Xushxabarchilik nima?

02.17.2017

Xushxabarchilik – bu boshqalarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilgani haqidagi yaxshi – xush xabarni aytishdir. Buni amalga oshirish uchun, siz boshqalarga quyidagilarni aytishingiz kerak: Xudo muqaddasdir (1 Yuhanno 1:5). U barchaning Yaratuvchisidir (Ibtido 1:1). Hamma odamlar gunohkor va Xudoning adolatli, abadiy qahriga munosibdir (Rim. 3:10-19, Mark 9:48, Vahiy 14:11). To‘laqonli Xudo va to‘laqonli […]

“Haqiqiy a’zolik” nima?

01.17.2017

“Haqiqiy a’zolik” to‘rt narsani bildiradi: Jamoat a’zolari masihiylar bo‘lishlari kerak. Havoriylar kitobida xushxabarga ishonganlargina jamoatga qo‘shilganlar (Hav. 2:41, 47). Pavlusning jamoatlarga maktublari masihiylarga atalgan maktublardir (Rim. 1:7, 1 Kor. 1:2). Hech bir jamoat kim imonli yoki imonli emasligini to‘liq aniqlay olmasada, har bir jamoat o‘z a’zoligini faqatgina Masihga imon keltirib, uni ishonchli tarzda tan olganlarga […]

Qachon jamoat yetakchilariga itoat etmasligingiz kerak?

01.13.2017

Barchamiz vaqti-vaqti bilan yetakchilarimizning xatolari va gunohlariga kamtarlik bilan chidashimiz kerakligi aytiladi. Lekin, siz yetakchiligi zo‘ravonlik xususiyatlariga ega jamoatga tushib qolgan bo‘lsangiz, u yerdan qoching. Masihdagi shogirdligingizni himoya qilish uchun, oilangizni himoya qilish uchun, ortda qolgan a’zolarga yaxshi namuna bo‘lish uchun va jamoat xizmatiga ishonch bildirmaslik orqali imonsiz qo‘shnilaringizga xizmat qilish uchun u yerdan qoching. […]

Muqaddas Kitobga binoan, nima uchun har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak?

05.17.2016

Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak, chunki buni Kalom talab etadi. To’g’ri, Muqaddas Kitobda “Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak”, degan aniq buyruq yo’q, lekin Muqaddas Kitobdagi ikkita omil har bir masihiy mahalliy jamoatga qo’shilishi kerak ekanligini ko’rsatadi. Iso O’ziga imon keltirganlarni ajratib olish, ularni qo’llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun yerdagi intstitut sifatida, xalq orasida […]

Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?

01.17.2016

Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]

Yangi Ahdning qaysi joyida biz jamoat a’zoligini ko‘ramiz?

01.14.2016

Matto 18:15-17: “Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan boʻlasiz. Agar sizga quloq solmasa, oʻzingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki «har bir masala ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi.» […]

Ayollar cho‘pon yoki oqsoqol bo‘lishlari mumkinmi?

12.17.2015

Ushbu qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan savolga javob berish uchun bir necha kalomiy parchalarga qarab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Erkaklar va ayollar Xudoning suratida yaratilganlar va Xudoning nazarida teng qadr va mavqega egalar (Ibt. 1:26-28). Xudo yaratilish strukturasining ichida erkaklar va ayollar uchun har xil rollar bergan. U Odam Atoni bosh, yetakchi bo‘lish va hokimiyat uchun yaratgan […]

Cho‘pon Xudo tomonidan xizmatga “chaqirilishi” kerakmi?

11.17.2015

Bir tomondan, Yangi Ahddagi oqsoqollik yoki cho‘ponlik xizmati uchun maxsus “chaqirilish” talab etilishi haqida Kalomda hech narsa deyilmagan. Cho‘ponlar Eski Ahddagi payg‘ambarlar va oliy ruhoniylar chaqirilganiga o‘xshash tarzda (Yer. 1:5; Ibr. 5:4) xizmatga chaqirilishi kerakligi haqida Yangi Ahdda hech nima deyilmagan. Bundan tashqari, Yangi Ahdda “chaqirilish” atamasi hech qachon cho‘ponlik xizmatiga nisbatan ishlatilmagan, faqatgina umumiy […]

Xushxabar nima?

09.17.2015

Xushxabar Iso Masih gunohkorlarni Xudo bilan yarashtirish uchun qilgan ishi haqidagi xush xabardir. Quyida batafsilroq yoritiladi: Yakkayu-yagona, muqaddas Xudo bizni O‘z suratida yaratdi, toki biz uni tanib bilaylik (Ibt. 1:26-28). Lekin, biz gunoh qildik va o‘zimizni Undan ajratdik (Ibt. 3; Rim. 3:23). O‘zining buyuk sevgisi bilan, Xudo O‘z Og‘li Iso Masihni shoh sifatida kelib, O‘z […]

Jamoatlar cho‘ponlarni tayyorlashga sarmoya kiritishining ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?

07.17.2015

Quyida butun jamoat cho‘ponlarni tayyorlashda ishtirok eta olishi mumkin bo‘lgan bir necha yo‘llar keltirilgan: Faqatgina katta cho‘ponni emas, har qanday va’zxonlarni ham tinglashga ochiq bo‘ling. Va’z aytishni o‘rganishning yagona yo‘li bu va’z aytishdir. Agar Xudo jamoatdagi ba’zi odamlarga va’z aytish xohishini bersa, jamoat ularning unchalik o‘ziga rom etmaydigan chiqishlari va uslublarini sabr-toqat bilan qabul qilishni o‘rganishlari […]