Етакчилик

Xizmat muvaffaqiyati haqida yangicha tasavvur

Томонидан ​Mark Dever | Марк Девер

​Mark Dever Vashington (Kolumbiya okrugi) dagi Kapitol Hill Baptist Jamoatining katta cho‘poni va 9ta Belgi (9Marks) prezidentidir. Uni Twitterda @MarkDever nomi ostida topishingiz mumkin. | ​Марк Девер Вашингтон (Колумбия округи) даги Капитол Ҳилл Баптист Жамоатининг катта чўпони ва 9та Белги (9Маркс) президентидир. Уни Тwиттерда @МаркДевер номи остида топишингиз мумкин.
Мақолалар
03.01.2010

Bir necha kitoblar muallifi va teolog David Vells 1994-yilda o‘zining  Xudo tashlandiq/hosilsiz yerda nomli kitobida ma’lum qiladiki, “[Seminariyadagi] talabalar imonlilar jamoatining hozirgi holatidan norozi. Ularning fikricha, jamoat o‘z maqsadini yo‘qotgan va  jamoat hozir ularga berayotganidan ko‘proq narsani xohlashadi.” Lekin, norozilik, yoki qoniqmaslikning o‘zi yetarli emas, Vells ham xuddi shu fikrda edi. Biz ko‘proq ishlashimiz kerak va imonlilar jamoati qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday holatga qaytarishimiz, uni yaxshi tomonga qayta tiklashimiz lozim. Imonlilar jamoati o‘zi nima? Uning tabiati va mohiyati nimadan iborat? Jamoatning o‘ziga xosligi va farqli belgisi nimada?

SOG‘LOM JAMOAT TARIXI

Masihiylar “jamoatning belgilari” haqida juda ko‘p gapirib kelishgan. Reformatsiya davrigacha jamoat mavzusi keng tarqalgan rasmiy teologik bahslarning diqqat markazida bo‘lmagan. XVI asrdan oldin, jamoat muhokama qilinishdan ko‘ra, ko‘proq taxmin qilingan. U inoyat vositasi sifatida, teologiyaning qoldig‘idagi taxmin sifatida mavjud bo‘lgan reallik deb qaralgan.  Lekin, shunga qaramay, XVI asrda Martin Lyuter va boshqalarning radikal tanqidlarining boshlanishi bilan, jamoatning o‘z tabiati haqidagi bahslar muqarrar bo‘lib qoladi. Bitta olim tasvirlaganidek, “Reformatsiya, voizlik tashkiloti emas, balki injil xushxabari jamoatning haqiqiyligini tekshiradigan asos sifatida qaralishiga sababchi bo‘ladi. (Edmund Clovney, Jamoat, 1995, 101).

1530 yilda Melankton Augsburg Iqrornomasini tuzadi va uning VII Moddasida aytiladiki, “bu Jamoat injil xushxabari to‘g‘ri o‘rgatiladigan va ruhiy marosimlar to‘g‘ri amalga oshiriladigan muqaddas imonlilar yig‘ilishidir. Va Jamoatning haqiqiy birligi uchun injil xushxabari ta’limoti va ruhiy marosimlar amalga oshirilishiga doir qarashlarning birligi bo‘lishi kifoya. 1553 yilda Tomas Kranmer Angliya jamoatining Qirq ikki Aqidalarini tuzadi. Unda yozilishicha: “Masihning zohiriy Jamoati Xudoning haqiqiy kalomi va’z qilinadigan va ruhiy marosimlar to‘g‘ri amalga oshiriladigan imonli odamlar yig‘ilishidir.” Jon Kalvin o‘zining Masihiylik dini asoslari kitobida quyidagicha yozadi: “Xudoning Kalomi sof va’z qilinadigan va tinglanadigan, hamda ruhiy marosimlar Masih ko‘rsatmalari bo‘yicha amalga oshirilishini ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan har qanday joyda Xudoning jamoati borligiga shubha bo‘lmasligi lozim.”

Belgiya Iqrornomasi (1561)ning, 29 Moddasida shunday yozilgan: “Agar jamoatda xushxabarning sof ta’limoti va’z qilinishi; ruhiy marosimlar Masih belgilagandek amalga oshirilishi; gunohlarni jazolashda jamoatning intizomiy jazosi qo‘llanilishi; qisqa qilib aytganda, hamma narsa Xudoning sof Kalomi bo‘yicha amalga oshirilishi, unga qarshilari rad etilishi va Iso Masih Jamoatning yagona Boshi sifatida tan olinishi, haqiqiy jamoatni aniqlaydigan belgilardir.”

