Ota-onalar o‘z farzandlari haqida o‘rganishi kerak bo‘lgan ba’zi muhim darslar

12.11.2018

Kichik yoshdagi bolalarga yoshligingizdagi kuch; kattaroq yoshdagi bolalarga esa donoligingiz kerak bo‘ladi (shuning uchun, hali yosh bo‘lgan chog‘ingizda farzandlar ko‘ring!). Farzandlaringiz hali kichikligida haqiqatni joylashtiring va Rabbimiz uni O‘z vaqtida ochishiga ishoning. Farzandlaringizni o‘rganing. Ularning “sevgi tili”ini bilib oling. Muntazam, sevgiga asoslangan, ishonchli intizomiy choralar uyingizga tinchlik olib keladi. Nomuntazamlik betartiblikka olib keladi. Farzandingiz o‘z […]

Cho‘ponlar jamoatda ayollarga maslahat va dalda berishlari uchun ba’zi umumiy yo‘l-yo‘riqlar nimalardan iborat?

12.10.2018

Cho‘pon sifatida, sizning maqsadingiz o‘zingizni, ayollarni va jamoatni himoya qilish uchun amaliy chegaralar o‘rnatish bo‘lishi kerak: Siz o‘zingizni nohaq ayblovlardan himoya qilishingiz kerak (1-Tim. 5:19). Bundan tashqari, cho‘ponlar yaxshi nomga ega bo‘lishlari kerak, shuning uchun, ham badnomlikdan xoli bo‘lish va ham badnomlikdan xoli bo‘lib ko‘rinishga ishonch hosil qilish uchun chegaralar o‘rnatishni xohlaysiz. Siz ayollarni har qaysi […]

Ota-onalar va oilalar duch keladigan ba’zi odatiy vasvasalar nimalardan iborat?

12.08.2018

Yakshanba tongidagi kurashlar. Shayton Rabbimiz kunini kurash kuniga aylantirish uchun tez-tez yakshanba kuni ertalablari uylarimizga keladiganga o‘xshaydi. Shuning uchun, ibodat qiling, barvaqt turing va sabr-toqatli bo‘ling. Boshqalar tomonidan (jamoatning boshqa a’zolari, masihiy bobo-buvilar va h.k.) bolalaringizni cho‘mdirishga bosimlar. Bunday tashqi bosimlarga qarshi turing. Buning o‘rniga, bolangizda ishonchli imon e’tirofini izlang va buni sinab ko‘ring (Hikm. 22:15). […]

Odamlar ekspozitsion va’z haqida qanday noto‘g‘ri fikr qilishadi?

12.03.2018

Kop odamlarda ekspositsion va’z haqida quyidagicha noto‘g‘ri fikrlar mavjud: Zerikarli egzegetik (talqin qiluvchi) ma’ruza.Ekspozitsion va’z quruq, akademik ma’ruza emas. To’g‘ri, u sinchikovlik bilan qilingan ekzegetikani/talqinni o‘z ichiga olishi kerak, lekin u, odatda, o‘sha ekzegetikaning mayda-chuyda tafsilotlarini taqdim etmasligi kerak. Aksincha, ekspozitsion va’z parchaning mohiyatini uning tinglovchilariga yo‘l-yoriq beradigan, ularni tuzatadigan va ayblarini ko‘rsatadigan tarzda aniq […]

Buyuk Topshiriq mahalliy jamoatlardan nimani talab qiladi?

12.02.2018

Isoning borib barcha xalqlardan shogird orttirish topshirig‘ini (Matt. 28:19) bajarish uchun, jamoatlar quyidagilarni amalga oshirishi kerak: Injil Xushxabarini uzluksiz va’z qilish. Agar jamoat butun dunyoga xushxabar aytishni xohlasa, u o‘z qo‘shnilaridan boshlashi kerak. Birinchi qadam: jamoatning har bir ommaviy yig‘ilishida xushxabarni aniq va ravshan va’z qilish. Iso buyurgan hamma narsaga amal qilishni odamlarga o‘rgatish. Buyuk Topshiriq Isoning […]

Yaxshi ishlar najotga erishishda qanday o‘ringa ega?

