Етакчилик

Cho‘ponlar yig‘ilishida ko‘rgan va eshitganlarim

Томонидан Met Schmuker

Matt Schmucker was the founding executive director of 9Marks. He now organizes several conferences, including Together for the Gospel and CROSS, while serving as member of Capitol Hill Baptist Church in Washington, D.C.
Мақолалар
02.26.2010

Jamoatingizning yetakchilari yig‘ilishganda, odatda, bu yig‘ilish qanday o‘tadi? Agar jamoatingiz ko‘pgina jamoatlarga o‘xshagan bo‘lsa, yumshoq stul bilan kofe bo‘lishi aniq, yana yig‘ilish raisi tomonidan bir necha e’lonlar chop etilgan bo‘ladi va keyin bironta birodardan “ibodat bilan boshlab berishni” so‘raydi. U birodar mas’uliyat bilan bunga kirishadi va Xudodan samimiyat bilan “bizni yetakla, yo‘l boshla va yo‘naltir” deya so‘raydi. U bir daqiqada ibodatni tugatadi. Ibodatning oxirida aytiladigan “Omin” so‘zi ish (yetakchilar yig‘ilishining maqsadi)ga kirishishni boshlaydigan “tugma” rolini bajaradi. Keyin moliyaviy masalalar qurilish loyihalari, kutib oluvchilarni tayinlash kabilar bilan birga diqqat bilan ko‘rib chiqiladi va  (agar jamoat rostan ham yangi tendensiyalarga ochiq bo‘lsa)  kasalxonalarga borishlar muhokama qilinadi. Va nihoyat, yig‘ilish Xudoga “Uning huzuri” uchun minnatdorchilik ibodati bilan yakunlanadi.

Bularning bari Masih jamoatiga cho‘ponlik qilish buyuk chaqirig‘iga adolatli javob bo‘ladimi? Biz bunday tor miqyosdagi masalalarni muhokama qilishga (hatto samarali bo‘lsada) vaqt sarflaganimizda, bu aslida hozirgi jamoatlar duch keladigan masalalarning chuqurligi va kengligini rostdan ham o‘z ichiga oladimi? Yetakchilar orasida yaqin aloqaning hamda bir-birlarining hayoti haqida bilimning yetishmasligi, Muqaddas Kitobdagi birlik g‘oyasini o‘zida namoyon etadimi? Shaxsning yoki butun jamoatning ruhiy sog‘lomligi hech muhokama qilinganmi? Havoriy Pavlus yosh Timo‘tiyni aynan shu tarzda o‘z suruvi ustidan nazorat olib borishga ko‘rsatmalar bergan deb o‘ylaysizmi?

1-Timo‘tiy 4 va 5 dan bilamizki, Pavlus jamoatdagi yetakchilarning roli haqida alohida qayg‘urgan va shuning uchun, Timo‘tiyga Kalomni omma oldida o‘qish, shuningdek, va’z aytish va ta’lim berishga doir ko‘rsatmalar bergan. Shaxsan esa, u Timo‘tiyga: “Hayot tarzingga, nimalar oʻrgatayotganingga eʼtibor qil”, deb aytadi (1-Timo‘tiy 4:16). Jamoatdagi boshqa yetakchilarga u shunday deydi: “Imonlilar jamoatini yaxshi boshqarayotgan, xususan, astoydil vaʼz aytib, taʼlim berayotgan oqsoqollar hurmatga sazovordirlar, ular qilgan mehnatlariga yarasha taqdirlansinlar.”

Albatta, Kalomdan kelib chiqib aytganda, jamoatda yetakchi bo‘lish “odam boshi hamda sonini sanash” dan koproq majburiyatni anglatadi. Jamoatingiz yetakchiligini oqsoqollar, diakonlar yoki jamoat kengashi nomi bilan ataysizmi – farqi yo‘q, Kalomga binoan, jamoat yetakchisining roli katta qiyinchiliklarni o‘z bo‘yniga oladigan buyuk chaqiruvdir. Yangi Ahddagi uchta oyatga e’tibor bering:

“Oʻzlaringizni ehtiyot qilinglar, suruvni ham ehtiyot qilinglar. Chunki Muqaddas Ruh ularni sizning qaramogʻingizga bergan. Xudoning jamoatiga choʻpon boʻlinglar. Xudo jamoatni Oʻz Oʻgʻlining qoni evaziga sotib olgan.”  Havoriylar 20:28