JAMOATNING YARATILISHI VA SAQLANISHI

Mana shu ikki belgida – xushxabarning e’lon qilinishi va ruhiy marosimlarga rioya qilishda – jamoatning yaratilishi va uning saqlanishida – Xudo haqiqatining manbasi hamda uni namoyon etish va ichida saqlaydigan Uning sevimli idishini ko‘rishimiz mumkin. Jamoat Kalomning to‘g‘ri va’z qilinishi orqali harakatlanadi; jamoat cho‘mdirish va qutlug‘ kechlik (oxirgisida jamoatdagi intizomiy jazoning qo‘llanilishi ham nazarda tutilgan deb taxmin qilamiz) marosimlarini to‘g‘ri amalga oshirish orqali o‘z ichiga olinadi va farqlanadi.

Albatta, hech qaysi jamoat mukammal emas. Lekin, Xudoga shukurki, ko‘pgina nomukammal jamoatlar sog‘lomdir. Shunga qaramay, afsuski, undan ham ko‘prog‘i sog‘lom emas – hatto Masihning Xudoligi va Muqaddas Kitobning to‘liq hokimiyatini tan oladigan jamoatlar orasida ham nosog‘lomlari uchraydi. Bunday holda, ko‘pgina yig‘ilishlardagi lanjlik shunchaki tasavvurdagi va nomigagina bo‘lgan Masihiylikka aylanayotgan va  oqibatda birlashib, ularda zerikarlilik va maydakashlik hukm surishiga olib kelayotgan bir paytda kalomiy va’zxonlikni va jamoatdagi yo‘lboshchilikni sog‘lomlashtirish uchun to‘qqizta belgidan iborat reja yordamga keladi. Juda ko‘pgina jamoatlarning maqsadi Xudoni ulug‘lashdan shunchaki son jihatdan ko‘payishga tushib qolmoqda, nima bo‘lganda ham, bu erishilgan maqsad Xudoni ulug‘lashi kerak degan xayolda.

Masihiylikning rad etilishi kengayib va jadallashib borayotga, xushxabarchilik tez-tez mohiyatan boshqa qarashlarga toqatsizlik deb hisoblanadigan yoki hatto nafratga asoslangan jinoyat deb rasman tasniflanadigan jamiyatda dunyoyimiz o‘zgarganini sezamiz. Zamondan orqada qolmaslik uchun biz moslashadigan madaniyat Xushxabarga qarama-qarshilik bilan shu darajada o‘zaro chigallashib ketganki, unga moslashish Xushxabarning o‘zini yo‘qotish bilan barobardir. Shunday zamonda, biz Muqaddas Kitobni qaytadan tinglashimiz, muvaffaqiyatli xizmat konsepsiyasini muqarrar va darhol hosil keltiruvchi sifatida emas, balki Xudoning Kalomiga sezilarli darajada sodiq bo‘lishdek yangi tasavvurga ega bo‘lishimiz lozim.

BIZGA YANGI MODEL KERAK

Bizga jamoat uchun yangi model kerak. Aslida, bizga kerak bo‘lgan model eski. Bizga muvaffaqiyatning asosiy ko‘rsatkichi ko‘rinadigan natijalarda emas, balki Kalomga sodiqlikni saqlashda bo‘lgan jamoatlar kerak. Jamoatning bu yangi (aslida eski) modeli jamoatlarimizdagi ikki asosiy ehtiyojga diqqatini qaratadi: xushxabarni va’z qilish va shogirdlarga yo‘lboshchilik qilish. “Sog‘lom jamoatning dastlabki beshta belgisi” (ekspozitsion va’z aytish, Kalomga asoslangan teologiya, Injil Xushxabari haqidagi Kalomiy tushuncha, imonga kelish haqidagi Kalomiy tushuncha, va xushxabarchilik haqidagi Kalomiy tushuncha) ning barchasi Xudo Kalomini to’g‘ri va’z qilish masalasini o‘zida namoyon etadi. Oxirgi to‘rtta belgi (jamoatga a’zolik, jamoatdagi intizomiy jazo, shogirdlik va ko‘payish masalasi, va jamoatdagi yo‘lboshchilik) Masihiy o‘ziga xoslikning chegaralari va belgilovchilarini qanday qilib to‘g‘ri amalga oshirish, ya’ni shogirdlarga qanday yo‘lboshchilik qilish masalasiga tegishlidir.

