Qay tarzda xushxabar ham aybdorlik va ham uyatga yechim beradi?
Bugungi kunda ba’zi jamoat yetakchilari xushxabar aybdorlikka emas, uyatga yechim beradi, deya ta’kidlashadi. Yoki ular uyat, Muqaddas Kitobdagi muhimroq (asosiyroq) kategoriya va biz xushxabar aytayotganda aybdorlik g‘oyasiga urg‘u bermasligimiz kerak, deb aytishadi. Kengroq ma’noda aytadigan bo‘lsak, biz aybdorlikni Xudoga qarshi jinoyat qilish va Uning qonuniy qahr-g‘azabiga duchor bo‘lish obyektiv (xolis) holati deya ifodalashimiz mumkin. Boshqa […]
Ekspozitsion va’z boshqa turdagi va’zlardan qay tarzda farqlanadi?
Tematik (mavzuviy) va’z: Tematik va’zda va’zxon o‘zi yetkazmoqchi bo‘lgan mavzuni tanlaydi va keyin o‘sha mavzuga mos kalomdan material izlaydi. Tematik va’z va’zxonning kun tartibi (rejasi)dan, ya’ni, u gapirishni xohlagan narsadan kelib chiqadi. Ekspozitsion va’z esa, boshqa tomondan, Muqaddas Kitobdan boshlanadi. Va’zxon nimani va’z qilishga qaror qilmasdan Kalomga qaraydi; u Kalomdagi matnga qaraydi va nimani va’z qilishni […]
Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti qay tarzda xushxabarni qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi?
Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti xushxabarni quyidagi yo‘llarda qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi: Dunyoga kim masihiy va kim masihiy emasligini ko‘rsatish orqali.Masihiy va masihiy bo‘lmaganlar o‘rtasidagi chiziq qancha aniqroq bo‘lsa, xushxabar shuncha aniqroq bo‘ladi. Xushxabar hayotni o‘zgartiruvchi xabar ekanligini namoyon etish orqali.Jamoat gunoh qulligidan ozod qilingan va hozir solihlik qullari bo‘lgan odamlar bilan to‘lib-toshganda (Rim. 6:15-23), […]
Qanday qilib biz berilgan har qanday matndan xushxabar tomon boramiz?
Matnni butun kitob konteksti ichiga joylashtiring.Kitobning takrorlanmas mavzulari Masih tomon yo‘l ochadi. Ibtidoda yaratilish va va’da mavzulari, Chiqishda xaloskorlik, Levilarda muqaddaslik va qurbonlik va hokazo mavzular, bularning bari oxir-oqibatda, Masih tomon yo‘naltiradi, bu kitoblarning ichidagi alohida parchalar esa, odatda, o‘sha mavzularni qandaydir tarzda yoritib beradi. Matnning teologik mavzulari qay tarzda xushxabar mavzulariga aloqador ekanligini ta’kidlang. Matnda […]
Qanday qilib va’zlarimizda yaxshi kalomiy teologiyani qo‘llashimiz mumkin?
Har bir matnni Muqaddas Kitobning umumiy hikoyasi ichiga joylashtiring. Matnda turib orqaga nazar soling va Muqaddas Kitobda ushbu matn uchun qaysi ahd va’dalariga dahldor ekanligini aniqlang: Ibrohimga berilgan va’dalarmi? Musogami? Dovudgami? Keyin oldinga qarang va siz o‘rganayotgan matn Masih shaxsi va ishida qanday amalga oshgani haqida o‘ylang. Najot tarixi ichidagi bu matn bosqichi davomiy ekanligi va […]
Oqsoqollar “cho‘pon” bilan qanday aloqada bo‘ladilar?
Kalomdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, barcha oqsoqollar cho‘ponlardir. Butrus oqsoqollarga “Xudoning nazoratingizdagi suruvini yaxshi boqinglar (grekchada “cho‘ponlik” qilinglar) (1-But. 5:2). Pavlus Efeslik oqsoqollarga “Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. U bu jamoatni O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan” (Havoriylar 20:28). Yangi Ahdda “cho‘pon” (“pastor”) so‘zi birgina joyda ot sifatida ishlatilgan va unda ham bu so‘z oqsoqollik xizmati […]
Oqsoqollar jamoat hokimiyatiga qay tarzda aloqadorlar?
Oqsoqollar jamoat irodasiga ko‘ra tayinlanadilar va chetlashtiriladilar. Ular jamoat ustidan sezilarli darajada hokimiyatga ega bo‘lsalarda, oxir-oqibatda jamoat oldida javobgardirlar va o‘z xizmatlarini davom ettirishlari jamoatning roziligiga bog‘liqdir. Jamoat Masihiy shogirdlik masalalarida oqsoqollarga ishonishi va ularga ergashishi kerak. Yangi Ahdda jamoat a’zolari o‘zlari ustidan hokimiyatga ega xizmatchilarga bo‘ysunishlari va itoat etishlari buyurilgan (Ibr. 13:17, 1-Sal. 5:12). […]
Oqsoqollar diakonlar bilan qanday aloqada bo‘ladilar?
Ko‘pgina jamoatlarda diakonlar oqsoqollarga o‘xshab faoliyat olib boradilar va ular orasidagi aloqani adashtirishadi. Lekin, ularning o‘ziga xos kalomiy vazifalarini yana bir marta ko‘rib chiqish orqali ular bir-biri bilan qanday aloqada bo‘lishlari kerakligini ko‘rishimiz mumkin: Oqsoqollar Kalomiy ta’lim berish va nazorat qilish orqali suruvga cho‘ponlik qiladilar (1-Tim. 3:2; 1-But 5:2). Diakonlar jamoatning moddiy va moliyaviy ehtiyojlari […]
Mendan ancha katta bo‘lgan odamlarga qanday qilib va’z aytishim mumkin?
Xushxabarni va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar Xudoning Masihdagi najotkorlik ishi haqida eshitishi, ishonishi va yodga olishi lozim. Xudoning mutlaq hokimiyati haqida va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar hayotimizdagi har bir va’ziyat ustidan yagona Xudo hukmron ekanligini eslatilishga muhtojdir. Azob-uqubatlar haqida va’z qiling. Yosh biz his qiladigan va ko‘radigan azob-uqubatlarni chuqurlashtiradi, u afsuslanish azobi bo‘ladimi, bo‘gimlarning og‘rishi […]
Ustozlik qilish, aslida, qanday amalga oshiriladi?
Ustozlik qilish, asosan, ta’lim berish va o‘rnak bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Ustozlik sevgi orqali juda yaxshi amalga oshadi. Biz yosh imonlilarga xudojo‘ylik yo‘lida ta’lim berar va munosib hayotda yashar ekanmiz, ular bizning hayotimiz va ta’limotimizga taqlid qilib Masihga o‘xshashlikka o‘sib boradilar (1 Tim. 4:16ga qarang). Ta’lim berish: Muqaddas Kitob cho‘ponlar va ota-onalarni o‘z qaramog‘ida bo‘lganlarga ta’lim […]
