Каломий Теология

Kalomiy Teologiya qay tarzda Jamoatlarni Himoya Qiladi va Boshqaradi?

Томонидан Jonatan Liman | Жонатан Лиман

Jonatan Liman 9taBelgi (9Marks) nashriyoti direktori, Cheverly, Merilenddagi Cheverly Baptist Jamoati oqsoqolidir. Uni Twitterda @JonathanLeeman shu nom ostida topishingiz mumkin. | Жонатан Лиман 9таБелги (9Маркс) нашриёти директори, Чеверлй, Мериленддаги Чеверлй Баптист Жамоати оқсоқолидир. Уни Тwиттерда @ЖонатҳанЛееман шу ном остида топишингиз мумкин.
Мақолалар
10.15.2021

Kalomiy teologiya bu Muqaddas Kitobni o’qish usulidir. Bu germenevtik usul. U Muqaddas Yozuvning ko’pgina mualliflari va ko’pgina kitoblari yagona ilohiy muallifning yagona hikoyasi, ya’ni Masih haqida gapirishini nazarda tutadi.

Ozgina akademik tilda aytilgandek tuyulyaptimi? Shunday, lekin…

Kalomiy teologiya fani jamoatingizni himoya qilish va unga yo’lboshchilik qilish uchun o’ta zarurdir. U jamoatlarni soxta hikoyalardan va noto’g’ri yo’llardan himoya qiladi. U jamoatni yaxshiroq va’zlar, yaxshiroq amallar, yaxshiroq yo’llar tomon yetaklaydi.

KALOMIY TEOLOGIYA JAMOAT QO’RIQCHISI SIFATIDA

Masalan, teologik liberalizmni olaylik, unga ko’ra najot hikoyasi iqtisodiy adolatsizlik yoki xudbin siyosiy vijdonni bartaraf etishga qaratilgan Xudoning ishi. Bunday najot haqida so’zlovchi hikoya syujetlarining hammasi ham xato bo’lmasligi mumkin, lekin, bular menga qizlarimdan biri singlisi/opasi bilan qanday urushganini hikoya qilib berish tarzini eslatadi. U haqiqatni gapiradi, lekin tafsilotlarni tushirib qoldiradi, urg’uni qayta taqsimlaydi, oz-moz talqinli bog’liqliklar o’rnatadi. Liberalizm hikoyalari va uning Muqaddas Kitob xushxabari hikoyasi ham shunday.

Rim Katolik xizmati ham xuddi shunday, unda ruhoniylar va muqaddas marosimlar Xudo bilan insonlar o’rtasida vositachilik qiladi, bu esa Eski Ahdga o’xshab ketadi.

Yoki, farovonlik xushxabarini olaylik, unda Eski Ahdda faqatgina marhamatga doir elementlarini Yangi Ahdga o’tkazilgan.

Boshqa guruh vakillari Eski Ahdning najot beruvchi elementlarini bugun uchun qo’llamasada, kelajakdagi najotimizni bugungi hayotlariga qo’llashadi. Bir vaqtlar jannatni yerga juda tez olib kela olamiz deb o’ylagan perfeksionist Anabaptistlar bo’lishgan. Taraqqiyparvar liberallar bunga bir asr oldin urinib ko’rishgan. Hozir esa, madaniyatning o’zgarishini qo’llab-quvvatlovchilar Kalom hikoyasiga ko’z ilg’amas o’zgarishlar kiritishni taklif etadilar.

Bu ro’yxat uzun, Mormonizm, Iegova Shohidlari kabi oqimlar yoki jamoat ichidagi ijtimoiy xushxabar, ozodlik teologiyasi, amerikacha messianizm kabi harakatlar yoki fundamentalistik ajratishning ba’zi shakllari va hokazolar. Ularning ba’zilari nisbatan yaxshiroq, ba’zilari esa yomon.

