Жамоат Аъзолиги

Fikrim Qanday O‘zgardi -Jamoatning Markaziyligi

Томонидан ​Mark Dever | Марк Девер

​Mark Dever Vashington (Kolumbiya okrugi) dagi Kapitol Hill Baptist Jamoatining katta cho‘poni va 9ta Belgi (9Marks) prezidentidir. Uni Twitterda @MarkDever nomi ostida topishingiz mumkin. | ​Марк Девер Вашингтон (Колумбия округи) даги Капитол Ҳилл Баптист Жамоатининг катта чўпони ва 9та Белги (9Маркс) президентидир. Уни Тwиттерда @МаркДевер номи остида топишингиз мумкин.
Мақолалар
02.26.2010

Maktabda yuqori sinfda o‘qib yurgan paytimda imonga kelganimdan beri mahalliy jamoatning roli men uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib keldi. Masihiy bo‘lganimdan keyingi birinchi yozda jamoatimiz kutubxonasida jamoatimizning o‘sib borayotgan a’zolari haqida statistik ma’lumotlar yig‘ib va ularni bizning kamayib borayotgan qatnovlarimiz bilan taqqoslagan holda jadvallar tuzib, soatlab vaqt o‘tkazganim esimda. Hali kompyuterlar bo‘lmagan zamonda bu izlanishim natijasida tuzgan grafigim 40-50-yillar atrofida sezilarli o‘zgarishlari bo‘lgan a’zolik va qatnov miqdorlariga tegishli, ehtiyotkorlik bilan chizilgan chiziqlari bor oddiygina peshtaxta edi. Men bu peshtaxta uchun va undagi ma’lumotlar uchun soatlab vaqt sarflagan bo‘lsamda, jamoatimizning ko‘zga tez tashlanadigan devoriga qo‘yilgan bu mehnat mahsulimga qiziqib qarashlar soni juda oz bo‘lgandi. Men uni ruxsat so‘ramasdan osib qo‘ygan edim (bu xayolimga kelmagan edi). Tezda va tegishli tarzda buni u joydan olib qo‘yishgan edi.

Masihiy sifatida ulg‘ayib borganim sari, oliygohda va seminariyada o‘qib yurgan paytlarimda, Xudoning inoyati haqidagi tushuncham kengaydi, jamoatdagi nominalism haqidagi xavotirlarim ham o‘sdi. Ko‘pgina “imonga keldi” deb e’lon qilinganlar nazarimda bunday emaslikari yaqqol ko‘rinib turardi.  Meni bunday, o‘z nazarida solih bo‘lgan insonlarni yetishtirgan xushxabarchilikka nisbatan shubham ortib bordi. Buning ustiga, shu darajada bu insonlar bunga, ham amin edilar, ham nofaol edilar.

Shunga qaramay, taxminan o‘n yilcha avval, doktoranturada o‘qib yurganimda, jamoat mavzusi va ayniqsa, mahalliy jamoatning markaziyligi mavzusi xayolimni yanada ko‘proq band qildi. Bir kuni jamoatlar aro xizmatda ishlaydigan bir do‘stim bilan keskin suhbatlashayotgan payt esimda. Biz u bilan bitta jamoatga qatnardik. Men shaharga birinchi marta ko‘chib borganimizda bu jamoatga qo‘shilganman, u bir-ikki yildan keyin bu jamoatga shunchaki qatnashni tanlagan. Va hatto uning qatnovlarida, u faqatgina ertalabki yig’ilishlarga kelardi, va keyin yig’ilshning yarmida – va’z paytida kelardi. Shunday qilib, bir kuni men undan bu haqda so‘rashga qaror qildim.

U o‘ziga xos to‘g‘riso‘zlik va ochiqlik bilan javob berdi. “Men yig’ilishning qolgan qismidan hech narsa olmayman”. Undan “jamoatga qo‘shilish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisan”? deb so‘radim. U hayron qolib, kulgan holda “Jamoatga qo‘shilish? Rostini aytsam, buni nima uchun qilishim kerakligini bilmayman. Men bu yerga nima maqsadda kelishimni bilaman, lekin u odamlar shunchaki mening yashash sur’atimni sekinlashtiradilar xolos” – dedi. Bu so‘zlarni hozir o‘qiganimda, ular o‘zimga sovuq tuyuldi, lekin ular Rabbimizning bergan bir soatini ham behuda sarflashni xohlamaydigan iste’dodli xushxabarchining o‘ziga xos, samimiy, kamtarona iliqligi bilan aytilgan edi. U o‘z vaqtini iloji boricha eng yaxshi narsalarga sarflashni xohlardi va jamoatga rasman qo‘shilishga doir barcha urinishlar va jamoat a’zoligi tashvishlarining umuman keragi yo‘q edi.