Bularning barchasining oxiri va maqsadi Xudoni boshqalarga tanitgan holda, Uni ulug‘lashdir. Butun tarix davomida, Xudo O‘zini tanitishni qattiq xohlab kelgan (masalan, Chiqish 7:5; Qonunlar 4:34-35; Zabur 21:21-22; Ishayo 49:22-23; Hizqiyo 20:34-38; Yuhanno 17:26). U butun dunyoni yaratishni va barcha ishlarni O‘zining ulug‘vorligi uchun amalga oshirdi. Va Uning shunday qilishi kerakligi to‘g‘ri va yaxshidir. Mark Ross buni quyidagicha tushuntiradi:

“Biz Xudo borligi dalilining asosiy qismlaridan birimiz . . . Pavlusning jamoat uchun qilgan katta xavotiri [Efes 4:1-16] jamoat Xudoning ulug‘vorligini ochib berishi va namoyon etishi, ya’ni, Xudoning xarakterini shayton hokimiyati barcha bo‘htonlaridan, Xudo U uchun yashashga arzimaydi, degan bo‘htonlardan himoya qilishdir … Xudo O‘z nomini ulug‘lashni O‘z jamoatiga ishonib topshirgan.”

Bu so‘zlarni o‘qigan har bir kishi – u xoh jamoat yo‘lboshchisi bo‘lsin, xoh yo‘q – Xudoning suratida yaratilgan. Bizlar Xudoning axloqiy tabiati va solihona xarakterining tirik suratlari bo‘lishimiz, uni barcha ko‘rishi uchun butun dunyoga – ayniqsa, Xudo bilan Masih orqali birlashgan paytimizda namoyon etishimiz lozim. Shuning uchun, bu Xudo bizni nimaga chaqirayotgani va bunga nima uchun chaqirayotganini anglatadi. U bizni U bilan birga qo‘shilishimiz va yig‘ilishlarimizda o‘zimizning ulug‘vorligimiz uchun emas, balki Uning ulug‘vorligi uchun qo‘shilishimiz uchun chaqirmoqda.

* * * * * 

Tahrirchi eslatmasi: Bu maqola Sog‘lom Jamoatning to‘qqiz belgisi ga kirishdan olingan parchalar (Vheaton: Crossvay, 2000).

Mark Dever

Хизмат муваффақияти ҳақида янгича тасаввур

Бир неча китоблар муаллифи ва теолог Давид Веллс 1994-йилда ўзининг Худо ташландиқ/ҳосилсиз ерда номли китобида маълум қиладики, “[Семинариядаги] талабалар имонлилар жамоатининг ҳозирги ҳолатидан норози. Уларнинг фикрича, жамоат ўз мақсадини йўқотган ва жамоат ҳозир уларга бераётганидан кўпроқ нарсани хоҳлашади.” Лекин, норозилик, ёки қониқмасликнинг ўзи етарли эмас, Веллс ҳам худди шу фикрда эди. Биз кўпроқ ишлашимиз керак ва имонлилар жамоати қандай бўлиши керак бўлса, шундай ҳолатга қайтаришимиз, уни яхши томонга қайта тиклашимиз лозим. Имонлилар жамоати ўзи нима? Унинг табиати ва моҳияти нимадан иборат? Жамоатнинг ўзига хослиги ва фарқли белгиси нимада?

СОҒЛОМ ЖАМОАТ ТАРИХИ

Масиҳийлар “жамоатнинг белгилари” ҳақида жуда кўп гапириб келишган. Реформация давригача жамоат мавзуси кенг тарқалган расмий теологик баҳсларнинг диққат марказида бўлмаган. ХВИ асрдан олдин, жамоат муҳокама қилинишдан кўра, кўпроқ тахмин қилинган. У иноят воситаси сифатида, теологиянинг қолдиғидаги тахмин сифатида мавжуд бўлган реаллик деб қаралган. Лекин, шунга қарамай, ХВИ асрда Мартин Лютер ва бошқаларнинг радикал танқидларининг бошланиши билан, жамоатнинг ўз табиати ҳақидаги баҳслар муқаррар бўлиб қолади. Битта олим тасвирлаганидек, “Реформация, воизлик ташкилоти эмас, балки инжил хушхабари жамоатнинг ҳақиқийлигини текширадиган асос сифатида қаралишига сабабчи бўлади. (Эдмунд Cловней, Жамоат, 1995, 101).