Gap shundaki, muvozanatsiz (yoki soxta) xushxabarlar va muvozanatsiz (yoki soxta) jamoatlar yo aqlsizlik bilan bayon etilgan “tasdiqlovchi matnlar”ga, yoki butun Kalomiy hikoyani buzadigan bayonlarga asoslanadilar. Ular yo Muqaddas Kitobning asosiy ahdlarini o’zaro noto’g’ri bog’laydilar; yoki ular keragidan ortiq davomiylik yoki juda ko’p uzilishlarga ega; yoki ular tipni antitipdan farqlay olishmaydi; yoki ular o’z esxatologiyalarini (ilohiyotning o’lim, hukm va qalb hamda insoniyatning so’nggi taqdiri bilan bog’liq qismi) yetarlicha baholamaydilar yoki keragidan ortiq baholaydilar. Ular yo yerda jannatni va’da berishadi; yoki hozir ruhiy hayotni tanadan ajratishadi.

Har ikkala holatda ham, yomon yoki muvozanatga ega bo’lmagan kalomiy teologiyalar yomon va muvozanatga ega bo’lmagan xushxabarlarni bayon etadi va bunday xushxabarlar yomon va muvozanatga ega bo’lmagan jamoatlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Yaxshi kalomiy teologiya esa, xushxabarni ham himoya qiladi va jamoatni ham himoya qiladi. “Mustahkam kalomiy teologiya masihiylarni eng ashaddiy reduksionizmlardan himoya qiladi”, deydi D. A. Karson.

Bu shuni anglatadiki, cho’pon (i) yaxshi kalomiy teologiyani bilishi (ii) va jamoatiga kelayotgan odamlariga ta’sir ko’rsatadigan yomon kalomiy teologiyalarni farqlay olishi kerak.

Bugun o’sha odamlarning ko’pi farovonlik xushxabarining ba’zi ko’rinishlari suti bilan oziqlanib voyaga yetishishgan. Bu sut nima uchun yomonligini tushuntirib bera olasizmi? (Yordam uchun mana bu manzilga tashrif buyuring.)

KALOMIY TEOLOGIYA JAMOATNING YO’LBOSHCHISI SIFATIDA

Lekin, kalomiy teologiya faqatgina himoyachi emas, u yo’lboshchi hamdir – yaxshi va’z, yaxshi xushxabarchilik (odamlarga yetishish) va tashqi dunyo bilan aloqa, yaxshi umumiy sajda, yaxshi jamoat tuzilmalari va sog’lom masihiycha hayot tomon boshlaydigan yo’lboshchidir.

Yaxshi Va’z uchun Yo’lboshchi

Matnni o’rganish va va’z tayyorlash uchun o’tirganingizda kalomiy teologiya sizni fikringizni isbotlash uchun Kalomdagi matnlardan foydalanish yoki najotkorlikning muvozanatga ega bo’lmagan hikoyasini aytishdan saqlaydi.

U har bir matnni to’g’ri kanonik kontekst ichiga qo’yadi va sizning matningiz Masihning shaxsiyati va ishi bilan qanday bog’liqligini ko’rishingizga yordam beradi. U moralizmning (axloqiylashtirish amaliyoti – ayniqsa boshqalarning axloqi to’g’risida hukm chiqarishga moyilligini ko’rsatish) oldini oladi, toki va’z qiluvchi masihiycha va’zlarni aytsin. U ko’rsatuvchi va amr tarzidagi gaplarini, imon va amallarni bir-biri bilan to’g’ri bog’laydi. U injil ekspozitsiyasini (talqin) o’rgatadi. U har bir va’z katta hikoyaning bir qismi bo’lishini kafolatlaydi.

Qisqa qilib aytganda, qadrli cho’pon, o’z vazifangizdagi eng muhim ishni qilishingiz uchun, ya’ni va’z aytish Xudo Kalomini o’rgatishingiz uchun, sizga kalomiy teologiya kerak. Bu borada ko’proq bilishni xohlasangiz, Jeramie Rinnening “Kalomiy Teologiya va Xushxabarni E’lon Qilish” [Biblical Theology and Gospel Proclamation] maqolasini o’qing.

