Шогирдлик

Namuna bo‘lishning qudrati

Томонидан ​Mark Dever | Марк Девер

​Mark Dever Vashington (Kolumbiya okrugi) dagi Kapitol Hill Baptist Jamoatining katta cho‘poni va 9ta Belgi (9Marks) prezidentidir. Uni Twitterda @MarkDever nomi ostida topishingiz mumkin. | ​Марк Девер Вашингтон (Колумбия округи) даги Капитол Ҳилл Баптист Жамоатининг катта чўпони ва 9та Белги (9Маркс) президентидир. Уни Тwиттерда @МаркДевер номи остида топишингиз мумкин.
Мақолалар
03.01.2010

“Namuna bo‘lish hayotdagi asosiy narsa emas – u yagona narsadir.” Ushbu gap orqali, mashhur tibbiyot missioneri va ko‘p kitoblar muallifi Albert Shveitzer namuna bo‘lishning ahamiyati va qudratini aniq tasvirlab beradi. Buni o‘qiyotganlardan qanchamiz oldinroq hayotimizda ko‘rgan qaysidir cho‘pon, oqsoqol yoki boshqa masihiyning namunali hayoti orqali ta’sirlanganmiz. Agar kim “haqiqiy cho‘pon” deb so’rasam, xayolingizga qaysi cho’pon keladi? Agar kim “haqiqiy masihiy” deb so’rasam, kim haqida o‘ylaysiz?

Shveitzerning so‘zlari mubolag‘a, albatta. Xudoga sadoqatli hayot yana boshqa ko‘pgina narsalarni o‘z ichiga oladi, lekin ularning bari kimdir o‘rnatadigan namunaga jamlanadi.

“Ustozlik” va “shakllantirish” yangi konsepsiyadek tuyulishi mumkin, lekin bunday emas. Nazarimizda bu narsa Xudo bizni xuddi shu tarzda yaratgandan boshlab Uning xayolida bo‘lgan. U odamlarni O‘zining suratida yaratdi. Biz Undan namuna olishimiz va Unga o‘xshab borishimiz kerak. Masihning yerda inson qiyofasida gavdalanishi orqali Xudo biz Uni tushunishimiz va Unga aloqador bo‘la olishimiz uchun tanada keldi, va, Butrus aytganidek, “Masih siz uchun … namuna bo‘ldi. Unga taqlid qilinglar,” (1 Butrus 2:21).

Bizlar ham ushbu “namuna bo‘lish” va “namunaga ergashish” xizmatida ishtirok etish imtiyoziga egamiz. Xudo odamlarni oilada boshqa odamlar orasida tug‘ilish va voyaga yetish uchun yaratgan. Biz o‘z-o‘zimizdan shakllanmaymiz va birdaniga voyaga yetuk odamlarga aylanib ham qolmaymiz. Insonning voyaga yetish yo’li bor va Xudo sevuvchi ota-onalar ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lishlarini rejalashtirgan.

Bu, shu bilan birga, Xudoning bu gunohkor dunyoda O‘zini namoyon qilish yo‘li hamdir. Eski Ahdda Xudo Ibrohim va uning avlodini dunyodagi muqaddas, maxsus, va boshqalardan farqlanadigan xalq bo‘lishga chaqiradi. Dunyo Xudo xarakterini aks ettirgan – Uning xohishlari va qadriyatlarini gavdalantirgan jamiyatni ko‘rishi uchun ular maxsus xalq bo‘lishlari kerak edi. Xudo Levilar 19 bobda O‘z xalqiga “Muqaddas bo‘linglar, zero Men, Egangiz Xudo, muqaddasman” deb gapirganda, shunchaki aynan bir shaxsga, Muso yoki Horun yo bo‘lmasa, Yoshuaga gapirmayotgan edi. Lekin bu amr albatta ularga ham tegishli edi, lekin biz Levilar 19:1da ko‘ramizki, Xudo buni butun Isroil xalqiga aytish uchun Musoga maxsus ko‘rsatmalar beradi. U ularga bergan qonunlar ko‘pincha munosabatlarga, tenglik, adolat, va ijtimoiy munosabatlarga doir edi. U shuni namoyon qiladiki, bu odamlar– adashganlar va eng arzimas odamlar, ma’jusiylar va yoshlarga – bir-birlariga g‘amxo‘rlik qilishganda, ular O‘zlarining odil va mehribon Yaratuvchilarining xarakterini ko‘rsatadilar.