“Yashash sur’atimni sekinlashtiradi”— bu so‘zlar xayolimda aylanardi. “Yashash sur’atimni sekinlashtiradi.” Boshimdan har xil xayollar o‘tardi, lekin bor aytgan gapim bitta oddiy savol bo‘ldi. “Lekin, agar siz qo‘llaringizni o‘sha odamlarga cho‘zsangiz, to‘g‘ri, ular sizning yashash sur’atingizni sekinlashtirishi mumkin, lekin siz ularning yashash sur’atini jadallashtirishga yordam berishingiz mumkinligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Xudo shu narsani siz va o’zgarlar uchun rejalashtirgan bo’lishini o’ylab ko’rganmisiz?” Suhbat davom etdi, lekin eng muhim, asosiy qism, mening nazarimda, amalga oshirildi.  Xudo bizni bir-birimizning hayotimizda ishlatishni xohlaydi hatto ba’zan bu bizga ruhiy to‘lov bo‘lib ko‘rinsa ham.

Bir paytning o‘zida, Puritanizm haqidagi izlanishlarim menga Elizabet va ilk Stuartlar davrlaridagi jamoat boshqaruvi haqidagi rivojlanayotgan teologik munozaralarni o‘qishga imkon berayotgan edi. Ayniqsa, Vestminster Assambleyasidagi Buyuk Munozara menga qiziq edi.  Ba’zi “Mustaqillar” yoki “Kongregensiyalistlar” (“Jamoatchilar”)ning, aslida, cho‘ponlik hokimiyati cho‘ponlik munosabatlariga bog‘liqligi haqidagi bahslari e’tiborimni tortdi. Ularning mahalliy jamoat ham intizomiy jazo va doktrina masalalarida yakuniy hukm chiqaruvchi ekanligi haqidagi argumentlari kalomiy jihatdan ishonarli ko‘rindi (Mat. 18:17; I Kor. 5; II Kor. 2; Gal.; II Tim. 4ga qarang). Masihiy inson qanday qilib masihiycha hayotda yashashi kerakligi borasida cho‘ponlik hamda jamoat qanday rolga ega ekanligi xayolimda yangi ahamiyat kasb etayotgandek ko‘rindi.

Keyin, 1994 yilda men yetakchi cho‘pon bo‘ldim. Men har doim jamoat oqsoqollarini hurmat qilib kelganman va o‘zim ham allaqachon ikkita jamoatda oqsoqol sifatida xizmat qilganman. Hozir esa, jamoatning tan olingan yagona oqsoqoli rolini o‘z zimmamga olishim oqsoqollik institutining ahamiyatini yanada chuqurroq (uyga yaqinroq) aks ettirishimga sababchi bo‘ldi. Yoqub 3:1 (“jiddiyroq hukmga duchor bo‘lish”) va Ibroniylarga 13:17 (“hisobot beradilar”) kabi matnlar ongimda yirik suratlarda ko‘rindi. Vaziyatlar til biriktirib, menga Xudo mahalliy jamoatga qanday ahamiyat bilan qarashiga urg‘u berdi. Men Jon Braunning bitta jumlasini o‘qiganim esimda, u o‘z o‘quvchilaridan biri, kichik bir jamoatga endigina cho‘ponlikka tayinlanganda unga otalarcha nasihatlar bergan maktubida shunday yozgan: “Men yuraging bezovtaligini, jamoating atrofdagi birodarlarinikiga qaraganda juda kichik ekanligidan o‘zingni haqoratlangandek sezishingni bilaman; lekin, keksa odamning so‘zlari bilan amin bo‘lginki, sen Rabbimiz Masih oldiga ular uchun hisob bergani kelganingda, uning hukm kursisi oldida, “menda yetarli darajada odam bo‘lgan ekan”, deb o‘ylaysan.” Men xizmatda bo‘lgan jamoatga qarab chiqqanimda, Xudo oldidagi shunday hisobotning og‘irligini his qilaman.

