Xushxabar aytishning “eng yaxshi” yo‘li bormi?

12.02.2017

Xushxabar aytishning yagona “eng yaxshi” yo‘li birovga butun injil xabarini aytish va uni Masihga imon keltirishga chaqirishdir. Bu avval munosabat qurishni bildirishi yoki bildirmasligi mumkin. Bu oilangiz a’zosiga xat yozish yoki do‘stingiz bilan kofe ustida xushxabarni bo‘lishishni bildirishi mumkin. Bu jamoatda va’z aytish, yoki uyingizda xushxabarchilikka yo‘naltirilgan Kalom o‘rganishga mezbonlik qilish, yoki xushxabarni bo‘lishish uchun […]

Xushxabar bizdagi muhotjliklarni qondirish haqidami?

12.01.2017

Yo‘q. Lekin… Yo‘q.U bizning haqiqiy muhtojligimizni ochib berish haqidadir, ya’ni bizning Xudo oldidagi aybdor holatimizdir (Yuhanno 3:36). Muqaddas Ruh tomonidan insonning aybdor ekanligi ko‘rsatilmaguncha, bu muhtojlik bo‘lmaydi. Yo‘q. Katta muammo biz Xudo haqida qanday hissiyotga ega ekanligimiz emas, balki Xudo biz haqimizda qanday hissiyotga ega ekanligidir. O‘zining muqaddasligida, u gunohdan nafratlanadi. Biz qahr-g‘azabga loyiq farzandalar […]

Butun jamoat “xizmatlari” g‘oyasi jamoatning tadbir emas, “odamlar guruhi, ya’ni, xalq” ekanligiga qarama-qarshimi?

11.19.2017

Bunday deb o‘ylamaymiz… Ba’zi odamlar mahalliy jamoatni Islohotchilar tomonidan belgilangan jamoatning uch “belgilari”: va’z aytish, marosimlar va jamoat intizomiy chora ko‘rishiga qarab ifodalashga qarshi chiqishadi. Ular jamoat bir tadbir yoki faoliyat emas, yoki faqat yakshanba kunlari emas, butun hafta davomidagi Masihning bir xalqi deb aytishadi. Bu yozuvchilar nominal (nomigagina bo‘lgan) masihylikka va imonlilar orasida shohlikka […]

Jamoatda nimani izlashim kerak?

11.18.2017

Ekspozitsion (izohli) va’zni. Cho‘pon Xudo Kalomini va’z qiladimi yoki o‘z g‘oyalarinimi? U o‘z va’zining rejasini Kalomga asoslanib tuzadimi yoki mavzularni boshqa bir mezonga asoslanib tanlaydimi? (2 Tim. 2:15, 4:2-2) Kalomiy teologiyani. Jamoat asosiy kalomiy doktrinalarni (ta’limotlarni) ochiq tan oladimi? Yetakchilar doimiy tarzda sog‘lom ta’limotni o‘rgatishadimi? (Titus 1:9-11) Xushxabarga doir kalomiy tushunchani. Jamoat Iso Masih O‘z o‘limi va […]

Xushxabar aytganimizdan keyin nima qilishimiz kerak?

09.18.2017

Bu asosan tinglovchingizning javobiga bog‘liq. Quyida siz duch kelishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi javoblar keltirilgan. Men qaror qilolmayapman.Agar odamlar bizga bir qarorga kelolmayotganlarini aytishsa, biz albatta ularni bunga majburlay olmaymiz. Lekin, ular beqaror bo‘lganlarida yupatmasligimiz kerak. Insoniyatning Xudoga qarshi isyonida real neytrallik yo‘q. Men kutishni xohlayman. Agar siz kimnidir xushxabar unchalik jalb etmaganini sezsangiz, xabarni aniqroq qilib […]

Ekspozitsion va’z nima?

06.17.2017

Ekspozitsion va’z bu Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy g’oyasini olib, va’zning asosiy g’oyasiga aylantiradigan va bugungi hayotga moslashtiradigan va’zdir. Boshqacha qilib aytganda, ekspozitsion va’z Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy mazmunini “ochib beradi” va tinglovchilar hayotiga uning qanday ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu xolos. Bu shuni anglatadiki, ekspozitsion va’z Faqatgina bir yoki ikki oyatga […]

Jamoatdagi intizomiy chora nima?

05.17.2017

Jamoatdagi intizomiy chora bu jamoat o‘zining bironta a’zosining gunohiga qarshi turish va uni tavbaga chaqirish amalidir; bunda agar shaxs tavba qilmasa, tavba qilinmagan jiddiy gunohi tufayli Isoni tan oluvchi bu jamoatdan va Qutlug‘ Kechlikdan chetlashtirishgacha boriladi. Kengroq ma’noda esa, intizomiy chora jamoat o‘z a’zolariga muqaddaslikka rioya qilishga va gunohga qarshi kurashishga yordam berish uchun ko‘riladigan […]

Jamoat konsultatsiyasi nima?

04.17.2017

Jamoat konsultatsiyasi “konsultatsiya”ni mahalliy jamoatning intizomiy ishiga olib kelishga urinishdir. Bu “tashqaridagi” mutaxassisga murojaat qilishdan ko‘ra, bir-birlarining konsultativ muhtojliklarini qondirishlari uchun jamoat a’zolari va yetakchilarini qurollantirish orqali konsultatsiya amaliyotini qo‘llashdir. Jamoat konsultatsiyasi “mutaxassis” rolidan yoki birovni mutaxassisga borishni tavsiya qilishdan butunlay voz kechmaydi, ayniqsa, murakkab vaziyatlarda. Shunga qaramay, bir necha kalomiy qarashlarga asoslanadi: 1) Konsultatsiya […]

Yuqoridan tug’ilish nima?

03.17.2017

Yuqoridan tug’ilish inson hayotidagi 180 darajaga burilish hisoblanadi. Bu najotga erishish uchun shaxs butun o‘zligini gunohdan Masihga burishi hisoblanadi. Butga sajda qilishdan, Xudoga sajda qilishga. O‘zini o‘zi oqlashdan, Masihning oqlashiga. O‘z-o‘zini boshqarishdan, Xudo boshqaruviga. Yuqoridan tug’ilish bu Xudo ruhan o‘lganlarni uyg‘otganda va ularni o‘z gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga imkon berganda sodir bo‘ladigan […]

Gunoh nima?

02.18.2017

Gunoh mohiyatan Xudoga qarshi isyondir (Rim. 1:18-32). Gunoh Xudoni Xudo sifatida tan olishni rad etish va o‘zimizni Xudo o‘rniga qo‘yishdir. Gunoh Xudoning irodasi va qonuniga to‘la mos kelmaydigan har qanday amaldir (1-Yuhanno. 3:4). Gunoh Xudoning g‘azabini keltirib chiqaradi. Xudo muqaddasligi sababli, U gunoh uchun jazolaydi. Xudo bir kun kelib barcha insonni hukm qilishni va har bir kishini […]