Xushxabarchilik nima?

02.17.2017

Xushxabarchilik – bu boshqalarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilgani haqidagi yaxshi – xush xabarni aytishdir. Buni amalga oshirish uchun, siz boshqalarga quyidagilarni aytishingiz kerak: Xudo muqaddasdir (1 Yuhanno 1:5). U barchaning Yaratuvchisidir (Ibtido 1:1). Hamma odamlar gunohkor va Xudoning adolatli, abadiy qahriga munosibdir (Rim. 3:10-19, Mark 9:48, Vahiy 14:11). To‘laqonli Xudo va to‘laqonli […]

Jamoatdagi xizmatlar, asosan, imonsizlarga xushxabar aytish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi yoki masihiylarni imonda mustahkamlash uchunmi?

11.17.2014

Birinchi Korinfliklarga 14-bobda masihiylarning umumiy yig‘ilishiga doir butun Yangi Ahddagi eng batafsil ba’zi ko‘rsatmalar keltirilgan. Ushbu bobda Pavlus jamoatdagi xizmatlar, asosan, masihiylarning imonini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini tushuntirib beradi. Jamoat xizmatlari imonsizlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.Pavlus ta’kidlaydiki, masihiy yig‘ilishlardagi xizmatlar masihiy bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak, toki ular xushxabarni eshita olsinlar, gunohkor ekanliklarini tan olsinlar […]

Ekspozitsion va’zlar xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi?

08.17.2014

Albatta! Nima uchun? Havoriy Pavlus bunga namuna ko‘rsatdi. Havoriy Pavlus jamoatdagi har bir narsa imonlilarning imonini mustahkamlash uchun qilinishi kerakligini aytgan bir paytda, (1-Kor. 14:12, 26), u yig‘ilishga kelgan imonsizlar ham o‘z gunohlaridan tavba qilib, Masihga imon keltirishlarini xohlaydi (1-Kor. 14:23-25). Shuning uchun, ekspozitsion va’z aziz imonlilarni imonda mustahkamlashi kerak, lekin u, shu bilan birga, imonsizlarga xushxabarni […]

Xushxabarni bo‘lishishdan oldin shaxsiy munosabat qurish har doim ham yaxshiroqmi?

03.17.2014

Muqaddas Yozuvlarda munosabatlar, guvohlik berishdan ko‘ra zarurroq deb aytilmagan: Agar xushxabarni bo‘lishishdan oldin munosabat qurish har doim yaxshiroq bo‘lganda, havoriylar imkoniyatdan foydalanmay qolgan ekan-da?! Havoriylar 2-bobda Butrus o‘rnidan turib, o‘zi tanimagan minglab odamlar bilan xushxabarni bo‘lishadi. Havoriylar 17-bobda Pavlus Afinadagi bozorda ish boshlaydi va Masih haqida “sinagogada yahudiylar va Xudodan qoʻrqadigan gʻayriyahudiylarga dalillar keltirdi. Shuningdek, […]

Kim Xushxabar aytishi kerak?

01.16.2013

Ba’zilar xushxabarchilikni va’zxonlar, apologetik mutaxassislar yoki, umuman olganda, ehtimol, faqatgina ekstrovertlarga qoldirishni ma’qul ko‘rishsada; Yangi Ahdda barcha imonlilar xushxabar aytishi kerakligi ta’kidlangan: Misol: Biz buni ilk imonlilar misolida ko‘rishimiz mumkin: “Imonlilar tarqalib ketib, Iso haqidagi xabarni har joylarda va’z qilib yurardilar” (Hav 8:4). Havoriylar 11:19-21da aytiladiki, Quddusdan tarqalib ketgandan keyin shogirdlar xushxabarni u yerdagilarga va’z qiladilar. […]

Biz nima uchun xushxabar aytishimiz kerak?

01.11.2013

Itoatkor bo‘lishga ishtiyoq.Iso O‘z shogirdlariga quyidagicha topshiriq beradi: “… borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar” (Matto 28:19). Butrus esa, barcha masihiylarga: “Masihga boʻlgan umidingiz haqida sizdan soʻragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar” (1-But. 3:15), deya […]

Xushxabarchilikning shogirdlikka ko‘rsatadigan oltita foydasi

“Xushxabarchilik hayotimni o‘zgartirdi”, – deb aytgandi meni Orlandoda o‘tayotgan konferensiyaga olib borayotgan taksi haydovchisi, Jon. U meni ko‘pchilik yo‘lovchilarga o‘xshab Orlandoga “Disney World” uchun bormayotganimni bilib olganidan keyin suhbatimiz tezda imon mavzusiga o‘tdi. “Qanaqasiga?” – deb so‘radim, uni qanday qilib Masihga olib kelishganini to‘liq tushuntirib berishiga umid qilib. Lekin u boshqa narsani nazarda tutgan ekan. […]

Qo‘shni jamoatda uyg‘onish bo‘lishi uchun ibodat qiling

Qo‘shni jamoatda uyg‘onish bo‘lishi uchun ibodat qiling

Tasavvur qiling, siz bir necha yillar davomida shahringizda uyg‘onish bo‘lishi uchun chin dildan ibodat qilib kelayotganingizda, bir kuni, to‘satdan, Xudo sizning ibodatlaringizga javob berdi. Butun shahringiz bo‘ylab, har kuni odamlar Xudo Kalomidan xushxabar haqida eshitish uchun jamoatga oqib borishni boshladi. Shahar ko‘chalarda, ish joylarida, sinfxonalarda va uylarda, oldinlari jur’atsiz bo‘lgan jamoat a’zolari hozir jasorat bilan […]

Imonsizlarga, imonlilarga va jamoat a’zolariga va’z qil

Imonsizlarga, imonlilarga va jamoat a’zolariga va’z qil

Va’zxonlar kimlarga va’z aytishlari kerak? Yaqinda va’z aytish haqida bir necha kitoblarni javondan chiqarib oldim va shuni angladimki, bu savolga juda kam javob berilgan ekan.  Va’zxonlar ko‘proq o‘z uslub (stil) larini tuzatish haqida qayg‘urgan ko‘rinadilar. Hali ham, bir necha cho‘ponlargina auditoriyaga e’tibor berishmoqda va ular odatda aholining ikki qismiga diqqatlarini qaratishadi: jamoatga qatnamaydiganlar va postmodernlar. […]

  • Page 2 of 2
  • 1
  • 2