавба қилишга ва кечирилишимиз учун фақатгина Масиҳга имон келтиришга чақирмоқда (Ҳав. 17:30, Юҳ. 1:12). Агар биз гуноҳларимиздан тавба қилсак ва Масиҳга имон келтирсак, биз янги ҳаёт учун, Худо билан биргаликдаги абадий ҳаёт учун қайтадан туғиламиз (Юҳ 3:16).
  • У Масиҳга Раббий сифатида бўйсунган барча инсонлар орасидан Ўзига янги бир халқ йиғмоқда (Матто 16:15-19; Эфес. 2:11-19).

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

Римликларга 1-4-бобларда бутун Каломдаги хушхабарнинг энг тўлиқ баёнларидан бири келтирилган ва 1 Коринфликлар 15:1-4да хушхабарнинг лўнда хулосаси берилган.

Бу нима учун муҳим?

  • Хушхабарга доир каломий тушунчага эга бўлиш жуда муҳим, чунки хушхабар унга ишонадиган ҳар бир кишининг нажотга эришиши учун Худонинг қудратидир ва у гуноҳкор одамлар учун муқаддас Худо билан бирлаша оладиган ягона йўлдир.
  • Фақатгина бу эмас, балки жамоатдаги ҳар бир нарса, хоҳ ваъз айтиш бўлсин, хоҳ насиҳат, шогирдлик, ҳамду-сано, хушхабарчилик, элчилик сафарлари ва ҳоказолар унинг хушхабарни қандай тушунганидан келиб чиқади.
  1. Юқоридан туғилишга доир каломий тушунча

Бу нима?

Юқоридан туғилишга доир каломий тушунча нажот учун Худо нима қилишини ҳам, одамлар нима қилиши ҳам тан олади. Юқоридан туғилишда, Худо

  • ўлик бўлганга ҳаёт беради (Эфес. 2:5)
  • кўрларнинг кўзини очади (2 Кор. 4:3-6)
  • имон беради ҳамда тавбага олиб келади (Фил. 1:29; Ҳав 11:18).

Юқоридан туғилишда, одамлар

  • гуноҳидан тавба қилади (Марк 1:15; Ҳав. 3:19)
  • ва Масиҳга имон келтиради (Юҳ. 3:16; Рим. 3:21-26).

Юқоридан туғилишга доир каломий тушунча фақатгина Худо нажот бера олиши ва У шахсларни хушхабарга жавобан гуноҳларидан тавба қилишга ва Масиҳга имон келтиришга қодир қилиш орқали нажот беришини тан олади.

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

  • Исо одамларни тавба қилишга ва Унга имон келтиришга чақирган (Марк 1:15). Инсон юқоридан туғилмасдан туриб Осмон Шоҳлигига киролмаслигини айтган (Юҳ. 3:1-8).
  • Ҳаворийлар китобида, ҳаворийлар одамларни ўз гуноҳларидан юз ўгириб, Масиҳга имон келтиришга чақирадилар (Ҳав. 2:38, 3:19-20, 10:43, 13:38-39, 16:31, 17:30).
  • Кўпгина мактублар бизнинг тавба қилишимиз ва Масиҳга имон келтиришимиз зарурлиги ҳамда буни амалга оширишдаги Худонинг ғайритабиий ишини тасвирлайди (Рим. 6:1-23; 1 Кор. 2:14-15; 2 Кор. 4:3-6; Эфес. 2:1-10; 1 Сал. 1:9-10; 2 Тим. 2:25-26).

Бу нима учун муҳим?

Юқоридан туғилишга доир каломий тушунчага эга бўлиш жамоатлар учун муҳим, чунки

  1. Бу жамоатлар масиҳий бўлмаганларни қандай даъват этишлари кераклигини аниқлаштиради – улар масиҳий бўлмаганларни ўз гуноҳларидан тавба қилишга ва Масиҳга имон келтиришга даъват этишлари лозим.
  2. Бу жамоатлар ўз хушхабарчилик ҳаракатларида Худога таянишлари кераклигини уларга эслатади; фақатгина У янги руҳий ҳаёт бера олади.
  3. Бу жамоатларга ўзлари ва дунё ўртасидаги аниқ фарқловчи чегарани сақлашни ўргатади.

о   Жамоат аъзоларининг ҳаётида юқоридан туғилиш мевалари намоён бўлиши керак,

о   Жамоатлар фақатгина юқоридан туғилиш аломатини намоён қилган одамларнигина чўмдириши ва Қутлуғ Кечликда иштирок этишларига рухсат бериши керак.