Bu darsni hafta davomidagi doimiy ishim orqali tushunib bordim. Menda Xushxabarlar orqali va keyinroq maktublar orqali va’z qilishda Masihiy sevgi haqidagi fikr va qarashlarni qayta-  qayta tozalash holatlari bo‘ldi, ba’zi oyatlar biz masihiylar bir-birimizni sevishimiz kerakligini o‘rgatishini ta’kidlash orqali (masalan, I Sal. 3:12), matnlarning ko‘pi bu ishlarni bir-birimizni rostdan ham sevish orqali amalga oshirishimiz kerakligini o‘rgatish uchun odatiy tarzda ishlatilgan. Men Matto 26-bobdan va’z qilgan paytimda, “birodarlarning eng kichigiga” bir piyola sovuq suv berish haqidagi ko‘rsatmalarga urg‘u berib gapirganimni va bir inson va’zdan keyin kelib menga men uning “hayot oyati”ni barbod qilganimni aytgani esimda!

Shunga qaramay, men uchun barcha “bir-biringiz” deyilgan parchalar jonlanishni boshladi va jamoat haqida qayg‘uradigan, men bilgan Xudo haqidagi teologik haqiqatlar ko‘z ongimda gavdalana boshladi. Efesliklarga 2-3 boblar bo‘yicha va’z qilganimda, jamoat Xudoning donoligini samoviy mavjudotlarga namoyon etish uchun Uning rejasida markaziy o‘rin egallashi ma’lum bo‘ldi. Pavlus Efeslik oqsoqollarga gapirganida, u jamoatga “O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan” ‘narsa’ sifatida muomalada bo‘ladi (Havoriylar 20:28). Albatta, Damashq yo‘lida, oldinroq Shoul masihiylarni quvg‘in qilish maqsadida ketayotganda u Rabbimiz tomonidan to‘xtatiladi va o‘shanda Tirilgan Masih Shoulda “nega bu masihiylarni yoki nega jamoatni quvg‘in qilyapsan?”, deb so‘ramaydi; buning o‘rniga Masih Shoulga uni ayblaydigan savolini shu tarzda beradiki, bu orqali U jamoati  bilan bir ekanligini ko‘rsatadi. Bu savol quyidagicha edi : “nega Meni quvg‘in qilyapsan?” (Havoriylar 9:4). Jamoat – Xudoning abadiy rejasida, Uning qurbonligida va Uning doimiy g‘amxo‘rligida markaziy o‘rin egallagani aniq.

Ehtimol bularning bari mahalliy jamoatdan ko‘ra ko‘proq ekklesiologiyaning markaziyligi haqidagi bayonga o‘xshashi mumkin, lekin haftadan haftaga Kalomdan va’z qilib shuni angladimki, Tindeylning ekklesia so‘zini “jamoat” deb tarjima qilish haqidagi qarori yaxshi bo‘lganligini, mening nazarimda, rad etib bo‘lmaydi! Mahalliy jamoatni tashkil etadigan munosabatlar tarmog‘ining ahamiyati, ustoz-shogirdlik munosabatlarimiz yashaydigan joydir.  Sevgi, asosan, mahalliydir. Mahalliy jamoat bu sevgini butun dunyo ko‘rishi uchun namoyon etishga da’vo qiladigan joydir. Shunday qilib Iso, Yuhanno 13:34-35da O‘z shogirdlariga quyidagicha ta’lim beradi: «Sizlarga yangi amr beryapman: bir–biringizni sevinglar. Men  sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir–biringizni shunday sevinglar. Agar bir–biringizni sevsangiz, sizlar Mening shogirdlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi.» Men u yoki bu mahalliy jamoat juda yomon joy deb bilganliklari uchun Masihni rad etgan do‘stlar va oilalarni ko‘rganman. Yana men Iso ta’lim bergan va hayotida ko‘rsatgan aynan shu sevgi – bir-birini sevishni, U ko‘rsatgan o‘zidan vos kechadigan sevgini ko‘rganliklari uchun va unda tabiiy insoniy joziba sezganliklari uchun Masihga kelgan do‘stlar va oilalarni ham ko‘rganman. Shuning uchun, jamoat – Kalomni aks ettiradigan jamoat – mening xushxabarchilik haqidagi va xushxabar aytish uchun qanday ibodat qilish va rejalashtirish haqidagi tushunchamda markaziy o‘rin egalladi.

