Экспозицион Ваъз
Imonsizlarga, imonlilarga va jamoat a’zolariga va’z qil
Va’zxonlar kimlarga va’z aytishlari kerak? Yaqinda va’z aytish haqida bir necha kitoblarni javondan chiqarib oldim va shuni angladimki, bu savolga juda kam javob berilgan ekan. Va’zxonlar ko‘proq o‘z uslub (stil) larini tuzatish haqida qayg‘urgan ko‘rinadilar.
Hali ham, bir necha cho‘ponlargina auditoriyaga e’tibor berishmoqda va ular odatda aholining ikki qismiga diqqatlarini qaratishadi: jamoatga qatnamaydiganlar va postmodernlar. Gordon-Konvell president Jeyms Emery Uayt, Charlotte, Shimoliy Karolinadagi Meklenburg Jamoati cho‘poni, bir paytda u imonsizlarni aniq mo‘ljallashi haqida aytgan edi. U buni 1999 yilgi intervyusida quyidagicha bayon etadi:
Meklenburg izlovchiga mo‘ljallangan jamoat bo‘lib, jamoatga qatnamaydigan odamlarga yetishishga asosiy e’tiborini qaratishdan boshlangan. Izlovchiga mo‘ljallangan deb men, o‘z-o‘zidan ma’lumki, jamoatning kirish nuqtalari jamoatga qatnamaydigan odamlar uchun moslashtirilganligini nazarda tutyapman. Ular izlovchi holatida bo‘lganlarida, biz ba’zi usullar, shakllar yoki ko‘rinishlarga kiramiz, yoki biz ularga faol izlovchi bo‘lishlariga yordam berishga harakat qilamiz. Chunki, jamoatga qatnamaydigan hamma ham izlovchi emas.[1]
Va’z ushbu “kirish nuqtalari”dan biri ekan, Uayt jamoatga qatnamaydiganlarga gapirish qobiliyati tufayli boshqa va’zxonlardan ajralib turgan va Bill Haybels, Bob Rassel, Rik Uorren kabilardan o‘rnak olgan.[2]
Boshqa bir guruh yozuvchilar postmodern fikrlash tarziga ega bo‘lganlarga va’z aytish muhim ekanligiga urg‘u berishadi. Sobiq cho‘pon Brayn Maklaren postmodern yoqimsizligining boshlovchilikka (shovmenlikka) aks etishi va o‘zining ishonchlilik hamda hikoyaviylikka og‘ishi bilan chuqur tahlil qilish, uning va’ziga ta’sir qilishni boshlaganini aytadi. Hozir, hikoya qilib aytish va ishonchlilik uning va’zidan markaziy o‘rin egallagan.[3]
Bu ikki misol ba’zilarimizni asabiylashtirishi mumkin. Va’zxon o‘z auditoriyasiga moslashishni juda bo‘rttirib yuborganda, gapirilayotgan so‘zning o‘zi o‘zgarib ketish ehtimoli baland, xuddi izlovchiga yo‘naltirilgan va Emergent [Emergent jamoatlar, asosan, Amerikada joylashgan jamoatlar guruhi bo’lib, ular o’zlarining Xushxabardan yiroqlashgan qarashlari bilan tanilganlar] jamoatlardagi kabi. Shunga qaramay, va’zxonlar real odamlarga, jamoatga qatnamaydigan, postmodern va xayollariga kelgan har qanday odamga va’z qilishadi. Shuning uchun jamoatimizda o‘tirgan barcha toifadagi odamlar haqida ozgina bo‘lsada fikr yuritish lozim. Ushbu maqola kamtarlik bilan xuddi shuni amalga oshirishga urinib ko‘radi.
Men cho‘ponlarga xayolida uch turdagi odamlar bilan va’z qilishni maslahat beraman.
IMONGA KELMAGANLARGA VA’Z QILING
Yakshanba kungi ertalabki va’zlarda imonsizlarni ham inobatga olish har doim yaxshidir, hatto jamoatingiz kichik va imonsizlar yo‘q bo‘lgan taqdirda ham. Mening jamoatim unchalik katta emas, lekin men o‘rindiqlarda o‘tirganlardan kimdir hali Masihni bilmasligi mumkinligini tan olaman. Ulardan ba’zilari Masihni e’tirof etgan, yillab jamoatga qatnagan, lekin hali ham haqiqiy hayot bag‘ishlaydigan yangi tug‘ilishga muhtoj bo‘lgan, nomigagina masihiylardir. Boshqalari esa, a’zolarimiz taklif etgan, Masihni e’tirof etmoqchi bo‘lgan imonsizlardir. Yana ba’zilari jamoat kartochkasi, broshurasi, veb sayti yoki binoning o‘zini ko‘rib, ko‘chadan kirgan bo‘lishi ham mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda, imonsizlar kelishadi.
Unda nima qilish kerak?
Xushxabarni tushuntiring
Xushxabarni tushuntirish va’zxoning javobgarligiga kiradi, zero u Xudoning Kalomini boshqalarga ochib beradi. Havoriy Pavlus quyidagicha yozadi:
«Agar o‘z og‘zingiz bilan Isoni Rabbim, deb e’tirof etib, Xudo Uni o‘likdan tiriltirganiga chin yurakdan ishonsangiz, najot topasiz. Chunki inson qalbida ishonib oqlanadi va og‘zi bilan e’tirof etib najot topadi» (Rim. 10:9-10).
Biz, har qalay, xushxabar xizmatchilarimiz. Xushxabar har bir va’zda bir xil ko‘rinishda bo‘lishi shart emas. Lekin, shunga qaramay, cho‘pon parchadan “Qay tarzda bu orqali xushxabarga yo‘naltiriladi?”- degan savolni berishi kerakligi tushuntirilgan.Hatto imonsizlar ham xushxabarga asoslangan va’z hamda oxirida xushxabar qo‘shilgan va’z o‘rtasidagi farqni fahmlay olishadi.
Mening jamoatim seminariyaga yaqinroq va bizda cho‘ponlikka tayyorlanayotgan ko‘pgina odamlar bor, ular odatda quyidagi savolni berishadi: “Xushxabar har bir va’zda bo‘lishi kerakmi?” Kamida ikki sabab tufayli, bu savolga javob “ha” bo‘ladi. Birinchi sabab, Muqaddas Kitobning har bir matnida, Ibtidodan boshlab to Vahiygacha xushxabar haqida gapirish mumkin. Ikkinchi sabab, hali imonga kelmagan odam “…o‘z og‘zingiz bilan Isoni Rabbim, deb e’tirof etib, Xudo Uni o‘likdan tiriltirganiga chin yurakdan ishonsangiz…” nimani anglatishini bilishi lozim. (Masihiylar ham imonda o‘sishlari uchun buni qayta va qayta eshitishlari kerak!) Imonsiz odam xushxabarni o‘nlab marotaba eshitib bo‘lgan taqdirda ham, bugun Xudo uni, va’zxon sifatida mening oldimga olib keldi. Shunday qilib, uning dunyo, gunoh va najot haqidagi qarashini o‘zgartirishga xushxabar uni yana bir marta da’vat etishini xohlayman.
Xushxabarni tushuntirish, men cho‘pon sifatida qila olishim mumkin bo‘lgan eng muhim ishdir.
Ekspozitsion va’z ayting
Imonsizlarning ishtirokiga sezuvchan cho‘ponlar expozitsion va’z aytish orqali ularga eng yaxshi xizmat ko‘rsata olishadi. Imonsizlar biz ishonadigan narsaga nima uchun ishonishimizni bilishni xohlashadi. Bizning ta’limotimiz va hayotimiz Xudoning Kalomiga asoslangan ekan, biz imonsizlarni vijdonan, to‘g‘rilik bilan va tushunarli tarzda Muqaddas Kitob sari yo‘naltirish orqali ularga eng yaxshi xizmat ko‘rsatamiz, xuddi imonlilar bilan amalga oshirayotganimizga o‘xshab.
