Етакчилик

Diakon yetaklaydigan jamoatdan oqsoqol yetaklaydigan jamoatga o‘tish

Томонидан Fil Nyuton

Phil Newton is the senior pastor of South Woods Baptist Church in Memphis, Tennessee.
Мақолалар
03.31.2010

Mening ilk cho‘ponlik xizmatlarimdan birida ikkita diakon noodatiy bir ish qilishdi: ular, aslida, jamoatga cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilishdi. O‘sha ikki kishidan tashqari, jamoatda yigirmanchi asr o‘rtalariga xos Baptist boshqaruvi amal qilardi: sakkista diakon direktorlar kengashi sifatida xizmat qilar va jamoat bir butun organizm sifatida har oydagi ishchi yig‘ilishlarda jamoat hayotiga ta’sir qiladigan har qanday qarorga ovoz berar edi. Diakonlar, asosan, jamoat mulki, moliya masalalari va ba’zida nizolarni hal qilishga e’tiborlarini qaratgan.

OQSOQOLLAR BOSHQA HAR QANDAY NOM O‘RNIDAMI?

Bu ikki odam ham xarakter jihatdan, ham amalda oqsoqollarning ishini bajarayotgan edi. Faqat ularda bunday nom yo‘q edi xolos. Ular jamoatga qarab, g‘amxo‘rlik qilishardi (Ibr. 13:17; Hav 20:28; 1-Butrus 1:2), sog‘lom ta’limot berishardi (Titus 1:9), ruhiy nazoratni ijro etishardi (1-Butrus 5:2) va sadoqatli Masihiycha yashash tarzida boshqalarga o‘rnak bo‘lishar edi (1-Butrus 5:3).

Men bu odamlar o‘zlarini oqsoqol deb hisoblayaptimi, deya jiddiy o‘yladim. Lekin bu jamoat tan olishi kerak bo‘lgan narsa edi. Jamoat esa, buning o‘rniga, o‘zining sog‘lom bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan kalomiy lavozimlarni chalkashtirib yuborgan va diakonlardan, kerakli xususiyatlar, in’omlar yoki hokimiyatga ega bo‘lishmasada, oqsoqollardek faoliyat ko‘rsatishlarini kutgan edi.

Barcha diakonlarning unvonini, shunchaki, oqsoqollarga o‘zgartirish muammoni hal qilgan bo‘larmidi? Mutlaqo yoq! Ikki kishi oqsoqollik xizmatini qilishayotgan bo‘lsa-da, qolganlar diakonlar – jamoat xizmatchilari – ning rolini aniq bajarayotgan edilar (ba’zida oqsoqollarning vazifalari yuklab qo‘yilishlarni hisobga olmaganda).

Bunday turdagi diakon namunasiga ega jamoat yoki shunga o‘xshash holatda bo‘lgan har qanday jamoat talab etiladigan sifatlarga ega odamlarni oqsoqollar sifatida tan olishi uchun nima qilish kerak? Birinchidan, siz, cho‘pon sifatida, kalomiy andozani joriy etish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashingiz kerak.