Shu bilan birga, jamoat boshqalarning haqiqatdan ham imonga kelganini anglash qanday bo‘lishi va bu borada biz o‘zimiz qanday aminlikka ega bo‘lishimiz kerakligi haqidagi tushunchamda ham markaziy o‘rin egallaydi. Bir kuni va’z tayyorlayotganimda 1 Yuhanno 4:20-21 oyatda to‘xtab qolganim esimda: «Agar biror kishi Xudoni sevaman desa–yu, birodaridan nafratlansa, u yolg‘onchidir. Ko‘rib turgan birodarini seva olmagan odam ko‘rmagan Xudoni ham seva olmaydi. Xudoni sevgan odam birodarini ham yaxshi ko‘rishi kerak! Bu amrni bizga Xudo bergan.» Yoqub 1 va 2-boblarda ham bir xil narsalar haqida gapirilgan. Bu sevgi tanlanmaydi.

Yaqinda, jamoatning markaziyligi haqidagi bu fikr-mulohaza mahalliy jamoat intizomiga – tarbiyalovchi va tuzatuvchi intizomga – yangicha hurmat bilan qarashga undadi. Agar biz jamoatimizda bir-birimizga bog‘liq (hisobdor) bo‘lmoqchi bo‘lsak, shogirdlikning bir qismi sifatida jamoat intizomi (intizomiy jazo) bo‘lishi kerakligi hammaga ma’lum. Agarda jamoatda Yangi Ahddagi kabi intizom bo‘lsa, biz boshqalarni bilishimiz, ularga o‘zimizni bag‘ishlashimiz va ular bizni bilishlariga imkon berishimiz kerak.  Shu bilan birga biz, jamoat hokimiyatiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishimiz kerak. Nikoh, uy va jamoatdagi hokimiyatga ishonishning barcha amaliyotlariga mahalliy darajada erishiladi. Buni tushunmaslik va hokimiyatni yoqtirmaslik, unga norozilik kayfiyatida bo‘lish, bularning barchasi Adan bog‘idagi ilk gunohga juda yaqin ko‘rinadi. Aksincha, buni tushunish Xudoning biz bilan munosabati – hokimiyat va sevgi birgalikda bo‘lgan munosabatni qayta tiklash yo‘lida ko‘nglidagi inoyatli ishiga juda yaqindir.

Xulosa qilib aytganda, oldingi masihiylar nima uchun jamoatga qatnamaslikka shu darajada muhim masala deb qarashganini tushunish mumkin. O‘ylaymanki, biz bunday a’zolik va qatnov chiziqlarining og‘ishini ko‘rishni boshlaganimizda, shuncha ko‘p bosqichlarga zarar yetkazilishi boshlanishini ko‘rishimiz mumkin. Jamoat yig‘ilishlariga qatnashishlar bu butun jamoatga tegishli masala bo‘lishdan ko‘ra shaxsiy qaror qilinadigan masalalarga aylanishi, “bizning ishimiz emas”ga o‘tishi jamoatlarimizga va unga bir paytlar qatnagan ko‘plab odamlarning hayotlariga vayronaliklar olib kelgan.

Hozir xayolimda ko‘plab savollar aylanmoqda, seminariyalar va har hafta dam olish kunlarida boshqa joylarda bo‘ladigan “Masihiy yo‘lboshchilar” va jamoatning muhimligini tushunmaydigan cho‘ponlar va bir jamoatdan ikkinchi jamoatga ko‘ngli qolgan iste’molchilar singari daydib yuradigan bechora qo‘ylar haqidagi savollar. Rabbimiz xohlasa, kelayotgan o‘n yillik endigina o‘tganidek qiziqarli bo‘lishi lozim.

