Шогирдлик

Jamoat a’zolarini ma’lum bir harakatlarga chorlaydigan, ularga nisbatan rejalar tuzadigan imonlilar qidirilmoqda

Томонидан Greg Gilbert

Greg Gilbert is the Senior Pastor of Third Avenue Baptist Church in Louisville, Kentucky. You can find him on Twitter at @greggilbert.
Мақолалар
03.01.2010

Agar siz ko‘pgina cho‘ponlardek bo‘lsangiz, siz eshitishni eng xohlamagan narsa bu, aftidan, jamoat tanasidagi birlikka qarshi doimiy tarzda fitna uyushtiradigan jamoat a’zolaridir. Qanday davralarda o‘tirishlari, qanday sinflarga ta’lim berishlari, ularning qanday do‘stlari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular boshqalarni norozilik, shikoyat va hatto nizolar keltirib chiqarishga undaydilar.

Ehtimol Ibroniylar kitobida jamoat a’zolari jamoat tanasi ichida doimiy tarzda ma’lum bir harakatga chorlash (senariylar uyushtirish)ga undaganini o‘qiganda hayron bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. U ularni yaxshi maqsadda boshqalarni chorlashgaga undagan!

Bizning jamoatimizda boshqa oqsoqollar va men Ibroniylar ko‘rsatmalarini yig‘ilishimizdagi imonlilarga tez-tez eslatib turamiz. Quyida biz ularga aytadigan ba’zi narsalar keltirilgan.

KICHIK BIR KONTEKST

Ibroniylar kitobning katta qismi Iso Masih shaxsi va ishlari haqidagi yuqori teologik traktatdan iborat. To‘qqizta bob davomida kitob muallifi Eski Ahdning qurbonlik va ruhoniylik tizimiga chuqur qarab chiqadi va ularning hammasi Isoning hayoti va o‘limida amalga oshganini ta’kidlaydi. O‘ninchi bobdan boshlab esa, muallif bularning hammasini uning tinglovchilarining hayotlariga bog‘lab, bu haqda alohida to‘xtalib o‘tadi. U ularga “bularning barini inobatga olgan holda, sizlar mana shunday yashashlaringiz kerak”, deb aytadi.

KICHIK BIR TALQIN

Ibroniylarga 10:19-25 bu pand-nasihatning qoq yuragida joylashgan. Ushbu oyatlarda, muallif tinglovchilarini uch narsani qilishga chaqiradi: birinchidan, ular Xudoga yaqinlashishlari kerak. Iso O‘zining xochdagi o‘limi orqali ularga Xudoning taxtiga yo‘l ochib bergan ekan, ular Xudoga qo‘rquv va titroq bilan emas, balki to‘liq va quvonchga to‘la aminlik bilan sajda qilishlari kerak. Ikkinchidan, u ularni o‘z e’tiqodlarini mustahkam saqlashga va orqaga qaytib, halok bo‘lmaslikka, aksincha, ishonishga va imonga ega bo‘lishga va bu orqali o‘z jonlarini saqlashga chaqiradi. Bu ikki nasihat bilan muallif bu imonlilarni o‘z yuraklariga, onglari va jonlariga diqqat qilishga chorlaydi. Lekin, bu yerda uchinchi nasihat ham bor, unda muallif ularni o‘zlaridan tashqariga qarashga va e’tiborlarini Masihdagi o‘z aka-ukalari va opa-singillari, ya’ni jamoatga qaratishga chaqiradi.

Muallif 24 va 25 oyatlarda quyidagicha yozadi: «Bir–birimizga e’tiborli bo‘lib, bir–birimizni mehr–muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik. Ba’zi odamlarga o‘xshab, yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik. Aksincha, Rabbimiz Isoning keladigan kuni yaqinlashib qolganini bilib, bir–birimizni yanada ko‘proq ruhlantiraylik.»

