Ayollar cho‘pon yoki oqsoqol bo‘lishlari mumkinmi?

12.17.2015

Ushbu qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan savolga javob berish uchun bir necha kalomiy parchalarga qarab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Erkaklar va ayollar Xudoning suratida yaratilganlar va Xudoning nazarida teng qadr va mavqega egalar (Ibt. 1:26-28). Xudo yaratilish strukturasining ichida erkaklar va ayollar uchun har xil rollar bergan. U Odam Atoni bosh, yetakchi bo‘lish va hokimiyat uchun yaratgan […]

Cho‘pon Xudo tomonidan xizmatga “chaqirilishi” kerakmi?

11.17.2015

Bir tomondan, Yangi Ahddagi oqsoqollik yoki cho‘ponlik xizmati uchun maxsus “chaqirilish” talab etilishi haqida Kalomda hech narsa deyilmagan. Cho‘ponlar Eski Ahddagi payg‘ambarlar va oliy ruhoniylar chaqirilganiga o‘xshash tarzda (Yer. 1:5; Ibr. 5:4) xizmatga chaqirilishi kerakligi haqida Yangi Ahdda hech nima deyilmagan. Bundan tashqari, Yangi Ahdda “chaqirilish” atamasi hech qachon cho‘ponlik xizmatiga nisbatan ishlatilmagan, faqatgina umumiy […]

Xushxabar nima?

09.17.2015

Xushxabar Iso Masih gunohkorlarni Xudo bilan yarashtirish uchun qilgan ishi haqidagi xush xabardir. Quyida batafsilroq yoritiladi: Yakkayu-yagona, muqaddas Xudo bizni O‘z suratida yaratdi, toki biz uni tanib bilaylik (Ibt. 1:26-28). Lekin, biz gunoh qildik va o‘zimizni Undan ajratdik (Ibt. 3; Rim. 3:23). O‘zining buyuk sevgisi bilan, Xudo O‘z Og‘li Iso Masihni shoh sifatida kelib, O‘z […]

Cho‘pon o‘z xotinini sevishning ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?

08.17.2015

Jamoat siz bilan cho‘ponlik lavozimi uchun suhbat o‘tkazayotganida, ular xotiningizni emas, sizni ishga olishayotganligini tushuntiring (Muqaddas Kitobda oqsoqollarning xotinlari haqida hech narsa deyilmagan). Jamoat xotiningiz nima qilishi haqida so‘raganda, u jamoatga qo‘shilmoqchiligi va xuddi boshqalarga o‘xshab jamoatning oddiy bir a’zosi bo‘lmoqchiligini ayting. Jamoatning qo‘shimcha kutishlaridan o‘z qalbini himoya qilishga unga yordam bering. U jamoatdagi o‘z […]

Jamoatlar cho‘ponlarni tayyorlashga sarmoya kiritishining ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?

07.17.2015

Quyida butun jamoat cho‘ponlarni tayyorlashda ishtirok eta olishi mumkin bo‘lgan bir necha yo‘llar keltirilgan: Faqatgina katta cho‘ponni emas, har qanday va’zxonlarni ham tinglashga ochiq bo‘ling. Va’z aytishni o‘rganishning yagona yo‘li bu va’z aytishdir. Agar Xudo jamoatdagi ba’zi odamlarga va’z aytish xohishini bersa, jamoat ularning unchalik o‘ziga rom etmaydigan chiqishlari va uslublarini sabr-toqat bilan qabul qilishni o‘rganishlari […]

Oqsoqollar ko‘p bo‘lishining afzalliklari nimalardan iborat?

06.17.2015

Kalomiy Hisobdorlik. Xudojo‘y oqsoqol birodarlar cho‘ponni yashash, ta’lim berish va sadoqat bilan jamoatni yetaklashda hisobdorlikda saqlash uchun katta vositadirlar. Bundan tashqari, hokimiyatni bir necha odam o‘rtasida taqsimlanishi birovni jamoat ustidan xo‘jayinchilik qilish xatosidan saqlab qola oladi Donolik. Maslahatchilar ko‘p bo‘lganda ko‘proq donolik topish mumkin (Hikmatlar 11:14; 24:6). Muvozanat. Hech bir odam jamoatni o‘stirishga kerak bo‘ladigan […]

Jamoatga a’zo bo‘lishning masihiyga qanday foydasi bor?

05.17.2015

Bu sizni boshqa masihiylarga bog‘laydi. O‘zingizni sevgiga va boshqalarga xizmat qilishga bag‘ishlash yaxshi. O‘zingizni boshqa masihiylarga dalda berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash, ularga xizmat qilish, tanbeh berish va ular uchun ibodat qilishga bag‘ishlaganingizda siz masihiy sifatida o‘sasiz. Boshqalar sizga bog‘lanadi. Jamoatga a’zo bo‘lish siz uchun ruhan qarab turishga ahdlashgan bir guruh masihiylarga qo‘shilishni bildiradi. Agar siz jamoatga a’zo […]

Jamoatlardagi jiddiy a’zolikning jamoat tashqarisidagi imonsizlar uchun qanday foydalari bor?

04.17.2015

Jamoat tavba qilgan imonlilarning jiddiy a’zoligi haqida qayg‘urish bilan birga, jamoatdan tashqaridagi imonsizlarga ham bir necha yo‘llarda xizmat qiladilar: Ular imonsizlarga Masihiy hayotning aniqroq manzarasini ko‘rsatadilar.Masihiycha hayot komillik emas, balki gunohga qarshi kurashish haqidadir. U tavba haqidadir. Ular imonsizlarga Masihning aniqroq suratini ko‘rsatishadi. Bir-birini muqaddaslikda sevishga jon dili bilan intiladigan masihiylar Masihning shogirdlari ekanliklarini va […]

Jamoat yig‘ilishlarida qanday ibodatlar qilinishi kerak?

03.17.2015

Muqaddas Kitobda biz Xudoni ulug‘lash, tavba qilish, minnatdorchilik va Xudoga ma’lum bir iltimoslarni yetkazadigan ibodatlarni uchratamiz (Zab. 111; Zab. 50; 1-Kor. 11:24; Fil. 4:6). Jamoat yig‘ilishlarida har xil ko‘rinishdagi bu to‘rtta turli ibodat alohida vaqtlarda bo‘lishi va har biri to‘rt xil ko‘rinishda amalga oshirilishi kerak, deyilgan oyat yo‘q. Lekin, ishonamizki, bularning har birini chamalab ko‘rish […]

Yosh cho‘ponlar bajarishi kerak bo‘lgan eng muhim narsalar nimalardan iborat

02.17.2015

Kalomni va’z qilish. Yosh cho‘pon bajarishi kerak bo‘lgan eng muhim narsa bu Xudoning So‘zini va’z qilishdir. Hamma narsa shundan boshlanadi. Xudoning Kalomigina gunohkorlarni tavbaga chaqiradi va azizlarni muqaddaslaydi (1 Sal. 1:5; Yuh. 17:17). Xudoning Kalomi sog‘liq va o‘sish hamda xudojo‘ylik sari o‘zgarish olib keladi (1 Sal. 2:13). Shuning uchun, Xudoning Kalomini to’g‘ri ekspozitsion va’z qilish yosh cho‘pnonning […]