OQSOQOLLIK UNVONIGA O‘TISH YO‘LIDAGI TO‘SIQLAR

  1. Ehtimol, jamoat oqsoqollarga doir Kalomiy ta’limotni tushunmaydi.Odamlarni oqsoqollar sifatida tan olishga o‘tishda siz jamoatdan kalomiy amaliyotni tushunishni va qo‘llashni so‘rayotgan bo‘lasiz. Buning uchun Muqaddas Kitobni sabr-toqat bilan ekspozitsiyalash (izohlab berish)ni – jamoat, kichik guruhlar va yakka holda Xudo Kalomini talqin qilish va hayotga qo‘llashga jalb qilishni talab etadi. Masihiylar kalomga asoslanib fikr yuritganda, boshqaruvdagi o‘zgarishlarga nisbatan ko‘pgina noroziliklar o‘z kuchini yo‘qotadi.
  2. Ko‘p jamoatlar ko‘pirtirilgan va beo‘xshov kongregatsionalizmning uzoq tarixiga egalar.Men yuqorida tilga olgan jamoat sog‘lom va mustahkam kongregatsionalismning o‘rniga mayda-chuydalik boshqaruvini amalda qo‘llagan. Hech narsani og‘ir ishchi uchrashuvlarisiz amalga oshirib bo‘linmasdi va odatda, ular hissiyotlariga va shaxsiyatlariga teginish bilan yakunlardi. Buni o‘zgartirish kongregatsionalizmning Yangi Ahd va tarixiy g‘oyalari bo‘yicha sabr-toqat bilan ta’lim berish va muloqot qilishni talab etadi. Ehtimol jamoatga uning o‘z doktrinal e’tiqodini (agar u yaxshi bo‘lsa, albatta) o‘rgating, ya’ni u oqsoqollar/diakonlar unvoni haqida nima deyishini tushuntiring va shu bilan birga, ma’lum bir hududda kongregatsionalizm qanday rivojlanganini ko‘rsating. Bunday ta’lim kalomiy va samarali jamoat boshqaruvining portretini ilgari surishda zamin bo‘lib xizmat qiladi.
  3. Diakonlikdan oqsoqollikka o‘tish paytida oqsoqol bo‘lish uchun tanlanmagan diakonlar tanlanganlariga hasad bilan qarashi mumkin. Bunday hasad katta bo‘linishga aylanishi mumkin va bu odatda, jamoat yetakchiligidagi pog‘onadan pog‘onaga o‘tishning har qanday imkoniyatini yo‘q qilinishiga olib keladi. Bunga qanday chora ko‘rish mumkin? Oqsoqol va diakon yetakchiligiga uzoqdan nazar solish orqali. Hozirgi diakonlar uchun kalomiy xususiyatlarga diqqat qiling (1-Timo‘tiy 3:8-13) va shu tariqa “planka”ni ko‘taring. Bu diakonlikka nomzodlarning sonini kamaytiradi. Shu bilan birga, ikkita unvon vazifalari o‘rtasidagi kalomiy farqni ko‘rsatish uchun mehnat qiling. Shunchaki, unvonga ega bo‘lishni xohlagan odam, uni egallashga haqqi yo‘q. Diakonlar va oqsoqollardan nima kutilishini hammaga namoyon qiling, toki jamoat ulardan kalomiy amaliyotni kutsin. Ba’zilari hasad qilishni davom etishi mumkin, lekin jamoat bunga ko‘proq donolik bilan munosabatda bo‘ladi.
  4. Ehtimol, hozirgi diakonlarning hech biri oqsoqol bo‘lib xizmat qilish malakasiga ega emasdir. Bir unvondan, muhimroq vazifalari bo‘lgan boshqa unvonga shunchaki o’tkazish foyda bermaydi. Aksincha, odamlar oqsoqollar sifatida xizmat qilish maqsadini ko‘zlash bilan shakllanishi, tayyorlanishi kerak. “Yaxshi nom chiqargan” odamlarni tanib olishdan boshlang (Titus 1:6). Ularga Masihga ergashishda kattaroq barqarorlikni rivojlantirishga yordam bering.

Ularni Xudoning Kalomi va sog‘lom ta’limot bilan oziqlantiring. Ular Kalomni sevishlarini ko‘rsa bo‘ladimi? Ular sog‘lom ta’limotni ifodalay olishadimi? Ma’lum bir vaqt mobaynida Muqaddas Kitob bo‘ylab doimiy muloqot qilgandan keyin, ularga ta’lim berish imkoniyatlarini bering. Ularni tanqid qiling, qo‘llab quvvatlang va ularga baho bering. Ular o‘rganishga moyilmi va jamoat Xudo Kalomini tushunishiga yordam berishga ishtiyoqmandmi?

Ularni cho‘ponlik (suruv a’zosiga g‘amxo‘rlik) tashriflaringizga o‘zingiz bilan olib boring. Ular suruvga g‘amxo‘rlik qilishdan zavqlanadilarmi? Ba’zilari to‘g‘ri ravishda diakonlik xizmatiga tegishli ekanligini tan oling. Shunga qaramay, ba’zilari ularda oqsoqollarga kerak bo‘ladigan xususiyatlar borligini isbotlashlari mumkin. Ularga jamoatga cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilish mas’uliyatlarini bering, toki jamoat shtatdan tashqari oqsoqolga ega bo‘lish qadrini ko‘rishni boshlasinlar.