Yozuvchilar va jamoat yo‘lboshchilarining harakati bugungi kunda postmodern ongga, ya’ni jamoatga qatnaydigan va qatnamaydiganga, “hikoyali va’zlar” eng mos keladi, deb hisoblaydi. Ular odamlar hikoyalar eshitishni yoqtirishlarini aytishadi. Yaxshi, men hikoyalarni yoqtiraman. Ekspozitsion va’z aytish jamoatga qatnamaydiganlarga Muqaddas Kitobning hikoya chizig‘ini ta’minlashi va bu o‘z navbatida Xudoning insoniyat bilan qilgan va qiladigan ishi hikoya chizig‘ini ta’minlashi hamda bu orqali ularning o‘z hayotlariga doir hikoya chizig‘ini ta’minlashi kerak. Cho‘ponlar ekspozitsion va’z aytayotganda faqatgina Muqaddas Yozuvlar orqali ishlamasliklari kerak, ular o‘z tinglovchilariga “Xudoning katta rasmini”ni ko‘rsatish xayoli bilan buni amalga oshirishlari kerak. Mana shu izlovchiga to‘g‘ri keladigan va’z aytish usulidir![4]
Xuddi o‘sha harakatning aytishicha, postmodern fikrlash tarziga ega odamlar ishonchlilikni qadrlashar ekan. Yaxshi, men ham ishonchlilikni yoqtiraman. Bu ekspozitsion va’z aytish uchun eng yaxshi bahonadir. Keling “qog‘ozga o‘rash”ga kamroq diqqatni qaratib, ko‘proq kalomdagi parchaga diqqatimizni qarataylik: Rabbimiz Iso nima degan? Ishayo payg‘ambar nimani bashorat qilgan? Havoriy Pavlus nima yozgan? Bu savollarga javoblarning bugungi kunda bizlarga qanday dahli bor? Mana shular jamoatlarimizda ko‘rinish bergan imonsizlar xohlaydigan narsalardir, ya’ni bo‘yalmagan kalomiy haqiqatlardir. Ular o‘sha haqiqatni axiri qabul qilishlari yoki qabul qilmasliklari bu Ular va Xudo o‘rtasidagi masaladir; lekin biz va’z qilayotgan narsa ularda kuchli taassurotlar qoldirish uchun emas.[5]
Imonga kelmaganlarga yetishing
Va’zlarimizni xushxabarga yo‘naltirish uchun qilishimiz mumkin bo‘lgan bir necha amallar bor. Bob va oyatlarga bo‘linishlar kabi katta va kichik sonlarni aniqlashtirib berish imonga kelmaganlar uchun juda foydalidir. Bu orqali ularga Muqaddas Kitobning mundarijasidan foydalanish kerakligi aytiladi. Atrofidagi barcha Obodiyo kitobini tezda topib qo‘yayotganlar orasida turgan hali imonga kelmagan odam uchun bu qanday yengillik beradigan so‘zlar-a!
Endi izohlab beriladigan matnning dolzarbligini tushuntirish orqali va’zning provokatsion kirish qismlari imonsizlar uchun ko‘prik yasashga ham yordam beradi. Masalan, oxirgi Fisih yakshanbasida, men Luqo 5:33-39 bo‘yicha va’z qildim, bu joyda farziylar Isoning shogirdlari ro‘za tutishmayotganliklari tufayli ularni ayblashadi. Iso kuyov davrada bo‘lganda to‘yga kelgan mehmonlar ro‘za tutishmasliklarini ta’kidlash orqali javob beradi va keyin ularga yangi sharobni eski meshga quyish haqidagi masalni aytadi. Men bu va’zni “Masihiylar baxtliroqmi?” – deya nomladim. Bu kirish qismi haqiqiy, davomiy, hayotni o‘zgartiradigan quvonch tirilgan kuyov ya’ni Iso Masihning huzurida bo‘layotganini tushuntirishga imkon berdi. Masihiylarga kirish qismining yordami tegdimi? Shunday deb umid qilaman, lekin men o‘sha ikki yoki uch daqiqada hali imonga kelmaganlarga biz hammamiz Xudoning Kalomi atrofida nima uchun yig‘ilganimizni anglashlari uchun, qandaydir yo‘nalish olishga muhtoj bo‘lganlarga yetishish uchun maxsus imkoniyat sifatida qaradim.
Ushbu “kichik” amaliyotlarning bari jamoatga ham umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Imonlilar jamoat minbari imonga kelmaganlarga ham ochiq ekanligini ko‘rishganda, ular o‘zlarining imonsiz do‘stlarini olib kelishlari ehtimoli ham oshadi. Bir vaqtning o‘zida ham xushxabarga asoslangan bo‘lish, ham izlovchiga e’tiborli bo‘lishning iloji yo‘q, deb o‘ylash noto‘g‘ridir.
IMONGA KELGANLARGA VA’Z QILING
Imonsizlarga va’z aytish muhim bo‘lgani kabi, Rabbimiz Kunida va’zxonning birlamchi vazifasi imonlilarga qarata va’z aytishdir. U mahalliy jamoatni ko‘tarmoqchi; buning uchun jamoatni tinglashi, jamoatning boshi sifatida Masihga o‘zini bag‘ishlashga tayyor bo‘lishi va buni xohlashi kerak. Bu bizning birlamchi “auditoriyamiz”dir. Shuning uchun, men o‘z va’zimni tayyorlayotgan paytimda, xayolimda birinchi navbatda imonga kelganlar bo‘ladi.
Unday bo‘lsa va’zxon imonlilarga qanday murojaat qilishi kerak?
Imonlilarga Tanbeh bering va ularni Tuzating
Biz Havoriy Yuhannodan bilamizki, gunoh imonlilarning hayotida hali ham mavjud: «Agar gunoh qilganimiz yo‘q desak, Xudoni yolg‘onchiga chiqargan bo‘lamiz. Demak, Uning kalomi qalbimizdan joy olmagan bo‘ladi» (1 Yuhanno 1:10). Xuddiki Havoriy Yuhanno imonlilar o‘zlarining gunohlarini kichraytirib, muqaddasliklarini oshirib ko‘rsatish va Rabbimizni rad etish vasvasasiga tushishlarini bilganidek, bu oyatda o‘ziga xos nish bor. Bundan tashqari, Havoriy Pavlus quyidagicha yozadi: «Muqaddas Bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan bo‘lib, ta’lim va tanbeh berish, xatolarni tuzatish va solihlik yo‘lida tarbiya berish uchun foydalidir» (2 Tim 3:16). Shuning uchun, cho‘pon imonlilarga va’z qilayotganda, Xudo Kalomining haqiqati kerakli tarzda ham tanbeh beradi, ham tuzatadi.
Hech bir cho‘pon imonlilar sonini qisqartirish bilan nom qozonishni xohlamaydi. Kalomga sodiqlik esa, odamdan o‘z vaqtida tanbeh berishni ham talab etadi. Bu nima uchun va’z qilish haqidagi da’vat yuzaki qabul qilinmasligi kerakligining bir sababidir. Bu vazifaga sodiq bo‘lish bizdan va’z qilayotgan har bir matndan “Qay tarzda bu parcha imonlilarga tanbeh beradi yoki ularni o‘zgarishga da’vat etadi?” – degan savolni so‘rashimizni talab etadi. U ibodat qilmaslikni, g‘iybatni, butparastlikni o‘zgartirishga da’vat etadimi? Bunga javobni cho‘ponning mahalliy jamoatidan yoki barcha imonlilarga to‘g‘ri keladigan narsalardan kelib chiqib olish mumkin. Nima bo‘lganda ham, tanbeh va tuzatishsiz va’z qilish to‘liq kalomiy va’z bo‘la olmaydi.
Imonlilarga “Hayotiy ozuqa” bering va ularni Ruhlantiring
Xudoga shukurki, imonlilarga va’z aytish tanbeh berish va tuzatishdan ko‘ra ko‘proq narsani bildiradi. U imonlilarga Xudoning Kalomi bilan hayotiy ozuqa berish va ularni ruhlantirish yo‘lida ishlashni anglatadi. Imonlilar Kalomga juda bog‘liqlar. Rabbimiz Iso aytganidek, «Iso unga javoban dedi: — Yozilganki: “Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi” (Matto 4:4; Qonunlar 8:3). Bu shuni anglatadiki, Masihiylar va’z tinglashga kelganlarida, hayot so‘zlaridan oziqlanish uchun keladilar.
Albatta imonlilar Xudoning Kalomidan haftaning boshqa kunlarida ham oziqlanishlari mumkin, lekin va’z uning oziqlanishida markaziy o‘rin egallaydi. Titus 1:1-3ga e’tibor qarating, bu yerda Havoriy Pavlus Xudoning Kalomida abadiy hayot qanday qilib voizlik orqali namoyon bo‘lishni tasvirlaydi. Imonlilar va’zlar orqali oziqlanadilar va ta’minlanadilar. Har bir matndan so‘raladigan savol, “Bu matn imonliga qay tarzda hayotiy ozuqa beradi, uni ko‘taradi yoki ruhlantiradi?”
O‘zimning voizlik xizmatimda quyidagi so‘zlar meni juda ruhlantiradi: Jamoat menga muhtoj bo‘lgani uchun emas, va’z qilingan kalom orqali beriladigan hayotga muhtoj bo‘lganligi uchun yig‘iladi! Juda kam narsalar meni bunchalik ruhlantira oladi! Bu shunchaki, menga berilgan vazifadir, ular menga tayyorlashni tayinlagan ruhiy ozuqadir. Xudoning xalqini Uning Kalomi bilan qo‘llab-quvvatlash, oziqlantirish, o‘stirish va tuzatish uchun Xudo tomonidan ishlatilish qanday ajoyib imtiyoz!
