Mahalliy jamoat nima uchun ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishi kerak?
Mahalliy jamoat a’zolari quyidagi sabablarga ko‘ra ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishlari kerak: Kalomga bo‘ysunish uchun. Muqaddas Kitob barcha masihiylar bir-birlarini imonda ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi (Rim. 15:14; Efes. 4:13-16). Kalom, shu bilan birga, yoshi katta masihiylarga yosh masihiylar uchun namuna ko‘rsatishni buyuradi, toki ular butun hayot yo‘llari ulardan o‘rnak olishsin (Titus 2:3, 6-7; Ibr. 13:7). Yoshroq masihiylarga […]
Jamoat yetakchisi sifatida, qanday qilib ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishga yordam bera olaman?
Haftalik reja tuzayotganingizda yoshroq masihiylar bilan ko‘rishish uchun vaqt ajrating (nonushta va tushliklar, sayr qilish, va’z bo‘yicha doimiy muhokamalar va hokazolar). Agar jamoatingizda savodli odamlar ko‘p bo‘lsa, jamoat budjetidan tekin kitoblar uchun mablag‘ ajratilishini so‘rang. Bu kitoblarni o‘qish va o‘qiganlarini muhokama qilishlari uchun odamlarda qiziqish uyg‘oting. Jamoatingizdagi yetuk imonlilarni boshqalar bilan ko‘rishishga rag‘batlantirish yo‘llarini qidiring […]
Kalomiy teologiya bo’yicha tushunchamning qanday oshira olaman?
Barcha Muqaddas Yozuvlarni tematik (mavzuviy) tarzda o’rganing. Barcha Muqaddas Yozuvlarni ham chuqur, ham keng o’rganishingiz kerak, ayniqsa, Muqaddas Kitob bo’ylab ma’lum bir mavzuni barcha kitoblarda kuzatib borsak, juda foydali bo’ladi. Agar siz yaratilish va yangi yaratilish, Shabbat, shohlik, ahd va Xudoning O’z xalqi bilan yashashi kabi mavzular qanday qilib butun Muqaddas Kitob bo’ylab rivojlanib borishini o’rgansangiz, […]
Sog‘lom ta’limot haqidagi tushunchamni qanday rivojlantira olaman?
Va’z qilingan Kalomga diqqatingizni qarating. Cho‘poningiz har hafta Xudo Kalomini tushuntirib berganda uni diqqat bilan eshiting. Undan keyin va’zni do‘stlaringiz va oilangiz bilan muhokama qiling. Muqaddas Yozuvlarni ishtiyoq bilan o‘rganing. Bunga keng va chuqur yondashing. Ya’ni, umumiy manzarani ko‘ra olish uchun butun Kalomni o‘qib chiqing, lekin, shu bilan birga, kichik qismlarni (masalan, alohida kitoblarni) qo‘lingizdan kelgancha butun […]
Jamoatimga sog‘lom ta’limotni tushunishda o‘sishga qanday yordam bera olaman?
Ekspozitsion va’z ayting. Siz Kalomiy matnning ma’nosini tushuntirib va hayotga moslashtirganingiz sari, sizning odamlaringiz Muqaddas Kitobni tushunishda o‘sib boradilar va uni hayotlarida qo‘llash qobiliyatlari ham oshib boradi. Va’zlaringizda tizimli teologiyadan foydalaning. Kalomdagi matnlarni ochib berayotganingizda (ekspozitsiya) har xil teologik mavzular yuzaga kelganda, o‘sha matnlar Muqaddas Kitobning o‘sha mavzuga doir butun ta’limotiga qanday aloqadorligini tushuntirib bering. Va’zlaringizda kalomiy […]
Qanday qilib har hafta eshitadigan va’zlardan ko‘proq samara olishim mumkin?
Butun hafta davomida yakshanba kuni va’z qilinadigan parcha ustida fikr yuriting. Cho‘poningiz o‘z va’zini tayyorlayotganda u uchun ibodat qiling. Matn bo‘yicha qaydlar yozib qo‘ying. Matn bo‘yicha savollar so‘rang. Matn bo‘yicha ibodat qiling. Yakshanba kungi yig‘ilish uchun tayyorlaning. Shanba kuni kechqurun yoki yakshanba kuni ertalab, Xudo Kalomini va’z qilinishini tinglash imkoniyatingiz uchun, oldindan ibodat qiling. Va’zdan oldin yuragingiz […]
Muqaddas Kitobga binoan, nima uchun har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak?
Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak, chunki buni Kalom talab etadi. To’g’ri, Muqaddas Kitobda “Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak”, degan aniq buyruq yo’q, lekin Muqaddas Kitobdagi ikkita omil har bir masihiy mahalliy jamoatga qo’shilishi kerak ekanligini ko’rsatadi. Iso O’ziga imon keltirganlarni ajratib olish, ularni qo’llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun yerdagi intstitut sifatida, xalq orasida […]
Doimiy tarzda sokin vaqt o‘tkazish cho‘pon uchun muhimmi?
Isoning O‘zi yolg‘iz qolib ibodat qila olish uchun katta olomonga xizmat qilishni to‘xtatib, kimsasiz joylarga borardi (Luqo 5:12-16). Havoriy Pavlus uzoq va yaqindagi jamoatlar uchun ibodat qilishga vaqt ajratadi (Rim. 1:9-10, 1-Kor. 1:4, Efes. 1:16, Fil. 1:4, Kol. 1:3). Lekin, agar Iso va Pavlusning misollari yetarli bo‘lmasa, quyida cho‘ponlar nima uchun har kuni Kalom o‘qish […]
Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?
Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]