Yaxshi Xushxabarchilik va Ishtirok/Burch uchun Yo’lboshchi/Qo’llanma

Jamoat xushxabarchiligi va tashqi dunyo bilan aloqa haqida fikr yuritar ekanmiz, kalomiy teologiya juda ko’p narsa kutish (keragidan ortiq baho berilgan esxatologiya) yoki juda kam narsa talab qilish (arzon inoyat, oson ishonish, imon keltirishdan oldin tegishli bo’lish, amr beruvchi va’zlar aytmaslik) orasidagi kutishlarimizni to’g’ri muvozanatlashtiradi.

Yaxshi kalomiy teologiya eng yaxshi hayot (sog’lik va boylik, shaharni o’zgartirish, yuqori tabaqadagilarning iltifotiga sazovor bo’lish va hokazo) ni hozir berishga va’da bermaydi. Lekin, jamiyat hayotida ishtirok etish, sevgi va adolat yo’lidagi xizmat amallarida shaharning saodatiga o’z hissasini qo’shishdan tortinib orqaga chekinmaydi.

U so’z orqali xushxabar aytishni (xushxabarchilik va topshiriqlar) asosiy vazifaga aylantiradi, lekin so’z va amalni bir-biridan ajratmaydi. Bular jamoatning guvohligi va vazifasi uchun ajralmasdir, Odam Atodan boshlab Ibrohim, Isroil, Dovud, Masih va jamoatgacha bo’lgan hikoya – syujet chizig’i buni yaqqol ko’rsatadi.

Yaxshi Umumiy Sajda uchun Yo’lboshchi

Dovudning ahd sandig’i yonida yalang’och raqsga tushishi jamoat yig’ilishlari uchun me’yormi? Yo’qmi? Eski Ahddagi ruhoniylar ishlatgan tutatqilar yoki musiqa asboblari va xorlar yoki turli xil bayramlar uchun “qurbonlik keltirishlar” yoki Muqaddas Yozuv matnini o’qish va tushuntirib berishlarchi? To’g’ri kalomiy teologiya yangi ahd davriga nimalarni olib o’tish va nimalarni eski ahdda qoldirish kerak degan savolga javob topishga yordam beradi.

Birovning ahdlarni bir-biri bilan qanday bog’lashi, davomiylik va uzilish bo’yicha yondashuvi, va Masihning bajo keltirish ishini tushunishiga juda ko’p narsa bog’liq. U shu bilan birga, Masihning yig’ilgan jamoati nima qilishga vakolati borligini tushunishiga ham ko’p narsa bog’liq.

Bularning bari akademik tilda aytilgan so’zlardek tuyulishi mumkin, lekin, qadrli cho’pon, sizning faoliyatingiz ba’zi bir kalomiy teologiyaga bog’liq. Savol tug’iladi, qaysilari haqida o’ylab ko’rgansiz?

Bu haqda ko’proq bilish uchun, Bobby Jamiesonning “Kalomiy Teologiya va Umumiy Sajda” maqolasini o’qing.

Yaxshi Jamoat Tuzilishi uchun Qo’llanma

Bundan tashqari, Muqaddas Yozuvning hikoya syujeti jamoatimizni qanday tashkil etishimizda izchillik va uzilishlarga e’tibor berishni talab etadi. Izchillik nuqtai nazaridan gapiradigan bo’lsak, u (izchillik) Xudoning xalqida doim ichki va tashqi bo’ladi, bu esa biz jamoat a’zoligi va jamoat intizomiga rioya qilishimiz kerakligini bildiradi. Uzilish nuqtai nazaridan gapirganda, Xudo xalqining yetakchilari Eski Ahddan Yangi Ahd tomon keskin o’zgaradi. Eng avvalo Xudo xalqining hammasi ruhoniylar. Ikkinchidan, Xudoning oqsoqollari suruvni Kalom bilan boqadigan cho’pon yordamchilaridir.

Kim jamoat a’zosi bo’la olishi shubhasiz kalomiy teologiyaga bog’liq. A’zolik faqatgina imonlilar uchunmi yoki imonlilar va ularning farzandlari uchunmi? Bu sunnat va cho’mdirilish o’rtasida davomiylik va uzulishlar miqdoriga bog’liq.

Sog’lom Masihiy Hayot uchun Qo’llanma

Va nihoyat, kalomiy teologiyaning sog’lom masihiy hayot uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi va bu hayot qay tarzda mahalliy jamoat bilan bog’liqligiga e’tibor qaratish lozim.