Isoning amalga oshirgan barcha ishlari va Uning qandayligi tufayli masihiylar bir-birlarini sevgiga va xayrli ishlarga undashlari kerak. Lekin, buni qanday amalga oshirishimiz kerak? Masihiylar qaysi vositalar orqali bir-birlarini yaxshilikka va muqaddaslikka unday oladilar? Matnning o‘zi ikkita yo‘lni taqdim qiladi – birgalikda uchrashib turishni e’tibordan chetda qoldirmaslik orqali va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash orqali.

Hozir ”birgalikda uchrashib turishni e’tibordan chetda qoldirmaslik” iborasi, ehtimol, masihiyning jamoatga qatnab turish majburiyati haqidagi Muqaddas Kitobdagi eng aniq bayonidir. Agar biz Masihning tanasi bo‘lsak, unda biz majburiyatlarimizni o‘z bo‘ynimizga olishimiz va hayotlarimizni imonlilarning mahalliy tanasi bilan birgalikda bo‘lishishimiz zarur, rostdan ham shunday qilishimiz kerak. Oyat bundan aniqroq bo‘lmasa kerak. Lekin, e’tibor bering, yig‘ilishlarni qoldirmaslik buyrug‘i alohida o‘zi berilmagan. U aslida oyatning bosh gapiga bog‘langan ergash gap bo‘lib kelgan. Birgalikda yig‘ilib turish buyrug‘i boshqasini amalga oshirishning vositasi sifatida berilgan. Biz masihilar bir-birimizni sevgiga va xayrli ishlarga ruhlantirish maqsadida birgalikda yig‘ilib turishimiz kerak.

YIG‘ILISHLARGA QATNASHISH

Hech bo‘lmaganda, shuning uchun, aytishimiz kerakki, har bir masihiy uchun jamoat yig‘ilishlariga qatnashish ixtiyoriy emas. Ibroniylar maktubi muallifi – va Muqaddas Ruhning O‘zi ham – masihiylar o‘zlari tegishli bo‘lgan imonlilar guruhi yig‘ilganda unda ishtirok etishni buyuradi.

Amalda bu shuni anglatadiki, biz imonlilar yig‘ilishiga ishtirok eta olishimiz uchun tuzgan rejalarimizni o‘zgartirishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ish jadvallarimizni almashtirishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Uyga vazifani biron boshqa paytda qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Hisobotlarni ertaroq yoki keyinroq tayyorlashga to‘g‘ri kelishi mumkin.  Ko‘pgina jamoatlar haftasiga ikki yoki uch soatdan ko‘proq yig‘ilishmaydilar, vaholanki ularda yuqorida sanab o‘tilganlarga o‘xshash boshqa ishlarni qilish uchun 145 soat atrofida vaqt qolmoqda. Ibroniylar maktubiga binoan, boshqa imonlilarni qo‘llab quvvatlash va harakatga undash, ya’ni jamoatning umumiy yig‘ilishlariga qatnashib turish har bir masihiyning muhim ishlar ro‘yxatidan eng yuqori o‘rinni egallashi lozim.

LEKIN SHUNCHAKI QATNASHISH EMAS

Lekin, Ibroniylarga maktubi muallifi shunchaki qatnashishdan ko‘ra ko‘proq narsaga da’vat etmoqda. Ko‘p hollarda, masihiylar jamoat yig‘ilishlariga qatnashishga o‘zlarining “Masihiyning qilinishi kerak bo‘lgan ishlari” ro‘yxatidagi ko‘pgina punktlardan bittasidek munosabatda bo‘lishadi. Ular jamoat yig‘ilishiga kelishadi, eng oxirgi qatorlarda jimgina va hech kimga bildirmasda o‘tirishadi, nomigagina va’zni tinglashadi, oxirgi hamdu sano paytida hech kim bilan gaplashmasdan juftakni rostlashadi va ichlarida “Jamoatga qatnashildi. Ibroniylarga 10:25 bajarildi” deya, bu haftaga tegishli katakchaga xayolan belgi (galochka) qo‘yishadi. Lekin, bu umuman Ibroniylar maktubi muallifi nazarda tutgan narsa emas. U shunchaki “jamoat yig‘ilishlariga qatnash” deb aytmaydi. Aksincha, u jamoat yig‘ilishlariga qatnashishni ataylab boshqa imonlilar bilan yaqindan tanishish, ularni sevish va ularga dalda berish kontekstida yozadi. U buni bir-birini mehr-muhabbatga va xayrli ishlarga chorlash kontekstiga joylashtiradi.