Жамоатлар хушхабарчиликни ва масиҳий ҳаёт ҳақидаги таълимотни шу тарзда амалга ошириши керакки, юқоридан туғилишнинг кескин фарқланадиган табиатига доимий тарзда урғу бериб турилиши керак.

  1. Хушхабарчиликка доир каломий тушунча

Бу нима?

Хушхабарчилик бу масиҳий бўлмаганларга Исо Масиҳ гуноҳкорларни қутқариш учун нима қилганлиги ҳақидаги хуш хабарни шунчаки айтиш ва уларни тавба қилишга ва имон келтиришга ундашдир. Каломга мос равишда хушхабар айтиш учун сиз қуйидагиларни амалга оширишингиз керак:

  1. Хушхабарни тўлиқ ваъз қилинг, ҳатто бизнинг гуноҳларимизга қарши Худонинг ғазаби ҳақидаги оғир хабарни ҳам.
  2. Одамларни ўз гуноҳларидан тавба қилишга ва Масиҳга имон келтиришга даъват этинг.
  3. Масиҳга ишониш қимматга тушиши, лекин у бунга арзишини тушунтириб беринг.

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

Муқаддас Китоб хушхабарчиликка доир таълимотни ҳам (Матто 28:19-20; Рим. 10:14-17; 1 Бут. 3:15-16) хушхабарчилик ваъзларига мисолларни ҳам (Ҳав 2:14-41, 3:12-26, 13:16-49, 17:22-31га қаранг) ўз ичига олади. Бундан ташқари, ҳар сафар Муқаддас Китобда хушхабар ҳақида гапирилганда у бизга хушхабар айтаётганда нималар билан бўлишишимиз кераклигини ўргатаётган бўлади (мисол учун, Римликларга 1-4 ва 1 Коринфликларга 15:1-4га қаранг).

Бу нима учун муҳим?

  • Жамоат хушхабарга доир каломий бўлмаган тушунчага эга бўлганда, улар хушхабар айтмайдилар, улар нотўғри ёки манипулация қилиш йўлларида хушхабар айтадилар ёки улар хушхабардан бошқа хабар билан бўлишадилар.
  • Бошқа томондан, хушхабарчиликка доир каломий тушунча Худонинг жамоатга берган вазифасидаги бизнинг ролимизни ойдинлаштиради: биз Масиҳ қилган иши ҳақидаги хушхабарни ваъз қилишимиз ва Худо одамларни бунга ишонишга олиб келиши учун ибодат қилишимиз керак.
  1. Жамоат аъзолиги

Бу нима?

Муқаддас Китобга кўра жамоат аъзолиги ҳар бир масиҳий маҳаллий жамоатга қатнаши, уни севиши, унга хизмат қилиши ҳамда унга бўйсуниши кераклиги мажбуриятидир.

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

  • Бутун эски Аҳд тарихи бўйлаб Худо Ўз халқи ва дунё ўртасидаги фарқни аниқ белгилаб қўйди (Леви. 13:46, Саҳ. 5:3, Қон. 7:3га қаранг).
  • Масиҳ таъкидлайдики, Худо шоҳлигига кириш “ердаги” жамоатга боғлиқ бўлишни билдиради (Матто 16:16-19; 18:17-19). Ердаги жамоатни биз қаерда кўрамиз? Маҳаллий жамоатда.
  • Янги Аҳдда баъзи одамлар жамоат ичида ва баъзи одамлар жамоатдан ташқарида эканлиги аниқ таъкидланган (1 Кор. 5:12-13). Бу шунчаки тасодифий бирлашма эмас.
  • Коринфдаги жамоат маълум бир сонга эга имонлилардан ташкил топган эди, шунинг учун, Павлус жазонинг кўпчилик томонидан берилиши ҳақида гапира олган (2 Кор. 2:6).
  • Янги Аҳдда нафақат жамоат аъзолигининг ҳаққонийлиги ҳақида гапирилган, шу билан бирга, ундаги ўнлаб “бир-бирингиз” жумласи маҳаллий жамоатларга қарата ёзилган ва бу жамоат аъзолиги амалда қандай кўринишга эга бўлиши кераклигига доир бизнинг тушунчамизни тўлдиради.

Бу нима учун муҳим?