Chiqish hikoyasida, najot umumiy edi. Lekin, Yangi Ahdda najot yakka tartibda, to’g’rimi?

Bu Eski va Yangi Ahd o’rtasidagi aloqani va Masih Yangi Ahdda nimani amalga oshirganini qanday tushunishga bog’liq. Kimdir ahdlashuvchi Zot bor ekan, ahdlashuvchi xalq ham bo’lishi kerak, deb aytmaydimi (Yeremiyo 31:33; 1-Butrus 2:10ga qarang)? Bundan tashqari, Pavlus ta’kidlashicha, yahudiylar va majusiylar o’rtasidagi adovat devori qulashi va “yangi xalq” yaratilishi gunohkorlar Xudo bilan yarashgan paytdayoq sodir bo’ldi (Efesliklar 2:11-22; yuqoridan tug’ilishning jamoaviy jihatlari haqida ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz https://www.9marks.org/article/journalcorporate-component-conversion/ saytiga kirib ko’ring).

Yangi Ahddagi najot Eski Ahddagi kabi xalqqa qaratilganligi rost bo’lsa, har bir shaxsning najotni boshdan kechirishi har xil vaqtda sodir bo’ib, Chiqish kitobidagi kabi birgalikda bo’lmasada, masihiycha hayot tubdan jamoaviy ekanligi ko’rinadi. O’sish ham jamoaviydir. Imon bilan yashash ham jamoaviydir. Meni asrab olgan kishi Otam, lekin U meni oilasiga qabul qildi, zero, Uning o’g’li yoki qizi bo’lish, birodarlarning akasi, ukasi yoki opasi, singlisi bo’lishni bildiradi.

Bu jamoaviy reallik jamoatning ta’limoti, birodarligi va madaniyatidagi har bir narsa uchun cheksiz ta’sirga ega. Mahalliy jamoat mavjudligining asosiy maqsadi (ushbu kalomiy teologik qarash to’g’ri bo’lsa) shunchaki jamoat bo’lishdir. Bu yangi oila, yangi xalq, yangi madaniyat va yangi tana bo’lishdir. Ruhiy o’sishning ko’p qismi sokin vaqtlarimda nima qilishim emas, oila a’zosi sifatidagi yangi shaxsni qabul qilishni qanday o’rganishimga bo’g’liq.

Boshqa tomondan, tananing ahamiyatini pasaytirish (tanaga ziyon yetkazish) hisobiga shaxsga keragidan ortiq urg’u beradigan kalomiy teologiyani (ba’zi konservativ teologiyalar ham shunday qilishlari mumkin) yoki shaxsiy aybdorlik hisobiga jamoaviy va ijtimoiy tuzilmalarga keragidan ortiq urg’u beradigan (ba’zi liberal teologiyalar kabi) kalomiy teologiyani tasavvur qilish qiyin emas.

Bundan tashqari, o’sha hikoya syujetini tushunishingiz sizga jamoatingiz a’zolari ya’ni birodarlaringizdan nimani kutishingiz kerakligini, masalan, qay darajadagi solihlik, gunohning ustidan g’alaba, adolatsizlik qurboni bo’lgan odamning ruhiy shifolanishi, buzilgan munosabatlarning tiklanishi darajasini bilishingizga yordam beradi. Anglaganingizdek, Kalomiy teoligiya shakli hayotingiz davomida duch kelishi mumkin bo’lgan fojia, yovuzlik va solihlik va hokazolarga bo’lgan yondashuvingizi shakllantiradi.

Boshqacha qilib aytganda, to’g’ri kalomiy teologiya masihiy hayotning allaqachon/hali emas qarashiga olib boradi. Juda ko’p “allaqachon” yoki juda ko’p “hali emas” deyish sizni osongina adashtiradi.

Xulosa: to’g’ri kalomiy teologiya masihiy hayotga ishonchli qo’llanma/yo’riqnomani taklif qiladi, ayniqsa, bu hayot mahalliy jamoat bilan bog’liq bo’lsa. Shu bilan birga, u jamoatni noto’g’ri urg’u berishlar va noto’g’ri kutishlar hamda noto’g’ri xushxabardan himoya qiladi.