“Ey birodarlarim, hammangiz ham ustoz boʻlavermanglar! Biz, ustozlar, jiddiyroq hukmga duchor boʻlishimiz oʻzingizga maʼlum.”  Yoqub 3:1

“Jamoatdagi yoʻlboshchilaringizga quloq solinglar, aytganlarini qilinglar. Axir, ular imon yoʻlida sizlarga posbonlik qiladilar, Xudoning oldida sizlar uchun hisobot beradilar. Ibroniylarga 13:17

Oyatlarning ma’nosi odamni hayratga soladi. Yuqoridagi oyatlardan olingan quyidagi savollarga e’tibor bering:

  1. Siz hayot tarzingizga e’tibor qilyapsizmi? Sizning “hayotingiz va ta’limotingiz” qanday?
  1. Siz cho‘ponlik qilishga tayinlangan suruvingiz ustidan nazoratni olib boryapsizmi? Odamlaringizning hayotlari va ta’limoti qanday?
  1. Siz Xudoning jamoatiga cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilyapsizmi yoki jamoatning moliyaviy masalalarinimi? Siz Xudoning jamoatiga g‘amxo‘rlik qilyapsizmi yoki o‘z martabangiz haqida qayg‘uryapsizmi?
  2. Ustoz bo‘lishga jiddiy yondashmasdan, noto‘g‘ri qaror qabul qilib qo‘ydingizmi? Muqaddas Kitobda va’da qilingan, ustozlar duch keladigan jiddiyroq hukmga tayyormisiz?
  3. Siz cho‘ponlik qilishga tayinlangan har bir odamning hayoti uchun Xudo oldida turib hisob berishga tayyormisiz?

Jamoatingiz yetakchilari yig‘ilganda yig‘ilishlaringiz xarakterini vazifalardan munosabatlarga, ishdan cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik)ka o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘ring. Quyidagilarni bajarib ko‘rish haqida o‘ylang:

  1. Navbat bilan stol atrofidagi har bir kishidan uning hayoti haqida so‘rang. Xudo bilan vaqtingiz qanday o‘tyapti? Oilangiz qanday? Ishingiz qanday? Ustoz-shogirdlik munosabatlaringiz qanday ketyapti? Sizga nima uchun ibodat qilaylik? Bu kabi savollarni so‘rab qisqa vaqt ichida insonning hayoti, ta’limoti hozirgi sinovlari haqida juda ko‘p narsani bilib olishingiz mumkin. Shu bilan birga, bu amaliyot hamdardlik, sevgi, mehr va hurmatni keltirib chiqaradi. Shunda, yig‘ilishlaringiz boshlanganda, sizlar ma’lum bir jamoat a’zoligiga tegishli bo‘lganingiz uchungina birlashgan notanish odamlar kabi bo‘lmaysizlar.
  2. Bir-biringiz uchun yig‘ilishning o‘zidayoq ibodat qiling! Sizdan o‘ng tomonda o‘tirgan va hozirgina o‘z hayoti haqida gapirib bergan shaxs uchun ibodat qiling – shu zahoti! Bu biz ojizliklarimizni ko‘pchilik oldida tan olib, Xudo yagona yordam beruvchi zot sifatida yuz burganimizda, bu kamtarlikni ko‘paytiradi. Shuni tan olishimiz kerakki, jamoat yetakchilari yig‘ilishida ko’proq kamtarlikka ega bo’lish hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
  3. Suruv uchun, siz cho‘ponlik qilishga chaqirilgan odamlar uchun ibodat qiling. Mening jamoatimda 350 atrofida a’zomiz bor. Biz doimiy tarzda yangilanib turadigan a’zolik ro‘yxatimizni yuritamiz. Undan shaxsning ismi, manzili va rasmi joy olgan. Bu ro‘yxat, shunchaki, telefon raqamlari ro‘yxati sifatida ishlamaydi, balki biz yetakchilar sifatida cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilishga chaqirilgan odamlarimizning har birini belgilab beradi, shuningdek, unda bir kun kelib, biz ular uchun Xudoga “hisobot beradigan” odamlarimizning ismlari keltirilgan. Mening jamoatimdagi oltita oqsoqol har ikki yoki uch haftada yig‘ilib, muloqot qilish va bir-birlari uchun ibodat qilishga 30 daqiqa hamda a’zolar uchun ibodat qilisha 60 daqiqadan 90 daqiqagacha vaqt sarflashadi. Hammasi uchun bo‘lmasa-da, a’zolarning ko‘pchiligi uchun ibodat qilinadi. Buni suruvning manfaati uchun qilish bizga buyurilgan. Lekin, u biz muhokama qilmoqchi bo‘lgan “ish” ushbu suruvning manfaati uchun ekanligiga ajoyib eslatma bo‘lib xizmat qiladi va biz Unga bog‘liq (qaram) ekanligimizni to‘g‘ri ravishda namoyon etsak, Xudo ulug‘lanadi.
  4. Yetakchilar yig‘ilishida ishtirok etadiganlarning hammasiga bir hafta oldin ma’lumotlar to‘plamini oldindan chop etib berish haqida o‘ylab ko‘ring. Unda oldingi yig‘ilish daqiqalari va kelayotgan yig‘ilish uchun kun tartibi, muhokama qilinadigan mavzular uchun qisqacha ma’lumotlarni joylashtirishingiz mumkin. Bu oldindan berilgan ma’lumotlar to‘plami vaqtni tejaydi, chunki har bir ishtirokchi yig‘ilishda nimalar bo‘lishi haqida oldindan xabardor bo‘ladi; bu ibodat qilish uchun ko‘proq vaqt ajratishga imkon beradi. Bu to‘plam har bir a’zo yig‘ilishga ibodatgo‘ylik bilan va ehtiyotkorlik bilan yondashishlariga imkon beradi. Men “ehtiyotkorlik bilan” deb aytdim, chunki yig‘ilish ishtirokchisi qo‘qqisdan kun tartibidagi ma’lum bir masalaga duch kelib qolishi va yuragini bunga tegishli ravishda tayyorlamagan holatlarini ko‘p uchratganman, bu esa u uchun qiyin masala bo‘lishi mumkin. Va nihoyat, bu to‘plam doimiy jamoat shtatidagi yetakchilar har kuni qaysi masalalar ustida ishlayotganlari haqida jamoatda rasman ishlamaydigan yetakchilarni xabardor qiladi va shu tariqa, ularning qaror qabul qilish jarayonida muhim o‘rin egallashlariga imkon beradi. Bu qaror qabul qilishda faqatgina jamoat tomonidan maosh oladigan yetakchilarga yon bosishning oldini oladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan g‘oyalar haqida guvohlik berishda o‘z tajribamdan foydalandim. Har bir yetakchi Xudo oldidagi mas’uliyatini tushunsa va uni o‘z bo‘yniga olsa, jiddiylik va ehtiyotkorlik butun tanaga singib boradi. Har bir yetakchi stol atrofidagi hammaga ishonch bildirishda o‘sganda va shu tariqa, “ishchi qo‘ng‘iroqlar” va bu tomonda “yordamga shaylanish“ga ehtiyoji yo‘qoladi. Yetakchilarning stol atrofidagi boshqa barcha yetakchilarga bo‘lgan ishonchi ortadi, shuning uchun, siyosatchi sifatida faoliyat ko‘rsatadigan yetakchi deyarli yo‘q, deb hisoblash mumkin. Yetakchilar xudojo‘ylikda, muqaddas yozuvlarga ishonishda va Xudo hamda jamoat oldida kamtarlikda boshqalarga namuna bo‘lganda, suruv ishonch bildirish bilan javob qaytarganining guvohi bo‘lganman.

Men yaqinda Vashington DCdagi Amerika Tarixi muzeyida AQSh prezidentligi “Sharafli Og‘irlik” deya tasvirlagan namoyishni ko‘rdim. Menga bu tasvir ko‘proq Xudo xalqining sadoqatli cho‘ponlariga mosdek tuyuldi, Muqaddas Kitobda ular cho‘pon, oqsoqol, yepiskop va nazoratchi deb atalgan.