Isroil xalqining namunali xizmat qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Eski Ahdda Xudoning ularga qo‘ygan asosiy ayblovlaridan biri edi. Shunday qilib, Hizqiyol 5 bobda aytilganidek, Isroil xalqi boshqa xalqlarga yo‘l-yo‘riq berishda salbiy rol o‘ynaydigan bo‘lib qoladi. Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Mana, Quddusga bir qarang. Men uni xalqlarning o‘rtasiga joylashtirdim, boshqa yurtlar uni o‘rab turibdi. . . Men sizlarni xonavayron qilaman. Yon–atrofda yashovchi xalqlar hamda o‘tgan–ketgan odamlar sizlarni mazax qiladilar. Men sizlarni qahru g‘azab bilan hukm qilganimda, jahl ustida qattiq jazolaganimda, atrofdagi xalqlar dahshatga tushadilar. Ular bundan saboq oladilar, sizlarni esa mazax qilib, ustingizdan kuladilar. Bularni Men, Egangiz aytdim,” (5:5, 14-15). Hizqiyolda yana va yana Xudo aytyaptiki, U Isroil xalqiga ko‘radigan chorasini O‘z nomi uchun, ya’ni O’zi haqidagi haqiqat dunyo xalqlari orasida ma’lum bo‘lishi uchun qilishini ko‘p marta takrorlagan.

Xudo Yangi Ahdda O‘zi haqidagi xuddi shu jamoaviy guvohlikni o‘z jamoati orqali amalga oshirishini niyat qilgan. Yuhanno 13 bobda Iso aytadiki, dunyo biz Uning shogirdlari ekanligimizni bir-birimizga nisbatan bo‘lgan Masihnikiga o‘xshash sevgimiz orqali bilishi kerak. Pavlus Efesliklarga quyidagicha yozadi, «Bir vaqtlar sizlar zulmatga to‘la edingiz, endi esa Rabbimiz Isoga tegishli bo‘lganingiz uchun nurga to‘ldingiz. Shunday ekan, nurga to‘la insonlar kabi yashanglar» (Efes. 5:8).

Biz hayotimizda masihiylar sifatida, yakka holda hamda jamoatlar sifatida birgalikdagi hayotimizning oshib borayotgan ta’sirida, bu zulmatga to‘la va umidsiz dunyoda Xudoning umid chirog‘ini ushlab turishimiz kerak. Masihiy hayotimiz orqali biz bir-birimizga va atrofimizdagi dunyoga Xudo haqida o‘rgatamiz. Agar biz bir-birimizni sevsak, Xudoni sevish qanday bo‘lishi haqida nimanidir ko‘rsatamiz. Va boshqa tomondan, “Agar biror kishi Xudoni sevaman desa–yu, birodaridan nafratlansa, u yolg‘onchidir. Ko‘rib turgan birodarini seva olmagan odam ko‘rmagan Xudoni ham seva olmaydi,” (I Yuhanno 4:20). O‘z muqaddasligimizda biz Xudoning muqaddasligini ko‘rsatamiz.  Biz o’zimizning gunohkor tabiatimiz va atrofdagi dunyo ergashishga undayotgan xudbin umidsizlikka to‘la hayotdan boshqacha yashash tarzi borligiga odamlarga umid berishga chaqirilganmiz.

Cho‘pon va oqsoqol do‘stlar, bizning jamoatlarimiz bizni kuzatib turgan dunyoga Xudo haqida nimani o‘rgatmoqda? Biz ularga Xudo faqatgina bizning hayot yo‘limiz bilan chegaralanligini o‘rgatyapmizmi? Biz ularga Xudo gunoh va itoatsizlikka, o‘z-o‘zini xarob qiladigan maydakashlik va nizolarga to‘la hayotga toqat qiladi deb, o‘rgatyapmizmi? Biz Xudo O‘zi yaratganlarga Uning xarakterining omma oldidagi vitrinasi, do‘kon oynasi, reklama va veb-sahifasi bo‘lish vakolatimiz va buyuk vazifamizni amalga oshirishga odamlarimizni qay darajada jiddiy yetaklayapmiz?

