Jamoatga a’zo bo‘lishning masihiyga qanday foydasi bor?

05.17.2015

Bu sizni boshqa masihiylarga bog‘laydi. O‘zingizni sevgiga va boshqalarga xizmat qilishga bag‘ishlash yaxshi. O‘zingizni boshqa masihiylarga dalda berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash, ularga xizmat qilish, tanbeh berish va ular uchun ibodat qilishga bag‘ishlaganingizda siz masihiy sifatida o‘sasiz. Boshqalar sizga bog‘lanadi. Jamoatga a’zo bo‘lish siz uchun ruhan qarab turishga ahdlashgan bir guruh masihiylarga qo‘shilishni bildiradi. Agar siz jamoatga a’zo […]

Diakon qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak?

01.17.2015

1-Timo‘tiy 3:8-12da Pavlus diakonning ega bo‘lishi kerak bo‘lgan xislatlarini sanab o‘tadi: Diakon – so‘zda, nafsda va harakatlarda o‘zini tiya biladigan odam (1-Tim. 3:8; hamda 1-Tim. 3:11ga ham qarang). Pavlusning so‘zlariga ko‘ra, diakonlar “ham hurmatga sazovor, samimiy insonlar boʻlishlari, mayxoʻr yoki molparast boʻlmasliklari” kerak. Diakon – imonda sog‘lom odam (1-Tim. 3:9). Diakonlar “Xudo bizga ayon etgan haqiqat bo‘yicha […]

Cho‘ponlarni tayyorlashga kim mas’ul?

01.15.2015

Ko‘pgina yevangelikal (injil) jamoatlar bu savolga javob o‘z-o‘zidan ma’lum deb bilishadi: seminariyalar cho‘ponlarni tayyorlashga mas’uldirlar. Cho‘pon bo‘lishga qaror qilgan odam seminariyaga borib, ilmiy darajaga ega bo‘ishi kerak va bundan keyin u cho‘pon bo‘lishga tayyor bo‘ladi. Lekin, Muqaddas Kitobda cho‘ponning o‘qitilishi bunday tasvirlanmagan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus shunday yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni […]

To‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri: Xudo uchun biz Unga qanday sajda qilishimiz emas, sajda qilishimizning o‘zi muhim.

12.17.2014

Javob: Noto‘g‘ri. Ba’zi masihiylar biz Xudoga xohlaganimizcha sajda qilishimiz mumkin, faqat samimiy bo‘lsak bo‘ldi, deb o‘ylashadi. Lekin, Xudo butun Muqaddas Kitob bo‘ylab bizga shuni ma’lum qiladiki, Uni faqatgina sajda qilishimiz emas, qanday sajda qilishimiz ham nihoyatda qiziqtiradi. Chiqish 20:2-6: Ikkinchi amr faqatgina haqiqiy Xudodan boshqa narsalarga sajda qilishni taqiqlamaydi, balki, shu bilan birga, Xudo buyurmagan […]

Jamoatdagi xizmatlar, asosan, imonsizlarga xushxabar aytish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi yoki masihiylarni imonda mustahkamlash uchunmi?

11.17.2014

Birinchi Korinfliklarga 14-bobda masihiylarning umumiy yig‘ilishiga doir butun Yangi Ahddagi eng batafsil ba’zi ko‘rsatmalar keltirilgan. Ushbu bobda Pavlus jamoatdagi xizmatlar, asosan, masihiylarning imonini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini tushuntirib beradi. Jamoat xizmatlari imonsizlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.Pavlus ta’kidlaydiki, masihiy yig‘ilishlardagi xizmatlar masihiy bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak, toki ular xushxabarni eshita olsinlar, gunohkor ekanliklarini tan olsinlar […]

Jamoatlar ustozlik qilishga “dastur” sifatida qarashlari kerakmi, yoki “yashash tarzi” sifatidami?

10.17.2014

Jamoat uztozlik qilishga, asosan, maxsus bir voqea yoki xo‘jako‘rsinga qilingan bir dastur sifatida qaramasligi kerak. Ustozlik – bu vaziyat tug‘ilganda yoki odatdan tashqari sodir bo‘ladigan, bizning  masihiylik hayotimizdan alohida ajratib qo‘ysa bo‘ladigan narsa emas. Masihiy bo‘lish – bu Masihning shogirdi bo‘lish demakdir. Masihning shogirdi bo‘lish esa, quyidagilarni bildiradi: (i) Masihga o‘xshashga yordam olish uchun boshqalarga […]

Shaxs nimaga asoslanib Xudoning nazarida solih deb topilishi mumkin?

07.17.2014

Ishlarimiz bilan emas: Muqaddas Kitobda aytilishicha, biz yaxshi ishlarimiz bilan Xudoning nazarida solih deb topilmaymiz (Rim. 3:19-20). Biz Xudoning qonuniga itoat eta olmaymiz (Rim. 8:5-8). Biz Xudoni mamnun qiladigan va shu tariqa Uning nazarida solihlik mavqeiga erishiladigan tarzda yashay olmaymiz. Biz faqatgina hukmga loyiqmiz. Xudo yo‘l ochdi: Lekin, Injil xushxabarida Xudo Masihni bizning gunohlarimiz uchun […]

Masihiydan o‘z jamoati a’zolariga boshqa masihiylarga qaraganda boshqacharoq munosabatda bo‘lishi talab etiladimi?

06.17.2014

Havoriy Pavlus masihiylarni barcha insonlarga, ayniqsa, Masih xonadoniga yaxshilik qilishga chaqiradi (Gal. 6:10). Lekin, Muqaddas Kitob, shu bilan birga, masihiylar o‘z mahalliy jamoatining a’zolarini sevish, asrash va ular haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi maxsus javobgarlikka ega ekanliklarini nazarda tutadi. Misol uchun, Yangi Ahddagi ko‘pgina maktublar mahalliy jamoatlarga qarata yozilganiga e’tibor bering. Pavlus Rimlik masihiylarga bir-birlarini birodarlarcha […]

Masihga imon keltirish najotga erishishning yagona yo’limi?

04.17.2014

Madaniy chaqiriq: Bugungi kunda odamlar ochiq bo’lishni yoqtiradilar. Biz har bir kishi haq bo’lishini xohlaymiz. Aslida, “biror narsada nohaq bo’lishning yagona yo’li – bu biror kishi qaysidir masala bo’yicha xato fikrlashi mumkin, deb o’ylashning o’zi” deydiganlar oz emas. Shuning uchun, din masalasiga kelganda, biz odatda shunday deymiz: “Barcha yo’llar Xudoga olib boradi. Yagona to’g’ri yo’l […]

Xushxabarni bo‘lishishdan oldin shaxsiy munosabat qurish har doim ham yaxshiroqmi?

03.17.2014

Muqaddas Yozuvlarda munosabatlar, guvohlik berishdan ko‘ra zarurroq deb aytilmagan: Agar xushxabarni bo‘lishishdan oldin munosabat qurish har doim yaxshiroq bo‘lganda, havoriylar imkoniyatdan foydalanmay qolgan ekan-da?! Havoriylar 2-bobda Butrus o‘rnidan turib, o‘zi tanimagan minglab odamlar bilan xushxabarni bo‘lishadi. Havoriylar 17-bobda Pavlus Afinadagi bozorda ish boshlaydi va Masih haqida “sinagogada yahudiylar va Xudodan qoʻrqadigan gʻayriyahudiylarga dalillar keltirdi. Shuningdek, […]