Imonlilarni Muqaddaslang va Mustahkamlang
O‘g‘il Otaning bolalari muqaddaslanishi va Masihga ko‘proq o‘xshashi uchun ibodat qiladi. Iso Uning shogirdlari O‘zining kalomini qabul qilganlari uchun barcha turdagi azoblar va oyoq osti qilinishlarni boshdan kechirishlarini bilar edi (Yuhanno 17:14), lekin, U ularning dunyodan olinishlari haqida ibodat qilmaydi. Buning o‘rniga, U ularning muqaddaslanishlari uchun ibodat qiladi. Masihiylar qay tarzda yanada muqaddasroq qilinishlari mumkin? Rabbimiz Iso “Sening kaloming haqiqatdir. Haqiqat orqali ularni O‘zing uchun ajratib olgin (muqaddaslagin)”, deb ibodat qiladi (Yuhanno 17:17). Xudoning so‘zi, Xudoning farzandlarini muqaddaslaydi. Masihiylar Xushxabarni va barcha Muqaddas Yozuvlarni tushunish va o‘z hayotlarida amalda qo‘llash orqali muqaddaslanadilar (2 Tim 3:17). Muqaddas Kalom muqaddas odamlarni tayyorlaydi.
Albatta, muqaddaslash eng avvalo Xudoning ishidir. U imonlining hayotida ishlaydigan (Fil 2:13; Ibr 13:20-21) va masihiylar Unga ulug‘vorlik va sharaf keltirishlari uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa ularda borligiga aminlik beradigan Zotdir. Bu aynan U azizlarini yig‘ilishlari va O‘z Kalomi haqiqatlarini tinglashlari sari yo‘naltirganda sodir bo‘ladi. Ular “mehr-muhabbatga va xayrli ishlarga” chorlanganlari ajablanarli hol emas (Ibr 10:24).
Gunohkorlar asl masihiy hayotda yurishlari uchun ularni mustahkamlash maqsadida ularning hayotlarida ishlatilishga va’zxonlarning ajoyib imkoniyatlari bor. Zabur 1-Sanoda Xudoning qonunidan zavq oladigan saodatli odam oqar suv bo‘yida o‘tqazilgan daraxtga, serhosil va mustahkam daraxtga o‘xshatilgan. O‘xshatishni tushunish qiyin emas. Masihiy inson Rabbiyning qonunidan oziqlanib, undan zavq olsa, serhosil va mustahkam bo‘ladi. Va’zlarning Masihiylarni Xudoning qonuni bo‘yicha firk yuritish sari boshlaydigan roli bor. Shunday bo‘lsada, va’zxon odamlarni saodatli qila olmaydi (shukurki bu Xudoga bog‘liq va Uning Ruhi buni amalga oshiradi!), unga Xudoning xalqini Xudoning Kalomi bilan oziqlantirish buyuk imtiyozi berilgan. Va’zxon Xudoning Kalomini sadoqat bilan yetkazish va o‘sha daraxtni haftadan haftaga, oydan oyga, yildan yilga mustahkamlab borish orqali o‘sha oqar suvga o‘xshashi mumkin.
Oyning oxirida hisobotlarning balansini ko‘radigan hisobchi, yoki kompaniya aylanish faoliyatini tekshiradigan direktordan farqli o‘laroq, va’zxon yetilgan mevani, o‘zgargan hayotlarni, ta’sirlangan yuraklarni ko‘ra oladimi yoki yo‘qmi, buni hech kim bilmaydi! Cho‘ponning eng yaxshi ishini bu dunyoda o‘lchashning imkoni yo‘q. Bunday mevalarni savatlarda terib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, mevalar shu yerda. Xudoning va’z qilingan Kalomi, Uning marhamati ila, gunohkorlarni muqaddaslaydi va mustahkamlaydi hamda ularni O‘zining inoyat ishlariga tayyorlaydi.
Imonlilarni Da’vat eting va O‘stiring
Shogirdlar Muqaddas Kitobni tushunishda va talqin qilishda o‘sishlari lozim. Ular odatda va’zlarni qabul qilishda juda ehtiyotsiz bo‘lishadi, Havoriylar 17-bobdagi beriyaliklar kabi eshitgan gaplari haqiqat ekanini ko‘rish uchun tekshiradigan odamlarga o‘xshamaydilar. Mustahkam ekspozitsion va’z o‘ylash va tekshirishi uchun nimadir berish orqali shogirdni da’vat etadi. Jeyms V. Aleksandr yuzaki va’z qilishni tanqid qilib, bir marta quyidagicha gapirgan:
Bunday va’zlarda biz ko‘plab ruhiy haqiqatlarni, ko‘plab betakror va ta’sirli misollarni, o‘rinli dalillarni, kuchli pand-nasihatlarni va buyuk moylanishni topamiz. O‘zlari ta’kidlagan va minbardagi nutqlar sifatida ko‘rilgan bu va’zlar faqatgina bitta qarshi fikrga ochiq ko‘rinadi; Muqaddas Kitobning ekspozitsiyalari sifatida, ular tom ma’noda hech narsadir. Ular ilhomlangan yozuvchilarning argumentlaridagi muammoli joylarni tushuntirib berishmaydi; ular gapirayotgan masalaga doir sohaga chuqur va keng yondashmaydilar; ular oz darajada bo‘lsada jamoatni sog‘lom talqin qilish odatini o‘rgatishga urinmasdan, butun umr takrorlashlari mumkin.[6]
Imonlilarni da’vat etadigan va o‘stiradigan va’zlar o‘ta aqlli yoki tushunish qiyin bo‘lmasligi kerak (bunday va’zlar noto‘g‘ri va baribir foydasiz bo‘ladi!). Yana imonlilarni da’vat etadigan va o‘stiradigan va’zlar matnga sho‘ng‘ib ketadigan va’zxonlar tomonidan aytilgan va’zlardir. Va’z tayyorlashga yetarlicha vaqt ajratgan cho‘pon matndan “bu parcha qay tarzda masihiylarni da’vat etadi yoki o‘stiradi?” deb so‘rashga deyarli ehtiyoj sezmaydi – Xudoning Kalomi Xudoning bu boradagi maqsadini amalga oshirishga shu darajada moslashtirilgandir (Ish 54:10-11). Uning harakatlari hosil beradi va jamoat uning mehnatlari mukofotini yig‘ib oladi.
Jamoatda biz bir necha oyatni va’z qilyapmizmi yoki bir necha va’zlarda butun kitobnimi (yaqinda Ayub kitobini va’z qilganimiz kabi), bundan qat’iy nazar Muqaddas Kitobga har doim sodiq qolishga intilamiz. Bir necha yildan keyin birinchi marotaba universitet talabalari va’zlar ularni o‘sishga chorlayotgani sababli jamoatimizga qo‘shilmoqdalar. Yaqinda yoshi kattaroq juftlik menga, ular tushlik paytida va’z haqida ruhiy suhbatlar qura olishlari tufayli jamoatga kelishni yoqtirishlarini aytishdi. Biron kishi dunyo bilan aloqaga kirishib juda yomon ish qilyapsizlar deydi, deb o‘ylamayman va hech kim mening va’zim maroqli deb ham aytmaydi. O‘sishimiz uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak. Lekin, Xudoning inoyati bilan biz Xudoning Kalomini oshkor etyapmiz – bu esa maroqli va hayotni o‘zgartiruvchi kuchga ega!
Imonlilar Muqaddas Kitobga sodiq, ya’ni tanbeh berish va tuzatish, hayotiy ozuqa berish va ruhlantirish, muqaddaslash va mustahkamlash, da’vat etish va o‘stirishni o‘z ichiga oladigan va’zlarni izlashmoqda.
Hozir imonsizlar va imonlilarga va’z aytish qismini yopdik, shu joy to‘xtashimiz uchun tabiiy joydek ko‘rinadi. Lekin, va’zxonlar yana bir kategoriya vakillariga e’tiborli bo‘lishlari lozim: ular jamoat a’zolaridir.
JAMOAT A’ZOLARIGA BIR BUTUN TANA SIFATIDA VA’Z AYTISH
Ko‘pchilik jamoatlarda jamoatning katta qismi joyga, o‘sha xizmatga va bir birlariga bag‘ishlagan erkak va ayollardan tashkil topgan o‘zlarini o‘sha. Bu va’z qilayotganda biron bir ahamiyatga egami? Menimcha shunday.