1530 йилда Меланктон Аугсбург Иқрорномасини тузади ва унинг ВИИ Моддасида айтиладики, “бу Жамоат инжил хушхабари тўғри ўргатиладиган ва руҳий маросимлар тўғри амалга ошириладиган муқаддас имонлилар йиғилишидир. Ва Жамоатнинг ҳақиқий бирлиги учун инжил хушхабари таълимоти ва руҳий маросимлар амалга оширилишига доир қарашларнинг бирлиги бўлиши кифоя. 1553 йилда Томас Кранмер Англия жамоатининг Қирқ икки Ақидаларини тузади. Унда ёзилишича: “Масиҳнинг зоҳирий Жамоати Худонинг ҳақиқий каломи ваъз қилинадиган ва руҳий маросимлар тўғри амалга ошириладиган имонли одамлар йиғилишидир.” Жон Калвин ўзининг Масиҳийлик дини асослари китобида қуйидагича ёзади: “Худонинг Каломи соф ваъз қилинадиган ва тингланадиган, ҳамда руҳий маросимлар Масиҳ кўрсатмалари бўйича амалга оширилишини кўришимиз мумкин бўлган ҳар қандай жойда Худонинг жамоати борлигига шубҳа бўлмаслиги лозим.”

Белгия Иқрорномаси (1561)нинг, 29 Моддасида шундай ёзилган: “Агар жамоатда хушхабарнинг соф таълимоти ваъз қилиниши; руҳий маросимлар Масиҳ белгилагандек амалга оширилиши; гуноҳларни жазолашда жамоатнинг интизомий жазоси қўлланилиши; қисқа қилиб айтганда, ҳамма нарса Худонинг соф Каломи бўйича амалга оширилиши, унга қаршилари рад этилиши ва Исо Масиҳ Жамоатнинг ягона Боши сифатида тан олиниши, ҳақиқий жамоатни аниқлайдиган белгилардир.”

ЖАМОАТНИНГ ЯРАТИЛИШИ ВА САҚЛАНИШИ

Мана шу икки белгида – хушхабарнинг эълон қилиниши ва руҳий маросимларга риоя қилишда – жамоатнинг яратилиши ва унинг сақланишида – Худо ҳақиқатининг манбаси ҳамда уни намоён этиш ва ичида сақлайдиган Унинг севимли идишини кўришимиз мумкин. Жамоат Каломнинг тўғри ваъз қилиниши орқали ҳаракатланади; жамоат чўмдириш ва қутлуғ кечлик (охиргисида жамоатдаги интизомий жазонинг қўлланилиши ҳам назарда тутилган деб тахмин қиламиз) маросимларини тўғри амалга ошириш орқали ўз ичига олинади ва фарқланади.

Албатта, ҳеч қайси жамоат мукаммал эмас. Лекин, Худога шукурки, кўпгина номукаммал жамоатлар соғломдир. Шунга қарамай, афсуски, ундан ҳам кўпроғи соғлом эмас – ҳатто Масиҳнинг Худолиги ва Муқаддас Китобнинг тўлиқ ҳокимиятини тан оладиган жамоатлар орасида ҳам носоғломлари учрайди. Бундай ҳолда, кўпгина йиғилишлардаги ланжлик шунчаки тасаввурдаги ва номигагина бўлган Масиҳийликка айланаётган ва оқибатда бирлашиб, уларда зерикарлилик ва майдакашлик ҳукм суришига олиб келаётган бир пайтда каломий ваъзхонликни ва жамоатдаги йўлбошчиликни соғломлаштириш учун тўққизта белгидан иборат режа ёрдамга келади. Жуда кўпгина жамоатларнинг мақсади Худони улуғлашдан шунчаки сон жиҳатдан кўпайишга тушиб қолмоқда, нима бўлганда ҳам, бу эришилган мақсад Худони улуғлаши керак деган хаёлда.