UNVONDAN UNVONGA O‘TISHNI BOSHQARING

Ushbu barcha to‘siqlardan xoli bo‘lgandan keyin, unvondan unvonga o‘tish navbati keladi. Cho‘pon qanday qilib diakonlarni jamoatning ruhiy yetakchilari bo‘lmish oqsoqollarga aylanishini boshqarishi mumkin?

Tezlik O‘ldiradi

Bamperdagi stikerda “Tezlik O‘ldiradi”, – deb yozilgan. Shoshma-shosharlik bilan malakali diakonlarni oqsoqollarga aylantirishga ham xuddi shu ibora mos keladi. Buni tegishli tayyorgarliksiz qilishga urinish tartibsizlikka olib keladi, to‘satdan cho‘ponlikni yo‘qotmasa agar!

Lavozimdan lavozimga o‘tish uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi? Bu har xil bo‘ladi, lekin menimcha, jamoatning yetakchilik tuzilishi almashinishi uchun kamida 18 oydan uch yillgacha vaqt talab etiladi. Nega buncha uzoq? Chunki, ko‘pgina jamoatlarda kalomiy aniqlik yetishmaydi. Ular o‘z boshqaruv tuzilishlarini Muqaddas Kitob nuqtai nazaridan sinchiklab tekshirmasdan yashab kelishgan va siz, cho‘pon sifatida ularni uzoq saqlagan nuqtai nazarlarini ildizidan kesib tashlashga chaqiryapsiz.

Shuning uchun, agar buni o‘zgartirishni xohlasangiz, sabr-toqat bilan kalomiy boshqaruvni har-xil joylardan: jamoat minbaridan, Muqaddas Kitobni o‘rganish guruhlari, kichik guruhlar, erkaklar yig‘ilishlari, yakka holdagi uchrashuvlar va hokazolarda turib qavatlab o‘rgatishingiz kerak. Boshqaruv haqida bunday qavatlab o‘rgatish bu mavzudagi qisqa muddatli kurslardan yaxshiroq. Shunga qaramay, boshqaruvni o‘zgartirishdan ham muhimroq narsa – bu jamoatni kalomiy fikr yuritishga o‘rgatishdir. Cho‘pon o‘z jamoatiga Muqaddas Kitobni to‘g‘ri talqin qilishni qanchalik yaxshi o‘rgatsa, ular Kalomga asoslangan jamoat yetakchiligini shuncha yaxshi tushuna olishadi va o‘zlari o‘zgarishni xohlashadi va bu o‘zgarishning silliqroq kechishiga zamin yaratadi.

Buni Oldindan Mo‘ljallab Qiling

Buni oldindan mo‘ljallab qiling. Jamoatga boshqaruv bo‘yicha kalomiy tushunchaga ega bo‘lish sari ishlashlari uchun erkinlik bering. Ehtimol siz, jamoat cho‘poni, boshqaruv masalalari ustida bir necha yillar davomida ish olib borishingizga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Jamoatga ham shuncha vaqt talab qilinsa kerak, bundan ko‘proq bo‘lmasa agar. Bir nechtagina odam majburlab joriy etilgan yangi konsepsiyaga nisbatan ijobiy javob qaytaradi.

XULOSA

Shunday qilib, maqsadlar qo‘ying, lekin sabr-toqatli bo‘ling. Jamoat xushxabardan zavqlanmaguncha ta’lim bering, va’z ayting va ibodat qiling. Jamoat o‘zining tabiati va vazifasini yaxshilab tushunishni boshlaganda, ular uchun tuzilmaviy nuqtalarni birlashtiring. Vaqti kelib, umid qilamizki, ular Kalomga javob berishni boshlashadi. Keyin, oqsoqollar sifatida xizmat qilish uchun malakali odamlarni nomzod qilib ko‘rsatish rejasini ma’lum qiling. Jamoatni boshqarish hujjatlarida yozilgan usullarga amal qilgan holda, jamoatda oqsoqollar yetakchiligini o‘zida namoyon qilish maqsadida, boshqaruvga o‘zgartirish kiriting. Butun o‘tish davomida Masihning ulug‘lanishi va jamoatingizga yaxshi bo‘lishi uchun kamtarlik va sabr-toqat bilan oldinga intilishga harakat qiling.