Met Schmuker

 Met Schmuker 9 Belgining asoschi ijrochi direktori bo‘lgan. U hozir bir necha konferensiyalarni uyushtiradi, jumladan, Xushxabar uchun birgalikda (Together for the Gospel), Xoch (CROSS) konferensiyalari. U Vashington DCdagi Kapitol Hil Baptist Jamoatining a’zosi sifatida xizmat qiladi.

Чўпонлар йиғилишида кўрган ва эшитганларим

Жамоатингизнинг етакчилари йиғилишганда, одатда, бу йиғилиш қандай ўтади? Агар жамоатингиз кўпгина жамоатларга ўхшаган бўлса, юмшоқ стул билан кофе бўлиши аниқ, яна йиғилиш раиси томонидан бир неча эълонлар чоп этилган бўлади ва кейин биронта биродардан “ибодат билан бошлаб беришни” сўрайди. У биродар масъулият билан бунга киришади ва Худодан самимият билан “бизни етакла, йўл бошла ва йўналтир” дея сўрайди. У бир дақиқада ибодатни тугатади. Ибодатнинг охирида айтиладиган “Омин” сўзи иш (етакчилар йиғилишининг мақсади)га киришишни бошлайдиган “тугма” ролини бажаради.  Кейин молиявий масалалар қурилиш лойиҳалари, кутиб олувчиларни тайинлаш кабилар билан бирга диққат билан кўриб чиқилади ва (агар жамоат ростан ҳам янги тенденсияларга очиқ бўлса)  касалхоналарга боришлар муҳокама қилинади. Ва ниҳоят, йиғилиш Худога “Унинг ҳузури” учун миннатдорчилик ибодати билан якунланади.

Буларнинг бари Масиҳ жамоатига чўпонлик қилиш буюк чақириғига адолатли жавоб бўладими? Биз бундай тор миқёсдаги масалаларни муҳокама қилишга (ҳатто самарали бўлсада) вақт сарфлаганимизда, бу аслида ҳозирги жамоатлар дуч келадиган масалаларнинг чуқурлиги ва кенглигини ростдан ҳам ўз ичига оладими? Етакчилар орасида яқин алоқанинг ҳамда бир-бирларининг ҳаёти ҳақида билимнинг етишмаслиги, Муқаддас Китобдаги бирлик ғоясини ўзида намоён этадими? Шахснинг ёки бутун жамоатнинг руҳий соғломлиги ҳеч муҳокама қилинганми? Ҳаворий Павлус ёш Тимўтийни айнан шу тарзда ўз суруви устидан назорат олиб боришга кўрсатмалар берган деб ўйлайсизми?

1 Тимўтий 4 ва 5 дан биламизки, Павлус жамоатдаги етакчиларнинг роли ҳақида алоҳида қайғурган ва шунинг учун, Тимўтийга Каломни омма олдида ўқиш, шунингдек, ваъз айтиш ва таълим беришга доир кўрсатмалар берган. Шахсан эса, у Тимўтийга: “Ҳаёт тарзингга, нималар ўргатаётганингга эътибор қил”, деб айтади (1 Тимўтий 4:16). Жамоатдаги бошқа етакчиларга у шундай дейди: “Имонлилар жамоатини яхши бошқараётган, хусусан, астойдил ваъз айтиб, таълим бераётган оқсоқоллар ҳурматга сазовордирлар, улар қилган меҳнатларига яраша тақдирлансинлар.”

Албатта, Каломдан келиб чиқиб айтганда, жамоатда етакчи бўлиш “одам боши ҳамда сонини санаш” дан копроқ мажбуриятни англатади. Жамоатингиз етакчилигини оқсоқоллар, диаконлар ёки жамоат кенгаши номи билан атайсизми – фарқи йўқ, Каломга биноан, жамоат етакчисининг роли катта қийинчиликларни ўз бўйнига оладиган буюк чақирувдир. Янги Аҳддаги учта оятга эътибор беринг:

“Ўзларингизни эҳтиёт қилинглар, сурувни ҳам эҳтиёт қилинглар. Чунки Муқаддас Руҳ уларни сизнинг қарамоғингизга берган. Худонинг жамоатига чўпон бўлинглар. Худо жамоатни Ўз Ўғлининг қони эвазига сотиб олган.”  Ҳаворийлар 20:28