Havoriy Pavlus Kolossadagi azizlar jamoatini «Bunday kishilar Masihdan ajralgan. Masih — O‘z tanasi, ya’ni jamoatning Boshidir. Mana shu Boshdan butun badan hayotbaxsh kuch olib, payu bo‘g‘inlar orqali o‘zaro ulanib, Xudoning xohishi bo‘yicha o‘sadi” sifatida tasvirlaydi (Kol 2:19). Bular shunchaki shogirdlar emas, ular Kolossiya jamoatida ildiz otgan va Xudodan bo‘lgan o‘sishda o‘sayotgan shogirdlar edilar. Kolossaliklarga 3:15-16da, Havoriy Pavlus davom etib, «Masih ato qiladigan tinchlik yuraklaringizda hukmron bo‘lsin, axir sizlar bir tananing a’zosisizlar, tinchlikka da’vat qilingansizlar. Minnatdor bo‘linglar. Masihning kalomi sizda chuqur o‘rnashib, yashnayversin. Donolik bilan bir-biringizga ta’lim bering, nasihat qiling. Zaburlarni xonish qilib, madhiyalar va ruhiy qo‘shiqlar bilan, chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirib, Xudoni tarannum etinglar», deb aytadi. E’tibor bering, Havoriy Pavlus bu mahalliy jamoatga bir tana sifatida murojaat qilmoqda va ular Masihning Kalomi orqali birlashishlarini ularga eslatmoqda. Bu ular birgalikda yig‘ilib Muqaddas Kitobni kuylash va va’z qilingan Muqaddas Kitobni eshitishganda sodir bo‘ladi.
Havoriy Pavlus bu oyatda masihiylarga individual tarzda emas, balki ma’lum bir jamoatning a’zolari sifatida murojaat qilmoqda. Ular geografik jihatdan yaqin joyda joylashganliklari uchun emas, balki bir xil ta’limot va bir xil pand-nasihatni o‘zaro bo‘lishar ekanlar, Masihning Kalomi ularda istiqomat qilish uchun kelgani sababli ularning yig‘ilishlari birlik olib keldi. Ular bir xil hokimiyat ostida kelganlar, chunki ular Masihni o‘zlarining boshi sifatida tan olganlar.
Bu bugungi kundagi mahalliy jamoatga ham to‘g‘ri keladi va a’zolarga birlik olib kelishning yo‘llaridan biri bu Xudoning Kalomini va’z qilish orqalidir. Jon Kalvin va’zxonning xizmatini tasvirlayotganda shuni ta’kidlagan. Va’zxon tanaga birlik olib keladigan shaxsdir. Efesliklar maktubi bo‘yicha jamoatning bir umidi, Rabbiysi, imoni va cho‘mdirilishi haqida sharhlayotganda, Kalvin quyidagilarni yozadi:
Bu so‘zlar orqali Havoriy Pavlus shuni ko‘rsatmoqdaki, insonni Xudo jamoatni boshqarish uchun ishlatadigan xizmati imonlilarni bir tanaga birlashtirish uchun muhim bog‘lovchidir . . . U (Xudo) ishlaydigan usul quyidagicha: U O‘z in’omlarini Jamoatga O‘z xizmatchilari orqali taqsimlaydi va shu tariqa O‘z Ruhining kuchini harakatga keltirish orqali, O‘zining o‘sha joyda ekanligini ko‘rsatadi va U buning maqsadsiz va samarasiz bo‘lishidan himoya qiladi. Shu orqali azizlar yangilanishadi va Masihning tanasi tuzatiladi. Shu tariqa, biz Unga, yani Boshga tegishli barcha narsalarda o‘samiz va bir birimiz bilan birlashamiz. Shu orqali, biz hammamiz Masihning birligiga olib borilamiz va payg‘ambarchilik rivojlanib borar ekan, biz Uning xizmatchilarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz va Uning ta’limotini oyog‘osti qilmaymiz. Jamoatning bunday namunasini bekor qilishga urinsa yoki uning ahamiyatini pasaytirib oyog‘osti qilsa, u Jamoatni barbod qilishga urinayotgan bo‘ladi.[7]
Ko‘pchilik jamoatlar jamoatga a’zo bo‘lmaganlarga ko‘p g‘amxo‘rlik qilib o‘sayotgan bir paytda, bir butun tana sifatida jamoat a’zolariga shunchalik g‘amxo‘rlik qilishning nima keragi bor? Chunki, Muqaddas Kitobda mahalliy jamoatning bir qismi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qilishga shunchalik ko‘p e’tibor qaratiladi, buni Yangi Ahddagi maktublardan ko‘rishimiz mumkin. Turli xil sharoitlardan kelib chiqqan odamlar yagona xushabarni bo‘lishgan mana shunday kontekstda masihiy hayotda yashashgan – mana shu jamoat sanalgan. Bundan chuqur oqibatlar kelib chiqadi. Havoriy Pavlus yozganidek: «Agar bir a’zo azob cheksa, qolgan barcha tana a’zolari u bilan birga azob chekadi. Agar bir a’zo yuksalsa, qolgan barcha a’zolar u bilan birga sevinadi» (1 Kor 12:26). Bu “yengingni shimar va bir-biringning hayotingda faol ishtirok et” jamoasidir.
Kalomiy va’z vaqti-vaqti bilan masihiylarga nafaqat alohida shaxslar sifatida, balki bir butun tana singari bir-biriga bag‘ishlangan yagona shaxs sifatida murojaat qilishi lozim. Har bir matndan: “Bu parcha qay tarzda imonlilarning jamoasi sifatida bizning hayotimizga mos keladi?” deb so‘rang. Faqatgina jamoat a’zolariga murojaat qilish g‘alati ko‘rinishi mumkin, lekin imonga kelmagan odamlarning ham, jamoatga aslida bag‘ishlanish o‘rniga u bilan noz-karashma qiladigan imonli odamlarning ham jamoati bo‘lish, jamoatning qanday ajoyib ko‘zlangan maqsadi bo‘ladi! Cho‘pon jamoatga qo‘shilgan imonlilarga o‘z minnatdorchiligini ko‘rsatadi va bundan ham muhimrog‘i, Xudoning Kalomiga – jamoat a’zolariga bir butun tana sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilganda, ularni birlashtiradigan Kalomga – bo‘lgan sevgisini ko‘rsatadi.
XULOSA
“Va’zxon kimga va’z qiladi”, degan savol ustida fikr yuritganimda, Yepiskop Piter Adamning quyidagi so‘zlarini eslayman. “Agar biz Xudoning va Masihning xizmatkorlari va Uning Kalomi xizmatchilari bo‘lsak, unda va’zxonning vazifasi Xudo xalqining ham xizmatchisi bo‘lishdir.”[8] Ha, menimcha va’zxon jamoatga qatnamaydigan – imonga kelmaganlarga e’tiborli bo‘lishi kerak. Lekin, agar biz faqatgina imonga kelmaganlar haqida qayg‘ursak, va’z siyraklashib yoki shu darajada suyuqlashib boradiki, Xudoning xalqi ocharchilikka yo‘liqadi. Bu juda yomon holat. Imonga kelmaganlarga va’z qilish muhim, lekin birinchi navbatda imonlilarga e’tibor qaratish va mahalliy jamoatga sadoqatli imonlilarga doimiy tarzda gapirishning qiymatini unutmaslik bundan ham muhimroqdir.
- “Preaching to the Unchurched: An Interview with James Emery White” in Preaching with Power: Dynamic Insights from Twenty Top Communicators, ed. Michael Duduit (Grand Rapids, MI: Baker Books, 2006), 227.
- Ibid., 230.
- “Preaching to Postmoderns: An Interview with Brian McLaren” in Preaching with Power: Dynamic Insights from Twenty Top Communicators, ed. Michael Duduit (Grand Rapids, MI: Baker Books, 2006), 126-27.
- Bu hikoya chizig‘ini izohlashda ekspozitsion va’zxonlar uchun quyidagi kichik kitoblar foydali bo‘ladi: The Symphony of Scripture: Making Sense of the Bible’s Many Themes (1990)by Mark Strom; God’s Big Picture: Tracing the Storyline of the Bible (2002) by Vaughan Roberts; and Gospel and Kingdomnow available in The Goldsworthy Trilogy (2000). Kalomiy teologiya bo‘yicha ushbu qo‘llanmalar Muqaddas Kitob bo‘ylab va’z qilayotganda Muqaddas Yozuvlarning birligini yoritishga yordam beradi.
- Ekspozitsion va’z bo‘yicha Mark Deverning bobini toping: Nine Marks of a Healthy Church (Crossway, 2004).
- J.W. Alexander, Thoughts on Preaching (Carlisle, PA: Banner of Truth, Date), 239.
- John Calvin, The Institutes of the Christian Religion, ed. Toney Lane and Hilary Osborne (Grand Rapids, MI: Baker Book House, 1986), 245.
- Peter Adam, Speaking God’s Words: A Practical Theology of Expository Preaching (Downers Grove, IL: InterVarsity Press, 1996), 130.
