Xushxabar qaysi eng asosiy (fundamental) muammoga yechim beradi?

09.17.2018

Xushxabar asosan ehtiyojlarimizni qondirish haqidami? Kuchli xohishlarimizni amalga oshirilishini anglatadimi? Jamiyatni o’zgartirishnimi? Yaxshiroq hayotda yashash haqida o’rgatadimi? Kambag’allarning ahvolini yaxshilashnimi yoki u bizlarni boy va sog’lom qilish haqidami? Xushxabar haqidagi bu fikrlarning bari bitta muammoga qaratiladi va “Butun Xushxabar mana shu haqda!” deb aytadi.  Lekin, bu narsalarning birontasi butun xushxabarni tashkil etadimi? Bu narsalarning birontasi […]

Yaxshi ishlar najotga erishishda qanday o‘ringa ega?

08.17.2018

Qisqa javob: Biz faqatgina imon orqali oqlandik (Xudoning nazarida solih deb topildik), lekin oqlaydigan imon hech qachon yolg‘iz kelmaydi. Faqatgina imon orqali oqlandik …: Biz qonun ishlari orqali emas, imon orqali oqlandik (Rim.3:28). Xudo bizni solih deb hisoblaydi, chunki U Masihning solihligini bizning solihligimiz sifatida ko‘radi (Fil. 3:9, Rim. 5:17). Bularning bari faqatgina imon orqali amalga […]

Najotga erishish uchun tavba qilish zarurmi?

06.17.2018

Ba’zi odamlar Isoga “Najotkor” sifatida imon keltirishingiz mumkin, lekin “Ega” sifatida emas, deb aytishadi. Ya’ni, ularning aytishicha, siz unga ishonishingiz, lekin gunohingizdan hech qachon tavba qilmasligingiz mumkin. Siz Unga ishonishingiz va hayotingiz masihiy bo‘lganingizdan oldin qanday bo‘lsa, shunday davom etsa ham, najotga erishishingiz mumkin. Va shunga o‘xshash iddaolarni davom ettirishadi. Hatto ba’zi odamlar aytishadiki, agar […]

Masihiy sajda xizmatiga nima tegishli yoki tegishli emasligini qanday farqalashimiz kerak?

12.18.2017

Ba’zi masihiylar uchun bu savolga javob o’z-o’zidan ma’lumdek tuyuladi: “Xudo Uni qanday xohlasak, shunday sajda qilish erkinligini bergan. Muqaddas Ruh bizni ilhomlantirgan har qanday ishni qilishmiz kerak – biz Muqaddas Ruh olovini so’ndirishni xohlamaymiz-ku, axir! Lekin, agar kimdir Xudoga Uning suratiga ta’zim qilish orqali sajda qilishni xohlasa-chi? Balkim biz sajda deb ba’zi narsalarni qilmasligimiz kerakdir, […]

Masihiylar atroflaridagi madaniyatga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?

12.16.2017

Iso Unga ergashuvchilar bu dunyoda bo‘lishlari haqida ibodat qilgan, bu dunyodan bo‘lishari haqida emas (Yuhanno 17:11, 14-15). Shuning uchun, barcha masihiy madaniy aloqaga kirishishlar bizning fuqaroligimiz, bizning umidimiz va bizning sevgan narsalarimiz osmonda ekanligi hissi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi kerak (Fil. 3:20-21; Kol. 3:1-3). Biz bu dunyodan emasmiz, shuning uchun, biz uning qadriyatlari, umidlari va maqsadlariga […]

Qay tarzda xushxabar ham aybdorlik va ham uyatga yechim beradi?

12.13.2017

Bugungi kunda ba’zi jamoat yetakchilari xushxabar aybdorlikka emas, uyatga yechim beradi, deya ta’kidlashadi. Yoki ular uyat, Muqaddas Kitobdagi muhimroq (asosiyroq) kategoriya va biz xushxabar aytayotganda aybdorlik g‘oyasiga urg‘u bermasligimiz kerak, deb aytishadi. Kengroq ma’noda aytadigan bo‘lsak, biz aybdorlikni Xudoga qarshi jinoyat qilish va Uning qonuniy qahr-g‘azabiga duchor bo‘lish obyektiv (xolis) holati deya ifodalashimiz mumkin. Boshqa […]

Ekspozitsion va’z boshqa turdagi va’zlardan qay tarzda farqlanadi?

12.12.2017

Tematik (mavzuviy) va’z: Tematik va’zda va’zxon o‘zi yetkazmoqchi bo‘lgan mavzuni tanlaydi va keyin o‘sha mavzuga mos kalomdan material izlaydi. Tematik va’z va’zxonning kun tartibi (rejasi)dan, ya’ni, u gapirishni xohlagan narsadan kelib chiqadi. Ekspozitsion va’z esa, boshqa tomondan, Muqaddas Kitobdan boshlanadi. Va’zxon nimani va’z qilishga qaror qilmasdan Kalomga qaraydi; u Kalomdagi matnga qaraydi va nimani va’z qilishni […]

Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti qay tarzda xushxabarni qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi?

12.11.2017

Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti xushxabarni quyidagi yo‘llarda qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi: Dunyoga kim masihiy va kim masihiy emasligini ko‘rsatish orqali.Masihiy va masihiy bo‘lmaganlar o‘rtasidagi chiziq qancha aniqroq bo‘lsa, xushxabar shuncha aniqroq bo‘ladi. Xushxabar hayotni o‘zgartiruvchi xabar ekanligini namoyon etish orqali.Jamoat gunoh qulligidan ozod qilingan va hozir solihlik qullari bo‘lgan odamlar bilan to‘lib-toshganda (Rim. 6:15-23), […]

Ustozlik qilish, aslida, qanday amalga oshiriladi?

12.04.2017

Ustozlik qilish, asosan, ta’lim berish va o‘rnak bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Ustozlik sevgi orqali juda yaxshi amalga oshadi. Biz yosh imonlilarga xudojo‘ylik yo‘lida ta’lim berar va munosib hayotda yashar ekanmiz, ular bizning hayotimiz va ta’limotimizga taqlid qilib Masihga o‘xshashlikka o‘sib boradilar (1 Tim. 4:16ga qarang). Ta’lim berish: Muqaddas Kitob cho‘ponlar va ota-onalarni o‘z qaramog‘ida bo‘lganlarga ta’lim […]

Amalda, boshqa masihiylarga qanday ustozlik qila olaman?

12.03.2017

Jamoatga qo‘shiling. Jamoat yig‘ilishlariga ertaroq boring va u yerdan kechroq chiqing. Jamoatingiz a’zolari bilan mehmondo‘st bo‘ling. Xudodan doimiy do‘stlik bo‘lishi haqida so‘rang. Agar iloji bo‘lsa, o‘z oilangiz yoki cho‘ponlik budjet xarajatlaringizdan masihiy birodarlaringiz bilan haftalik uchrashuvlar ham joy olsin. Bu masalani turmush o‘rtog‘ingiz bilan maslahatlashing. Agar iloji bo‘lsa, unga ham shunday xarajatlar uchun budjetingizdan mablag‘ […]