Qanday qilib cho‘pon jamoatini diakon-boshqaruvidagi jamoatdan oqsoqol-boshqaruvidagi jamoatga oqilona tarzda aylantirishi mumkin?

04.17.2018

Boshqaruvni sabr-toqat bilan o‘rgating. Agar siz jamoatinigzning tuzilishini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, siz kalomiy boshqaruvni sabr-toqat bilan ta’lim berishingiz kerak. bu ta’limotni turli xil joylardan turib bir nechta qatlamli holda: ya’ni, minbar, Kalomni o‘rganish darslari, kichik guruh, erkaklar yig‘ilishlari, yakkama-yakka va hokazo. Qatlamli holda ta’lim berish boshqaruv haqidagi qisqa kurslardan ko‘ra yaxshiroq xizmat qiladi. Shunga qaramay, jamoatni o‘zgartirishdan […]

Oqsoqollar qanday tanlanishi kerak?

12.17.2017

Muqaddas Kitobning hech bir joyida jamoatlar oqsoqollarni qanday tanlashlari kerakligiga doir batafsil ko‘rsatmalar berilmagan. Shunga qaramay, jamoatlar bu jarayonni qanday amalga oshirishlari kerakligi haqida ma’lumot beradigan kalomiy tamoyillar va andozalar bor: Amaldagi oqsoqollarga jamoatni ruhan nazorat qilish ishonib topshirilganligi sababli (1-Tim. 5:17), ularda yangi oqsoqollarni tanlashda jamoatga yo‘lboshchilik qilish javobgarligi bor. Jamoat eshitishga qaror qilgan […]

Seminariyadagi ta’lim qanchalik darajada muhim?

12.14.2017

Seminariyadagi ta’lim cho‘ponlik xizmati uchun kerak bo‘ladigan ba’zi vositalarga ega bo‘lishning bitta yo‘lidir. Xususan, seminariya teologiyani, jamoat tarixi, Muqaddas Kitob tillari va egzegezaning vositalari (qurollari)ni o‘rganish uchun yaxshi joy. Boshqa tomondan, mahalliy jamoat ichida shaxsan xizmat qilish cho‘pon uchun o‘ta muhim ta’limdir. Aynan mahalliy jamoatda odamning xarakteri shakllanadi va boshqalar tomonidan baholanadi. Mahalliy jamoat boshqalarga […]

Oqsoqollar “cho‘pon” bilan qanday aloqada bo‘ladilar?

12.08.2017

Kalomdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, barcha oqsoqollar cho‘ponlardir. Butrus oqsoqollarga “Xudoning nazoratingizdagi suruvini yaxshi boqinglar (grekchada “cho‘ponlik” qilinglar) (1-But. 5:2). Pavlus Efeslik oqsoqollarga “Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. U bu jamoatni O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan” (Havoriylar 20:28). Yangi Ahdda “cho‘pon” (“pastor”) so‘zi birgina joyda ot sifatida ishlatilgan va unda ham bu so‘z oqsoqollik xizmati […]

Oqsoqollar jamoat hokimiyatiga qay tarzda aloqadorlar?

12.07.2017

Oqsoqollar jamoat irodasiga ko‘ra tayinlanadilar va chetlashtiriladilar. Ular jamoat ustidan sezilarli darajada hokimiyatga ega bo‘lsalarda, oxir-oqibatda jamoat oldida javobgardirlar va o‘z xizmatlarini davom ettirishlari jamoatning roziligiga bog‘liqdir. Jamoat Masihiy shogirdlik masalalarida oqsoqollarga ishonishi va ularga ergashishi kerak. Yangi Ahdda jamoat a’zolari o‘zlari ustidan hokimiyatga ega xizmatchilarga bo‘ysunishlari va itoat etishlari buyurilgan (Ibr. 13:17, 1-Sal. 5:12). […]

Oqsoqollar diakonlar bilan qanday aloqada bo‘ladilar?

12.06.2017

Ko‘pgina jamoatlarda diakonlar oqsoqollarga o‘xshab faoliyat olib boradilar va ular orasidagi aloqani adashtirishadi. Lekin, ularning o‘ziga xos kalomiy vazifalarini yana bir marta ko‘rib chiqish orqali ular bir-biri bilan qanday aloqada bo‘lishlari kerakligini ko‘rishimiz mumkin: Oqsoqollar Kalomiy ta’lim berish va nazorat qilish orqali suruvga cho‘ponlik qiladilar (1-Tim. 3:2; 1-But 5:2). Diakonlar jamoatning moddiy va moliyaviy ehtiyojlari […]

Oqsoqollar yig‘ilganda nima qilishlari kerak?

11.18.2017

Bir-biringiz uchun ibodat qiling va bir-biringizga g‘amxo‘rlik qiling, har bir jamoat a’zosining ruhiy holatini muhokama qiling va ular uchun qandaydir tizimga asoslanib nomma-nom ibodat qiling. Bu oqsoqollar suruvdagi barcha uchun g‘amxorlik qilayotganliklarini tasdiqlaydi (Havoriylar 20:28). Murakkab holatlarga yechim topish uchun vaqt sarflang. Ya’ni, ular 99ta qo‘ydan ajralishni boshlagan, xavf ostidagi bitta qo‘y haqida g‘amxo‘rlik qilishlari […]

Jamoat oqsoqoli kim?

07.17.2017

Asoslar: Oqsoqol bu – (i) (1 Timo‘tiy 3:1-7) va (Titus 1:6-9) dagi xususiyatlarga mos keladigan, (ii) o‘z jamoati tomonidan oqsoqol deb tan olingan (iii) va Kalomni o‘rgatish orqali jamoatni (yig‘ilishni) olib boradigan (1 Tim. 3:2), qo‘ylari uchun ibodat qiladigan (Yoqub 5:14) va jamoat masalalari ustidan nazorat qiladigan shaxsdir (1 But. 5:2). Nazorat: Oqsoqol suruv ustidan […]

Xizmatdagi muvaffaqiyat nima? U qanday o’lchanadi?

03.21.2017

Bu qiyin savol, chunki bu savolga javob berayotganda bir-biriga raqobatdosh har xil tamoyillar yuzaga keladi. G’ayritabiiy narsalarni o’lchash?G’ayritabiiy hosilni har doim ham o’lchab bo’lmaydi. Muvaffaqiyat ishonchlilik bilan barobar.Muvaffaqiyatning eng muhim mezonlaridan biri bu Xudo Kalomini ishonchli tarzda (o’zgartirmasdan) va’z qilish va Kalomga mos ravishda yashashdir. Bu jamoatga qatnovchilar sonidan muhimroq narsa.Jamoatga qatnaydigan odamlarning soni e’tiborga […]

Qachon jamoat yetakchilariga itoat etmasligingiz kerak?

01.13.2017

Barchamiz vaqti-vaqti bilan yetakchilarimizning xatolari va gunohlariga kamtarlik bilan chidashimiz kerakligi aytiladi. Lekin, siz yetakchiligi zo‘ravonlik xususiyatlariga ega jamoatga tushib qolgan bo‘lsangiz, u yerdan qoching. Masihdagi shogirdligingizni himoya qilish uchun, oilangizni himoya qilish uchun, ortda qolgan a’zolarga yaxshi namuna bo‘lish uchun va jamoat xizmatiga ishonch bildirmaslik orqali imonsiz qo‘shnilaringizga xizmat qilish uchun u yerdan qoching. […]