Tahrirchi izohi: Bu maqola dastlab 2002 yilning yanvar-fevral oyida Modern Reformation (Zamonaviy Reformatsiya)da chop etilgan va qayta ishlanib, ruxsat olingan holda bu yerda chop etilgan. Zamonaviy Reformatsiyani quyidagi manzilda topish mumkin: www.modernreformation.org

Mark Dever

Фикрим Қандай Ўзгарди -Жамоатнинг Марказийлиги

Мактабда юқори синфда ўқиб юрган пайтимда имонга келганимдан бери маҳаллий жамоатнинг роли мен учун катта аҳамиятга эга бўлиб келди. Масиҳий бўлганимдан кейинги биринчи ёзда жамоатимиз кутубхонасида жамоатимизнинг ўсиб бораётган аъзолари ҳақида статистик маълумотлар йиғиб ва уларни бизнинг камайиб бораётган қатновларимиз билан таққослаган ҳолда жадваллар тузиб, соатлаб вақт ўтказганим эсимда. Ҳали компютерлар бўлмаган замонда бу изланишим натижасида тузган графигим 40-50-йиллар атрофида сезиларли ўзгаришлари бўлган аъзолик ва қатнов миқдорларига тегишли, эҳтиёткорлик билан чизилган чизиқлари бор оддийгина пештахта эди. Мен бу пештахта учун ва ундаги маълумотлар учун соатлаб вақт сарфлаган бўлсамда, жамоатимизнинг кўзга тез ташланадиган деворига қўйилган бу меҳнат маҳсулимга қизиқиб қарашлар сони жуда оз бўлганди. Мен уни рухсат сўрамасдан осиб қўйган эдим (бу хаёлимга келмаган эди). Тезда ва тегишли тарзда буни у жойдан олиб қўйишган эди.

Масиҳий сифатида улғайиб борганим сари, олийгоҳда ва семинарияда ўқиб юрган пайтларимда, Худонинг инояти ҳақидаги тушунчам кенгайди, жамоатдаги номиналисм ҳақидаги хавотирларим ҳам ўсди. Кўпгина “имонга келди” деб эълон қилинганлар назаримда бундай эмасликари яққол кўриниб турарди. Мени бундай, ўз назарида солиҳ бўлган инсонларни етиштирган хушхабарчиликка нисбатан шубҳам ортиб борди. Бунинг устига, шу даражада бу инсонлар бунга, ҳам амин эдилар, ҳам нофаол эдилар.

Шунга қарамай, тахминан ўн йилча аввал, докторантурада ўқиб юрганимда, жамоат мавзуси ва айниқса, маҳаллий жамоатнинг марказийлиги мавзуси хаёлимни янада кўпроқ банд қилди. Бир куни жамоатлар аро хизматда ишлайдиган бир дўстим билан кескин суҳбатлашаётган пайт эсимда. Биз у билан битта жамоатга қатнардик. Мен шаҳарга биринчи марта кўчиб борганимизда бу жамоатга қўшилганман, у бир-икки йилдан кейин бу жамоатга шунчаки қатнашни танлаган. Ва ҳатто унинг қатновларида, у фақатгина эрталабки йиғилишларга келарди, ва кейин йиғилишнинг ярмида – ваъз пайтида келарди. Шундай қилиб, бир куни мен ундан бу ҳақда сўрашга қарор қилдим.

У ўзига хос тўғрисўзлик ва очиқлик билан жавоб берди. “Мен йиғилишнинг қолган қисмидан ҳеч нарса олмайман”. Ундан “жамоатга қўшилиш ҳақида ҳеч ўйлаб кўрганмисан”? деб сўрадим. У ҳайрон қолиб, кулган ҳолда “Жамоатга қўшилиш? Ростини айтсам, буни нима учун қилишим кераклигини билмайман. Мен бу ерга нима мақсадда келишимни биламан, лекин у одамлар шунчаки менинг яшаш суръатимни секинлаштирадилар холос”- деди. Бу сўзларни ҳозир ўқиганимда, улар ўзимга совуқ туюлди, лекин улар Раббимизнинг берган бир соатини ҳам беҳуда сарфлашни хоҳламайдиган истеъдодли хушхабарчининг ўзига хос, самимий, камтарона илиқлиги билан айтилган эди. У ўз вақтини иложи борича энг яхши нарсаларга сарфлашни хоҳларди ва жамоатга расман қўшилишга доир барча уринишлар ва жамоат аъзолиги ташвишларининг умуман кераги йўқ эди.