Birinchi marta 9ta Belgilar veb-sahifasida chop etilgan: www.9marks.org

Asl maqolani quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: https://www.9marks.org/article/how-biblical-theology-guards-and-guides-churches/


Каломий Теология қай тарзда Жамоатларни Ҳимоя Қилади ва Бошқаради?

Каломий теология бу Муқаддас Китобни ўқиш усулидир. Бу герменевтик усул. У Муқаддас Ёзувнинг кўпгина муаллифлари ва кўпгина китоблари ягона илоҳий муаллифнинг ягона ҳикояси, яъни Масиҳ ҳақида гапиришини назарда тутади.

Озгина академик тилда айтилгандек туюляптими? Шундай, лекин…

Каломий теология фани жамоатингизни ҳимоя қилиш ва унга йўлбошчилик қилиш учун ўта зарурдир. У жамоатларни сохта ҳикоялардан ва нотўғри йўллардан ҳимоя қилади. У жамоатни яхшироқ ваъзлар, яхшироқ амаллар, яхшироқ йўллар томон етаклайди.

КАЛОМИЙ ТЕОЛОГИЯ ЖАМОАТ ҚЎРИҚЧИСИ СИФАТИДА

Масалан, теологик либерализмни олайлик, унга кўра нажот ҳикояси иқтисодий адолатсизлик ёки худбин сиёсий виждонни бартараф этишга қаратилган Худонинг иши. Бундай нажот ҳақида сўзловчи ҳикоя сюжетларининг ҳаммаси ҳам хато бўлмаслиги мумкин, лекин, булар менга қизларимдан бири синглиси/опаси билан қандай урушганини ҳикоя қилиб бериш тарзини эслатади. У ҳақиқатни гапиради, лекин тафсилотларни тушириб қолдиради, урғуни қайта тақсимлайди, оз-моз талқинли боғлиқликлар ўрнатади. Либерализм ҳикоялари ва унинг Муқаддас Китоб хушхабари ҳикояси ҳам шундай.

Рим Католик хизмати ҳам худди шундай, унда руҳонийлар ва муқаддас маросимлар Худо билан инсонлар ўртасида воситачилик қилади, бу эса Эски Аҳдга ўхшаб кетади.

Ёки, фаровонлик хушхабарини олайлик, унда Эски Аҳдда фақатгина марҳаматга доир элементларини Янги Аҳдга ўтказилган.

Бошқа гуруҳ вакиллари Эски Аҳднинг нажот берувчи элементларини бугун учун қўлламасада, келажакдаги нажотимизни бугунги ҳаётларига қўллашади. Бир вақтлар жаннатни ерга жуда тез олиб кела оламиз деб ўйлаган перфексионист Анабаптистлар бўлишган. Тараққийпарвар либераллар бунга бир аср олдин уриниб кўришган. Ҳозир эса, маданиятнинг ўзгаришини қўллаб-қувватловчилар Калом ҳикоясига кўз илғамас ўзгаришлар киритишни таклиф этадилар.

Бу рўйхат узун, Мормонизм, Иегова Шоҳидлари каби оқимлар ёки жамоат ичидаги ижтимоий хушхабар, озодлик теологияси, америкача мессианизм каби ҳаракатлар ёки фундаменталистик ажратишнинг баъзи шакллари ва ҳоказолар. Уларнинг баъзилари нисбатан яхшироқ, баъзилари эса ёмон.

Гап шундаки, мувозанатсиз (ёки сохта) хушхабарлар ва мувозанатсиз (ёки сохта) жамоатлар ё ақлсизлик билан баён этилган “тасдиқловчи матнлар”га, ёки бутун Каломий ҳикояни бузадиган баёнларга асосланадилар. Улар ё Муқаддас Китобнинг асосий аҳдларини ўзаро нотўғри боғлайдилар; ёки улар керагидан ортиқ давомийлик ёки жуда кўп узилишларга эга; ёки улар типни антитипдан фарқлай олишмайди; ёки улар ўз эсхатологияларини (илоҳиётнинг ўлим, ҳукм ва қалб ҳамда инсониятнинг сўнгги тақдири билан боғлиқ қисми) етарлича баҳоламайдилар ёки керагидан ортиқ баҳолайдилар. Улар ё ерда жаннатни ваъда беришади; ёки ҳозир руҳий ҳаётни танадан ажратишади.