U bizga qanday buyuk vakolat bergan va biz unga qanchalik kam ahamiyat beramiz. Agar biz jamoatimizga ko‘proq odam jalb etsak, bu bizlarning jamoat a’zolari deb ataganlarga nisbatan javobgarligimizni bekor qiladi, deb o‘ylaymiz. Lekin, ularning har biri hozirning o‘zida qanday guvohliklar berishmoqda? Odamlar Xudo haqiqatdan ham imonga yuz burganlar orqali ko‘rsatadigan yaxshi guvohliklarni ko‘rishlari kerak. Buning uchun ularning qanchadan-qancha yomon guvohliklarini bartaraf etish maqsadida mehnat qilishingiz kerak.

Jamoatdagi intizomiy jazoning butun amaliyoti oxir oqibatda oqlash yoki qasos olish haqida emas. Bular Xudo hal qiladigan masalalardir, bizlarga o‘xshagan kechirilgan gunohkorlar emas (Qonunlar 32:35; Rimliklarga 12:19)! Lekin, bizlar boshqalarga Xudo qandayligiga yaxshi guvohliklar ko‘rsatishni xohlaymiz. Bizlar hayotimizda va yurish-turishimizda boshqalarga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Pavlus o‘zining maktublarida oqsoqollarning jamoatdan tashqarida yaxshi obro‘ga ega bo‘lishi haqida alohida tashvishlangan ko‘rinadi, shunga e’tibor berganmisiz? Buning uchun bir talay sabablar bo‘lishi mumkin, lekin ulardan biri, albatta, oqsoqolning dunyo oldida jamoatning vakili ekanligi bo‘lishi kerak. Bu, u holda, jamoat bir butun sifatida qanday bo‘lishi kerakligini ham bildiradi. Mana shuning uchun Pavlus 1 Korinfliklarga 5 bobda bunchalik qattiq jahli chiqadi. Pavlus aynan kimlarga qarata faryod qilayotganini sezdingizmi? U gunohkorona jinsiy axloqsizlikka qo‘l urgan odamni urishmaydi; buning o‘rniga u a’zolari ichida bunday gunohga yo‘l qo‘ygan jamoatga qattiq tanbeh beradi! Bir qayg‘uli haqiqat shundaki, oramizda ba’zilarimiz hatto avval boshida Masihni Rabbim deb e’tirof etgan bo’lsa ham, keyinchalik gunohga berilib ketganini bilamiz. Hech bo‘lmaganda ularning ba’zilari tavba qilib Xudoga qaytib keladi, deb ishonamiz.  Lekin, biz jamoat muqaddas yashash va gunohga qarshi turish orqali Xudoni yaxshi namoyish etish javobgarligini bajarishdan jamoaviy tarzda bosh tortishini hech qachon kutmaymiz. Bu masala Eski Ahddagi Isroil xalqining butparastlik gunohiga va Pavlusning qattiq tanbeh berishiga sabab bo‘lgan Korinf jamoatining gunohiga o‘xshaydi.

Do‘stlar, havoriy Pavlus sizlarning va mening jamoatim haqida nima deydi? Sevgi nomi uchun qancha jamoatga qatnamasliklarga yo‘l qo‘yib beramiz? Jamoatlarimizda qancha zinokorona munosabatlar yoki Kalomga asoslanmagan ajralishlarni biz muhokamasiz o‘tib ketishiga va dunyoga “bizning ulardan farqimiz yo‘q” deya baqirishlariga yo‘l qo‘yamiz? Qancha nizo chiqaruvchi odamlarga kichik masalalarni deb jamoatimizdan ijaraga joy olishlariga ruxsat beramiz, yoki qancha soxta xushxabarlar va’z qilinishiga yo‘l qoyib beramiz?

Aziz birodarlar, agar siz buni cho‘pon, oqsoqol, yetakchi yoki jamoat a’zosi sifatida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, bizda katta javobgarlik borligini o‘ylang. Qanday qilib Xudoning eng yaxshi guvohlari bo‘lishimiz mumkin – bu oramizdagi gunohni e’tiborsiz qoldirish orqalimi, yoki Pavlis Galatiyalikar 6:1da ko‘rsatmalar berganidek, gunohga qo‘l urganlarni muloyimlik bilan qayta tiklash ustida ishlash orqalimi?  Bularning qaysi biri biz sajda qilayotgan Xudoni yaxshiroq namoyon eta oladi? Xudo O‘zining Kalomida biron marta mehr-shafqati Uning muqaddasligidan ustunlik qiladimi? Uning jamoatida-chi? Bu masalada bizning boshqaruvchilik rolimiz qanday?