“Яшаш суръатимни секинлаштиради”— бу сўзлар хаёлимда айланарди. “Яшаш суръатимни секинлаштиради.” Бошимдан ҳар хил хаёллар ўтарди, лекин бор айтган гапим битта оддий савол бўлди. “Лекин, агар сиз қўлларингизни ўша одамларга чўзсангиз, тўғри, улар сизнинг яшаш суръатингизни секинлаштириши мумкин, лекин сиз уларнинг яшаш суръатини жадаллаштиришга ёрдам беришингиз мумкинлигини ҳеч ўйлаб кўрганмисиз? Худо шу нарсани сиз ва ўзгарлар учун режалаштирган бўлишини ўйлаб кўрганмисиз?” Суҳбат давом этди, лекин энг муҳим, асосий қисм, менинг назаримда, амалга оширилди. Худо бизни бир-биримизнинг ҳаётимизда ишлатишни хоҳлайди ҳатто баъзан бу бизга руҳий тўлов бўлиб кўринса ҳам.

Бир пайтнинг ўзида, Пуританизм ҳақидаги изланишларим менга Элизабет ва илк Стуартлар даврларидаги жамоат бошқаруви ҳақидаги ривожланаётган теологик мунозараларни ўқишга имкон бераётган эди. Айниқса, Вестминстер Ассамблеясидаги Буюк Мунозара менга қизиқ эди. Баъзи “Мустақиллар” ёки “Конгрегенсиялистлар” (“Жамоатчилар”)нинг, аслида, чўпонлик ҳокимияти чўпонлик муносабатларига боғлиқлиги ҳақидаги баҳслари эътиборимни тортди. Уларнинг маҳаллий жамоат ҳам интизомий жазо ва доктрина масалаларида якуний ҳукм чиқарувчи эканлиги ҳақидаги аргументлари каломий жиҳатдан ишонарли кўринди (Мат. 18:17; I Кор. 5; II Кор. 2; Гал.; II Тим. 4га қаранг). Масиҳий инсон қандай қилиб масиҳийча ҳаётда яшаши кераклиги борасида чўпонлик ҳамда жамоат қандай ролга эга эканлиги хаёлимда янги аҳамият касб этаётгандек кўринди.

Кейин, 1994 йилда мен етакчи чўпон бўлдим. Мен ҳар доим жамоат оқсоқолларини ҳурмат қилиб келганман ва ўзим ҳам аллақачон иккита жамоатда оқсоқол сифатида хизмат қилганман. Ҳозир эса, жамоатнинг тан олинган ягона оқсоқоли ролини ўз зиммамга олишим оқсоқоллик институтининг аҳамиятини янада чуқурроқ (уйга яқинроқ) акс эттиришимга сабабчи бўлди. Ёқуб 3:1 (“жиддийроқ ҳукмга дучор бўлиш”) ва Ибронийларга 13:17 (“ҳисобот берадилар”) каби матнлар онгимда йирик суратларда кўринди. Вазиятлар тил бириктириб, менга Худо маҳаллий жамоатга қандай аҳамият билан қарашига урғу берди. Мен Жон Брауннинг битта жумласини ўқиганим эсимда, у ўз ўқувчиларидан бири, кичик бир жамоатга эндигина чўпонликка тайинланганда унга оталарча насиҳатлар берган мактубида шундай ёзган: “Мен юрагинг безовталигини, жамоатинг атрофдаги биродарлариникига қараганда жуда кичик эканлигидан ўзингни ҳақоратлангандек сезишингни биламан; лекин, кекса одамнинг сўзлари билан амин бўлгинки, сен Раббимиз Масиҳ олдига улар учун ҳисоб бергани келганингда, унинг ҳукм курсиси олдида, “менда етарли даражада одам бўлган экан”, деб ўйлайсан.” Мен хизматда бўлган жамоатга қараб чиққанимда, Худо олдидаги шундай ҳисоботнинг оғирлигини ҳис қиламан.

