Nima uchun jamoatlar doimiy ravishda jamoatga qatnamaydigan a’zolarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashi kerak?
Ba’zi jamoat a’zolari jamoatga doimiy ravishda qatnashlariga sog‘liklari yoki qanaqadir zaruriyatlar (masalan, harbiy xizmatga chaqirilish) yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, boshqalari esa, o‘zlari a’zo bo‘lgan jamoatga qatnamaslikka ongli ravishda qaror qiladilar. Bunday yig‘ilishlarni qoldiruvchi odamlar jamoatga zararli ta’sir ko‘rsatadilar: Ular xushxabar aytishga qiyinchilik tug‘diradilar. Masihning nomini ko‘tarib yuruvchi – jamoatingiz tomonidan ularni a’zo sifatida tasdiqlash orqali – […]
Mahalliy jamoat nima uchun ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishi kerak?
Mahalliy jamoat a’zolari quyidagi sabablarga ko‘ra ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishlari kerak: Kalomga bo‘ysunish uchun. Muqaddas Kitob barcha masihiylar bir-birlarini imonda ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi (Rim. 15:14; Efes. 4:13-16). Kalom, shu bilan birga, yoshi katta masihiylarga yosh masihiylar uchun namuna ko‘rsatishni buyuradi, toki ular butun hayot yo‘llari ulardan o‘rnak olishsin (Titus 2:3, 6-7; Ibr. 13:7). Yoshroq masihiylarga […]
Jamoat yetakchisi sifatida, qanday qilib ustoz-shogirdlik madaniyatini shakllantirishga yordam bera olaman?
Haftalik reja tuzayotganingizda yoshroq masihiylar bilan ko‘rishish uchun vaqt ajrating (nonushta va tushliklar, sayr qilish, va’z bo‘yicha doimiy muhokamalar va hokazolar). Agar jamoatingizda savodli odamlar ko‘p bo‘lsa, jamoat budjetidan tekin kitoblar uchun mablag‘ ajratilishini so‘rang. Bu kitoblarni o‘qish va o‘qiganlarini muhokama qilishlari uchun odamlarda qiziqish uyg‘oting. Jamoatingizdagi yetuk imonlilarni boshqalar bilan ko‘rishishga rag‘batlantirish yo‘llarini qidiring […]
Jamoatimni jiddiy a’zolik sari qanday yetaklay olaman?
Xushxabarni e’lon qiling. Xudoning muqaddasligi haqida, insoniyatning gunohkorligi, Masihning butun insoniyat gunohi uchun O’zini qurbon qilishi va Uning tirilishi haqida hamda biz o’z gunohlarimizdan tavba qilib, Unga ishonishimiz kerakligi haqida va’z qiling. Shu bilan birga, bir-birini sevmaganlar Xudoni sevaman deb o’ylashlari noo’rin ekanligini aniq tushuntiring (1-Yuhanno 4:20-21). Imon ahdi va Jamoat kelishuvini ishga soling. Jamoat a’zolaridan […]
Muqaddas Kitobga binoan, nima uchun har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak?
Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak, chunki buni Kalom talab etadi. To’g’ri, Muqaddas Kitobda “Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak”, degan aniq buyruq yo’q, lekin Muqaddas Kitobdagi ikkita omil har bir masihiy mahalliy jamoatga qo’shilishi kerak ekanligini ko’rsatadi. Iso O’ziga imon keltirganlarni ajratib olish, ularni qo’llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun yerdagi intstitut sifatida, xalq orasida […]
Jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan qutulish uchun, shunchaki, a’zolikdan chiqib ketishlari mumkinmi?
Ba’zan intizomiy chora ko‘rilish jarayonida turgan jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan saqlanish maqsadida jamoat a’zoligidan chiqishga urinishadi. Jamoat bunga yo‘l qo‘yib berishi kerakmi? Albatta, yo‘q. Jamoatlar o‘z a’zolariga, shunchaki, intizomiy choradan qutulish uchun jamoat a’zoligidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak: Iso jamoatga, ya’ni bir butunlik sifatidagi mahalliy jamoatga kim ularga tegishli yoki tegishli emasligini belgilash vakolatini […]
Yangi Ahdning qaysi joyida biz jamoat a’zoligini ko‘ramiz?
Matto 18:15-17: “Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan boʻlasiz. Agar sizga quloq solmasa, oʻzingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki «har bir masala ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi.» […]