Ҳар иккала ҳолатда ҳам, ёмон ёки мувозанатга эга бўлмаган каломий теологиялар ёмон ва мувозанатга эга бўлмаган хушхабарларни баён этади ва бундай хушхабарлар ёмон ва мувозанатга эга бўлмаган жамоатларнинг пайдо бўлишига олиб келади.

Яхши каломий теология эса, хушхабарни ҳам ҳимоя қилади ва жамоатни ҳам ҳимоя қилади. “Мустаҳкам каломий теология масиҳийларни энг ашаддий редуксионизмлардан ҳимоя қилади”, дейди Д. А. Карсон.

Бу шуни англатадики, чўпон (i) яхши каломий теологияни билиши (ii) ва жамоатига келаётган одамларига таъсир кўрсатадиган ёмон каломий теологияларни фарқлай олиши керак.

Бугун ўша одамларнинг кўпи фаровонлик хушхабарининг баъзи кўринишлари сути билан озиқланиб вояга етишишган. Бу сут нима учун ёмонлигини тушунтириб бера оласизми? (Ёрдам учун мана бу манзилга ташриф буюринг.)

КАЛОМИЙ ТЕОЛОГИЯ ЖАМОАТНИНГ ЙЎЛБОШЧИСИ СИФАТИДА

Лекин, каломий теология фақатгина ҳимоячи эмас, у йўлбошчи ҳамдир – яхши ваъз, яхши хушхабарчилик (одамларга етишиш) ва ташқи дунё билан алоқа, яхши умумий сажда, яхши жамоат тузилмалари ва соғлом масиҳийча ҳаёт томон бошлайдиган йўлбошчидир.

Яхши Ваъз учун Йўлбошчи

Матнни ўрганиш ва ваъз тайёрлаш учун ўтирганингизда каломий теология сизни фикрингизни исботлаш учун Каломдаги матнлардан фойдаланиш ёки нажоткорликнинг мувозанатга эга бўлмаган ҳикоясини айтишдан сақлайди.

У ҳар бир матнни тўғри каноник контекст ичига қўяди ва сизнинг матнингиз Масиҳнинг шахсияти ва иши билан қандай боғлиқлигини кўришингизга ёрдам беради. У морализмнинг (ахлоқийлаштириш амалиёти – айниқса бошқаларнинг ахлоқи тўғрисида ҳукм чиқаришга мойиллигини кўрсатиш) олдини олади, токи ваъз қилувчи масиҳийча ваъзларни айтсин. У кўрсатувчи ва амр тарзидаги гапларини, имон ва амалларни бир-бири билан тўғри боғлайди. У инжил экспозициясини (талқин) ўргатади. У ҳар бир ваъз катта ҳикоянинг бир қисми бўлишини кафолатлайди.

Қисқа қилиб айтганда, қадрли чўпон, ўз вазифангиздаги энг муҳим ишни қилишингиз учун, яъни ваъз айтиш Худо Каломини ўргатишингиз учун, сизга каломий теология керак. Бу борада кўпроқ билишни хоҳласангиз, Жерамие Ринненинг “Каломий Теология ва Хушхабарни ЭЪлон Қилиш” [Biblical Theology and Gospel Proclamation] мақоласини ўқинг.

Яхши Хушхабарчилик ва Иштирок/Бурч учун Йўлбошчи/Қўлланма

Жамоат хушхабарчилиги ва ташқи дунё билан алоқа ҳақида фикр юритар эканмиз, каломий теология жуда кўп нарса кутиш (керагидан ортиқ баҳо берилган эсхатология) ёки жуда кам нарса талаб қилиш (арзон иноят, осон ишониш, имон келтиришдан олдин тегишли бўлиш, амр берувчи ваъзлар айтмаслик) орасидаги кутишларимизни тўғри мувозанатлаштиради.