Aaron Menikoff
Имонсизларга, имонлиларга ва жамоат аъзоларига ваъз қил
Ваъзхонлар кимларга ваъз айтишлари керак? Яқинда ваъз айтиш ҳақида бир неча китобларни жавондан чиқариб олдим ва шуни англадимки, бу саволга жуда кам жавоб берилган экан. Ваъзхонлар кўпроқ ўз услуб (стил) ларини тузатиш ҳақида қайғурган кўринадилар.
Ҳали ҳам, бир неча чўпонларгина аудиторияга эътибор беришмоқда ва улар одатда аҳолининг икки қисмига диққатларини қаратишади: жамоатга қатнамайдиганлар ва постмодернлар. Гордон-Конвелл пресидент Жеймс Эмерй Уайт, Чарлотте, Шимолий Каролинадаги Мекленбург Жамоати чўпони, бир пайтда у имонсизларни аниқ мўлжаллаши ҳақида айтган эди. У буни 1999 йилги интервюсида қуйидагича баён этади:
Мекленбург изловчига мўлжалланган жамоат бўлиб, жамоатга қатнамайдиган одамларга етишишга асосий эътиборини қаратишдан бошланган. Изловчига мўлжалланган деб мен, ўз-ўзидан маълумки, жамоатнинг кириш нуқталари жамоатга қатнамайдиган одамлар учун мослаштирилганлигини назарда тутяпман. Улар изловчи ҳолатида бўлганларида, биз баъзи усуллар, шакллар ёки кўринишларга кирамиз, ёки биз уларга фаол изловчи бўлишларига ёрдам беришга ҳаракат қиламиз. Чунки, жамоатга қатнамайдиган ҳамма ҳам изловчи эмас.[1]
Ваъз ушбу “кириш нуқталари”дан бири экан, Уайт жамоатга қатнамайдиганларга гапириш қобилияти туфайли бошқа ваъзхонлардан ажралиб турган ва Билл Ҳайбелс, Боб Рассел, Рик Уоррен кабилардан ўрнак олган.[2]
Бошқа бир гуруҳ ёзувчилар постмодерн фикрлаш тарзига эга бўлганларга ваъз айтиш муҳим эканлигига урғу беришади. Собиқ чўпон Брайн Макларен постмодерн ёқимсизлигининг бошловчилика (шовменликка) акс этиши ва ўзининг ишончлилик ҳамда ҳикоявийликка оғиши билан чуқур таҳлил қилиш, унинг ваъзига таъсир қилишни бошлаганини айтади. Ҳозир, ҳикоя қилиб айтиш ва ишончлилик унинг ваъзидан марказий ўрин эгаллаган.[3]
Бу икки мисол баъзиларимизни асабийлаштириши мумкин. Ваъзхон ўз аудиториясига мослашишни жуда бўрттириб юборганда, гапирилаётган сўзнинг ўзи ўзгариб кетиш эҳтимоли баланд, худди изловчига йўналтирилган Имэргент [Имэргент жамоатлар, асосан, Америкада жойлашган жамоатлар гуруҳи бўлиб, улар ўзларининг Хушхабардан йироқлашган қарашлари билан танилганлар] жамоатлардаги каби. Шунга қарамай, ваъзхонлар реал одамларга, жамоатга қатнамайдиган, постмодерн ва хаёлларига келган ҳар қандай одамга ваъз қилишади. Шунинг учун жамоатимизда ўтирган барча тоифадаги одамлар ҳақида озгина бўлсада фикр юритиш лозим. Ушбу мақола камтарлик билан худди шуни амалга оширишга уриниб кўради.
Мен чўпонларга хаёлида уч турдаги одамлар билан ваъз қилишни маслаҳат бераман.
ИМОНГА КEЛМАГАНЛАРГА ВАъЗ ҚИЛИНГ
Якшанба кунги эрталабки ваъзларда имонсизларни ҳам инобатга олиш ҳар доим яхшидир, ҳатто жамоатингиз кичик ва имонсизлар йўқ бўлган тақдирда ҳам. Менинг жамоатим унчалик катта эмас, лекин мен ўриндиқларда ўтирганлардан кимдир ҳали Масиҳни билмаслиги мумкинлигини тан оламан. Улардан баъзилари Масиҳни эътироф этган, йиллаб жамоатга қатнаган, лекин ҳали ҳам ҳақиқий ҳаёт бағишлайдиган янги туғилишга муҳтож бўлган, номигагина масиҳийлардир. Бошқалари эса, аъзоларимиз таклиф этган, Масиҳни эътироф этмоқчи бўлган имонсизлардир. Яна баъзилари жамоат карточкаси, брошураси, веб сайти ёки бинонинг ўзини кўриб, кўчадан кирган бўлиши ҳам мумкин. Бошқа сўз билан айтганда, имонсизлар келишади.
Унда нима қилиш керак?
Хушхабарни тушунтиринг
Хушхабарни тушунтириш ваъзхонинг жавобгарлигига киради, зеро у Худонинг Каломини бошқаларга очиб беради. Ҳаворий Павлус қуйидагича ёзади:
«Агар ўз оғзингиз билан Исони Раббим, деб эътироф этиб, Худо Уни ўликдан тирилтирганига чин юракдан ишонсангиз, нажот топасиз. Чунки инсон қалбида ишониб оқланади ва оғзи билан эътироф этиб нажот топади» (Рим. 10:9-10).
Биз, ҳар қалай, хушхабар хизматчиларимиз. Хушхабар ҳар бир ваъзда бир хил кўринишда бўлиши шарт эмас. Лекин, шунга қарамай, чўпон парчадан “Қай тарзда бу орқали хушхабарга йўналтирилади?”- деган саволни бериши кераклиги тушунтирилган. Ҳатто имонсизлар ҳам хушхабарга асосланган ваъз ҳамда охирида хушхабар қўшилган ваъз ўртасидаги фарқни фаҳмлай олишади.
Менинг жамоатим семинарияга яқинроқ ва бизда чўпонликка тайёрланаётган кўпгина одамлар бор, улар одатда қуйидаги саволни беришади: “Хушхабар ҳар бир ваъзда бўлиши керакми?” Камида икки сабаб туфайли, бу саволга жавоб “ҳа” бўлади. Биринчи сабаб, Муқаддас Китобнинг ҳар бир матнида, Ибтидодан бошлаб то Ваҳийгача хушхабар ҳақида гапириш мумкин. Иккинчи сабаб, ҳали имонга келмаган одам “…ўз оғзингиз билан Исони Раббим, деб эътироф этиб, Худо Уни ўликдан тирилтирганига чин юракдан ишонсангиз…” нимани англатишини билиши лозим. (Масиҳийлар ҳам имонда ўсишлари учун буни қайта ва қайта эшитишлари керак!) Имонсиз одам хушхабарни ўнлаб маротаба эшитиб бўлган тақдирда ҳам, бугун Худо уни, ваъзхон сифатида менинг олдимга олиб келди. Шундай қилиб, унинг дунё, гуноҳ ва нажот ҳақидаги қарашини ўзгартиришга хушхабар уни яна бир марта даъват этишини хоҳлайман.
Хушхабарни тушунтириш, мен чўпон сифатида қила олишим мумкин бўлган энг муҳим ишдир.
Экспозицион ваъз айтинг
Имонсизларнинг иштирокига сезувчан чўпонлар эхпозицион ваъз айтиш орқали уларга энг яхши хизмат кўрсата олишади. Имонсизлар биз ишонадиган нарсага нима учун ишонишимизни билишни хоҳлашади. Бизнинг таълимотимиз ва ҳаётимиз Худонинг Каломига асосланган экан, биз имонсизларни виждонан, тўғрилик билан ва тушунарли тарзда Муқаддас Китоб сари йўналтириш орқали уларга энг яхши хизмат кўрсатамиз, худди имонлилар билан амалга ошираётганимизга ўхшаб.