Каломга асосланган жамоат аъзолиги муҳимдир, чунки жамоат дунёда туриб Худонинг гувоҳлигини ўзида акс эттиради. У Худонинг улуғворлигини намоён этади. Жамоат аъзолиги орқали имонсизлар Худо халқининг ўзгарган ҳаётларида Унинг муқаддас ва иноятли эканлиги ҳамда Унинг инжил хушхабари нажот бериш ва гуноҳкорларни ўзгартириш қудратига эга эканлигини кўришлари керак.

  1. Жамоатдаги интизомий чора

Бу нима?

  • Кенгроқ маънода, жамоатдаги интизомий чора жамоат ўз аъзолари муқаддасликка интилишлари ва гуноҳга қарши курашишларига ёрдам бериш учун қиладиган ҳар қандай чорадир. Ваъз айтиш, таълим бериш, ибодат қилиш, умумий сажда, ҳисобдорлик муносабатлари, чўпонлар ва оқсоқоллар томонидан амалга ошириладиган художўйлик назорати – буларнинг ҳаммаси интизомий чора кўринишларидир.
  • Торроқ маънода, жамоатдаги интизомий чора тана ҳаётидаги гуноҳни тузатиш амалидир, бу бирор бир масиҳийни тавба қилмаган жиддий гуноҳи туфайли охирги эҳтимолий қадам бўлган жамоат аъзолигидан четлатиш ва Қутлуғ Кечликда иштирок этишни тақиқлаш чорасини ўз ичига олади (Матто 18:15-20, 1 Кор. 5:1-13га қаранг).

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

  • Янги Аҳднинг қуйидаги парчаларида тузатувчи интизомий чора (тавба қилмаган гуноҳкорларни жамоат биродарлигидан четлатиш чораси)ни қўллаш буюрилган: Матто 18:15-17, 1 Коринфликларга 5:1-13, 2 Коринфликларга 2:6 ва 2 Салоникаликларга 3:6-15.
  • Янги Аҳдда бунёд этувчи интизомий чора (бизнинг муқаддасликда бирга ўсиш йўлидаги ҳаракатларимиз) ҳақида кўплаб муқаддасликка интилиш ва бир-биримизнинг имонимизни мустаҳкамлашга доир сон-саноқсиз парчаларда гапирилган: масалан, Эфесликларга 4:11-32 ва Филиппиликларга 2:1-18.

Бу нима учун муҳим?

Интизомий чорага дарахтни тўғри ўсишга ёрдам берадиган тиргак сифатида, велосипеддаги қўшимча ғилдираклар сифатида ёки созанданинг соатлаб машқ қилишлари сифатида қаранг. Интизом бўлмаса Худо хоҳлаганидек ўса олмаймиз. Интизом билан эса, Худонинг инояти туфайли, биз тинч-тотувлик ва солиҳлик мевасини келтирамиз (Ибр. 12:5-11).

  1. Шогирдлик

Бу нима?

Калом бизга тирик масиҳий ўсаётган масиҳий эканлигини ўргатади (2 Бут. 1:8-10). Шу билан бирга, Калом бизга нафақат кўрсатмалар орқали, балки ўрнак олиш орқали ҳам ўсишни ўргатади (1 Кор. 4:16; 11:1). Шунинг учун, жамоатлар ўз аъзоларини ҳам муқаддасликда ўсишга, ҳам буни бажаришни бошқаларга ўргатишга даъват этишлари лозим.

Каломинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

  • Бутрус ўз ўқувчиларини иноятда, Раббимиз ва Нажоткоримиз Исо Масиҳни таниб-билишда ўсишга чорламоқда (2 Бут. 3:18).
  • Павлус Эфесликларни бир-бирларига ҳақиқатни меҳр-муҳаббат билан айтиб ўсишга ундайди (Эфес. 4:15).
  • Муқаддас Китобдаги кўпгина парчалар бизни художўй етакчилардан ўрнак олишга ундайди (Фил. 4:9; Ибр. 13:7).

Асосий ғоя шуки, Муқаддас Китобга биноан, барча масиҳийлар Масиҳда ўсишлари, бошқа масиҳийлардан ўрнак олишлари ва бошқаларни Масиҳга ўхшаб боришда қўллаб-қувватлашлари керак.

Бу нима учун муҳим?