Яхши каломий теология энг яхши ҳаёт (соғлик ва бойлик, шаҳарни ўзгартириш, юқори табақадагиларнинг илтифотига сазовор бўлиш ва ҳоказо) ни ҳозир беришга ваъда бермайди. Лекин, жамият ҳаётида иштирок этиш, севги ва адолат йўлидаги хизмат амалларида шаҳарнинг саодатига ўз ҳиссасини қўшишдан тортиниб орқага чекинмайди.

У сўз орқали хушхабар айтишни (хушхабарчилик ва топшириқлар) асосий вазифага айлантиради, лекин сўз ва амални бир-биридан ажратмайди. Булар жамоатнинг гувоҳлиги ва вазифаси учун ажралмасдир, Одам Атодан бошлаб Иброҳим, Исроил, Довуд, Масиҳ ва жамоатгача бўлган ҳикоя – сюжет чизиғи буни яққол кўрсатади.

Яхши Умумий Сажда учун Йўлбошчи

Довуднинг аҳд сандиғи ёнида яланғоч рақсга тушиши жамоат йиғилишлари учун меъёрми? Йўқми? Эски Аҳддаги руҳонийлар ишлатган тутатқилар ёки мусиқа асбоблари ва хорлар ёки турли хил байрамлар учун “қурбонлик келтиришлар” ёки  Муқаддас Ёзув матнини ўқиш ва тушунтириб беришларчи? Тўғри каломий теология янги аҳд даврига нималарни олиб ўтиш ва нималарни эски аҳдда қолдириш керак деган саволга жавоб топишга ёрдам беради.

Бировнинг аҳдларни бир-бири билан қандай боғлаши, давомийлик ва узилиш бўйича ёндашуви, ва Масиҳнинг бажо келтириш ишини тушунишига жуда кўп нарса боғлиқ. У шу билан бирга, Масиҳнинг йиғилган жамоати нима қилишга ваколати борлигини тушунишига ҳам кўп нарса боғлиқ.

Буларнинг бари академик тилда айтилган сўзлардек туюлиши мумкин, лекин, қадрли чўпон, сизнинг фаолиятингиз баъзи бир каломий теологияга боғлиқ. Савол туғилади, қайсилари ҳақида ўйлаб кўргансиз?

Бу ҳақда кўпроқ билиш учун, Боббй Жамисоннинг “Каломий Теология ва Умумий Сажда” мақоласини ўқинг.

Яхши Жамоат Тузилиши учун Қўлланма

Бундан ташқари, Муқаддас Ёзувнинг ҳикоя сюжети жамоатимизни қандай ташкил этишимизда изчиллик ва узилишларга эътибор беришни талаб этади. Изчиллик нуқтаи назаридан гапирадиган бўлсак, у (изчиллик) Худонинг халқида доим ички ва ташқи бўлади, бу эса биз жамоат аъзолиги ва жамоат интизомига риоя қилишимиз кераклигини билдиради. Узилиш нуқтаи назаридан гапирганда, Худо халқининг етакчилари Эски Аҳддан Янги Аҳд томон кескин ўзгаради. Энг аввало Худо халқининг ҳаммаси руҳонийлар. Иккинчидан, Худонинг оқсоқоллари сурувни Калом билан боқадиган чўпон ёрдамчиларидир.

Ким жамоат аъзоси бўла олиши шубҳасиз каломий теологияга боғлиқ. АЪзолик фақатгина имонлилар учунми ёки имонлилар ва уларнинг фарзандлари учунми? Бу суннат ва чўмдирилиш ўртасида давомийлик ва узулишлар миқдорига боғлиқ.

Соғлом Масиҳий Ҳаёт учун Қўлланма

Ва ниҳоят, каломий теологиянинг соғлом масиҳий ҳаёт учун қандай аҳамиятга эга эканлиги ва бу ҳаёт қай тарзда маҳаллий жамоат билан боғлиқлигига эътибор қаратиш лозим.

Чиқиш ҳикоясида, нажот умумий эди. Лекин, Янги Аҳдда нажот якка тартибда, тўғрими?

