To‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri: Xudo uchun biz Unga qanday sajda qilishimiz emas, sajda qilishimizning o‘zi muhim.

12.17.2014

Javob: Noto‘g‘ri. Ba’zi masihiylar biz Xudoga xohlaganimizcha sajda qilishimiz mumkin, faqat samimiy bo‘lsak bo‘ldi, deb o‘ylashadi. Lekin, Xudo butun Muqaddas Kitob bo‘ylab bizga shuni ma’lum qiladiki, Uni faqatgina sajda qilishimiz emas, qanday sajda qilishimiz ham nihoyatda qiziqtiradi. Chiqish 20:2-6: Ikkinchi amr faqatgina haqiqiy Xudodan boshqa narsalarga sajda qilishni taqiqlamaydi, balki, shu bilan birga, Xudo buyurmagan […]

Oqsoqollar va diakonlar ta’lim olishlari kerakmi? Shunday bo‘lsa, qay tarzda?

09.17.2014

1-Tamoyil: Jamoatlar oqsoqollik javobgarligini hali oqsoqollik qilmayotgan odamlarga bermasligi kerak. Aksincha, ular kalomiy xislatlarga mos keladigan va allaqachon bu ishni bajarayotgan erkaklarni xizmatga tayinlashlari kerak. Jamoat biror kishini oqsoqollik xizmatiga chaqirganda hech qanday mo‘jizaviy narsa yuz bermaydi. U allaqachon oqsoqollik qilayotgan odamni, shunchaki, omma oldida tan oladi. Bu tamoyilning qo‘llanishi: Bu shuni anglatadiki, jamoatlar biror […]

Mahalliy jamoat nima?

Mahalliy jamoat – bu xushxabar va’z qilish va xushxabar marosimlari orqali bir-birlarining Iso Masihga va Uning shohligiga tegishliligini rasman tasdiqlash va nazorat qilish uchun Masih nomi bilan doimiy tarzda yig’iladigan imonlilar guruhidir. Bilaman, ozroq tushunish qiyin gap, lekin ushbu ta’rifning besh qismiga e’tibor qarating: Imonlilar guruhi; Doimiy tarzda yig’ilish; Butun jamoat a’zolari qatnashadigan tasdiqlash va […]

Kalomiy Teologiya va Xushxabarning va’z qilinishi

Kalomiy Teologiya va Xushxabarning va’z qilinishi

Ekspozitsion (izohli) va’z doimiy tarzda xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘la oladimi? Va’zxonlar ba’zan Muqaddas Kitobning qismlarini ekspozitsiya (izoh) qilishdan bosh tortishadi, chunki ular bu yondashuv yetuk masihiylarga teologiyani o‘rgatishga juda qo‘l keladi, lekin hali imonga kelmaganlarga xushxabarni tushuntirish uchun ularga yordam berishga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylashadi. Va’zxonlar Eski Ahddagi kitobni va’z qilishni o‘ylaganlarida bu xavotir yanada ortadi. […]

Shaxs nimaga asoslanib Xudoning nazarida solih deb topilishi mumkin?

07.17.2014

Ishlarimiz bilan emas: Muqaddas Kitobda aytilishicha, biz yaxshi ishlarimiz bilan Xudoning nazarida solih deb topilmaymiz (Rim. 3:19-20). Biz Xudoning qonuniga itoat eta olmaymiz (Rim. 8:5-8). Biz Xudoni mamnun qiladigan va shu tariqa Uning nazarida solihlik mavqeiga erishiladigan tarzda yashay olmaymiz. Biz faqatgina hukmga loyiqmiz. Xudo yo‘l ochdi: Lekin, Injil xushxabarida Xudo Masihni bizning gunohlarimiz uchun […]

Xushxabar nima?

Yaqinda masihiylar xushxabarni qanday ta‘riflashlari kerakligi – biz xushxabarni gunohkorlar o‘z gunohlaridan tavba qilish va xochga mixlangan Masihga ishonish orqali kechirimga erisha olishlari haqidagi sof xabar deb, aytishimiz kerakmi yoki u bundan kengroq tushunchami, shu haqida xushxabarchilikda uzoq munozara bo‘ldi.  Munozara keskinlashib ketdi, qizib ketmagan bo‘lsa agar, vaqti-vaqti bilan bir guruhdagilar boshqa guruhdagilarga xushxabar haqida “reduksionist” […]

Masihga imon keltirish najotga erishishning yagona yo’limi?

04.17.2014

Madaniy chaqiriq: Bugungi kunda odamlar ochiq bo’lishni yoqtiradilar. Biz har bir kishi haq bo’lishini xohlaymiz. Aslida, “biror narsada nohaq bo’lishning yagona yo’li – bu biror kishi qaysidir masala bo’yicha xato fikrlashi mumkin, deb o’ylashning o’zi” deydiganlar oz emas. Shuning uchun, din masalasiga kelganda, biz odatda shunday deymiz: “Barcha yo’llar Xudoga olib boradi. Yagona to’g’ri yo’l […]

Xudo masihiylarga bu dunyoda moddiy boylik va jismoniy salomatlikni va’da qilganmi?

01.17.2014

Injilda Xudo samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga beradi (Efes. 1:3): biz uning nazarida solih bo‘ldik, gunoh qulligidan ozod bo‘ldik, Muqaddas Ruh ichimizda yashash uchun berildi, Xudoning oilasiga boqib olindik va oxir-oqibatda bizlarga abadiy hayot berildi. Lekin, jismoniy salomatlik va boylik-chi? Xudo bularni masihiylarga va’da qilganmi? Yangi Ahdda masihiylar bu dunyoda mashaqqatlar (Hav. 14:22), […]

Cho‘ponlar nima uchun do‘zax haqida va’z aytishlari kerak?

01.10.2014

Bu Muqaddas Kitobda bor. Mavzu qanchalik qiyin bo‘lmasin, cho‘ponlar butun Xudo nasihatini to‘liq e’lon qilishlari kerak. Bu o‘z xizmatlari uchun ballast (muvozanatlashtirishga yordam beradigan og‘irlik) rolini bajaradi. Cho‘ponlar uchun yaxshi narsaga asosiy urg‘uni berib yoqimsiz narsalarni o‘tkazib yuborish juda oson. Do‘zax haqida va’z aytish dunyoga gunohlarning kechirimi Iso Masih orqali taqdim etilgani haqidagi xushxabarni e’lon […]

Jamoatga qo‘shilish uchun shaxsdan nimalar talab qilinishi kerak?

01.18.2013

Mahalliy jamoatga qo‘shilish uchun shaxs: Masihiy bo‘lishi kerak. Masihga nisbatan imonini ishonchli tarzda e’tirof etgan shaxsgina Masih jamoatining a’zosi bo‘lishi kerak. Cho‘mdirilishi kerak. Cho‘mdirilish orqali o‘zini Masihga va Uning jamoatiga tegishli ekanligini omma oldida tan olgan shaxsgina omma oldida jamoat a’zoligiga qabul qilinishi mumkin. Muntazam ravishda yig‘ilishlarda qatnovchi. Agar shaxs jamoat yig‘ilishlariga doimiy ravishda ishtirok etmasa, jamoat o‘sha […]