  1. Каломга асосланган шогирдлик ва ўсишни илгари суриш муҳим, чунки бизлардан ҳеч биримиз мукаммал эмасмиз. Ўлгунимизча биз, барча масиҳийлар, гуноҳга қарши курашамиз ва бу курашда олишимиз мумкин бўлган ҳар қандай ёрдамга муҳтожмиз.
  2. Агар жамоат шогирдлик ва ўсишни эътибордан четда қолдирса ёки унинг эгри, каломга мос бўлмаган кўринишини ўргатса, у ҳақиқий масиҳийларнинг ҳафсаласини пир қилади ва сохта масиҳийларни нотўғри равишда ишонтиради. Аксинча, агар жамоат масиҳий шогирдлик ва ўсиш маданиятини ривожлантирса, у имонлиларнинг муқаддасликда ўсиш ҳаракатларини оширади.
  3. Имонда ўсмаётган жамоат охир-оқибатда дунёга носоғлом шоҳидликни келтириб чиқаради.
  1. Етакчилик

Бу нима?

Муқаддас Китоб ҳар бир маҳаллий жамоат оқсоқоллар деб номланган художўй, керакли хислатларга эга одамлар кўплиги томонидан бошқарилиши (етакланиши) кераклигини ўргатади.

Каломнинг қайси жойида бу ҳақда ёзилган?

Павлус оқсоқоллардан талаб этиладиган хислатларни 1 Тимўтий 3:1-7 ва Титус 1:5-9да санаб ўтади. Битта маҳаллий жамоатда оқсоқоллар кўп эканлигини тасдиқловчи парчалар қуйидагиларни ўз ичига олади Ҳаворийлар 14:23, Ҳаворийлар 20:17, 1 Тимўтий 4:14, 1 Тимўтий 5:17 ва Ёқуб 5:14.

Бу нима учун муҳим?

Худо жамоатларга оқсоқолларни беради токи улар:

  • Худо сурувини Худо Каломи билан боқсин (Юҳ. 21:15-17),
  • сурувни етакласин (1 Тим. 4:16; 1 Бут. 5:3, Ибр. 13:7),
  • ва сурувни ҳужумчилардан сақласин (Ҳав. 20:27-29; 2 Тим. 4:3-4; Тит. 1:9),
  • ўзларини ҳам, жамоатни ҳам оқсоқолларнинг кўпчилиги донолиги ёрдамида ҳимоя қилсин (Ҳикм. 11:14; 24:6).

Хуллас, каломга мос жамоат етакчилиги муҳимдир, чунки усиз Худонинг халқи чўпонсиз қўйлар кабидир.

9 та Белги нима учун мавжуд?

Жуда кўп чўпонларга “муваффақият”ни статистикалар ва ҳиссий кўтаринкиликлар билан ўлчаш ўргатилган. Жамоат етакчиларига муваффақиятни Худога, Унинг Каломига ва Унинг халқига садоқат сифатида ифодалашга ёрдам бериш учун 9 та Белги мавжуд.

Хайриятки, бу чўпонларнинг кўпчилиги рақамларга фақат рақамларнинг ўзи  учун қизиқишмайди. Улар кўпроқ одамларга Масиҳийлик хушхабари билан етишишни хоҳлашади. Муаммо шундаки, улар бошқаларга етишиш мақсади атрофида ўз жамоатлари ҳаётини қайта тузишга (структуралашга) киришишларидир. Бошқаларга етишиш бирламчи нарсага айланади.

Ҳар хил турлар

Баъзилар дунёга жамоат дастурлари ёки эшикма-ешик хушхабар айтиш орқали етишишга ҳаракат қилишади. Улар ваъзларининг охирида “Исо сиз билан шахсий муносабат қуришни жуда хоҳлайди, шунинг учун, Уни юрагингизга таклиф этинг”, дея одамларни олдинга чиқишга чорлашади

Бошқалар ҳамма нарсани имонсизларга ёки “изловчилар”га очиқ бўлиш ғояси атрофида қуришади. Улар жамоатга хос маданий тўсиқларни олиб ташлашади ва муносабатлар, вазифани адо этиш ва мақсад каби “сезилган эҳтиёжлар”ни иддао қилишади.

Яна бошқалар эса, жамоатлар тўсиқлар ҳақидаги барча гапларни тўхтатиб, ўзлари маданиятга шўнғишлари кераклигига урғу беришади. Шунинг учун, шаҳарга кўчиб ўт. Санъатлар, мактаблар ва ошхоналарга қизиққин. Маданиятни ўзгартир. Хизмат қил ва шифо келтир.

