Cho‘pon bo‘lishim kerak yoki kerak emasligini qayerdan bilsam bo‘ladi?

11.17.2016

An’anaga ko‘ra, masihiylar cho‘ponlik xizmatiga kirishishdan oldin ikki turdagi “chaqirilish”ni boshdan kechirishi kerakligini ta’kidlashadi: bular ichki chaqirilish va tashqi chaqirilish. “Chaqirilish” so‘zi odamni chalg‘itishi mumkin bo‘lsada, asosiy g‘oya to‘g‘ri. Cho‘pon bo‘lishdan oldin shaxs bu ishni qilishni xohlashi va jamoat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bularni qilishning bir qismi oqsoqolning kalomiy xislatlarini inobatga olishga dahldordir. Bu ishni qilishni […]

Kalomiy teologiya bo’yicha tushunchamning qanday oshira olaman?

10.17.2016

Barcha Muqaddas Yozuvlarni tematik (mavzuviy) tarzda o’rganing. Barcha Muqaddas Yozuvlarni ham chuqur, ham keng o’rganishingiz kerak, ayniqsa, Muqaddas Kitob bo’ylab ma’lum bir mavzuni barcha kitoblarda kuzatib borsak, juda foydali bo’ladi. Agar siz yaratilish va yangi yaratilish, Shabbat, shohlik, ahd va Xudoning O’z xalqi bilan yashashi kabi mavzular qanday qilib butun Muqaddas Kitob bo’ylab rivojlanib borishini o’rgansangiz, […]

Sog‘lom ta’limot haqidagi tushunchamni qanday rivojlantira olaman?

09.17.2016

Va’z qilingan Kalomga diqqatingizni qarating. Cho‘poningiz har hafta Xudo Kalomini tushuntirib berganda uni diqqat bilan eshiting. Undan keyin va’zni do‘stlaringiz va oilangiz bilan muhokama qiling. Muqaddas Yozuvlarni ishtiyoq bilan o‘rganing. Bunga keng va chuqur yondashing. Ya’ni, umumiy manzarani ko‘ra olish uchun butun Kalomni o‘qib chiqing, lekin, shu bilan birga, kichik qismlarni (masalan, alohida kitoblarni) qo‘lingizdan kelgancha butun […]

Jamoatimga sog‘lom ta’limotni tushunishda o‘sishga qanday yordam bera olaman?

08.17.2016

Ekspozitsion va’z ayting. Siz Kalomiy matnning ma’nosini tushuntirib va hayotga moslashtirganingiz sari, sizning odamlaringiz Muqaddas Kitobni tushunishda o‘sib boradilar va uni hayotlarida qo‘llash qobiliyatlari ham oshib boradi. Va’zlaringizda tizimli teologiyadan foydalaning. Kalomdagi matnlarni ochib berayotganingizda (ekspozitsiya) har xil teologik mavzular yuzaga kelganda, o‘sha matnlar Muqaddas Kitobning o‘sha mavzuga doir butun ta’limotiga qanday aloqadorligini tushuntirib bering. Va’zlaringizda kalomiy […]

Jamoatimni jiddiy a’zolik sari qanday yetaklay olaman?

07.17.2016

Xushxabarni e’lon qiling. Xudoning muqaddasligi haqida, insoniyatning gunohkorligi, Masihning butun insoniyat gunohi uchun O’zini qurbon qilishi va Uning tirilishi haqida hamda biz o’z gunohlarimizdan tavba qilib, Unga ishonishimiz kerakligi haqida va’z qiling. Shu bilan birga, bir-birini sevmaganlar Xudoni sevaman deb o’ylashlari noo’rin ekanligini aniq tushuntiring (1-Yuhanno 4:20-21). Imon ahdi va Jamoat kelishuvini ishga soling. Jamoat a’zolaridan […]

Muqaddas Kitobga binoan, nima uchun har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak?

05.17.2016

Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak, chunki buni Kalom talab etadi. To’g’ri, Muqaddas Kitobda “Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak”, degan aniq buyruq yo’q, lekin Muqaddas Kitobdagi ikkita omil har bir masihiy mahalliy jamoatga qo’shilishi kerak ekanligini ko’rsatadi. Iso O’ziga imon keltirganlarni ajratib olish, ularni qo’llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun yerdagi intstitut sifatida, xalq orasida […]

Doimiy tarzda sokin vaqt o‘tkazish cho‘pon uchun muhimmi?

04.17.2016

Isoning O‘zi yolg‘iz qolib ibodat qila olish uchun katta olomonga xizmat qilishni to‘xtatib, kimsasiz joylarga borardi (Luqo 5:12-16). Havoriy Pavlus uzoq va yaqindagi jamoatlar uchun ibodat qilishga vaqt ajratadi (Rim. 1:9-10, 1-Kor. 1:4, Efes. 1:16, Fil. 1:4, Kol. 1:3). Lekin, agar Iso va Pavlusning misollari yetarli bo‘lmasa, quyida cho‘ponlar nima uchun har kuni Kalom o‘qish […]

Qanday holatda bolaning o‘zini yomon tutishi otasining oqsoqol yoki cho‘pon bo‘lish huquqidan mahrum etadi?

03.17.2016

Bola ota-onasidan mustaqil bo‘lganda, u ota-onasining hokimiyati ostidan chiqadi, Pavlusning Titusga yozgan maktubidagi gapi shunga tegishli. Bola ulg‘ayib, uyini tark etganda hech qaysi yaxshi ota-onalik uning Masihni Rabbim deb tan olishiga va bu bo‘yicha yashashiga kafolat bera olmaydi. Agar bola hali ota-onasining hokimiyati ostida bo‘lsa, uning o‘zini tutishi ikki holatda otasini oqsoqol bo‘lishi huquqidan mahrum […]

Jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan qutulish uchun, shunchaki, a’zolikdan chiqib ketishlari mumkinmi?

02.17.2016

Ba’zan intizomiy chora ko‘rilish jarayonida turgan jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan saqlanish maqsadida jamoat a’zoligidan chiqishga urinishadi. Jamoat bunga yo‘l qo‘yib berishi kerakmi? Albatta, yo‘q. Jamoatlar o‘z a’zolariga, shunchaki, intizomiy choradan qutulish uchun jamoat a’zoligidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak: Iso jamoatga, ya’ni bir butunlik sifatidagi mahalliy jamoatga kim ularga tegishli yoki tegishli emasligini belgilash vakolatini […]

Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?

01.17.2016

Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]