Nima uchun rus jamoatlariga a’zolik amaliyoti kerak

Nima uchun rus jamoatlariga a’zolik amaliyoti kerak

Bir paytlar rus yevangelistlari (injilchilari) orasida muhim amaliyot bo‘lgan jamoat a’zoligi ko‘plab rus jamoatlari tomonidan voz kechilib kelinmoqda. Bunday Kalomiy amaliyotdan ajralish jamoatlarimiz sog‘lomligiga salbiy ta’sirlar ko‘rsatdi. Bir vaqtning o‘zida, o‘tmishimizga nigoh tashlaydigan bo‘lsak, rus jamoatlari bizning jamoat a’zoligi va kalomiy ekkleziologiya (Masih jamoatini o‘rganadigan fan)ga sodiqligimizni qaytarish imkoniyatiga ega edi. Rus injilchilik harakatining kelib […]

Agar men cho‘ponim aytgan qaysidir gapga qo‘shilmasam, nima qilishim kerak?

01.19.2019

Kamtarlik va tushunish uchun ibodat qiling. Muqaddas Kitobni yaxshi biladigan, ishonchli do‘stingizdan aytilgan gap bo‘yicha fikrini so‘rang. Uning ta’rifini tinglang, ehtimol, siz noto‘g‘ri tushungan bo‘lishingiz mumkindir, yoki cho‘poningiz aytgan gap kalomiy jihatdan to‘g‘ri va siz fikringizni unga moslashtirishingiz kerakdir, – buni qabul qilishga ochiq bo‘ling. “Ishonchli, xudojo‘y do‘st”ni tanlayotganingizda shunday shaxsni tanlangki, u cho‘ponga do‘st […]

Jamoatga qo‘shilishning boshqa bir necha sabablari nimalardan iborat?

12.15.2018

Yangi Ahddagi “har bir masihiy mahalliy jamoatga va uning yetakchilariga bo‘ysunishi kerak”ligi haqidagi ta’limotga qo‘shimcha ravishda (Matto 18:15-20, Ibr. 13:17ga qarang), jamoatga qo‘shilishning ko‘pgina boshqa yaxshi sabablari bor: Sizga aminlik Jamoat a’zoligi orqali jamoat birovning imon e’tirofi haqiqiy yoki haqiqiy emasligini tasdiqlay oladi (Matt 16:19, 18:18). Jamoat shaxsning hayotiga qaraydi, ularning xushxabarni tushuntirib berishini va […]

Jamoatlar yig‘ilganda nima qilishlari kerakligi haqida Yangi Ahdda nima deyilgan?

12.04.2018

Yangi Ahdda jamoatlar yig‘ilganda ular Kalomni o‘qishlari, Kalomni va’z qilishlari, Kalomni ibodat qilishlari, Kalomni kuylashlari va Kalomni ko‘rishlari kerakligi aytilgan. Kalomni o‘qish: Pavlus Timo‘tiyga “Muqaddas Bitiklarni ovoz chiqarib o‘qishga .. vaqtingni bag‘ishla”, deb aytadi (1 Tim. 4:13). Jamoatlar o‘z yig‘ilishlarida Kalomni ovoz chiqarib o‘qishlari lozim. Kalomni va’z qilish: Pavlus Timo‘tiyga, “Xudoning Kalomini targ‘ib qil”, deb aytadi (2 Tim. […]

Shaxsning xushxabarchilik faoliyati bilan jamoatining umumiy guvohligi o‘rtasida qanday aloqa bor?

11.17.2018

Jamoatning umumiy guvohligi shaxsning xushxabarchilik faoliyatini yo kuchaytiradi yoki barbod qiladi. Xushxabar muqaddas Xudoning sevgisi va sevuvchi Najotkorning qurbonligi haqidagi xabardir. Bu xushxabar haqiqiy kechirim, real kamtarlik va qattiq sevgi bilan ajralib turadigan xalqni yaratadi. Agar jamoat g‘azablanish, mag‘rurlik va xudbinlik bilan ajralib tursa, u tashqaridagilarni, shunchaki uzoqlashtirmaydi, balki u xushxabar haqidagi yolg‘onlarni keng tarqatadi. […]

Cho‘pon qanday qilib o‘z jamoatini jamoat intizomiy choralarini qo‘llashga donolik bilan yetaklay oladi?