08.17.2018

Qisqa javob: Biz faqatgina imon orqali oqlandik (Xudoning nazarida solih deb topildik), lekin oqlaydigan imon hech qachon yolg‘iz kelmaydi. Faqatgina imon orqali oqlandik …: Biz qonun ishlari orqali emas, imon orqali oqlandik (Rim.3:28). Xudo bizni solih deb hisoblaydi, chunki U Masihning solihligini bizning solihligimiz sifatida ko‘radi (Fil. 3:9, Rim. 5:17). Bularning bari faqatgina imon orqali amalga […]

Najotga erishish uchun tavba qilish zarurmi?

06.17.2018

Ba’zi odamlar Isoga “Najotkor” sifatida imon keltirishingiz mumkin, lekin “Ega” sifatida emas, deb aytishadi. Ya’ni, ularning aytishicha, siz unga ishonishingiz, lekin gunohingizdan hech qachon tavba qilmasligingiz mumkin. Siz Unga ishonishingiz va hayotingiz masihiy bo‘lganingizdan oldin qanday bo‘lsa, shunday davom etsa ham, najotga erishishingiz mumkin. Va shunga o‘xshash iddaolarni davom ettirishadi. Hatto ba’zi odamlar aytishadiki, agar […]

Cho‘pon qanday qilib o‘z jamoatini jamoat intizomiy choralarini qo‘llashga donolik bilan yetaklay oladi?

05.17.2018

Kamtarlikni qo‘llab-quvvatlang.Odamlarga ular o‘zlarining ruhiy holatlari bo‘yicha, ehtimol, xato o‘ylayotganlarini ko‘rishlariga yordam bering. 1-Korinfliklarga 5-bobdagi odam, shu bilan birga, Pavlusning 2-Korinfliklarga 13:5dagi korinflik masihiylarga aytgan nasihati haqida o‘ylang. Pavlus imondamizmi yoki yo‘qmi, buni bilish uchun o‘zimizni tekshirishga chaqiradi. Jamoat a’zolaringiz bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun bir-birlariga yordam berishlari kerakligini tan olishadimi? Jamoatingiz jamoat a’zoligi bo‘yicha […]

Qanday qilib va’zxon o‘z jamoatini ekspozitsion va’zdan samarali foydalanishga tayyorlay oladi?

03.17.2018

Ularni cho‘zilishga majbur qiladigan yuqorilikdagi darajada va’z qiling, lekin va’z boshlari ustidan uchib ketadigan darajada yuqori bo‘lmasin. Matnni ularning hayotlariga xos ravishda moslashtiring. Jamoatni yaqin kelajakda aytiladigan barcha va’zlarning ro‘yxati keltirilgan varaqalar, blog postlar yoki shunga o‘xshash narsalar bilan ta’minlang, toki jamoat kelasi haftalarda va’zxon qaysi kalomiy matnlar bo‘yicha va’z qilishi haqida oldindan xabardor bo‘lsin. […]

Masihiyning shogirdlik faoliyati va o‘sishi uchun sog‘lom ta’limot nima sababdan muhim?

01.04.2018

Sog‘lom ta’limot masihiyning shogirdlik faoliyati va o‘sishi uchun muhimdir, chunki biz nimaga ishonsak, o‘sha narsa hayotimizda namoyon bo‘ladi. Masihiy Xudoning muqaddas xarakteri, cheksiz qudrati va inoyatini ko‘proq tushunib borar ekan, sevishda va Xudoni ulug‘lashda o‘sib boradi (1-But. 1:16; Ibr. 13:5-6; Tit. 2:11-14). Biz Xudoni U qanday bo‘lsa, shundayligi uchun Uning shuhratiga hamdlar aytamiz (Zab. 28:2). […]