Fil Nyuton

Диакон етаклайдиган жамоатдан оқсоқол етаклайдиган жамоатга ўтиш

Менинг илк чўпонлик хизматларимдан бирида иккита диакон ноодатий бир иш қилишди: улар, аслида, жамоатга чўпонлик (ғамхўрлик) қилишди. Ўша икки кишидан ташқари, жамоатда йигирманчи аср ўрталарига хос Баптист бошқаруви амал қиларди: саккиста диакон директорлар кенгаши сифатида хизмат қилар ва жамоат бир бутун организм сифатида ҳар ойдаги ишчи йиғилишларда жамоат ҳаётига таъсир қиладиган ҳар қандай қарорга овоз берар эди. Диаконлар, асосан, жамоат мулки, молия масалалари ва баъзида низоларни ҳал қилишга эътиборларини қаратган.

ОҚСОҚОЛЛАР БОШҚА ҲАР ҚАНДАЙ НОМ ЎРНИДАМИ?

Бу икки одам ҳам характер жиҳатдан, ҳам амалда оқсоқолларнинг ишини бажараётган эди. Фақат уларда бундай ном йўқ эди холос. Улар жамоатга қараб, ғамхўрлик қилишарди (Ибр. 13:17; Ҳав 20:28; 1 Бутрус 1:2), соғлом таълимот беришарди (Титус 1:9), руҳий назоратни ижро этишарди (1 Бутрус 5:2) ва садоқатли Масиҳийча яшаш тарзида бошқаларга ўрнак бўлишар эди (1 Бутрус 5:3).

Мен бу одамлар ўзларини оқсоқол деб ҳисоблаяптими, дея жиддий ўйладим. Лекин бу жамоат тан олиши керак бўлган нарса эди. Жамоат эса, бунинг ўрнига, ўзининг соғлом бўлиши учун муҳим бўлган каломий лавозимларни чалкаштириб юборган ва диаконлардан, керакли хусусиятлар, инъомлар ёки ҳокимиятга эга бўлишмасада, оқсоқоллардек фаолият кўрсатишларини кутган эди.

Барча диаконларнинг унвонини, шунчаки, оқсоқолларга ўзгартириш муаммони ҳал қилган бўлармиди? Мутлақо ёқ! Икки киши оқсоқоллик хизматини қилишаётган бўлса-да, қолганлар диаконлар – жамоат хизматчилари – нинг ролини аниқ бажараётган эдилар (баъзида оқсоқолларнинг вазифалари юклаб қўйилишларни ҳисобга олмаганда).
Бундай турдаги диакон намунасига эга жамоат ёки шунга ўхшаш ҳолатда бўлган ҳар қандай жамоат талаб этиладиган сифатларга эга одамларни оқсоқоллар сифатида тан олиши учун нима қилиш керак? Биринчидан, сиз, чўпон сифатида, каломий андозани жорий этиш йўлидаги тўсиқларни олиб ташлашингиз керак.

