Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti qay tarzda xushxabarni qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi?

12.11.2017

Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti xushxabarni quyidagi yo‘llarda qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi: Dunyoga kim masihiy va kim masihiy emasligini ko‘rsatish orqali.Masihiy va masihiy bo‘lmaganlar o‘rtasidagi chiziq qancha aniqroq bo‘lsa, xushxabar shuncha aniqroq bo‘ladi. Xushxabar hayotni o‘zgartiruvchi xabar ekanligini namoyon etish orqali.Jamoat gunoh qulligidan ozod qilingan va hozir solihlik qullari bo‘lgan odamlar bilan to‘lib-toshganda (Rim. 6:15-23), […]

Qanday qilib biz berilgan har qanday matndan xushxabar tomon boramiz?

12.10.2017

Matnni butun kitob konteksti ichiga joylashtiring.Kitobning takrorlanmas mavzulari Masih tomon yo‘l ochadi. Ibtidoda yaratilish va va’da mavzulari, Chiqishda xaloskorlik, Levilarda muqaddaslik va qurbonlik va hokazo mavzular, bularning bari oxir-oqibatda, Masih tomon yo‘naltiradi, bu kitoblarning ichidagi alohida parchalar esa, odatda, o‘sha mavzularni qandaydir tarzda yoritib beradi. Matnning teologik mavzulari qay tarzda xushxabar mavzulariga aloqador ekanligini ta’kidlang. Matnda […]

Qanday qilib va’zlarimizda yaxshi kalomiy teologiyani qo‘llashimiz mumkin?

12.09.2017

Har bir matnni Muqaddas Kitobning umumiy hikoyasi ichiga joylashtiring. Matnda turib orqaga nazar soling va Muqaddas Kitobda ushbu matn uchun qaysi ahd va’dalariga dahldor ekanligini aniqlang: Ibrohimga berilgan va’dalarmi? Musogami? Dovudgami? Keyin oldinga qarang va siz o‘rganayotgan matn Masih shaxsi va ishida qanday amalga oshgani haqida o‘ylang. Najot tarixi ichidagi bu matn bosqichi davomiy ekanligi va […]

Oqsoqollar “cho‘pon” bilan qanday aloqada bo‘ladilar?

12.08.2017

Kalomdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, barcha oqsoqollar cho‘ponlardir. Butrus oqsoqollarga “Xudoning nazoratingizdagi suruvini yaxshi boqinglar (grekchada “cho‘ponlik” qilinglar) (1-But. 5:2). Pavlus Efeslik oqsoqollarga “Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. U bu jamoatni O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan” (Havoriylar 20:28). Yangi Ahdda “cho‘pon” (“pastor”) so‘zi birgina joyda ot sifatida ishlatilgan va unda ham bu so‘z oqsoqollik xizmati […]

Oqsoqollar jamoat hokimiyatiga qay tarzda aloqadorlar?

12.07.2017

Oqsoqollar jamoat irodasiga ko‘ra tayinlanadilar va chetlashtiriladilar. Ular jamoat ustidan sezilarli darajada hokimiyatga ega bo‘lsalarda, oxir-oqibatda jamoat oldida javobgardirlar va o‘z xizmatlarini davom ettirishlari jamoatning roziligiga bog‘liqdir. Jamoat Masihiy shogirdlik masalalarida oqsoqollarga ishonishi va ularga ergashishi kerak. Yangi Ahdda jamoat a’zolari o‘zlari ustidan hokimiyatga ega xizmatchilarga bo‘ysunishlari va itoat etishlari buyurilgan (Ibr. 13:17, 1-Sal. 5:12). […]

Oqsoqollar diakonlar bilan qanday aloqada bo‘ladilar?

12.06.2017

Ko‘pgina jamoatlarda diakonlar oqsoqollarga o‘xshab faoliyat olib boradilar va ular orasidagi aloqani adashtirishadi. Lekin, ularning o‘ziga xos kalomiy vazifalarini yana bir marta ko‘rib chiqish orqali ular bir-biri bilan qanday aloqada bo‘lishlari kerakligini ko‘rishimiz mumkin: Oqsoqollar Kalomiy ta’lim berish va nazorat qilish orqali suruvga cho‘ponlik qiladilar (1-Tim. 3:2; 1-But 5:2). Diakonlar jamoatning moddiy va moliyaviy ehtiyojlari […]

Mendan ancha katta bo‘lgan odamlarga qanday qilib va’z aytishim mumkin?

12.05.2017

Xushxabarni va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar Xudoning Masihdagi najotkorlik ishi haqida eshitishi, ishonishi va yodga olishi lozim. Xudoning mutlaq hokimiyati haqida va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar hayotimizdagi har bir va’ziyat ustidan yagona Xudo hukmron ekanligini eslatilishga muhtojdir. Azob-uqubatlar haqida va’z qiling. Yosh biz his qiladigan va ko‘radigan azob-uqubatlarni chuqurlashtiradi, u afsuslanish azobi bo‘ladimi, bo‘gimlarning og‘rishi […]

Ustozlik qilish, aslida, qanday amalga oshiriladi?

12.04.2017

Ustozlik qilish, asosan, ta’lim berish va o‘rnak bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Ustozlik sevgi orqali juda yaxshi amalga oshadi. Biz yosh imonlilarga xudojo‘ylik yo‘lida ta’lim berar va munosib hayotda yashar ekanmiz, ular bizning hayotimiz va ta’limotimizga taqlid qilib Masihga o‘xshashlikka o‘sib boradilar (1 Tim. 4:16ga qarang). Ta’lim berish: Muqaddas Kitob cho‘ponlar va ota-onalarni o‘z qaramog‘ida bo‘lganlarga ta’lim […]

Amalda, boshqa masihiylarga qanday ustozlik qila olaman?

12.03.2017

Jamoatga qo‘shiling. Jamoat yig‘ilishlariga ertaroq boring va u yerdan kechroq chiqing. Jamoatingiz a’zolari bilan mehmondo‘st bo‘ling. Xudodan doimiy do‘stlik bo‘lishi haqida so‘rang. Agar iloji bo‘lsa, o‘z oilangiz yoki cho‘ponlik budjet xarajatlaringizdan masihiy birodarlaringiz bilan haftalik uchrashuvlar ham joy olsin. Bu masalani turmush o‘rtog‘ingiz bilan maslahatlashing. Agar iloji bo‘lsa, unga ham shunday xarajatlar uchun budjetingizdan mablag‘ […]

Xushxabar aytishning “eng yaxshi” yo‘li bormi?

12.02.2017

Xushxabar aytishning yagona “eng yaxshi” yo‘li birovga butun injil xabarini aytish va uni Masihga imon keltirishga chaqirishdir. Bu avval munosabat qurishni bildirishi yoki bildirmasligi mumkin. Bu oilangiz a’zosiga xat yozish yoki do‘stingiz bilan kofe ustida xushxabarni bo‘lishishni bildirishi mumkin. Bu jamoatda va’z aytish, yoki uyingizda xushxabarchilikka yo‘naltirilgan Kalom o‘rganishga mezbonlik qilish, yoki xushxabarni bo‘lishish uchun […]