Bola tarbiyasida men nimadan saqlanishim kerak?

01.18.2014

Bitta gap bilan javob beradigan bo‘lsak, ota-onalar o‘z farzandlarini nohaq g‘azablantirishdan saqlanishlari lozim: “Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, boʻlmasa ular tushkunlikka tushib qoladi” (Kol. 3:21). Yana, “Ey otalar, farzandlaringizning gʻashiga tegmang. Ularni Rabbimizning taʼlim–tarbiyasi bilan oʻstiring” (Efes. 6:4). Quyida farzandlaringizni nohaq g‘azablantirishning o‘nta yo‘li keltirilgan: Jahlingiz chiqqan paytda farzandingizni jazolash. Farzandingizni urushish, ayniqsa, hammaning oldida. Uning […]

Xudo masihiylarga bu dunyoda moddiy boylik va jismoniy salomatlikni va’da qilganmi?

01.17.2014

Injilda Xudo samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga beradi (Efes. 1:3): biz uning nazarida solih bo‘ldik, gunoh qulligidan ozod bo‘ldik, Muqaddas Ruh ichimizda yashash uchun berildi, Xudoning oilasiga boqib olindik va oxir-oqibatda bizlarga abadiy hayot berildi. Lekin, jismoniy salomatlik va boylik-chi? Xudo bularni masihiylarga va’da qilganmi? Yangi Ahdda masihiylar bu dunyoda mashaqqatlar (Hav. 14:22), […]

Cho‘ponlar nima uchun do‘zax haqida va’z aytishlari kerak?

01.10.2014

Bu Muqaddas Kitobda bor. Mavzu qanchalik qiyin bo‘lmasin, cho‘ponlar butun Xudo nasihatini to‘liq e’lon qilishlari kerak. Bu o‘z xizmatlari uchun ballast (muvozanatlashtirishga yordam beradigan og‘irlik) rolini bajaradi. Cho‘ponlar uchun yaxshi narsaga asosiy urg‘uni berib yoqimsiz narsalarni o‘tkazib yuborish juda oson. Do‘zax haqida va’z aytish dunyoga gunohlarning kechirimi Iso Masih orqali taqdim etilgani haqidagi xushxabarni e’lon […]

Nima uchun odamlar ekspozitsion va’zni yoqtirishmaydi?

01.02.2014

Ularning bunga ishtahalari yo‘q. Odatda, Xudoning hokimiyatli So‘zini tinglashga imonsizlarning ishtiyoqi past bo‘ladi. Shunga qaramay, ekspozitsion va’znning go‘sht va sabzavotlari bizni ruhan sog‘lom qilsada, xuddi yosh bola faqat fastfoodni xohlagani kabi, hatto masihiylar ham sust ruhiy ishtahaga ega bo‘ladilar. Ehtimol, biz hech qachon qattiq ovqatga tayyorlanmaganimiz uchun ekspozitsion va’zni yoqtirmasmiz. “U juda hokimiyatli.” Ekspozitsion va’z “Mana […]

Jamoatga qo‘shilish uchun shaxsdan nimalar talab qilinishi kerak?

01.18.2013

Mahalliy jamoatga qo‘shilish uchun shaxs: Masihiy bo‘lishi kerak. Masihga nisbatan imonini ishonchli tarzda e’tirof etgan shaxsgina Masih jamoatining a’zosi bo‘lishi kerak. Cho‘mdirilishi kerak. Cho‘mdirilish orqali o‘zini Masihga va Uning jamoatiga tegishli ekanligini omma oldida tan olgan shaxsgina omma oldida jamoat a’zoligiga qabul qilinishi mumkin. Muntazam ravishda yig‘ilishlarda qatnovchi. Agar shaxs jamoat yig‘ilishlariga doimiy ravishda ishtirok etmasa, jamoat o‘sha […]

Jamoat o‘z a’zolaridan nimani kutishi kerak?

01.17.2013

Jamoat o‘z a’zolaridan quyidagilarni kutishi kerak: Yig‘ilishlarga doimiy qatnashishni.Ibroniylarga 10:25 masihiylarga yig‘ilishlarini qoldirmaslikni buyuradi. Jamoat yig‘ilishlariga doimiy ravishda qatnash jamoat a’zoligining eng asosiy majburiyatlaridan biri va jamoat a’zosi imonda o‘sishga, boshqa masihiylarni yaqindan tanib bilishga hamda jamoat yetakchilari uning hayotiga cho‘ponlik qilish va nazoratni amalga oshirishga imkon beradigan asosiy yo‘llardan biridir. Ayniqsa, Qutlug‘ Kechlikka qatnashishni. A’zolar […]

Kim Xushxabar aytishi kerak?

01.16.2013

Ba’zilar xushxabarchilikni va’zxonlar, apologetik mutaxassislar yoki, umuman olganda, ehtimol, faqatgina ekstrovertlarga qoldirishni ma’qul ko‘rishsada; Yangi Ahdda barcha imonlilar xushxabar aytishi kerakligi ta’kidlangan: Misol: Biz buni ilk imonlilar misolida ko‘rishimiz mumkin: “Imonlilar tarqalib ketib, Iso haqidagi xabarni har joylarda va’z qilib yurardilar” (Hav 8:4). Havoriylar 11:19-21da aytiladiki, Quddusdan tarqalib ketgandan keyin shogirdlar xushxabarni u yerdagilarga va’z qiladilar. […]

Biz nima uchun xushxabar aytishimiz kerak?

01.11.2013

Itoatkor bo‘lishga ishtiyoq.Iso O‘z shogirdlariga quyidagicha topshiriq beradi: “… borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar” (Matto 28:19). Butrus esa, barcha masihiylarga: “Masihga boʻlgan umidingiz haqida sizdan soʻragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar” (1-But. 3:15), deya […]

Jamoat qachon intizomiy choralarni qo‘llashi kerak?

01.12.2012

Bu savolga javob, biz Jey Adams rasmiy yoki norasmiy deb atagan intizomiy choraning qaysi biri haqida gapirayotganimizga bog‘liq. Jamoatning norasmiy intizomiy chorasi shaxsan borib gunohkorni aybini ko‘rsatish va bundan tavba qilishga undash bo‘lsa, jamoatning rasmiy intizomiy chorasi butun jamoat ishtirok etadigan jarayondir. Norasmiy. Har qanday gunoh, jiddiy bo‘ladimi yoki yo‘qmi, imondagi birodar yoki opa-singil tomonidan […]