Ёзувчилар ва жамоат йўлбошчиларининг ҳаракати бугунги кунда постмодерн онгга, яъни жамоатга қатнайдиган ва қатнамайдиганга, “ҳикояли ваъзлар” энг мос келади, деб ҳисоблайди. Улар одамлар ҳикоялар эшитишни ёқтиришларини айтишади. Яхши, мен ҳикояларни ёқтираман. Экспозицион ваъз айтиш жамоатга қатнамайдиганларга Муқаддас Китобнинг ҳикоя чизиғини таъминлаши ва бу ўз навбатида Худонинг инсоният билан қилган ва қиладиган иши ҳикоя чизиғини таъминлаши ҳамда бу орқали уларнинг ўз ҳаётларига доир ҳикоя чизиғини таъминлаши керак. Чўпонлар экспозицион ваъз айтаётганда фақатгина Муқаддас Ёзувлар орқали ишламасликлари керак, улар ўз тингловчиларига “Худонинг катта расмини”ни кўрсатиш хаёли билан буни амалга оширишлари керак. Мана шу изловчига тўғри келадиган ваъз айтиш усулидир![4]
Худди ўша ҳаракатнинг айтишича, постмодерн фикрлаш тарзига эга одамлар ишончлиликни қадрлашар экан. Яхши, мен ҳам ишончлиликни ёқтираман. Бу экспозицион ваъз айтиш учун энг яхши баҳонадир. Келинг “қоғозга ўраш”га камроқ диққатни қаратиб, кўпроқ каломдаги парчага диққатимизни қаратайлик: Раббимиз Исо нима деган? Ишаё пайғамбар нимани башорат қилган? Ҳаворий Павлус нима ёзган? Бу саволларга жавобларнинг бугунги кунда бизларга қандай даҳли бор? Мана шулар жамоатларимизда кўриниш берган имонсизлар хоҳлайдиган нарсалардир, яъни бўялмаган каломий ҳақиқатлардир. Улар ўша ҳақиқатни ахири қабул қилишлари ёки қабул қилмасликлари бу Улар ва Худо ўртасидаги масаладир; лекин биз ваъз қилаётган нарса уларда кучли таассуротлар қолдириш учун эмас.[5]
Имонга келмаганларга етишинг
Ваъзларимизни хушхабарга йўналтириш учун қилишимиз мумкин бўлган бир неча амаллар бор. Боб ва оятларга бўлинишлар каби катта ва кичик сонларни аниқлаштириб бериш имонга келмаганлар учун жуда фойдалидир. Бу орқали уларга Муқаддас Китобнинг мундарижасидан фойдаланиш кераклиги айтилади. Атрофидаги барча Ободиё китобини тезда топиб қўяётганлар орасида турган ҳали имонга келмаган одам учун бу қандай енгиллик берадиган сўзлар-а!
Энди изоҳлаб бериладиган матннинг долзарблигини тушунтириш орқали ваъзнинг провокацион кириш қисмлари имонсизлар учун кўприк ясашга ҳам ёрдам беради. Масалан, охирги Фисиҳ якшанбасида, мен Луқо 5:33-39 бўйича ваъз қилдим, бу жойда фарзийлар Исонинг шогирдлари рўза тутишмаётганликлари туфайли уларни айблашади. Исо куёв даврада бўлганда тўйга келган меҳмонлар рўза тутишмасликларини таъкидлаш орқали жавоб беради ва кейин уларга янги шаробни эски мешга қуйиш ҳақидаги масални айтади. Мен бу ваъзни “Масиҳийлар бахтлироқми?” – дея номладим. Бу кириш қисми ҳақиқий, давомий, ҳаётни ўзгартирадиган қувонч тирилган куёв яъни Исо Масиҳнинг ҳузурида бўлаётганини тушунтиришга имкон берди. Масиҳийларга кириш қисмининг ёрдами тегдими? Шундай деб умид қиламан, лекин мен ўша икки ёки уч дақиқада ҳали имонга келмаганларга биз ҳаммамиз Худонинг Каломи атрофида нима учун йиғилганимизни англашлари учун, қандайдир йўналиш олишга муҳтож бўлганларга етишиш учун махсус имконият сифатида қарадим.
Ушбу “кичик” амалиётларнинг бари жамоатга ҳам умумий таъсир кўрсатади. Имонлилар жамоат минбари имонга келмаганларга ҳам очиқ эканлигини кўришганда, улар ўзларининг имонсиз дўстларини олиб келишлари эҳтимоли ҳам ошади. Бир вақтнинг ўзида ҳам хушхабарга асосланган бўлиш, ҳам изловчига эътиборли бўлишнинг иложи йўқ, деб ўйлаш нотўғридир.
ИМОНГА КEЛГАНЛАРГА ВАъЗ ҚИЛИНГ
Имонсизларга ваъз айтиш муҳим бўлгани каби, Раббимиз Кунида ваъзхоннинг бирламчи вазифаси имонлиларга қарата ваъз айтишдир. У маҳаллий жамоатни кўтармоқчи; бунинг учун жамоатни тинглаши, жамоатнинг боши сифатида Масиҳга ўзини бағишлашга тайёр бўлиши ва буни хоҳлаши керак. Бу бизнинг бирламчи “аудиториямиз”дир. Шунинг учун, мен ўз ваъзимни тайёрлаётган пайтимда, хаёлимда биринчи навбатда имонга келганлар бўлади.
Ундай бўлса ваъзхон имонлиларга қандай мурожаат қилиши керак?
Имонлиларга Танбеҳ беринг ва уларни Тузатинг
Биз Ҳаворий Юҳаннодан биламизки, гуноҳ имонлиларнинг ҳаётида ҳали ҳам мавжуд: «Агар гуноҳ қилганимиз йўқ десак, Худони ёлғончига чиқарган бўламиз. Демак, Унинг каломи қалбимиздан жой олмаган бўлади» (1 Юҳанно 1:10). Худдики Ҳаворий Юҳанно имонлилар ўзларининг гуноҳларини кичрайтириб, муқаддасликларини ошириб кўрсатиш ва Раббимизни рад этиш васвасасига тушишларини билганидек, бу оятда ўзига хос ниш бор. Бундан ташқари, Ҳаворий Павлус қуйидагича ёзади: «Муқаддас Битикларнинг ҳаммаси илоҳий илҳом билан ёзилган бўлиб, таълим ва танбеҳ бериш, хатоларни тузатиш ва солиҳлик йўлида тарбия бериш учун фойдалидир» (2 Тим 3:16). Шунинг учун, чўпон имонлиларга ваъз қилаётганда, Худо Каломининг ҳақиқати керакли тарзда ҳам танбеҳ беради, ҳам тузатади.
Ҳеч бир чўпон имонлилар сонини қисқартириш билан ном қозонишни хоҳламайди. Каломга содиқлик эса, одамдан ўз вақтида танбеҳ беришни ҳам талаб этади. Бу нима учун ваъз қилиш ҳақидаги даъват юзаки қабул қилинмаслиги кераклигининг бир сабабидир. Бу вазифага содиқ бўлиш биздан ваъз қилаётган ҳар бир матндан “Қай тарзда бу парча имонлиларга танбеҳ беради ёки уларни ўзгаришга даъват этади?” – деган саволни сўрашимизни талаб этади. У ибодат қилмасликни, ғийбатни, бутпарастликни ўзгартиришга даъват этадими? Бунга жавобни чўпоннинг маҳаллий жамоатидан ёки барча имонлиларга тўғри келадиган нарсалардан келиб чиқиб олиш мумкин. Нима бўлганда ҳам, танбеҳ ва тузатишсиз ваъз қилиш тўлиқ каломий ваъз бўла олмайди.
Имонлиларга “Ҳаётий озуқа” беринг ва уларни Руҳлантиринг
Худога шукурки, имонлиларга ваъз айтиш танбеҳ бериш ва тузатишдан кўра кўпроқ нарсани билдиради. У имонлиларга Худонинг Каломи билан ҳаётий озуқа бериш ва уларни руҳлантириш йўлида ишлашни англатади. Имонлилар Каломга жуда боғлиқлар. Раббимиз Исо айтганидек, «Исо унга жавобан деди: — Ёзилганки: “Инсон фақат нон билан эмас, балки Худонинг оғзидан чиққан ҳар бир сўз билан яшайди” (Матто 4:4; Қонунлар 8:3). Бу шуни англатадики, Масиҳийлар ваъз тинглашга келганларида, ҳаёт сўзларидан озиқланиш учун келадилар.
Албатта имонлилар Худонинг Каломидан ҳафтанинг бошқа кунларида ҳам озиқланишлари мумкин, лекин ваъз унинг озиқланишида марказий ўрин эгаллайди. Титус 1:1-3га эътибор қаратинг, бу ерда Ҳаворий Павлус Худонинг Каломида абадий ҳаёт қандай қилиб воизлик орқали намоён бўлишни тасвирлайди. Имонлилар ваъзлар орқали озиқланадилар ва таъминланадилар. Ҳар бир матндан сўраладиган савол, “Бу матн имонлига қай тарзда ҳаётий озуқа беради, уни кўтаради ёки руҳлантиради?”
Ўзимнинг воизлик хизматимда қуйидаги сўзлар мени жуда руҳлантиради: Жамоат менга муҳтож бўлгани учун эмас, ваъз қилинган калом орқали бериладиган ҳаётга муҳтож бўлганлиги учун йиғилади! Жуда кам нарсалар мени бунчалик руҳлантира олади! Бу шунчаки, менга берилган вазифадир, улар менга тайёрлашни тайинлаган руҳий озуқадир. Худонинг халқини Унинг Каломи билан қўллаб-қувватлаш, озиқлантириш, ўстириш ва тузатиш учун Худо томонидан ишлатилиш қандай ажойиб имтиёз!