Atrofingizdagi dunyo uchun qanday namuna bo‘layotganingizga e’tibor bering. Xudoning O‘z xalqi uchun va O‘zi yaratgan dunyo uchun buyuk rejasi bor; U bizlarni so‘zlarimiz va hayot tarzimiz orqali buni ko‘rsatishga chaqirmoqda. Siz buni bajaryapsizmi? Xudo har birimizni ushbu buyuk da’vatga sodiq bo‘lishimizga yordam bersin.

Mark Dever

Намуна бўлишнинг қудрати

“Намуна бўлиш ҳаётдаги асосий нарса эмас – у ягона нарсадир.” Ушбу гап орқали, машҳур тиббиёт миссионери ва кўп китоблар муаллифи Алберт Швеитзер намуна бўлишнинг аҳамияти ва қудратини аниқ тасвирлаб беради. Буни ўқиётганлардан қанчамиз олдинроқ ҳаётимизда кўрган қайсидир чўпон, оқсоқол ёки бошқа масиҳийнинг намунали ҳаёти орқали таъсирланганмиз. Агар мен ким  “ҳақиқий чўпон” деб сўрасам, хаёлингизга кайси чўпон келади? Агар ким “ҳақиқий масиҳий” деб сўрасам, ким ҳақида ўйлайсиз?

Швеитзернинг сўзлари муболаға, албатта. Худога садоқатли ҳаёт яна бошқа кўпгина нарсаларни ўз ичига олади, лекин уларнинг бари кимдир ўрнатадиган намунага жамланади.

“Устозлик” ва “шакллантириш” янги концепциядек туюлиши мумкин, лекин бундай эмас. Назаримизда бу нарса Худо бизни худди шу тарзда яратгандан бошлаб Унинг хаёлида бўлган. У одамларни Ўзининг суратида яратди. Биз Ундан намуна олишимиз ва Унга ўхшаб боришимиз керак. Масиҳнинг ерда инсон қиёфасида гавдаланиши орқали Худо биз Уни тушунишимиз ва Унга алоқадор бўла олишимиз учун танада келди, ва, Бутрус айтганидек, “Масиҳ сиз учун … намуна бўлди. Унга тақлид қилинглар,” (1 Бутрус 2:21).

Бизлар ҳам ушбу “намуна бўлиш” ва “намунага эргашиш” хизматида иштирок этиш имтиёзига эгамиз. Худо одамларни оилада бошқа одамлар орасида туғилиш ва вояга етиш учун яратган. Биз ўз-ўзимиздан шаклланмаймиз ва бирданига вояга етук одамларга айланиб ҳам қолмаймиз. Инсоннинг вояга етиш йўли бор ва Худо севувчи ота-оналар бу йўлнинг бир қисми бўлишларини режалаштирган.

Бу, шу билан бирга, Худонинг бу гуноҳкор дунёда Ўзини намоён қилиш йўли ҳамдир. Эски Аҳдда Худо Иброҳим ва унинг авлодини дунёдаги муқаддас, махсус, ва бошқалардан фарқланадиган халқ бўлишга чақиради. Дунё Худо характерини акс эттирган – Унинг хоҳишлари ва қадриятларини гавдалантирган жамиятни кўриши учун улар махсус халқ бўлишлари керак эди. Худо Левилар 19 бобда Ўз халқига “Муқаддас бўлинглар, зеро Мен, Эгангиз Худо, муқаддасман” деб гапирганда, шунчаки айнан бир шахсга, Мусо ёки Ҳорун ё бўлмаса, Ёшуага гапирмаётган эди. Лекин бу амр албатта уларга ҳам тегишли эди, лекин биз Левилар 19:1да кўрамизки, Худо буни бутун Исроил халқига айтиш учун Мусога махсус кўрсатмалар беради. У уларга берган қонунлар кўпинча муносабатларга, тенглик, адолат, ва ижтимоий муносабатларга доир эди. У шуни намоён қиладики, бу одамлар – адашганлар ва энг арзимас одамлар, маъжусийлар ва ёшлар – бир-бирларига ғамхўрлик қилишганда, улар Ўзларининг одил ва меҳрибон Яратувчиларининг характерини кўрсатадилар.