Масиҳийликнинг рад этилиши кенгайиб ва жадаллашиб бораётга, хушхабарчилик тез-тез моҳиятан бошқа қарашларга тоқатсизлик деб ҳисобланадиган ёки ҳатто нафратга асосланган жиноят деб расман таснифланадиган жамиятда дунёйимиз ўзгарганини сезамиз. Замондан орқада қолмаслик учун биз мослашадиган маданият Хушхабарга қарама-қаршилик билан шу даражада ўзаро чигаллашиб кетганки, унга мослашиш Хушхабарнинг ўзини йўқотиш билан баробардир. Шундай замонда, биз Муқаддас Китобни қайтадан тинглашимиз, муваффақиятли хизмат концепциясини муқаррар ва дарҳол ҳосил келтирувчи сифатида эмас, балки Худонинг Каломига сезиларли даражада содиқ бўлишдек янги тасаввурга эга бўлишимиз лозим.

БИЗГА ЯНГИ МОДEЛ КEРАК

Бизга жамоат учун янги модел керак. Аслида, бизга керак бўлган модел эски. Бизга муваффақиятнинг асосий кўрсаткичи кўринадиган натижаларда эмас, балки Каломга содиқликни сақлашда бўлган жамоатлар керак. Жамоатнинг бу янги (аслида эски) модели жамоатларимиздаги икки асосий эҳтиёжга диққатини қаратади: хушхабарни ваъз қилиш ва шогирдларга йўлбошчилик қилиш. “Соғлом жамоатнинг дастлабки бешта белгиси” (экспозицион ваъз айтиш, Каломга асосланган теология, Инжил Хушхабари ҳақидаги Каломий тушунча, имонга келиш ҳақидаги Каломий тушунча, ва хушхабарчилик ҳақидаги Каломий тушунча) нинг барчаси Худо Каломини тўғри ваъз қилиш масаласини ўзида намоён этади. Охирги тўртта белги (жамоатга аъзолик, жамоатдаги интизомий жазо, шогирдлик ва кўпайиш масаласи, ва жамоатдаги йўлбошчилик) Масиҳий ўзига хосликнинг чегаралари ва белгиловчиларини қандай қилиб тўғри амалга ошириш, яъни шогирдларга қандай йўлбошчилик қилиш масаласига тегишлидир.

Буларнинг барчасининг охири ва мақсади Худони бошқаларга танитган ҳолда, Уни улуғлашдир. Бутун тарих давомида, Худо Ўзини танитишни қаттиқ хоҳлаб келган (масалан, Чиқиш 7:5; Қонунлар 4:34-35; Забур 21:21-22; Ишаё 49:22-23; Ҳизқиё 20:34-38; Юҳанно 17:26). У бутун дунёни яратишни ва барча ишларни Ўзининг улуғворлиги учун амалга оширди. Ва Унинг шундай қилиши кераклиги тўғри ва яхшидир. Марк Росс буни қуйидагича тушунтиради:

“Биз Худо борлиги далилининг асосий қисмларидан биримиз . . . Павлуснинг жамоат учун қилган катта хавотири [Эфес 4:1-16] жамоат Худонинг улуғворлигини очиб бериши ва намоён этиши, яъни, Худонинг характерини шайтон ҳокимияти барча бўҳтонларидан, Худо У учун яшашга арзимайди, деган бўҳтонлардан ҳимоя қилишдир … Худо Ўз номини улуғлашни Ўз жамоатига ишониб топширган.”

Бу сўзларни ўқиган ҳар бир киши – у хоҳ жамоат йўлбошчиси бўлсин, хоҳ йўқ – Худонинг суратида яратилган. Бизлар Худонинг ахлоқий табиати ва солиҳона характерининг тирик суратлари бўлишимиз, уни барча кўриши учун бутун дунёга – айниқса, Худо билан Масиҳ орқали бирлашган пайтимизда намоён этишимиз лозим. Шунинг учун, бу Худо бизни нимага чақираётгани ва бунга нима учун чақираётганини англатади. У бизни У билан бирга қўшилишимиз ва йиғилишларимизда ўзимизнинг улуғворлигимиз учун эмас, балки Унинг улуғворлиги учун қўшилишимиз учун чақирмоқда.

* * * * *
Таҳрирчи эслатмаси: Бу мақола Соғлом Жамоатнинг тўққиз белгиси га киришдан олинган парчалар (Vheaton: Crossvay, 2000).

Марк Девер