Mahalliy jamoatning umumiy yig‘ilishi Xudoning Kalomining va’z qilinishini tinglash uchun (bu albatta juda muhim bo‘lishiga qaramay) shaxslar yig‘ilishidan ko‘proq narsani bildiradi. Bu, shu bilan birga, masihiylar sifatida bir-birini qo‘llab quvvatlash va dalda berishga ahd qilgan boshqa imonlilar bilan birga hayotini bo‘lishish hamdir. Jamoatning umumiy yig‘ilishlarida biz bir-birimiz uchun ibodat qilamiz, birgalikda yig‘laymiz va quvonamiz, bir-birimizning og‘ir yukimizni va qayg‘ularimizni ko‘taramiz, Xudoning So‘zini birgalikda tinglaymiz va uni bir-birimizning hayotlarimizda qo‘llash ustida ishlaymiz. Qisqa qilib aytganda, jamoat yig‘ilishlari imonlilar bir-birlarini mehr-muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaydigan eng muhim vaqtdir.

SENARIY (REJA) TUZISH VA CHORLASH

Matndagi yana ikki narsaga e’tibor bering. Birinchisi, Ibroniylar maktubi muallifi “bir-birimizga e’tiborli bo‘lib, bir-birimizni mehr-muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik”, deb aytadi. U bizlarga, boshqacha qilib aytganda, bu haqida fikr yuritishimiz kerakligi haqida aytmoqda! Masihiy odam u qanday qilib aka-ukalarini va opa-singillarini xayrli ishlarga chorlashi haqida o‘ylashi, reja tuzishi, uyushtirishi, o‘ylab topishi, mo‘ljallashi kerak. U o‘z hayoti boshqa imonlilar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lmasa, buni shunchaki bajarolmaydi. Imonli odam o‘zining imonli birodarini tanimasa, qanday qilib uni yaxshilikka chorlashni uyushtirishi va rejalashtirishi mumkin?

Ikkinchidan, “chorlash” so‘ziga e’tibor bering. Shaxsning Masih tanasidagi ishtiroki boshqalarga ko‘zga ko‘rinadigan ta’sir ko‘rsatishi, undash yoki chorlash orqali ularning atrofidagi odamlarning hayotlari mehr-muhabbat va xayrli ishlarga boy bo‘lishi kerak!

Qisqa qilib aytganda, cho‘pon do‘stim, biz jamoatimiz a’zolarini yaxshilik yo‘lida senariy tuzishga va chorlashga ruhlantirishimiz kerak!

MISOL

Shu o‘tgan yozda men uyimning oldi kirish joyi va yo‘lakka plitalar qo‘yib chiqish katta loyihasini amalga oshirishni boshladim. Bir tomonga kelib, daraxt tagida, suvga to‘la havorang bir idishni qo‘ydim. Men uni plitalarni to‘g‘ri kattalikka kesib bo‘lib, kirlarini yuvib tashlash uchun ishlatayotgan edim. Bir oz muddatdan keyin, men yuvayotgan plitalarning barcha loyi idishning tagiga tushayotganini va toza suv tepada qolib, loyning qalin qatlami pastda qolayotganini ko‘rdim.  Endi hozir, agar loyni idishning tagidan qo‘zg‘atib, uni butun suv bo‘ylab hayot bilan yoyib yubormoqchi bo‘lsam, buni qanday amalga oshirishim mumkin? Yaqinlashib, tizzam bilan idishni uribmi? Bu natija bermaydi. Suv chayqalishi mumkin, lekin loy idish tagida mahkam turaveradi. Yo‘q, agar men rostdan ham o‘sha loyni qo‘zg‘atib yuborishni xohlasam, men qo‘llarim bilan suvning tagigacha yetib boraman. Men suv bilan bog‘lanishim, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lim bilan va aniq maqsad bilan loyni qo‘zg‘atishimga to‘g‘ri keladi.