Бу дарсни ҳафта давомидаги доимий ишим орқали тушуниб бордим. Менда Хушхабарлар орқали ва кейинроқ мактублар орқали ваъз қилишда Масиҳий севги ҳақидаги фикр ва қарашларни қайта-қайта тозалаш ҳолатлари бўлди, баъзи оятлар биз масиҳийлар бир-биримизни севишимиз кераклигини ўргатишини таъкидлаш орқали (масалан, I Сал. 3:12), матнларнинг кўпи бу ишларни бир-биримизни ростдан ҳам севиш орқали амалга оширишимиз кераклигини ўргатиш учун одатий тарзда ишлатилган. Мен Матто 26-бобдан ваъз қилган пайтимда, “биродарларнинг энг кичигига” бир пиёла совуқ сув бериш ҳақидаги кўрсатмаларга урғу бериб гапирганимни ва бир инсон ваъздан кейин келиб менга мен унинг “ҳаёт ояти”ни барбод қилганимни айтгани эсимда!

Шунга қарамай, мен учун барча “бир-бирингиз” дейилган парчалар жонланишни бошлади ва жамоат ҳақида қайғурадиган, мен билган Худо ҳақидаги теологик ҳақиқатлар кўз онгимда гавдалана бошлади. Эфесликларга 2-3 боблар бўйича ваъз қилганимда, жамоат Худонинг донолигини самовий мавжудотларга намоён этиш учун Унинг режасида марказий ўрин эгаллаши маълум бўлди. Павлус Эфеслик оқсоқолларга гапирганида, у жамоатга “Ўзининг Ўғли қони эвазига сотиб олган” ‘нарса’ сифатида муомалада бўлади (Ҳаворийлар 20:28). Албатта, Дамашқ йўлида, олдинроқ Шоул масиҳийларни қувғин қилиш мақсадида кетаётганда у Раббимиз томонидан тўхтатилади ва ўшанда Тирилган Масиҳ Шоулда “нега бу масиҳийларни ёки нега жамоатни қувғин қиляпсан?”, деб сўрамайди; бунинг ўрнига Масиҳ Шоулга уни айблайдиган саволини шу тарзда берадики, бу орқали У жамоати билан бир эканлигини кўрсатади. Бу савол қуйидагича эди: “нега Мени қувғин қиляпсан?” (Ҳаворийлар 9:4). Жамоат – Худонинг абадий режасида, Унинг қурбонлигида ва Унинг доимий ғамхўрлигида марказий ўрин эгаллагани аниқ.

Эҳтимол буларнинг бари маҳаллий жамоатдан кўра кўпроқ экклесиологиянинг марказийлиги ҳақидаги баёнга ўхшаши мумкин, лекин ҳафтадан ҳафтага Каломдан ваъз қилиб шуни англадимки, Тиндейлнинг экклесиа сўзини “жамоат” деб таржима қилиш ҳақидаги қарори яхши бўлганлигини, менинг назаримда, рад этиб бўлмайди! Маҳаллий жамоатни ташкил этадиган муносабатлар тармоғининг аҳамияти, устоз-шогирдлик муносабатларимиз яшайдиган жойдир. Севги, асосан, маҳаллийдир. Маҳаллий жамоат бу севгини бутун дунё кўриши учун намоён этишга даъво қиладиган жойдир. Шундай қилиб Исо, Юҳанно 13:34-35да Ўз шогирдларига қуйидагича таълим беради: «Сизларга янги амр беряпман: бир–бирингизни севинглар. Мен сизларни қандай севган бўлсам, сизлар ҳам бир–бирингизни шундай севинглар. Агар бир–бирингизни севсангиз, сизлар Менинг шогирдларим эканингизни ҳамма шундан билиб олади.» Мен у ёки бу маҳаллий жамоат жуда ёмон жой деб билганликлари учун Масиҳни рад этган дўстлар ва оилаларни кўрганман. Яна мен Исо таълим берган ва ҳаётида кўрсатган айнан шу севги – бир-бирини севишни, У кўрсатган ўзидан вос кечадиган севгини кўрганликлари учун ва унда табиий инсоний жозиба сезганликлари учун Масиҳга келган дўстлар ва оилаларни ҳам кўрганман. Шунинг учун, жамоат – Каломни акс эттирадиган жамоат – менинг хушхабарчилик ҳақидаги ва хушхабар айтиш учун қандай ибодат қилиш ва режалаштириш ҳақидаги тушунчамда марказий ўрин эгаллади.