05.17.2018

Kamtarlikni qo‘llab-quvvatlang.Odamlarga ular o‘zlarining ruhiy holatlari bo‘yicha, ehtimol, xato o‘ylayotganlarini ko‘rishlariga yordam bering. 1-Korinfliklarga 5-bobdagi odam, shu bilan birga, Pavlusning 2-Korinfliklarga 13:5dagi korinflik masihiylarga aytgan nasihati haqida o‘ylang. Pavlus imondamizmi yoki yo‘qmi, buni bilish uchun o‘zimizni tekshirishga chaqiradi. Jamoat a’zolaringiz bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun bir-birlariga yordam berishlari kerakligini tan olishadimi? Jamoatingiz jamoat a’zoligi bo‘yicha […]

Cho‘pon qanday qilib jamoatning umumiy xushxabarchilik guvohligini rivojlantira oladi?

01.17.2018

Ekspozitsion (izohli) va’z ayting.Odamlaringiz har hafta Xudoning so‘zini eshitgani sari, ular Uning ulug‘vorligini dunyoga namoyon etib borishadi. Haftadan haftaga ularning hayotlari o‘z najotkorlari – Iso Masihning odamlar diqqat markazidagi surati bo‘lib boradi. Har hafta xushxabarni va’z qiling. Odamlaringiz har hafta xushxabarni tinglar ekan, ular uni qadrlashda, tushunishda o‘sadilar va uni boshqalar bilan bo‘lishish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Va’zlaringizda […]

Masihiy sajda xizmatiga nima tegishli yoki tegishli emasligini qanday farqalashimiz kerak?

12.18.2017

Ba’zi masihiylar uchun bu savolga javob o’z-o’zidan ma’lumdek tuyuladi: “Xudo Uni qanday xohlasak, shunday sajda qilish erkinligini bergan. Muqaddas Ruh bizni ilhomlantirgan har qanday ishni qilishmiz kerak – biz Muqaddas Ruh olovini so’ndirishni xohlamaymiz-ku, axir! Lekin, agar kimdir Xudoga Uning suratiga ta’zim qilish orqali sajda qilishni xohlasa-chi? Balkim biz sajda deb ba’zi narsalarni qilmasligimiz kerakdir, […]

Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti qay tarzda xushxabarni qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi?

12.11.2017

Aniq belgilab qo‘yilgan a’zolik amaliyoti xushxabarni quyidagi yo‘llarda qo‘llab-quvvatlaydi va uni oydinlashtiradi: Dunyoga kim masihiy va kim masihiy emasligini ko‘rsatish orqali.Masihiy va masihiy bo‘lmaganlar o‘rtasidagi chiziq qancha aniqroq bo‘lsa, xushxabar shuncha aniqroq bo‘ladi. Xushxabar hayotni o‘zgartiruvchi xabar ekanligini namoyon etish orqali.Jamoat gunoh qulligidan ozod qilingan va hozir solihlik qullari bo‘lgan odamlar bilan to‘lib-toshganda (Rim. 6:15-23), […]

Ustozlik qilish, aslida, qanday amalga oshiriladi?

12.04.2017

Ustozlik qilish, asosan, ta’lim berish va o‘rnak bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Ustozlik sevgi orqali juda yaxshi amalga oshadi. Biz yosh imonlilarga xudojo‘ylik yo‘lida ta’lim berar va munosib hayotda yashar ekanmiz, ular bizning hayotimiz va ta’limotimizga taqlid qilib Masihga o‘xshashlikka o‘sib boradilar (1 Tim. 4:16ga qarang). Ta’lim berish: Muqaddas Kitob cho‘ponlar va ota-onalarni o‘z qaramog‘ida bo‘lganlarga ta’lim […]