Cho‘ponlarni tayyorlashga kim mas’ul?

01.15.2015

Ko‘pgina yevangelikal (injil) jamoatlar bu savolga javob o‘z-o‘zidan ma’lum deb bilishadi: seminariyalar cho‘ponlarni tayyorlashga mas’uldirlar. Cho‘pon bo‘lishga qaror qilgan odam seminariyaga borib, ilmiy darajaga ega bo‘ishi kerak va bundan keyin u cho‘pon bo‘lishga tayyor bo‘ladi. Lekin, Muqaddas Kitobda cho‘ponning o‘qitilishi bunday tasvirlanmagan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus shunday yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni […]

Nima uchun sajda xizmati har xil ibodat turlarini o‘z ichiga olishi kerak (ulug‘lash, minnatdorchilik bildirish, iqror bo‘lish, shafoat qilish)?

01.07.2015

Jamoat Xudoga to‘g‘ri sajda qilish maqsadida masihiy sajda xizmati har xil ibodat turlarini o‘z ichiga olishi kerak. Xudo bizning olqishlarimizga tabiatan loyiqdir, shuning uchun, biz Uni ibodatlarimizda olqishlashimiz kerak (Zabur 134:3). Har bir yaxshi va mukammal hadyaning beruvchisi Xudodir (Yoqub 1:17), shuning uchun, biz Unga minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Xudo butun koinotning muqaddas Egasidir, shuning uchun, biz […]

Oqsoqollar va diakonlar ta’lim olishlari kerakmi? Shunday bo‘lsa, qay tarzda?

09.17.2014

1-Tamoyil: Jamoatlar oqsoqollik javobgarligini hali oqsoqollik qilmayotgan odamlarga bermasligi kerak. Aksincha, ular kalomiy xislatlarga mos keladigan va allaqachon bu ishni bajarayotgan erkaklarni xizmatga tayinlashlari kerak. Jamoat biror kishini oqsoqollik xizmatiga chaqirganda hech qanday mo‘jizaviy narsa yuz bermaydi. U allaqachon oqsoqollik qilayotgan odamni, shunchaki, omma oldida tan oladi. Bu tamoyilning qo‘llanishi: Bu shuni anglatadiki, jamoatlar biror […]

“Oqsoqollik” va “diakonlik” unvonlarini ishlatish muhimmi?

02.17.2014

“Oqsoqol” va “diakon” unvonlari jamoat xizmatining ajralmas qismi bo‘lmasada, jamoatlar ushbu kalomiy lavozimlardan foydalanishi kerakligiga doir bir necha yaxshi sabablar bor: Bu inson donoligi emas, Muqaddas Kitob bizning hokimiyatimiz ekanligini namoyon etadi.Kalomga asoslangan unvonlarni ishlatish biz jamoat tuzilishi qanday bo‘lishi kerakligini o‘zimiz qaror qilmasdan, Xudoning ko‘rsatmalariga rioya qilayotganimizni ko‘rsatadi. Xudo jamoatning asosiy tuzulishini bizga bergan […]

Nima uchun odamlar ekspozitsion va’zni yoqtirishmaydi?

01.02.2014

Ularning bunga ishtahalari yo‘q. Odatda, Xudoning hokimiyatli So‘zini tinglashga imonsizlarning ishtiyoqi past bo‘ladi. Shunga qaramay, ekspozitsion va’znning go‘sht va sabzavotlari bizni ruhan sog‘lom qilsada, xuddi yosh bola faqat fastfoodni xohlagani kabi, hatto masihiylar ham sust ruhiy ishtahaga ega bo‘ladilar. Ehtimol, biz hech qachon qattiq ovqatga tayyorlanmaganimiz uchun ekspozitsion va’zni yoqtirmasmiz. “U juda hokimiyatli.” Ekspozitsion va’z “Mana […]

Diakon yetaklaydigan jamoatdan oqsoqol yetaklaydigan jamoatga o‘tish

Mening ilk cho‘ponlik xizmatlarimdan birida ikkita diakon noodatiy bir ish qilishdi: ular, aslida, jamoatga cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilishdi. O‘sha ikki kishidan tashqari, jamoatda yigirmanchi asr o‘rtalariga xos Baptist boshqaruvi amal qilardi: sakkista diakon direktorlar kengashi sifatida xizmat qilar va jamoat bir butun organizm sifatida har oydagi ishchi yig‘ilishlarda jamoat hayotiga ta’sir qiladigan har qanday qarorga ovoz […]

Diakonlardan talab qilinadigan kalomiy xususiyatlar va ularning majburiyatlari

Kimlar diakon bo‘lishi mumkin? Muqaddas Kitobda diakonlar nima qilishlari kerakligi haqida nima deyilgan? IKKITA KALOMIY UNVONLAR: OQSOQOLLAR VA DIAKONLAR Diakonlik xizmatini oqsoqollik xizmati bilan taqqoslasak, bu savollarga javob topishimizga yordam beradi. Jamoatning birlamchi (asosiy) ruhiy yetakchilari oqsoqollar bo‘lishgan, ular Yangi Ahdda yana nazoratchilar yoki cho‘ponlar deb atalgan. Oqsoqollar Kalomni va’z qilishadi va u bo‘yicha ta’lim […]

Jamoatingizni O‘zgartirish Yo‘li

Cho‘ponlar tez-tez mendan “Jamoatimizni qanday qilib o‘zgartirishimiz mumkin?” deb so‘rashadi. Juda ko‘p xizmatchilar o‘zgarishlar kiritishga urinib, jamoatlari bilan munosabatlari sovuqlashib qolgan. Hatto ba’zilari jamoatdan haydalgan. Shunga qaramay, cho‘ponlar sifatida biz jamoatlarimizni o‘zgarish sari yetaklashimiz kerak, hatto bu o‘zgarish odatda qiyin bo‘lgan taqdirda ham. Quyida qanday qilib o‘zgarish olib kelish haqida bir necha maslahatlar keltirilgan: ta’lim […]

Namuna bo‘lishning qudrati

“Namuna bo‘lish hayotdagi asosiy narsa emas – u yagona narsadir.” Ushbu gap orqali, mashhur tibbiyot missioneri va ko‘p kitoblar muallifi Albert Shveitzer namuna bo‘lishning ahamiyati va qudratini aniq tasvirlab beradi. Buni o‘qiyotganlardan qanchamiz oldinroq hayotimizda ko‘rgan qaysidir cho‘pon, oqsoqol yoki boshqa masihiyning namunali hayoti orqali ta’sirlanganmiz. Agar kim “haqiqiy cho‘pon” deb so’rasam, xayolingizga qaysi cho’pon […]

Xizmat muvaffaqiyati haqida yangicha tasavvur

Xizmat muvaffaqiyati haqida yangicha tasavvur

Bir necha kitoblar muallifi va teolog David Vells 1994-yilda o‘zining  Xudo tashlandiq/hosilsiz yerda nomli kitobida ma’lum qiladiki, “[Seminariyadagi] talabalar imonlilar jamoatining hozirgi holatidan norozi. Ularning fikricha, jamoat o‘z maqsadini yo‘qotgan va  jamoat hozir ularga berayotganidan ko‘proq narsani xohlashadi.” Lekin, norozilik, yoki qoniqmaslikning o‘zi yetarli emas, Vells ham xuddi shu fikrda edi. Biz ko‘proq ishlashimiz kerak va […]