Шу билан бирга, жамоат бошқаларнинг ҳақиқатдан ҳам имонга келганини англаш қандай бўлиши ва бу борада биз ўзимиз қандай аминликка эга бўлишимиз кераклиги ҳақидаги тушунчамда ҳам марказий ўрин эгаллайди. Бир куни ваъз тайёрлаётганимда 1 Юҳанно 4:20-21 оятда тўхтаб қолганим эсимда: «Агар бирор киши Худони севаман деса–ю, биродаридан нафратланса, у ёлғончидир. Кўриб турган биродарини сева олмаган одам кўрмаган Худони ҳам сева олмайди. Худони севган одам биродарини ҳам яхши кўриши керак! Бу амрни бизга Худо берган.» Ёқуб 1 ва 2-бобларда ҳам бир хил нарсалар ҳақида гапирилган. Бу севги танланмайди.

Яқинда, жамоатнинг марказийлиги ҳақидаги бу фикр-мулоҳаза маҳаллий жамоат интизомига – тарбияловчи ва тузатувчи интизомга – янгича ҳурмат билан қарашга ундади. Агар биз жамоатимизда бир-биримизга боғлиқ (ҳисобдор) бўлмоқчи бўлсак, шогирдликнинг бир қисми сифатида жамоат интизоми (интизомий жазо) бўлиши кераклиги ҳаммага маълум. Агарда жамоатда Янги Аҳддаги каби интизом бўлса, биз бошқаларни билишимиз, уларга ўзимизни бағишлашимиз ва улар бизни билишларига имкон беришимиз керак. Шу билан бирга биз, жамоат ҳокимиятига нисбатан ишончга эга бўлишимиз керак. Никоҳ, уй ва жамоатдаги ҳокимиятга ишонишнинг барча амалиётларига маҳаллий даражада эришилади. Буни тушунмаслик ва ҳокимиятни ёқтирмаслик, унга норозилик кайфиятида бўлиш, буларнинг барчаси Адан боғидаги илк гуноҳга жуда яқин кўринади. Аксинча, буни тушуниш Худонинг биз билан муносабати – ҳокимият ва севги биргаликда бўлган муносабатни қайта тиклаш йўлида кўнглидаги иноятли ишига жуда яқиндир.

Хулоса қилиб айтганда, олдинги масиҳийлар нима учун жамоатга қатнамасликка шу даражада муҳим масала деб қарашганини тушуниш мумкин. Ўйлайманки, биз бундай аъзолик ва қатнов чизиқларининг оғишини кўришни бошлаганимизда, шунча кўп босқичларга зарар етказилиши бошланишини кўришимиз мумкин. Жамоат йиғилишларига қатнашишлар бу бутун жамоатга тегишли масала бўлишдан кўра шахсий қарор қилинадиган масалаларга айланиши, “бизнинг ишимиз эмас”га ўтиши жамоатларимизга ва унга бир пайтлар қатнаган кўплаб одамларнинг ҳаётларига вайроналиклар олиб келган.

Ҳозир хаёлимда кўплаб саволлар айланмоқда, семинариялар ва ҳар ҳафта дам олиш кунларида бошқа жойларда бўладиган “Масиҳий йўлбошчилар” ва жамоатнинг муҳимлигини тушунмайдиган чўпонлар ва бир жамоатдан иккинчи жамоатга кўнгли қолган истеъмолчилар сингари дайдиб юрадиган бечора қўйлар ҳақидаги саволлар. Раббимиз хоҳласа, келаётган ўн йиллик эндигина ўтганидек қизиқарли бўлиши лозим.

Таҳрирчи изоҳи: Бу мақола дастлаб 2002 йилнинг январ-феврал ойида Modern Reformation (Замонавий Реформация)да чоп этилган ва қайта ишланиб, рухсат олинган ҳолда бу ерда чоп этилган. Замонавий Реформацияни қуйидаги манзилда топиш мумкин: www.modernreformation.org

Марк Девер