Исроил халқининг намунали хизмат қилишда муваффақиятсизликка учраши Эски Аҳдда Худонинг уларга қўйган асосий айбловларидан бири эди. Шундай қилиб, Ҳизқиёл 5 бобда айтилганидек, Исроил халқи бошқа халқларга йўл-йўриқ беришда салбий рол ўйнайдиган бўлиб қолади. Эгамиз Раббий шундай деб айтмоқда: “Мана, Қуддусга бир қаранг. Мен уни халқларнинг ўртасига жойлаштирдим, бошқа юртлар уни ўраб турибди. . . Мен сизларни хонавайрон қиламан. Ён–атрофда яшовчи халқлар ҳамда ўтган–кетган одамлар сизларни мазах қиладилар. Мен сизларни қаҳру ғазаб билан ҳукм қилганимда, жаҳл устида қаттиқ жазолаганимда, атрофдаги халқлар даҳшатга тушадилар. Улар бундан сабоқ оладилар, сизларни эса мазах қилиб, устингиздан куладилар. Буларни Мен, Эгангиз айтдим,” (5:5, 14-15). Ҳизқиёлда яна ва яна Худо айтяптики, У Исроил халқига кўрадиган чорасини Ўз номи учун, яъни Ўзи ҳақидаги ҳақиқат дунё халқлари орасида маълум бўлиши учун қилишини кўп марта такрорлаган.

Худо Янги Аҳдда Ўзи ҳақидаги худди шу жамоавий гувоҳликни ўз жамоати орқали амалга оширишини ният қилган. Юҳанно 13 бобда Исо айтадики, дунё биз Унинг шогирдлари эканлигимизни бир-биримизга нисбатан бўлган Масиҳникига ўхшаш севгимиз орқали билиши керак. Павлус Эфесликларга қуйидагича ёзади, «Бир вақтлар сизлар зулматга тўла эдингиз, энди эса Раббимиз Исога тегишли бўлганингиз учун нурга тўлдингиз. Шундай экан, нурга тўла инсонлар каби яшанглар» (Эфес. 5:8).

Биз ҳаётимизда масиҳийлар сифатида, якка ҳолда ҳамда жамоатлар сифатида биргаликдаги ҳаётимизнинг ошиб бораётган таъсирида, бу зулматга тўла ва умидсиз дунёда Худонинг умид чироғини ушлаб туришимиз керак. Масиҳий ҳаётимиз орқали биз бир-биримизга ва атрофимиздаги дунёга Худо ҳақида ўргатамиз. Агар биз бир-биримизни севсак, Худони севиш қандай бўлиши ҳақида ниманидир кўрсатамиз. Ва бошқа томондан, “Агар бирор киши Худони севаман деса–ю, биродаридан нафратланса, у ёлғончидир. Кўриб турган биродарини сева олмаган одам кўрмаган Худони ҳам сева олмайди,” (1 Юҳанно 4:20). Ўз муқаддаслигимизда биз Худонинг муқаддаслигини кўрсатамиз. Биз ўзимизнинг  гуноҳкор табиатимиз ва атрофдаги дунё эргашишга ундаётган худбин умидсизликка тўла ҳаётдан бошқача яшаш тарзи борлигига одамларга умид беришга чақирилганмиз.

Чўпон ва оқсоқол дўстлар, бизнинг жамоатларимиз бизни кузатиб турган дунёга Худо ҳақида нимани ўргатмоқда? Биз уларга Худо фақатгина бизнинг ҳаёт йўлимиз билан чегараланлигини ўргатяпмизми? Биз уларга Худо гуноҳ ва итоатсизликка, ўз-ўзини хароб қиладиган майдакашлик ва низоларга тўла ҳаётга тоқат қилади деб, ўргатяпмизми? Биз Худо Ўзи яратганларга Унинг характерининг омма олдидаги витринаси, дўкон ойнаси, реклама ва веб-саҳифаси бўлиш ваколатимиз ва буюк вазифамизни амалга оширишга одамларимизни қай даражада жиддий етаклаяпмиз?

У бизга қандай буюк ваколат берган ва биз унга қанчалик кам аҳамият берамиз. Агар биз жамоатимизга кўпроқ одам жалб этсак, бу бизларнинг жамоат аъзолари деб атаганларга нисбатан жавобгарлигимизни бекор қилади, деб ўйлаймиз. Лекин, уларнинг ҳар бири ҳозирнинг ўзида қандай гувоҳликлар беришмоқда? Одамлар Худо ҳақиқатдан ҳам имонга юз бурганлар орқали кўрсатадиган яхши гувоҳликларни кўришлари керак. Бунинг учун уларнинг қанчадан-қанча ёмон гувоҳликларини бартараф этиш мақсадида меҳнат қилишингиз керак.