Bu amin bo‘lish uchun mukammal o‘xshatish emas, lekin jamoat ozroq shunga o‘xshaydi. Iso Masihning haqiqiy jamoati imonlilar birgalikda shunchaki haftada bir marotaba kelib, bir-birlariga “urilib” va borib o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan joy bo‘lmasligi kerak. Masihiylar, imonsizlarni aytmasak ham bo‘ladi, jamoat yig‘ilishlari bor yo‘g‘i shundan iborat, deb hisoblashlari qanchalik sharmandali holat!  Men jamoatni bunday hayotsiz va urinishlarga unchalik arzimaydigan qiladigan bir-ikkita narsalarni eslay olaman xolos.

“Yig‘ilishlaringizni qoldirmang” buyrug‘i bunchalik hayotsiz va zerikarli emas. U masihiylarni shunchaki o‘rindiqlarda passiv holda o‘tirishga chaqirmaydi. Aksincha, u kuch to‘la, jo‘shqin hayotga chaqiradi. U ularni boshqa masihiylar bilan birga yashashga – ularni sevishga, ularga dalda berishga, ularni xayrli ishlarga chorlashga va, ehtimol, eng muhimi, ularni har doim Rabbimizning qaytishi kuniga qaratishga da’vat etadi. “Jamoatga borish” buni udassidan chiqolmaydi. Faqatgina “jamoat bo‘lish” orqali Masihning O‘z xalqi sifatida bizlar uchun ko‘zlagan niyatlarini amalga oshira olamiz.

Greg Gilbert

Жамоат аъзоларини маълум бир ҳаракатларга чорлайдиган, уларга нисбатан режалар тузадиган имонлилар қидирилмоқда

Агар сиз кўпгина чўпонлардек бўлсангиз, сиз эшитишни энг хоҳламаган нарса бу, афтидан, жамоат танасидаги бирликка қарши доимий тарзда фитна уюштирадиган жамоат аъзоларидир. Қандай давраларда ўтиришлари, қандай синфларга таълим беришлари, уларнинг қандай дўстлари бўлишидан қатъий назар, улар бошқаларни норозилик, шикоят ва ҳатто низолар келтириб чиқаришга ундайдилар.

Эҳтимол Ибронийлар китобида жамоат аъзолари жамоат танаси ичида доимий тарзда маълум бир ҳаракатга чорлаш (сенарийлар уюштириш)га ундаганини ўқиганда ҳайрон бўлган бўлсангиз керак. У уларни яхши мақсадда бошқаларни чорлашгага ундаган!

Бизнинг жамоатимизда бошқа оқсоқоллар ва мен Ибронийлар кўрсатмаларини йиғилишимиздаги имонлиларга тез-тез эслатиб турамиз. Қуйида биз уларга айтадиган баъзи нарсалар келтирилган.

КИЧИК БИР КОНТEКСТ

Ибронийлар китобнинг катта қисми Исо Масиҳ шахси ва ишлари ҳақидаги юқори теологик трактатдан иборат. Тўққизта боб давомида китоб муаллифи Эски Аҳднинг қурбонлик ва руҳонийлик тизимига чуқур қараб чиқади ва уларнинг ҳаммаси Исонинг ҳаёти ва ўлимида амалга ошганини таъкидлайди. Ўнинчи бобдан бошлаб эса, муаллиф буларнинг ҳаммасини унинг тингловчиларининг ҳаётларига боғлаб, бу ҳақда алоҳида тўхталиб ўтади. У уларга “буларнинг барини инобатга олган ҳолда, сизлар мана шундай яшашларингиз керак”, деб айтади.