“Эй биродарларим, ҳаммангиз ҳам устоз бўлаверманглар! Биз, устозлар, жиддийроқ ҳукмга дучор бўлишимиз ўзингизга маълум.”  Ёқуб 3:1

“Жамоатдаги йўлбошчиларингизга қулоқ солинглар, айтганларини қилинглар. Ахир, улар имон йўлида сизларга посбонлик қиладилар, Худонинг олдида сизлар учун ҳисобот берадилар.” Ибронийларга 13:17

Оятларнинг маъноси одамни ҳайратга солади. Юқоридаги оятлардан олинган қуйидаги саволларга эътибор беринг:

  1. Сиз ҳаёт тарзингизга эътибор қиляпсизми? Сизнинг “ҳаётингиз ва таълимотингиз” қандай?
  2. Сиз чўпонлик қилишга тайинланган сурувингиз устидан назоратни олиб боряпсизми? Одамларингизнинг ҳаётлари ва таълимоти қандай?
  3. Сиз Худонинг жамоатига чўпонлик (ғамхўрлик) қиляпсизми ёки жамоатнинг молиявий масалалариними? Сиз Худонинг жамоатига ғамхўрлик қиляпсизми ёки ўз мартабангиз ҳақида қайғуряпсизми?
  4. Устоз бўлишга жиддий ёндашмасдан, нотўғри қарор қабул қилиб қўйдингизми? Муқаддас Китобда ваъда қилинган, устозлар дуч келадиган жиддийроқ ҳукмга тайёрмисиз?
  5. Сиз чўпонлик қилишга тайинланган ҳар бир одамнинг ҳаёти учун Худо олдида туриб ҳисоб беришга тайёрмисиз?

Жамоатингиз етакчилари йиғилганда йиғилишларингиз характерини вазифалардан муносабатларга, ишдан чўпонлик (ғамхўрлик)ка ўзгартириш ҳақида ўйлаб кўринг. Қуйидагиларни бажариб кўриш ҳақида ўйланг:

  1. Навбат билан стол атрофидаги ҳар бир кишидан унинг ҳаёти ҳақида сўранг. Худо билан вақтингиз қандай ўтяпти? Оилангиз қандай? Ишингиз қандай? Устоз-шогирдлик муносабатларингиз қандай кетяпти? Сизга нима учун ибодат қилайлик? Бу каби саволларни сўраб қисқа вақт ичида инсоннинг ҳаёти, таълимоти ҳозирги синовлари ҳақида жуда кўп нарсани билиб олишингиз мумкин. Шу билан бирга, бу амалиёт ҳамдардлик, севги, меҳр ва ҳурматни келтириб чиқаради. Шунда, йиғилишларингиз бошланганда, сизлар маълум бир жамоат аъзолигига тегишли бўлганингиз учунгина бирлашган нотаниш одамлар каби бўлмайсизлар.
  2. Бир-бирингиз учун йиғилишнинг ўзидаёқ ибодат қилинг! Сиздан ўнг томонда ўтирган ва ҳозиргина ўз ҳаёти ҳақида гапириб берган шахс учун ибодат қилинг – шу заҳоти! Бу биз ожизликларимизни кўпчилик олдида тан олиб, Худо ягона ёрдам берувчи зот сифатида юз бурганимизда, бу камтарликни кўпайтиради. Шуни тан олишимиз керакки, жамоат етакчилари йиғилишида кўпроқ камтарликка эга бўлиш ҳеч қачон ортиқчалик қилмайди.
  3. Сурув учун, сиз чўпонлик қилишга чақирилган одамлар учун ибодат қилинг. Менинг жамоатимда 350 атрофида аъзомиз бор. Биз доимий тарзда янгиланиб турадиган аъзолик рўйхатимизни юритамиз. Ундан шахснинг исми, манзили ва расми жой олган. Бу рўйхат, шунчаки, телефон рақамлари рўйхати сифатида ишламайди, балки биз етакчилар сифатида чўпонлик (ғамхўрлик) қилишга чақирилган одамларимизнинг ҳар бирини белгилаб беради, шунингдек, унда бир кун келиб, биз улар учун Худога “ҳисобот берадиган” одамларимизнинг исмлари келтирилган. Менинг жамоатимдаги олтита оқсоқол ҳар икки ёки уч ҳафтада йиғилиб, мулоқот қилиш ва бир-бирлари учун ибодат қилишга 30 дақиқа ҳамда аъзолар учун ибодат қилиша 60 дақиқадан 90 дақиқагача вақт сарфлашади. Ҳаммаси учун бўлмаса-да, аъзоларнинг кўпчилиги учун ибодат қилинади. Буни сурувнинг манфаати учун қилиш бизга буюрилган. Лекин, у биз муҳокама қилмоқчи бўлган “иш” ушбу сурувнинг манфаати учун эканлигига ажойиб эслатма бўлиб хизмат қилади ва биз Унга боғлиқ (қарам) эканлигимизни тўғри равишда намоён этсак, Худо улуғланади.
  4. Етакчилар йиғилишида иштирок этадиганларнинг ҳаммасига бир ҳафта олдин маълумотлар тўпламини олдиндан чоп этиб бериш ҳақида ўйлаб кўринг. Унда олдинги йиғилиш дақиқалари ва келаётган йиғилиш учун кун тартиби, муҳокама қилинадиган мавзулар учун қисқача маълумотларни жойлаштиришингиз мумкин. Бу олдиндан берилган маълумотлар тўплами вақтни тежайди, чунки ҳар бир иштирокчи йиғилишда нималар бўлиши ҳақида олдиндан хабардор бўлади; бу ибодат қилиш учун кўпроқ вақт ажратишга имкон беради. Бу тўплам ҳар бир аъзо йиғилишга ибодатгўйлик билан ва эҳтиёткорлик билан ёндашишларига имкон беради. Мен “эҳтиёткорлик билан” деб айтдим, чунки йиғилиш иштирокчиси қўққисдан кун тартибидаги маълум бир масалага дуч келиб қолиши ва юрагини бунга тегишли равишда тайёрламаган ҳолатларини кўп учратганман, бу эса у учун қийин масала бўлиши мумкин. Ва ниҳоят, бу тўплам доимий жамоат штатидаги етакчилар ҳар куни қайси масалалар устида ишлаётганлари ҳақида жамоатда расман ишламайдиган етакчиларни хабардор қилади ва шу тариқа, уларнинг қарор қабул қилиш жараёнида муҳим ўрин эгаллашларига имкон беради. Бу қарор қабул қилишда фақатгина жамоат томонидан маош оладиган етакчиларга ён босишнинг олдини олади.

Юқорида санаб ўтилган ғоялар ҳақида гувоҳлик беришда ўз тажрибамдан фойдаландим. Ҳар бир етакчи Худо олдидаги масъулиятини тушунса ва уни ўз бўйнига олса, жиддийлик ва эҳтиёткорлик бутун танага сингиб боради. Ҳар бир етакчи стол атрофидаги ҳаммага ишонч билдиришда ўсганда ва шу тариқа, “ишчи қўнғироқлар” ва бу томонда “ёрдамга шайланиш”га эҳтиёжи йўқолади. Етакчиларнинг стол атрофидаги бошқа барча етакчиларга бўлган ишончи ортади, шунинг учун, сиёсатчи сифатида фаолият кўрсатадиган етакчи деярли йўқ, деб ҳисоблаш мумкин. Етакчилар художўйликда, муқаддас ёзувларга ишонишда ва Худо ҳамда жамоат олдида камтарликда бошқаларга намуна бўлганда, сурув ишонч билдириш билан жавоб қайтарганининг гувоҳи бўлганман.

Мен яқинда Вашингтон DCдаги Америка Тарихи музейида АҚШ президентлиги “Шарафли Оғирлик” дея тасвирлаган намойишни кўрдим. Менга бу тасвир кўпроқ Худо халқининг садоқатли чўпонларига мосдек туюлди, Муқаддас Китобда улар чўпон, оқсоқол, епископ ва назоратчи деб аталган.

Мет Шмукер

Мет Шмукер 9 Белгининг асосчи ижрочи директори бўлган. У ҳозир бир неча конференсияларни уюштиради, жумладан, Хушхабар учун биргаликда (Together for the Gospel), Хоч (CROSS) конференсиялари. У Вашингтон DCдаги Капитол Ҳил Баптист Жамоатининг аъзоси сифатида хизмат қилади.