Жамоатдаги интизомий жазонинг бутун амалиёти охир оқибатда оқлаш ёки қасос олиш ҳақида эмас. Булар Худо ҳал қиладиган масалалардир, бизларга ўхшаган кечирилган гуноҳкорлар эмас (Қонунлар 32:35; Римликларга 12:19)! Лекин, бизлар бошқаларга Худо қандайлигига яхши гувоҳликлар кўрсатишни хоҳлаймиз. Бизлар ҳаётимизда ва юриш-туришимизда бошқаларга ўрнак бўлишимиз керак. Павлус ўзининг мактубларида оқсоқолларнинг жамоатдан ташқарида яхши обрўга эга бўлиши ҳақида алоҳида ташвишланган кўринади, шунга эътибор берганмисиз? Бунинг учун бир талай сабаблар бўлиши мумкин, лекин улардан бири, албатта, оқсоқолнинг дунё олдида жамоатнинг вакили эканлиги бўлиши керак. Бу, у ҳолда, жамоат бир бутун сифатида қандай бўлиши кераклигини ҳам билдиради. Мана шунинг учун Павлус 1 Коринфликларга 5 бобда бунчалик қаттиқ жаҳли чиқади. Павлус айнан кимларга қарата фарёд қилаётганини сездингизми? У гуноҳкорона жинсий ахлоқсизликка қўл урган одамни уришмайди; бунинг ўрнига у аъзолари ичида бундай гуноҳга йўл қўйган жамоатга қаттиқ танбеҳ беради! Бир қайғули ҳақиқат шундаки, орамизда баъзиларимиз ҳатто аввал бошида Масиҳни Раббим деб эътироф етган бўлса ҳам, кейинчалик гуноҳга берилиб кетганини биламиз. Ҳеч бўлмаганда уларнинг баъзилари тавба қилиб Худога қайтиб келади, деб ишонамиз. Лекин, биз жамоат муқаддас яшаш ва гуноҳга қарши туриш орқали Худони яхши намойиш этиш жавобгарлигини бажаришдан жамоавий тарзда бош тортишини ҳеч қачон кутмаймиз. Бу масала Эски Аҳддаги Исроил халқининг бутпарастлик гуноҳига ва Павлуснинг қаттиқ танбеҳ беришига сабаб бўлган Коринф жамоатининг гуноҳига ўхшайди.

Дўстлар, ҳаворий Павлус сизларнинг ва менинг жамоатим ҳақида нима дейди? Севги номи учун қанча жамоатга қатнамасликларга йўл қўйиб берамиз? Жамоатларимизда қанча зинокорона муносабатлар ёки Каломга асосланмаган ажралишларни биз муҳокамасиз ўтиб кетишига ва дунёга “бизнинг улардан фарқимиз йўқ” дея бақиришларига йўл қўямиз? Қанча низо чиқарувчи одамларга кичик масалаларни деб жамоатимиздан ижарага жой олишларига рухсат берамиз, ёки қанча сохта хушхабарлар ваъз қилинишига йўл қойиб берамиз?

Азиз биродарлар, агар сиз буни чўпон, оқсоқол, етакчи ёки жамоат аъзоси сифатида ўқиётган бўлсангиз, бизда катта жавобгарлик борлигини ўйланг. Қандай қилиб Худонинг энг яхши гувоҳлари бўлишимиз мумкин – бу орамиздаги гуноҳни эътиборсиз қолдириш орқалими, ёки Павлис Галатияликар 6:1да кўрсатмалар берганидек, гуноҳга қўл урганларни мулойимлик билан қайта тиклаш устида ишлаш орқалими? Буларнинг қайси бири биз сажда қилаётган Худони яхшироқ намоён эта олади? Худо Ўзининг Каломида бирон марта меҳр-шафқати Унинг муқаддаслигидан устунлик қиладими? Унинг жамоатида-чи? Бу масалада бизнинг бошқарувчилик ролимиз қандай?

Атрофингиздаги дунё учун қандай намуна бўлаётганингизга эътибор беринг. Худонинг Ўз халқи учун ва Ўзи яратган дунё учун буюк режаси бор; У бизларни сўзларимиз ва ҳаёт тарзимиз орқали буни кўрсатишга чақирмоқда. Сиз буни бажаряпсизми? Худо ҳар биримизни ушбу буюк даъватга содиқ бўлишимизга ёрдам берсин.

Марк Девер