КИЧИК БИР ТАЛҚИН

Ибронийларга 10:19-25 бу панд-насиҳатнинг қоқ юрагида жойлашган. Ушбу оятларда, муаллиф тингловчиларини уч нарсани қилишга чақиради: биринчидан, улар Худога яқинлашишлари керак. Исо Ўзининг хочдаги ўлими орқали уларга Худонинг тахтига йўл очиб берган экан, улар Худога қўрқув ва титроқ билан эмас, балки тўлиқ ва қувончга тўла аминлик билан сажда қилишлари керак. Иккинчидан, у уларни ўз эътиқодларини мустаҳкам сақлашга ва орқага қайтиб, ҳалок бўлмасликка, аксинча, ишонишга ва имонга эга бўлишга ва бу орқали ўз жонларини сақлашга чақиради. Бу икки насиҳат билан муаллиф бу имонлиларни ўз юракларига, онглари ва жонларига диққат қилишга чорлайди. Лекин, бу ерда учинчи насиҳат ҳам бор, унда муаллиф уларни ўзларидан ташқарига қарашга ва эътиборларини Масиҳдаги ўз ака-укалари ва опа-сингиллари, яъни жамоатга қаратишга чақиради.

Муаллиф 24 ва 25 оятларда қуйидагича ёзади: «Бир–биримизга эътиборли бўлиб, бир–биримизни меҳр–муҳаббатга ва хайрли ишларга чорлайлик. Баъзи одамларга ўхшаб, йиғилишларимизни қолдирмайлик. Аксинча, Раббимиз Исонинг келадиган куни яқинлашиб қолганини билиб, бир–биримизни янада кўпроқ руҳлантирайлик.»

Исонинг амалга оширган барча ишлари ва Унинг қандайлиги туфайли масиҳийлар бир-бирларини севгига ва хайрли ишларга ундашлари керак. Лекин, буни қандай амалга оширишимиз керак? Масиҳийлар қайси воситалар орқали бир-бирларини яхшиликка ва муқаддасликка ундай оладилар? Матннинг ўзи иккита йўлни тақдим қилади – биргаликда учрашиб туришни эътибордан четда қолдирмаслик орқали ва бир-бирларини қўллаб-қувватлаш орқали.

Ҳозир ”биргаликда учрашиб туришни эътибордан четда қолдирмаслик” ибораси, эҳтимол, масиҳийнинг жамоатга қатнаб туриш мажбурияти ҳақидаги Муқаддас Китобдаги энг аниқ баёнидир. Агар биз Масиҳнинг танаси бўлсак, унда биз мажбуриятларимизни ўз бўйнимизга олишимиз ва ҳаётларимизни имонлиларнинг маҳаллий танаси билан биргаликда бўлишишимиз зарур, ростдан ҳам шундай қилишимиз керак. Оят бундан аниқроқ бўлмаса керак. Лекин, эътибор беринг, йиғилишларни қолдирмаслик буйруғи алоҳида ўзи берилмаган. У аслида оятнинг бош гапига боғланган эргаш гап бўлиб келган. Биргаликда йиғилиб туриш буйруғи бошқасини амалга оширишнинг воситаси сифатида берилган. Биз масиҳилар бир-биримизни севгига ва хайрли ишларга руҳлантириш мақсадида биргаликда йиғилиб туришимиз керак.

ЙИҒИЛИШЛАРГА ҚАТНАШИШ

Ҳеч бўлмаганда, шунинг учун, айтишимиз керакки, ҳар бир масиҳий учун жамоат йиғилишларига қатнашиш ихтиёрий эмас. Ибронийлар мактуби муаллифи – ва Муқаддас Руҳнинг Ўзи ҳам – масиҳийлар ўзлари тегишли бўлган имонлилар гуруҳи йиғилганда унда иштирок этишни буюради.

