Jamoat konsultatsiyasi nima?

04.17.2017

Jamoat konsultatsiyasi “konsultatsiya”ni mahalliy jamoatning intizomiy ishiga olib kelishga urinishdir. Bu “tashqaridagi” mutaxassisga murojaat qilishdan ko‘ra, bir-birlarining konsultativ muhtojliklarini qondirishlari uchun jamoat a’zolari va yetakchilarini qurollantirish orqali konsultatsiya amaliyotini qo‘llashdir. Jamoat konsultatsiyasi “mutaxassis” rolidan yoki birovni mutaxassisga borishni tavsiya qilishdan butunlay voz kechmaydi, ayniqsa, murakkab vaziyatlarda. Shunga qaramay, bir necha kalomiy qarashlarga asoslanadi: 1) Konsultatsiya […]

Xizmatdagi muvaffaqiyat nima? U qanday o’lchanadi?

03.21.2017

Bu qiyin savol, chunki bu savolga javob berayotganda bir-biriga raqobatdosh har xil tamoyillar yuzaga keladi. G’ayritabiiy narsalarni o’lchash?G’ayritabiiy hosilni har doim ham o’lchab bo’lmaydi. Muvaffaqiyat ishonchlilik bilan barobar.Muvaffaqiyatning eng muhim mezonlaridan biri bu Xudo Kalomini ishonchli tarzda (o’zgartirmasdan) va’z qilish va Kalomga mos ravishda yashashdir. Bu jamoatga qatnovchilar sonidan muhimroq narsa.Jamoatga qatnaydigan odamlarning soni e’tiborga […]

Yuqoridan tug’ilish nima?

03.17.2017

Yuqoridan tug’ilish inson hayotidagi 180 darajaga burilish hisoblanadi. Bu najotga erishish uchun shaxs butun o‘zligini gunohdan Masihga burishi hisoblanadi. Butga sajda qilishdan, Xudoga sajda qilishga. O‘zini o‘zi oqlashdan, Masihning oqlashiga. O‘z-o‘zini boshqarishdan, Xudo boshqaruviga. Yuqoridan tug’ilish bu Xudo ruhan o‘lganlarni uyg‘otganda va ularni o‘z gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga imkon berganda sodir bo‘ladigan […]

Gunoh nima?

02.18.2017

Gunoh mohiyatan Xudoga qarshi isyondir (Rim. 1:18-32). Gunoh Xudoni Xudo sifatida tan olishni rad etish va o‘zimizni Xudo o‘rniga qo‘yishdir. Gunoh Xudoning irodasi va qonuniga to‘la mos kelmaydigan har qanday amaldir (1-Yuhanno. 3:4). Gunoh Xudoning g‘azabini keltirib chiqaradi. Xudo muqaddasligi sababli, U gunoh uchun jazolaydi. Xudo bir kun kelib barcha insonni hukm qilishni va har bir kishini […]

Xushxabarchilik nima?

02.17.2017

Xushxabarchilik – bu boshqalarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilgani haqidagi yaxshi – xush xabarni aytishdir. Buni amalga oshirish uchun, siz boshqalarga quyidagilarni aytishingiz kerak: Xudo muqaddasdir (1 Yuhanno 1:5). U barchaning Yaratuvchisidir (Ibtido 1:1). Hamma odamlar gunohkor va Xudoning adolatli, abadiy qahriga munosibdir (Rim. 3:10-19, Mark 9:48, Vahiy 14:11). To‘laqonli Xudo va to‘laqonli […]

“Kalomiy teologiya” nima degani?

01.18.2017

“Kalomiy teologiya” atamasi ikki usulda ishlatilishi mumkin: Sog‘lom doktrina (ta’limot). Bu atama o‘rtamiyona odam o‘ylaydigan ma’noni bildirishi mumkin: ya’ni bu Kalomga mos teologiya yoki Xudo Kalomida O‘zi haqida namoyon qilgan haqiqatlarni o‘zida aniq aks ettirgan teologiyadir. Jamoat yetakchilari odatda ommabop o‘lgan, birovni xafa qilmaydigan va odamlar eshitishni xohlagan narsalarni o‘rgatish vasvasasiga uchraydilar. Ular an’anaga sodiq qolgan […]

“Haqiqiy a’zolik” nima?

01.17.2017

“Haqiqiy a’zolik” to‘rt narsani bildiradi: Jamoat a’zolari masihiylar bo‘lishlari kerak. Havoriylar kitobida xushxabarga ishonganlargina jamoatga qo‘shilganlar (Hav. 2:41, 47). Pavlusning jamoatlarga maktublari masihiylarga atalgan maktublardir (Rim. 1:7, 1 Kor. 1:2). Hech bir jamoat kim imonli yoki imonli emasligini to‘liq aniqlay olmasada, har bir jamoat o‘z a’zoligini faqatgina Masihga imon keltirib, uni ishonchli tarzda tan olganlarga […]

Nima uchun jamoatlar doimiy ravishda jamoatga qatnamaydigan a’zolarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashi kerak?

01.08.2017

Ba’zi jamoat a’zolari jamoatga doimiy ravishda qatnashlariga sog‘liklari yoki qanaqadir zaruriyatlar (masalan, harbiy xizmatga chaqirilish) yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, boshqalari esa, o‘zlari a’zo bo‘lgan jamoatga qatnamaslikka ongli ravishda qaror qiladilar. Bunday yig‘ilishlarni qoldiruvchi odamlar jamoatga zararli ta’sir ko‘rsatadilar: Ular xushxabar aytishga qiyinchilik tug‘diradilar. Masihning nomini ko‘tarib yuruvchi – jamoatingiz tomonidan ularni a’zo sifatida tasdiqlash orqali – […]

Mahalliy jamoat nima uchun ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishi kerak?

01.05.2017

Mahalliy jamoat a’zolari quyidagi sabablarga ko‘ra ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishlari kerak: Kalomga bo‘ysunish uchun. Muqaddas Kitob barcha masihiylar bir-birlarini imonda ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi (Rim. 15:14; Efes. 4:13-16). Kalom, shu bilan birga, yoshi katta masihiylarga yosh masihiylar uchun namuna ko‘rsatishni buyuradi, toki ular butun hayot yo‘llari ulardan o‘rnak olishsin (Titus 2:3, 6-7; Ibr. 13:7). Yoshroq masihiylarga […]

Jamoat yetakchisi sifatida, qanday qilib ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishga yordam bera olaman?

12.17.2016

Haftalik reja tuzayotganingizda yoshroq masihiylar bilan ko‘rishish uchun vaqt ajrating (nonushta va tushliklar, sayr qilish, va’z bo‘yicha doimiy muhokamalar va hokazolar). Agar jamoatingizda savodli odamlar ko‘p bo‘lsa, jamoat budjetidan tekin kitoblar uchun mablag‘ ajratilishini so‘rang. Bu kitoblarni o‘qish va o‘qiganlarini muhokama qilishlari uchun odamlarda qiziqish uyg‘oting. Jamoatingizdagi yetuk imonlilarni boshqalar bilan ko‘rishishga rag‘batlantirish yo‘llarini qidiring […]