Имонлиларни Муқаддасланг ва Мустаҳкамланг
Ўғил Отанинг болалари муқаддасланиши ва Масиҳга кўпроқ ўхшаши учун ибодат қилади. Исо Унинг шогирдлари Ўзининг каломини қабул қилганлари учун барча турдаги азоблар ва оёқ ости қилинишларни бошдан кечиришларини билар эди (Юҳанно 17:14), лекин, У уларнинг дунёдан олинишлари ҳақида ибодат қилмайди. Бунинг ўрнига, У уларнинг муқаддасланишлари учун ибодат қилади. Масиҳийлар қай тарзда янада муқаддасроқ қилинишлари мумкин? Раббимиз Исо “Сенинг каломинг ҳақиқатдир. Ҳақиқат орқали уларни Ўзинг учун ажратиб олгин (муқаддаслагин)”, деб ибодат қилади (Юҳанно 17:17). Худонинг сўзи, Худонинг фарзандларини муқаддаслайди. Масиҳийлар Хушхабарни ва барча Муқаддас Ёзувларни тушуниш ва ўз ҳаётларида амалда қўллаш орқали муқаддасланадилар (2 Тим 3:17). Муқаддас Калом муқаддас одамларни тайёрлайди.
Албатта, муқаддаслаш энг аввало Худонинг ишидир. У имонлининг ҳаётида ишлайдиган (Фил 2:13; Ибр 13:20-21) ва масиҳийлар Унга улуғворлик ва шараф келтиришлари учун керак бўладиган ҳамма нарса уларда борлигига аминлик берадиган Зотдир. Бу айнан У азизларини йиғилишлари ва Ўз Каломи ҳақиқатларини тинглашлари сари йўналтирганда содир бўлади. Улар “меҳр-муҳаббатга ва хайрли ишларга” чорланганлари ажабланарли ҳол эмас (Ибр 10:24).
Гуноҳкорлар асл масиҳий ҳаётда юришлари учун уларни мустаҳкамлаш мақсадида уларнинг ҳаётларида ишлатилишга ваъзхонларнинг ажойиб имкониятлари бор. Забур 1-Санода Худонинг қонунидан завқ оладиган саодатли одам оқар сув бўйида ўтқазилган дарахтга, серҳосил ва мустаҳкам дарахтга ўхшатилган. Ўхшатишни тушуниш қийин эмас. Масиҳий инсон Раббийнинг қонунидан озиқланиб, ундан завқ олса, серҳосил ва мустаҳкам бўлади. Ваъзларнинг Масиҳийларни Худонинг қонуни бўйича фирк юритиш сари бошлайдиган роли бор. Шундай бўлсада, ваъзхон одамларни саодатли қила олмайди (шукурки бу Худога боғлиқ ва Унинг Руҳи буни амалга оширади!), унга Худонинг халқини Худонинг Каломи билан озиқлантириш буюк имтиёзи берилган. Ваъзхон Худонинг Каломини садоқат билан етказиш ва ўша дарахтни ҳафтадан ҳафтага, ойдан ойга, йилдан йилга мустаҳкамлаб бориш орқали ўша оқар сувга ўхшаши мумкин.
Ойнинг охирида ҳисоботларнинг балансини кўрадиган ҳисобчи, ёки компания айланиш фаолиятини текширадиган директордан фарқли ўлароқ, ваъзхон етилган мевани, ўзгарган ҳаётларни, таъсирланган юракларни кўра оладими ёки йўқми, буни ҳеч ким билмайди! Чўпоннинг энг яхши ишини бу дунёда ўлчашнинг имкони йўқ. Бундай меваларни саватларда териб бўлмайди. Шунга қарамай, мевалар шу ерда. Худонинг ваъз қилинган Каломи, Унинг марҳамати ила, гуноҳкорларни муқаддаслайди ва мустаҳкамлайди ҳамда уларни Ўзининг иноят ишларига тайёрлайди.
Имонлиларни Даъват этинг ва Ўстиринг
Шогирдлар Муқаддас Китобни тушунишда ва талқин қилишда ўсишлари лозим. Улар одатда ваъзларни қабул қилишда жуда эҳтиётсиз бўлишади, Ҳаворийлар 17-бобдаги берияликлар каби эшитган гаплари ҳақиқат эканини кўриш учун текширадиган одамларга ўхшамайдилар. Мустаҳкам экспозицион ваъз ўйлаш ва текшириши учун нимадир бериш орқали шогирдни даъват этади. Жеймс В. Александр юзаки ваъз қилишни танқид қилиб, бир марта қуйидагича гапирган:
Бундай ваъзларда биз кўплаб руҳий ҳақиқатларни, кўплаб бетакрор ва таъсирли мисолларни, ўринли далилларни, кучли панд-насиҳатларни ва буюк мойланишни топамиз. Ўзлари таъкидлаган ва минбардаги нутқлар сифатида кўрилган бу ваъзлар фақатгина битта қарши фикрга очиқ кўринади; Муқаддас Китобнинг экспозициялари сифатида, улар том маънода ҳеч нарсадир. Улар илҳомланган ёзувчиларнинг аргументларидаги муаммоли жойларни тушунтириб беришмайди; улар гапираётган масалага доир соҳага чуқур ва кенг ёндашмайдилар; улар оз даражада бўлсада жамоатни соғлом талқин қилиш одатини ўргатишга уринмасдан, бутун умр такрорлашлари мумкин.[6]
Имонлиларни даъват этадиган ва ўстирадиган ваъзлар ўта ақлли ёки тушуниш қийин бўлмаслиги керак (бундай ваъзлар нотўғри ва барибир фойдасиз бўлади!). Яна имонлиларни даъват этадиган ва ўстирадиган ваъзлар матнга шўнғиб кетадиган ваъзхонлар томонидан айтилган ваъзлардир. Ваъз тайёрлашга етарлича вақт ажратган чўпон матндан “бу парча қай тарзда масиҳийларни даъват этади ёки ўстиради?” деб сўрашга деярли эҳтиёж сезмайди – Худонинг Каломи Худонинг бу борадаги мақсадини амалга оширишга шу даражада мослаштирилгандир (Иш 54:10-11). Унинг ҳаракатлари ҳосил беради ва жамоат унинг меҳнатлари мукофотини йиғиб олади.
Жамоатда биз бир неча оятни ваъз қиляпмизми ёки бир неча ваъзларда бутун китобними (яқинда Аюб китобини ваъз қилганимиз каби), бундан қатъий назар Муқаддас Китобга ҳар доим содиқ қолишга интиламиз. Бир неча йилдан кейин биринчи маротаба университет талабалари ваъзлар уларни ўсишга чорлаётгани сабабли жамоатимизга қўшилмоқдалар. Яқинда ёши каттароқ жуфтлик менга, улар тушлик пайтида ваъз ҳақида руҳий суҳбатлар қура олишлари туфайли жамоатга келишни ёқтиришларини айтишди. Бирон киши дунё билан алоқага киришиб жуда ёмон иш қиляпсизлар дейди, деб ўйламайман ва ҳеч ким менинг ваъзим мароқли деб ҳам айтмайди. Ўсишимиз учун ҳали кўп ишлашимиз керак. Лекин, Худонинг инояти билан биз Худонинг Каломини ошкор этяпмиз – бу эса мароқли ва ҳаётни ўзгартирувчи кучга эга!
Имонлилар Муқаддас Китобга содиқ, яъни танбеҳ бериш ва тузатиш, ҳаётий озуқа бериш ва руҳлантириш, муқаддаслаш ва мустаҳкамлаш, даъват этиш ва ўстиришни ўз ичига оладиган ваъзларни излашмоқда.
Ҳозир имонсизлар ва имонлиларга ваъз айтиш қисмини ёпдик, шу жой тўхташимиз учун табиий жойдек кўринади. Лекин, ваъзхонлар яна бир категория вакилларига эътиборли бўлишлари лозим: улар жамоат аъзоларидир.
ЖАМОАТ АъЗОЛАРИГА БИР БУТУН ТАНА СИФАТИДА ВАъЗ АЙТИШ
Кўпчилик жамоатларда жамоатнинг катта қисми жойга, ўша хизматга ва бир бирларига бағишлаган эркак ва аёллардан ташкил топган ўзларини ўша. Бу ваъз қилаётганда бирон бир аҳамиятга эгами? Менимча шундай.