Амалда бу шуни англатадики, биз имонлилар йиғилишига иштирок эта олишимиз учун тузган режаларимизни ўзгартиришимизга тўғри келиши мумкин. Иш жадвалларимизни алмаштиришимизга тўғри келиши мумкин. Уйга вазифани бирон бошқа пайтда қилишга тўғри келиши мумкин. Ҳисоботларни эртароқ ёки кейинроқ тайёрлашга тўғри келиши мумкин. Кўпгина жамоатлар ҳафтасига икки ёки уч соатдан кўпроқ йиғилишмайдилар, ваҳоланки уларда юқорида санаб ўтилганларга ўхшаш бошқа ишларни қилиш учун 145 соат атрофида вақт қолмоқда. Ибронийлар мактубига биноан, бошқа имонлиларни қўллаб қувватлаш ва ҳаракатга ундаш, яъни жамоатнинг умумий йиғилишларига қатнашиб туриш ҳар бир масиҳийнинг муҳим ишлар рўйхатидан энг юқори ўринни эгаллаши лозим.

ЛEКИН ШУНЧАКИ ҚАТНАШИШ ЭМАС

Лекин, Ибронийларга мактуби муаллифи шунчаки қатнашишдан кўра кўпроқ нарсага даъват этмоқда. Кўп ҳолларда, масиҳийлар жамоат йиғилишларига қатнашишга ўзларининг “Масиҳийнинг қилиниши керак бўлган ишлари” рўйхатидаги кўпгина пунктлардан биттасидек муносабатда бўлишади. Улар жамоат йиғилишига келишади, энг охирги қаторларда жимгина ва ҳеч кимга билдирмасда ўтиришади, номигагина ваъзни тинглашади, охирги ҳамду сано пайтида ҳеч ким билан гаплашмасдан жуфтакни ростлашади ва ичларида “Жамоатга қатнашилди. Ибронийларга 10:25 бажарилди” дея, бу ҳафтага тегишли катакчага хаёлан белги (галочка) қўйишади. Лекин, бу умуман Ибронийлар мактуби муаллифи назарда тутган нарса эмас. У шунчаки “жамоат йиғилишларига қатнаш” деб айтмайди. Аксинча, у жамоат йиғилишларига қатнашишни атайлаб бошқа имонлилар билан яқиндан танишиш, уларни севиш ва уларга далда бериш контекстида ёзади. У буни бир-бирини меҳр-муҳаббатга ва хайрли ишларга чорлаш контекстига жойлаштиради.

Маҳаллий жамоатнинг умумий йиғилиши Худонинг Каломининг ваъз қилинишини тинглаш учун (бу албатта жуда муҳим бўлишига қарамай) шахслар йиғилишидан кўпроқ нарсани билдиради. Бу, шу билан бирга, масиҳийлар сифатида бир-бирини қўллаб қувватлаш ва далда беришга аҳд қилган бошқа имонлилар билан бирга ҳаётини бўлишиш ҳамдир. Жамоатнинг умумий йиғилишларида биз бир-биримиз учун ибодат қиламиз, биргаликда йиғлаймиз ва қувонамиз, бир-биримизнинг оғир юкимизни ва қайғуларимизни кўтарамиз, Худонинг Сўзини биргаликда тинглаймиз ва уни бир-биримизнинг ҳаётларимизда қўллаш устида ишлаймиз. Қисқа қилиб айтганда, жамоат йиғилишлари имонлилар бир-бирларини меҳр-муҳаббатга ва хайрли ишларга чорлайдиган энг муҳим вақтдир.

СEНАРИЙ (РEЖА) ТУЗИШ ВА ЧОРЛАШ

Матндаги яна икки нарсага эътибор беринг. Биринчиси, Ибронийлар мактуби муаллифи “бир-биримизга эътиборли бўлиб, бир-биримизни меҳр-муҳаббатга ва хайрли ишларга чорлайлик”, деб айтади. У бизларга, бошқача қилиб айтганда, бу ҳақида фикр юритишимиз кераклиги ҳақида айтмоқда! Масиҳий одам у қандай қилиб ака-укаларини ва опа-сингилларини хайрли ишларга чорлаши ҳақида ўйлаши, режа тузиши, уюштириши, ўйлаб топиши, мўлжаллаши керак. У ўз ҳаёти бошқа имонлилар билан чамбарчас боғлиқ бўлмаса, буни шунчаки бажаролмайди. Имонли одам ўзининг имонли биродарини танимаса, қандай қилиб уни яхшиликка чорлашни уюштириши ва режалаштириши мумкин?