Бирламчи савол

Муаммо шундаки, ҳар учала тур тарафдорлари иккинчи даражали– “Ташқи дунёга қандай етиша оламиз?” саволидан бошлашади. Бу яхши савол, лекин бирламчи эмас. Биралмчи савол “Қандай қилиб биз Худонинг халқи сифатида Худога содиқ бўла оламиз?” Содиқ бўлишнинг бир қисми бу ташқи дунёдагиларга етишишга ҳаракат қилишдир, лекин содиқлик биринчи навбатда Худога қулоқ солиш ва у буюрган ҳамма нарсани қилишдир – “Мен сизларга буюрган ҳамма нарсага амал қилишни уларга ўргатинглар” (Матто 28:20).

9 та Белги жамоатлар содиқликдан бошлашлари кераклиги тарафдоридир, бу эса бизни бошқача ёндашувга олиб келади.

Содиқ жамоат

Қуйидаги манзарани тасаввур қилинг: бир гуруҳ одам хонада йиғилади. Кимдир ўрнидан туриб, Муқаддас Китобни очади ва “Худо шундай демоқда”, – деб айтади. Уни тушунтириб беради. Жамоат ҳамду-сано айтади, ибодат қилади, нон ва косани ўзаро бўлишади ва Худонинг Сўзини ҳали ҳеч қачон эшитмаганлар билан бўлишиш иштиёқида уйларига қайтишади.

Ростдан ҳам, бу содиқ жамоат манзарасидан бошқа нарса эмас.

Содиқ жамоат? Бу унчалик бозори чаққон туюлмаяпти. Экилган уруғни кузатиш каби завқлими? Тўхтанг, бошқа нарсалар ҳам бор: Сўзлар қудрат, Муқаддас Руҳ ва катта ишонч билан келади. Виждонларга найзадек санчилади. Ҳаётлар ўзгаради. Одамлар гуноҳдан нафратланиб, бир-бирларини севиб ва қўшниларини қидириб Худони улуғлаган ҳолда уйларига қайтишади.

Содиқ жамоат қулоқ соладиган ва камтар жамоатдир ва бу ғайритабиий равишда ўзига жалб қилади. У туз каби ўзгача ва нур каби ёруғдир. Одамлар ҳатто Худонинг ўғиллари ва қизлари каби кўрина бошлайдилар. Жозибадорлик ҳақида гаплашяпмиз! Бунинг бари Унга қулоқ солишдан бошланади.

9 та Белги нима билан шуғулланади?

9 та Белгида биз китоблар, мақолалар ва китобларга тақризлар ёзамиз. Биз конференсиялар ўтказамиз, интервюлар ёзиб оламиз ва жамоат етакчилари билан консультация қиламиз. Қисқа қилиб айтганда, биз Каломга асосланган жамоат қандай бўлишини чўпонлар, бўлажак чўпонлар ва жамоат аъзолари кўра олишлари ва шундай бўлишга амалий қадамлар қойишларига ёрдам бериш учун қўлимиздан келган барча ишни қиламиз.

Ташкилот ҳаётининг дастлабки йилларида Марк Девернинг овози омма олдидаги ягона овоз эди. Шундай бўлсада, тамойиллар каломга мос ва жамоат етакчиларининг кичик бир ҳаракати ёзиш ва гапиришни бошламоқда.

9 та Белги китоблари

Сони ўсиб бораётган доимий ёзувчилар 9 та Белги китоблар тўпламига ўз ҳиссаларини қўшмоқдалар. Марк Девернинг китоблари стандарт китоблардир: Соғлом Жамоатнинг Тўққизта Белгиси, Хушхабар & Шахсий Хушхабарчилик ва бошқалар. Лекин, Табити Анябвилининг соғлом жамоат аъзоси бўлиш ҳақидаги, Грег Гилбертнинг хушхабар ҳақидаги, Майкл Лоуренснинг каломий теологияга доир, Майкл МакКинлининг жамоатга асос солишга доир ва бошқа китобларни текшириб кўринг. 9 та Белги Китоблари учун бу ерга босинг.

9 та Белги мултимедияси

9 та Белги турли хил мултимедия манбаларини таклиф этади, у аудио ва видеони ҳам ўз ичига олади. Биз Етакчилик Интервюлари, конференсия сабоқлари, давра суҳбатлари, маърузалар ва асосий мавзулар бўйича қисқача тушунтиришлар орқали жамоат етакчиларини қуроллантиришга ва қўллаб қувватлашга интиламиз.