ОҚСОҚОЛЛИК УНВОНИГА ЎТИШ ЙЎЛИДАГИ ТЎСИҚЛАР

  1. Эҳтимол, жамоат оқсоқолларга доир Каломий таълимотни тушунмайди. Одамларни оқсоқоллар сифатида тан олишга ўтишда сиз жамоатдан каломий амалиётни тушунишни ва қўллашни сўраётган бўласиз. Бунинг учун Муқаддас Китобни сабр-тоқат билан экспозициялаш (изоҳлаб бериш)ни – жамоат, кичик гуруҳлар ва якка ҳолда Худо Каломини талқин қилиш ва ҳаётга қўллашга жалб қилишни талаб этади. Масиҳийлар каломга асосланиб фикр юритганда, бошқарувдаги ўзгаришларга нисбатан кўпгина норозиликлар ўз кучини йўқотади.
  2. Кўп жамоатлар кўпиртирилган ва беўхшов конгрегатсионализмнинг узоқ тарихига эгалар. Мен юқорида тилга олган жамоат соғлом ва мустаҳкам конгрегатсионалисмнинг ўрнига майда-чуйдалик бошқарувини амалда қўллаган. Ҳеч нарсани оғир ишчи учрашувларисиз амалга ошириб бўлинмасди ва одатда, улар ҳиссиётларига ва шахсиятларига тегиниш билан якунларди. Буни ўзгартириш конгрегатсионализмнинг Янги Аҳд ва тарихий ғоялари бўйича сабр-тоқат билан таълим бериш ва мулоқот қилишни талаб этади. Эҳтимол жамоатга унинг ўз доктринал эътиқодини (агар у яхши бўлса, албатта) ўргатинг, яъни у оқсоқоллар/диаконлар унвони ҳақида нима дейишини тушунтиринг ва шу билан бирга, маълум бир ҳудудда конгрегатсионализм қандай ривожланганини кўрсатинг. Бундай таълим каломий ва самарали жамоат бошқарувининг портретини илгари суришда замин бўлиб хизмат қилади.
  3. Диаконликдан оқсоқолликка ўтиш пайтида оқсоқол бўлиш учун танланмаган диаконлар танланганларига ҳасад билан қараши мумкин. Бундай ҳасад катта бўлинишга айланиши мумкин ва бу одатда, жамоат етакчилигидаги поғонадан поғонага ўтишнинг ҳар қандай имкониятини йўқ қилинишига олиб келади. Бунга қандай чора кўриш мумкин? Оқсоқол ва диакон етакчилигига узоқдан назар солиш орқали. Ҳозирги диаконлар учун каломий хусусиятларга диққат қилинг (1 Тимўтий 3:8-13) ва шу тариқа “планка”ни кўтаринг. Бу диаконликка номзодларнинг сонини камайтиради. Шу билан бирга, иккита унвон вазифалари ўртасидаги каломий фарқни кўрсатиш учун меҳнат қилинг. Шунчаки, унвонга эга бўлишни хоҳлаган одам, уни эгаллашга ҳаққи йўқ. Диаконлар ва оқсоқоллардан нима кутилишини ҳаммага намоён қилинг, токи жамоат улардан каломий амалиётни кутсин. Баъзилари ҳасад қилишни давом этиши мумкин, лекин жамоат бунга кўпроқ донолик билан муносабатда бўлади.
  4. Эҳтимол, ҳозирги диаконларнинг ҳеч бири оқсоқол бўлиб хизмат қилиш малакасига эга эмасдир. Бир унвондан, муҳимроқ вазифалари бўлган бошқа унвонга шунчаки ўтказиш фойда бермайди. Аксинча, одамлар оқсоқоллар сифатида хизмат қилиш мақсадини кўзлаш билан шаклланиши, тайёрланиши керак. “Яхши ном чиқарган” одамларни таниб олишдан бошланг (Титус 1:6). Уларга Масиҳга эргашишда каттароқ барқарорликни ривожлантиришга ёрдам беринг.

Уларни Худонинг Каломи ва соғлом таълимот билан озиқлантиринг. Улар Каломни севишларини кўрса бўладими? Улар соғлом таълимотни ифодалай олишадими? Маълум бир вақт мобайнида Муқаддас Китоб бўйлаб доимий мулоқот қилгандан кейин, уларга таълим бериш имкониятларини беринг. Уларни танқид қилинг, қўллаб қувватланг ва уларга баҳо беринг. Улар ўрганишга мойилми ва жамоат Худо Каломини тушунишига ёрдам беришга иштиёқмандми?

Уларни чўпонлик (сурув аъзосига ғамхўрлик) ташрифларингизга ўзингиз билан олиб боринг. Улар сурувга ғамхўрлик қилишдан завқланадиларми? Баъзилари тўғри равишда диаконлик хизматига тегишли эканлигини тан олинг. Шунга қарамай, баъзилари уларда оқсоқолларга керак бўладиган хусусиятлар борлигини исботлашлари мумкин. Уларга жамоатга чўпонлик (ғамхўрлик) қилиш масъулиятларини беринг, токи жамоат штатдан ташқари оқсоқолга эга бўлиш қадрини кўришни бошласинлар.