Иккинчидан, “чорлаш” сўзига эътибор беринг. Шахснинг Масиҳ танасидаги иштироки бошқаларга кўзга кўринадиган таъсир кўрсатиши, ундаш ёки чорлаш орқали уларнинг атрофидаги одамларнинг ҳаётлари меҳр-муҳаббат ва хайрли ишларга бой бўлиши керак!

Қисқа қилиб айтганда, чўпон дўстим, биз жамоатимиз аъзоларини яхшилик йўлида сенарий тузишга ва чорлашга руҳлантиришимиз керак!

МИСОЛ

Шу ўтган ёзда мен уйимнинг олди кириш жойи ва йўлакка плиталар қўйиб чиқиш катта лойиҳасини амалга оширишни бошладим. Бир томонга келиб, дарахт тагида, сувга тўла ҳаворанг бир идишни қўйдим. Мен уни плиталарни тўғри катталикка кесиб бўлиб, кирларини ювиб ташлаш учун ишлатаётган эдим. Бир оз муддатдан кейин, мен юваётган плиталарнинг барча лойи идишнинг тагига тушаётганини ва тоза сув тепада қолиб, лойнинг қалин қатлами пастда қолаётганини кўрдим. Энди ҳозир, агар лойни идишнинг тагидан қўзғатиб, уни бутун сув бўйлаб ҳаёт билан ёйиб юбормоқчи бўлсам, буни қандай амалга оширишим мумкин? Яқинлашиб, тиззам билан идишни урибми? Бу натижа бермайди. Сув чайқалиши мумкин, лекин лой идиш тагида маҳкам тураверади. Йўқ, агар мен ростдан ҳам ўша лойни қўзғатиб юборишни хоҳласам, мен қўлларим билан сувнинг тагигача етиб бораман. Мен сув билан боғланишим, тўғридан-тўғри қўлим билан ва аниқ мақсад билан лойни қўзғатишимга тўғри келади.

Бу амин бўлиш учун мукаммал ўхшатиш эмас, лекин жамоат озроқ шунга ўхшайди. Исо Масиҳнинг ҳақиқий жамоати имонлилар биргаликда шунчаки ҳафтада бир маротаба келиб, бир-бирларига ‘”урилиб” ва бориб ўз ишлари билан машғул бўладиган жой бўлмаслиги керак. Масиҳийлар, имонсизларни айтмасак ҳам бўлади, жамоат йиғилишлари бор йўғи шундан иборат, деб ҳисоблашлари қанчалик шармандали ҳолат! Мен жамоатни бундай ҳаётсиз ва уринишларга унчалик арзимайдиган қиладиган бир-иккита нарсаларни эслай оламан холос.

“Йиғилишларингизни қолдирманг” буйруғи бунчалик ҳаётсиз ва зерикарли эмас. У масиҳийларни шунчаки ўриндиқларда пассив ҳолда ўтиришга чақирмайди. Аксинча, у куч тўла, жўшқин ҳаётга чақиради. У уларни бошқа масиҳийлар билан бирга яшашга – уларни севишга, уларга далда беришга, уларни хайрли ишларга чорлашга ва, эҳтимол, энг муҳими, уларни ҳар доим Раббимизнинг қайтиши кунига қаратишга даъват этади. “Жамоатга бориш” буни удассидан чиқолмайди. Фақатгина “жамоат бўлиш” орқали Масиҳнинг Ўз халқи сифатида бизлар учун кўзлаган ниятларини амалга ошира оламиз.

Грег Гилберт