Diakon yetaklaydigan jamoatdan oqsoqol yetaklaydigan jamoatga o‘tish

Mening ilk cho‘ponlik xizmatlarimdan birida ikkita diakon noodatiy bir ish qilishdi: ular, aslida, jamoatga cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilishdi. O‘sha ikki kishidan tashqari, jamoatda yigirmanchi asr o‘rtalariga xos Baptist boshqaruvi amal qilardi: sakkista diakon direktorlar kengashi sifatida xizmat qilar va jamoat bir butun organizm sifatida har oydagi ishchi yig‘ilishlarda jamoat hayotiga ta’sir qiladigan har qanday qarorga ovoz […]

Diakonlardan talab qilinadigan kalomiy xususiyatlar va ularning majburiyatlari

Kimlar diakon bo‘lishi mumkin? Muqaddas Kitobda diakonlar nima qilishlari kerakligi haqida nima deyilgan? IKKITA KALOMIY UNVONLAR: OQSOQOLLAR VA DIAKONLAR Diakonlik xizmatini oqsoqollik xizmati bilan taqqoslasak, bu savollarga javob topishimizga yordam beradi. Jamoatning birlamchi (asosiy) ruhiy yetakchilari oqsoqollar bo‘lishgan, ular Yangi Ahdda yana nazoratchilar yoki cho‘ponlar deb atalgan. Oqsoqollar Kalomni va’z qilishadi va u bo‘yicha ta’lim […]

Jamoatingizni O‘zgartirish Yo‘li

Cho‘ponlar tez-tez mendan “Jamoatimizni qanday qilib o‘zgartirishimiz mumkin?” deb so‘rashadi. Juda ko‘p xizmatchilar o‘zgarishlar kiritishga urinib, jamoatlari bilan munosabatlari sovuqlashib qolgan. Hatto ba’zilari jamoatdan haydalgan. Shunga qaramay, cho‘ponlar sifatida biz jamoatlarimizni o‘zgarish sari yetaklashimiz kerak, hatto bu o‘zgarish odatda qiyin bo‘lgan taqdirda ham. Quyida qanday qilib o‘zgarish olib kelish haqida bir necha maslahatlar keltirilgan: ta’lim […]

Jamoat a’zolarini ma’lum bir harakatlarga chorlaydigan, ularga nisbatan rejalar tuzadigan imonlilar qidirilmoqda

Agar siz ko‘pgina cho‘ponlardek bo‘lsangiz, siz eshitishni eng xohlamagan narsa bu, aftidan, jamoat tanasidagi birlikka qarshi doimiy tarzda fitna uyushtiradigan jamoat a’zolaridir. Qanday davralarda o‘tirishlari, qanday sinflarga ta’lim berishlari, ularning qanday do‘stlari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular boshqalarni norozilik, shikoyat va hatto nizolar keltirib chiqarishga undaydilar. Ehtimol Ibroniylar kitobida jamoat a’zolari jamoat tanasi ichida doimiy tarzda […]

Namuna bo‘lishning qudrati

“Namuna bo‘lish hayotdagi asosiy narsa emas – u yagona narsadir.” Ushbu gap orqali, mashhur tibbiyot missioneri va ko‘p kitoblar muallifi Albert Shveitzer namuna bo‘lishning ahamiyati va qudratini aniq tasvirlab beradi. Buni o‘qiyotganlardan qanchamiz oldinroq hayotimizda ko‘rgan qaysidir cho‘pon, oqsoqol yoki boshqa masihiyning namunali hayoti orqali ta’sirlanganmiz. Agar kim “haqiqiy cho‘pon” deb so’rasam, xayolingizga qaysi cho’pon […]

Xizmat muvaffaqiyati haqida yangicha tasavvur

Xizmat muvaffaqiyati haqida yangicha tasavvur

Bir necha kitoblar muallifi va teolog David Vells 1994-yilda o‘zining  Xudo tashlandiq/hosilsiz yerda nomli kitobida ma’lum qiladiki, “[Seminariyadagi] talabalar imonlilar jamoatining hozirgi holatidan norozi. Ularning fikricha, jamoat o‘z maqsadini yo‘qotgan va  jamoat hozir ularga berayotganidan ko‘proq narsani xohlashadi.” Lekin, norozilik, yoki qoniqmaslikning o‘zi yetarli emas, Vells ham xuddi shu fikrda edi. Biz ko‘proq ishlashimiz kerak va […]

Fikrim Qanday O‘zgardi -Jamoatning Markaziyligi

Maktabda yuqori sinfda o‘qib yurgan paytimda imonga kelganimdan beri mahalliy jamoatning roli men uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib keldi. Masihiy bo‘lganimdan keyingi birinchi yozda jamoatimiz kutubxonasida jamoatimizning o‘sib borayotgan a’zolari haqida statistik ma’lumotlar yig‘ib va ularni bizning kamayib borayotgan qatnovlarimiz bilan taqqoslagan holda jadvallar tuzib, soatlab vaqt o‘tkazganim esimda. Hali kompyuterlar bo‘lmagan zamonda bu izlanishim […]

Jamoatdagi Ierarxiya?

Birinchi asrdan boshlab har asrda bo‘lgani kabi, hozirgi kunda ham jamoatning to‘g‘ri tashkiliy tuzilmasiga doir har xil qarashlar bor. Har xil denominatsiyalarda diakonlar, arxidiakonlar, xushxabarchilar, havoriylar, payg‘ambarlar, cho‘ponlar, katta cho‘ponlar, oqsoqollar, nazoratchilar, yepiskoplar, arxiyepiskoplar va hatto papa ham bor. Muammolarni murakkab qilish uchun, jamoatdagi lavozimlar qaysi vazifalarni bajarishlari kerakligi hamda har xil lavozim egalari o‘rtasidagi […]

Cho‘ponlar yig‘ilishida ko‘rgan va eshitganlarim

Jamoatingizning yetakchilari yig‘ilishganda, odatda, bu yig‘ilish qanday o‘tadi? Agar jamoatingiz ko‘pgina jamoatlarga o‘xshagan bo‘lsa, yumshoq stul bilan kofe bo‘lishi aniq, yana yig‘ilish raisi tomonidan bir necha e’lonlar chop etilgan bo‘ladi va keyin bironta birodardan “ibodat bilan boshlab berishni” so‘raydi. U birodar mas’uliyat bilan bunga kirishadi va Xudodan samimiyat bilan “bizni yetakla, yo‘l boshla va yo‘naltir” […]

“Bunday qilmang!!” Nima uchun jamoatda intizomiy choralarni qo‘llamasligingiz kerak

“Bunday qilmang!!” Nima uchun jamoatda intizomiy choralarni qo‘llamasligingiz kerak

“Bunday qilmang.” Сho‘ponlar Muqaddas Kitobda jamoatdagi intizomiy chorani o‘zlari uchun endigina kashf etganda, ularga aytadigan birinchi gapim shu. “Bunday qilmang, hech bo‘lmaganda, hozir”, – deyman. Men nega bunday maslahat beraman? Keling bu masalani o‘zi uchun kashf etish jarayoni qanday sodir bo‘lishi haqida fikr yuritamiz. Cho‘ponlar jamoatdagi intizomiy chora haqida birinchi marta eshitganda, ular buni odatda […]