Nima uchun cho‘ponlar jamoat yetakchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga shaxsan ustozlik qilishlari kerak?
Muqaddas Kitobda shunday buyurilgan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus quyidagicha yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.” Timo‘tiyga maktubi faqatgina Timo‘tiyga emas, bizga uchun ham taalluqli ekan (Rim. 15:4, 2-Tim. 3:16-17), har bir mahalliy jamoat cho‘poni jamoatdagi boshqa odamlarni ta’lim beruvchilar qilib tayyorlashi kerak. […]
Cho‘pon o‘z xotinini sevishning ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?
Jamoat siz bilan cho‘ponlik lavozimi uchun suhbat o‘tkazayotganida, ular xotiningizni emas, sizni ishga olishayotganligini tushuntiring (Muqaddas Kitobda oqsoqollarning xotinlari haqida hech narsa deyilmagan). Jamoat xotiningiz nima qilishi haqida so‘raganda, u jamoatga qo‘shilmoqchiligi va xuddi boshqalarga o‘xshab jamoatning oddiy bir a’zosi bo‘lmoqchiligini ayting. Jamoatning qo‘shimcha kutishlaridan o‘z qalbini himoya qilishga unga yordam bering. U jamoatdagi o‘z […]
Jamoatlar cho‘ponlarni tayyorlashga sarmoya kiritishining ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?
Quyida butun jamoat cho‘ponlarni tayyorlashda ishtirok eta olishi mumkin bo‘lgan bir necha yo‘llar keltirilgan: Faqatgina katta cho‘ponni emas, har qanday va’zxonlarni ham tinglashga ochiq bo‘ling. Va’z aytishni o‘rganishning yagona yo‘li bu va’z aytishdir. Agar Xudo jamoatdagi ba’zi odamlarga va’z aytish xohishini bersa, jamoat ularning unchalik o‘ziga rom etmaydigan chiqishlari va uslublarini sabr-toqat bilan qabul qilishni o‘rganishlari […]
Jamoatga a’zo bo‘lishning masihiyga qanday foydasi bor?
Bu sizni boshqa masihiylarga bog‘laydi. O‘zingizni sevgiga va boshqalarga xizmat qilishga bag‘ishlash yaxshi. O‘zingizni boshqa masihiylarga dalda berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash, ularga xizmat qilish, tanbeh berish va ular uchun ibodat qilishga bag‘ishlaganingizda siz masihiy sifatida o‘sasiz. Boshqalar sizga bog‘lanadi. Jamoatga a’zo bo‘lish siz uchun ruhan qarab turishga ahdlashgan bir guruh masihiylarga qo‘shilishni bildiradi. Agar siz jamoatga a’zo […]
Jamoat yig‘ilishlarida qanday ibodatlar qilinishi kerak?
Muqaddas Kitobda biz Xudoni ulug‘lash, tavba qilish, minnatdorchilik va Xudoga ma’lum bir iltimoslarni yetkazadigan ibodatlarni uchratamiz (Zab. 111; Zab. 50; 1-Kor. 11:24; Fil. 4:6). Jamoat yig‘ilishlarida har xil ko‘rinishdagi bu to‘rtta turli ibodat alohida vaqtlarda bo‘lishi va har biri to‘rt xil ko‘rinishda amalga oshirilishi kerak, deyilgan oyat yo‘q. Lekin, ishonamizki, bularning har birini chamalab ko‘rish […]
Cho‘ponlarni tayyorlashga kim mas’ul?
Ko‘pgina yevangelikal (injil) jamoatlar bu savolga javob o‘z-o‘zidan ma’lum deb bilishadi: seminariyalar cho‘ponlarni tayyorlashga mas’uldirlar. Cho‘pon bo‘lishga qaror qilgan odam seminariyaga borib, ilmiy darajaga ega bo‘ishi kerak va bundan keyin u cho‘pon bo‘lishga tayyor bo‘ladi. Lekin, Muqaddas Kitobda cho‘ponning o‘qitilishi bunday tasvirlanmagan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus shunday yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni […]
Nima uchun sajda xizmati har xil ibodat turlarini o‘z ichiga olishi kerak (ulug‘lash, minnatdorchilik bildirish, iqror bo‘lish, shafoat qilish)?
Jamoat Xudoga to‘g‘ri sajda qilish maqsadida masihiy sajda xizmati har xil ibodat turlarini o‘z ichiga olishi kerak. Xudo bizning olqishlarimizga tabiatan loyiqdir, shuning uchun, biz Uni ibodatlarimizda olqishlashimiz kerak (Zabur 134:3). Har bir yaxshi va mukammal hadyaning beruvchisi Xudodir (Yoqub 1:17), shuning uchun, biz Unga minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Xudo butun koinotning muqaddas Egasidir, shuning uchun, biz […]
Jamoatdagi xizmatlar, asosan, imonsizlarga xushxabar aytish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi yoki masihiylarni imonda mustahkamlash uchunmi?
Birinchi Korinfliklarga 14-bobda masihiylarning umumiy yig‘ilishiga doir butun Yangi Ahddagi eng batafsil ba’zi ko‘rsatmalar keltirilgan. Ushbu bobda Pavlus jamoatdagi xizmatlar, asosan, masihiylarning imonini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini tushuntirib beradi. Jamoat xizmatlari imonsizlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.Pavlus ta’kidlaydiki, masihiy yig‘ilishlardagi xizmatlar masihiy bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak, toki ular xushxabarni eshita olsinlar, gunohkor ekanliklarini tan olsinlar […]
Jamoatlar ustozlik qilishga “dastur” sifatida qarashlari kerakmi, yoki “yashash tarzi” sifatidami?
Jamoat uztozlik qilishga, asosan, maxsus bir voqea yoki xo‘jako‘rsinga qilingan bir dastur sifatida qaramasligi kerak. Ustozlik – bu vaziyat tug‘ilganda yoki odatdan tashqari sodir bo‘ladigan, bizning masihiylik hayotimizdan alohida ajratib qo‘ysa bo‘ladigan narsa emas. Masihiy bo‘lish – bu Masihning shogirdi bo‘lish demakdir. Masihning shogirdi bo‘lish esa, quyidagilarni bildiradi: (i) Masihga o‘xshashga yordam olish uchun boshqalarga […]