Бу Эски ва Янги Аҳд ўртасидаги алоқани ва Масиҳ Янги Аҳдда нимани амалга оширганини қандай тушунишга боғлиқ. Кимдир аҳдлашувчи Зот бор экан, аҳдлашувчи халқ ҳам бўлиши керак, деб айтмайдими (Еремиё 31:33; 1 Бутрус 2:10га қаранг)? Бундан ташқари, Павлус таъкидлашича, яҳудийлар ва мажусийлар ўртасидаги адоват девори қулаши ва “янги халқ” яратилиши гуноҳкорлар Худо билан ярашган пайтдаёқ содир бўлди (Эфесликлар 2:11-22; юқоридан туғилишнинг жамоавий жиҳатлари ҳақида кўпроқ билмоқчи бўлсангиз https://www.9marks.org/article/journalcorporate-component-conversion/ сайтига кириб кўринг).

Янги Аҳддаги нажот Эски Аҳддаги каби халққа қаратилганлиги рост бўлса, ҳар бир шахснинг нажотни бошдан кечириши ҳар хил вақтда содир бўиб, Чиқиш китобидаги каби биргаликда бўлмасада, масиҳийча ҳаёт тубдан жамоавий эканлиги кўринади. Ўсиш ҳам жамоавийдир. Имон билан яшаш ҳам жамоавийдир. Мени асраб олган киши Отам, лекин У мени оиласига қабул қилди, зеро, Унинг ўғли ёки қизи бўлиш, биродарларнинг акаси, укаси ёки опаси, синглиси бўлишни билдиради.

Бу жамоавий реаллик жамоатнинг таълимоти, биродарлиги ва маданиятидаги ҳар бир нарса учун чексиз таъсирга эга. Маҳаллий жамоат мавжудлигининг асосий мақсади (ушбу каломий теологик қараш тўғри бўлса) шунчаки жамоат бўлишдир. Бу янги оила, янги халқ, янги маданият ва янги тана бўлишдир. Руҳий ўсишнинг кўп қисми сокин вақтларимда нима қилишим эмас, оила аъзоси сифатидаги янги шахсни қабул қилишни қандай ўрганишимга бўғлиқ.

Бошқа томондан, тананинг аҳамиятини пасайтириш (танага зиён етказиш) ҳисобига шахсга керагидан ортиқ урғу берадиган каломий теологияни (баъзи консерватив теологиялар ҳам шундай қилишлари мумкин) ёки шахсий айбдорлик ҳисобига жамоавий ва ижтимоий тузилмаларга керагидан ортиқ урғу берадиган (баъзи либерал теологиялар каби) каломий теологияни тасаввур қилиш қийин эмас.

Бундан ташқари, ўша ҳикоя сюжетини тушунишингиз сизга жамоатингиз аъзолари яъни биродарларингиздан нимани кутишингиз кераклигини, масалан, қай даражадаги солиҳлик, гуноҳнинг устидан ғалаба, адолатсизлик қурбони бўлган одамнинг руҳий шифоланиши, бузилган муносабатларнинг тикланиши даражасини билишингизга ёрдам беради. Англаганингиздек, Каломий теолигия шакли ҳаётингиз давомида дуч келиши мумкин бўлган фожиа, ёвузлик ва солиҳлик ва ҳоказоларга бўлган ёндашувингизи шакллантиради.

Бошқача қилиб айтганда, тўғри каломий теология масиҳий ҳаётнинг аллақачон/ҳали эмас қарашига олиб боради. Жуда кўп “аллақачон” ёки жуда кўп “ҳали эмас” дейиш сизни осонгина адаштиради.

Хулоса: тўғри каломий теология масиҳий ҳаётга ишончли қўлланма/йўриқномани таклиф қилади, айниқса, бу ҳаёт маҳаллий жамоат билан боғлиқ бўлса. Шу билан бирга, у жамоатни нотўғри урғу беришлар ва нотўғри кутишлар ҳамда нотўғри хушхабардан ҳимоя қилади.


Биринчи марта 9та Белгилар веб-саҳифасида чоп этилган: www.9marks.org

Асл мақолани қуйидаги ҳавола орқали топишингиз мумкин: https://www.9marks.org/article/how-biblical-theology-guards-and-guides-churches/