УНВОНДАН УНВОНГА ЎТИШНИ БОШҚАРИНГ

Ушбу барча тўсиқлардан холи бўлгандан кейин, унвондан унвонга ўтиш навбати келади. Чўпон қандай қилиб диаконларни жамоатнинг руҳий етакчилари бўлмиш оқсоқолларга айланишини бошқариши мумкин?

Тезлик Ўлдиради

Бампердаги стикерда “Тезлик Ўлдиради”, – деб ёзилган. Шошма-шошарлик билан малакали диаконларни оқсоқолларга айлантиришга ҳам худди шу ибора мос келади. Буни тегишли тайёргарликсиз қилишга уриниш тартибсизликка олиб келади, тўсатдан чўпонликни йўқотмаса агар!

Лавозимдан лавозимга ўтиш учун қанча вақт керак бўлади? Бу ҳар хил бўлади, лекин менимча, жамоатнинг етакчилик тузилиши алмашиниши учун камида 18 ойдан уч йиллгача вақт талаб этилади. Нега бунча узоқ? Чунки, кўпгина жамоатларда каломий аниқлик етишмайди. Улар ўз бошқарув тузилишларини Муқаддас Китоб нуқтаи назаридан синчиклаб текширмасдан яшаб келишган ва сиз, чўпон сифатида уларни узоқ сақлаган нуқтаи назарларини илдизидан кесиб ташлашга чақиряпсиз.

Шунинг учун, агар буни ўзгартиришни хоҳласангиз, сабр-тоқат билан каломий бошқарувни ҳар-хил жойлардан: жамоат минбаридан, Муқаддас Китобни ўрганиш гуруҳлари, кичик гуруҳлар, эркаклар йиғилишлари, якка ҳолдаги учрашувлар ва ҳоказоларда туриб қаватлаб ўргатишингиз керак. Бошқарув ҳақида бундай қаватлаб ўргатиш бу мавзудаги қисқа муддатли курслардан яхшироқ. Шунга қарамай, бошқарувни ўзгартиришдан ҳам муҳимроқ нарса – бу жамоатни каломий фикр юритишга ўргатишдир. Чўпон ўз жамоатига Муқаддас Китобни тўғри талқин қилишни қанчалик яхши ўргатса, улар Каломга асосланган жамоат етакчилигини шунча яхши тушуна олишади ва ўзлари ўзгаришни хоҳлашади ва бу ўзгаришнинг силлиқроқ кечишига замин яратади.

Буни Олдиндан Мўлжаллаб Қилинг

Буни олдиндан мўлжаллаб қилинг. Жамоатга бошқарув бўйича каломий тушунчага эга бўлиш сари ишлашлари учун эркинлик беринг. Эҳтимол сиз, жамоат чўпони, бошқарув масалалари устида бир неча йиллар давомида иш олиб боришингизга тўғри келиши ҳам мумкин. Жамоатга ҳам шунча вақт талаб қилинса керак, бундан кўпроқ бўлмаса агар. Бир нечтагина одам мажбурлаб жорий этилган янги консепсияга нисбатан ижобий жавоб қайтаради.

ХУЛОСА

Шундай қилиб, мақсадлар қўйинг, лекин сабр-тоқатли бўлинг. Жамоат хушхабардан завқланмагунча таълим беринг, ваъз айтинг ва ибодат қилинг. Жамоат ўзининг табиати ва вазифасини яхшилаб тушунишни бошлаганда, улар учун тузилмавий нуқталарни бирлаштиринг. Вақти келиб, умид қиламизки, улар Каломга жавоб беришни бошлашади. Кейин, оқсоқоллар сифатида хизмат қилиш учун малакали одамларни номзод қилиб кўрсатиш режасини маълум қилинг. Жамоатни бошқариш ҳужжатларида ёзилган усулларга амал қилган ҳолда, жамоатда оқсоқоллар етакчилигини ўзида намоён қилиш мақсадида, бошқарувга ўзгартириш киритинг. Бутун ўтиш давомида Масиҳнинг улуғланиши ва жамоатингизга яхши бўлиши учун камтарлик ва сабр-тоқат билан олдинга интилишга ҳаракат қилинг.

 

Фил Нютон