Ҳаворий Павлус Колоссадаги азизлар жамоатини «Бундай кишилар Масиҳдан ажралган. Масиҳ — Ўз танаси, яъни жамоатнинг Бошидир. Мана шу Бошдан бутун бадан ҳаётбахш куч олиб, паю бўғинлар орқали ўзаро уланиб, Худонинг хоҳиши бўйича ўсади» сифатида тасвирлайди (Кол 2:19). Булар шунчаки шогирдлар эмас, улар Колоссия жамоатида илдиз отган ва Худодан бўлган ўсишда ўсаётган шогирдлар эдилар. Колоссаликларга 3:15-16да, Ҳаворий Павлус давом этиб, «Масиҳ ато қиладиган тинчлик юракларингизда ҳукмрон бўлсин, ахир сизлар бир тананинг аъзосисизлар, тинчликка даъват қилингансизлар. Миннатдор бўлинглар. Масиҳнинг каломи сизда чуқур ўрнашиб, яшнайверсин. Донолик билан бир-бирингизга таълим беринг, насиҳат қилинг. Забурларни хониш қилиб, мадҳиялар ва руҳий қўшиқлар билан, чин кўнгилдан миннатдорчилик билдириб, Худони тараннум этинглар», деб айтади. Эътибор беринг, Ҳаворий Павлус бу маҳаллий жамоатга бир тана сифатида мурожаат қилмоқда ва улар Масиҳнинг Каломи орқали бирлашишларини уларга эслатмоқда. Бу улар биргаликда йиғилиб Муқаддас Китобни куйлаш ва ваъз қилинган Муқаддас Китобни эшитишганда содир бўлади.
Ҳаворий Павлус бу оятда масиҳийларга индивидуал тарзда эмас, балки маълум бир жамоатнинг аъзолари сифатида мурожаат қилмоқда. Улар географик жиҳатдан яқин жойда жойлашганликлари учун эмас, балки бир хил таълимот ва бир хил панд-насиҳатни ўзаро бўлишар эканлар, Масиҳнинг Каломи уларда истиқомат қилиш учун келгани сабабли уларнинг йиғилишлари бирлик олиб келди. Улар бир хил ҳокимият остида келганлар, чунки улар Масиҳни ўзларининг боши сифатида тан олганлар.
Бу бугунги кундаги маҳаллий жамоатга ҳам тўғри келади ва аъзоларга бирлик олиб келишнинг йўлларидан бири бу Худонинг Каломини ваъз қилиш орқалидир. Жон Калвин ваъзхоннинг хизматини тасвирлаётганда шуни таъкидлаган. Ваъзхон танага бирлик олиб келадиган шахсдир. Эфесликлар мактуби бўйича жамоатнинг бир умиди, Раббийси, имони ва чўмдирилиши ҳақида шарҳлаётганда, Калвин қуйидагиларни ёзади:
Бу сўзлар орқали Ҳаворий Павлус шуни кўрсатмоқдаки, инсонни Худо жамоатни бошқариш учун ишлатадиган хизмати имонлиларни бир танага бирлаштириш учун муҳим боғловчидир . . . У (Худо) ишлайдиган усул қуйидагича: У Ўз инъомларини Жамоатга Ўз хизматчилари орқали тақсимлайди ва шу тариқа Ўз Руҳининг кучини ҳаракатга келтириш орқали, Ўзининг ўша жойда эканлигини кўрсатади ва У бунинг мақсадсиз ва самарасиз бўлишидан ҳимоя қилади. Шу орқали азизлар янгиланишади ва Масиҳнинг танаси тузатилади. Шу тариқа, биз Унга, яни Бошга тегишли барча нарсаларда ўсамиз ва бир биримиз билан бирлашамиз. Шу орқали, биз ҳаммамиз Масиҳнинг бирлигига олиб бориламиз ва пайғамбарчилик ривожланиб борар экан, биз Унинг хизматчиларини мамнуният билан қабул қиламиз ва Унинг таълимотини оёғости қилмаймиз. Жамоатнинг бундай намунасини бекор қилишга уринса ёки унинг аҳамиятини пасайтириб оёғости қилса, у Жамоатни барбод қилишга уринаётган бўлади.[7]
Кўпчилик жамоатлар жамоатга аъзо бўлмаганларга кўп ғамхўрлик қилиб ўсаётган бир пайтда, бир бутун тана сифатида жамоат аъзоларига шунчалик ғамхўрлик қилишнинг нима кераги бор? Чунки, Муқаддас Китобда маҳаллий жамоатнинг бир қисми бўлган шахсларга ғамхўрлик қилишга шунчалик кўп эътибор қаратилади, буни Янги Аҳддаги мактублардан кўришимиз мумкин. Турли хил шароитлардан келиб чиққан одамлар ягона хушабарни бўлишган мана шундай контекстда масиҳий ҳаётда яшашган – мана шу жамоат саналган. Бундан чуқур оқибатлар келиб чиқади. Ҳаворий Павлус ёзганидек: «Агар бир аъзо азоб чекса, қолган барча тана аъзолари у билан бирга азоб чекади. Агар бир аъзо юксалса, қолган барча аъзолар у билан бирга севинади» (1 Кор 12:26). Бу “енгингни шимар ва бир-бирингнинг ҳаётингда фаол иштирок эт” жамоасидир.
Каломий ваъз вақти-вақти билан масиҳийларга нафақат алоҳида шахслар сифатида, балки бир бутун тана сингари бир-бирига бағишланган ягона шахс сифатида мурожаат қилиши лозим. Ҳар бир матндан: “Бу парча қай тарзда имонлиларнинг жамоаси сифатида бизнинг ҳаётимизга мос келади?” деб сўранг. Фақатгина жамоат аъзоларига мурожаат қилиш ғалати кўриниши мумкин, лекин имонга келмаган одамларнинг ҳам, жамоатга аслида бағишланиш ўрнига у билан ноз-карашма қиладиган имонли одамларнинг ҳам жамоати бўлиш, жамоатнинг қандай ажойиб кўзланган мақсади бўлади! Чўпон жамоатга қўшилган имонлиларга ўз миннатдорчилигини кўрсатади ва бундан ҳам муҳимроғи, Худонинг Каломига – жамоат аъзоларига бир бутун тана сифатида тўғридан-тўғри мурожаат қилганда, уларни бирлаштирадиган Каломга – бўлган севгисини кўрсатади.
ХУЛОСА
“Ваъзхон кимга ваъз қилади”, деган савол устида фикр юритганимда, Епископ Питер Адамнинг қуйидаги сўзларини эслайман. “Агар биз Худонинг ва Масиҳнинг хизматкорлари ва Унинг Каломи хизматчилари бўлсак, унда ваъзхоннинг вазифаси Худо халқининг ҳам хизматчиси бўлишдир.”[8] Ҳа, менимча ваъзхон жамоатга қатнамайдиган – имонга келмаганларга эътиборли бўлиши керак. Лекин, агар биз фақатгина имонга келмаганлар ҳақида қайғурсак, ваъз сийраклашиб ёки шу даражада суюқлашиб борадики, Худонинг халқи очарчиликка йўлиқади. Бу жуда ёмон ҳолат. Имонга келмаганларга ваъз қилиш муҳим, лекин биринчи навбатда имонлиларга эътибор қаратиш ва маҳаллий жамоатга садоқатли имонлиларга доимий тарзда гапиришнинг қийматини унутмаслик бундан ҳам муҳимроқдир.
- “Preaching to the Unchurched: An Interview with James Emery White” in Preaching with Power: Dynamic Insights from Twenty Top Communicators, ed. Michael Duduit (Grand Rapids, MI: Baker Books, 2006), 227.
- Ibid., 230.
- “Preaching to Postmoderns: An Interview with Brian McLaren” in Preaching with Power: Dynamic Insights from Twenty Top Communicators, ed. Michael Duduit (Grand Rapids, MI: Baker Books, 2006), 126-27.
- Бу ҳикоя чизиғини изоҳлашда экспозицион ваъзхонлар учун қуйидаги кичик китоблар фойдали бўлади: The Symphony of Scripture: Making Sense of the Bible’s Many Themes (1990)by Mark Strom; God’s Big Picture: Tracing the Storyline of the Bible (2002) by Vaughan Roberts; and Gospel and Kingdomnow available in The Goldsworthy Trilogy (2000). Каломий теология бўйича ушбу қўлланмалар Муқаддас Китоб бўйлаб ваъз қилаётганда Муқаддас Ёзувларнинг бирлигини ёритишга ёрдам беради.
- Экспозицион ваъз бўйича Марк Девернинг бобини топинг: Nine Marks of a Healthy Church (Crossway, 2004).
6. J.W. Alexander, Thoughts on Preaching (Carlisle, PA: Banner of Truth, Date), 239. - John Calvin, The Institutes of the Christian Religion, ed. Toney Lane and Hilary Osborne (Grand Rapids, MI: Baker Book House, 1986), 245.
- Peter Adam, Speaking God’s Words: A Practical Theology of Expository Preaching (Downers Grove, IL: InterVarsity Press, 1996), 130.
Аарон Меникофф