Jamoatimga sog‘lom ta’limotni tushunishda o‘sishga qanday yordam bera olaman?

08.17.2016

Ekspozitsion va’z ayting. Siz Kalomiy matnning ma’nosini tushuntirib va hayotga moslashtirganingiz sari, sizning odamlaringiz Muqaddas Kitobni tushunishda o‘sib boradilar va uni hayotlarida qo‘llash qobiliyatlari ham oshib boradi. Va’zlaringizda tizimli teologiyadan foydalaning. Kalomdagi matnlarni ochib berayotganingizda (ekspozitsiya) har xil teologik mavzular yuzaga kelganda, o‘sha matnlar Muqaddas Kitobning o‘sha mavzuga doir butun ta’limotiga qanday aloqadorligini tushuntirib bering. Va’zlaringizda kalomiy […]

Jamoatimni jiddiy a’zolik sari qanday yetaklay olaman?

07.17.2016

Xushxabarni e’lon qiling. Xudoning muqaddasligi haqida, insoniyatning gunohkorligi, Masihning butun insoniyat gunohi uchun O’zini qurbon qilishi va Uning tirilishi haqida hamda biz o’z gunohlarimizdan tavba qilib, Unga ishonishimiz kerakligi haqida va’z qiling. Shu bilan birga, bir-birini sevmaganlar Xudoni sevaman deb o’ylashlari noo’rin ekanligini aniq tushuntiring (1-Yuhanno 4:20-21). Imon ahdi va Jamoat kelishuvini ishga soling. Jamoat a’zolaridan […]

Qanday qilib har hafta eshitadigan va’zlardan ko‘proq samara olishim mumkin?

06.17.2016

Butun hafta davomida yakshanba kuni va’z qilinadigan parcha ustida fikr yuriting. Cho‘poningiz o‘z va’zini tayyorlayotganda u uchun ibodat qiling. Matn bo‘yicha qaydlar yozib qo‘ying. Matn bo‘yicha savollar so‘rang. Matn bo‘yicha ibodat qiling. Yakshanba kungi yig‘ilish uchun tayyorlaning. Shanba kuni kechqurun yoki yakshanba kuni ertalab, Xudo Kalomini va’z qilinishini tinglash imkoniyatingiz uchun, oldindan ibodat qiling. Va’zdan oldin yuragingiz […]

Muqaddas Kitobga binoan, nima uchun har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak?

05.17.2016

Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak, chunki buni Kalom talab etadi. To’g’ri, Muqaddas Kitobda “Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak”, degan aniq buyruq yo’q, lekin Muqaddas Kitobdagi ikkita omil har bir masihiy mahalliy jamoatga qo’shilishi kerak ekanligini ko’rsatadi. Iso O’ziga imon keltirganlarni ajratib olish, ularni qo’llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun yerdagi intstitut sifatida, xalq orasida […]

Doimiy tarzda sokin vaqt o‘tkazish cho‘pon uchun muhimmi?

04.17.2016

Isoning O‘zi yolg‘iz qolib ibodat qila olish uchun katta olomonga xizmat qilishni to‘xtatib, kimsasiz joylarga borardi (Luqo 5:12-16). Havoriy Pavlus uzoq va yaqindagi jamoatlar uchun ibodat qilishga vaqt ajratadi (Rim. 1:9-10, 1-Kor. 1:4, Efes. 1:16, Fil. 1:4, Kol. 1:3). Lekin, agar Iso va Pavlusning misollari yetarli bo‘lmasa, quyida cho‘ponlar nima uchun har kuni Kalom o‘qish […]

Qanday holatda bolaning o‘zini yomon tutishi otasining oqsoqol yoki cho‘pon bo‘lish huquqidan mahrum etadi?

03.17.2016

Bola ota-onasidan mustaqil bo‘lganda, u ota-onasining hokimiyati ostidan chiqadi, Pavlusning Titusga yozgan maktubidagi gapi shunga tegishli. Bola ulg‘ayib, uyini tark etganda hech qaysi yaxshi ota-onalik uning Masihni Rabbim deb tan olishiga va bu bo‘yicha yashashiga kafolat bera olmaydi. Agar bola hali ota-onasining hokimiyati ostida bo‘lsa, uning o‘zini tutishi ikki holatda otasini oqsoqol bo‘lishi huquqidan mahrum […]

Jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan qutulish uchun, shunchaki, a’zolikdan chiqib ketishlari mumkinmi?

02.17.2016

Ba’zan intizomiy chora ko‘rilish jarayonida turgan jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan saqlanish maqsadida jamoat a’zoligidan chiqishga urinishadi. Jamoat bunga yo‘l qo‘yib berishi kerakmi? Albatta, yo‘q. Jamoatlar o‘z a’zolariga, shunchaki, intizomiy choradan qutulish uchun jamoat a’zoligidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak: Iso jamoatga, ya’ni bir butunlik sifatidagi mahalliy jamoatga kim ularga tegishli yoki tegishli emasligini belgilash vakolatini […]

Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?

01.17.2016

Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]

Yangi Ahdning qaysi joyida biz jamoat a’zoligini ko‘ramiz?

01.14.2016

Matto 18:15-17: “Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan boʻlasiz. Agar sizga quloq solmasa, oʻzingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki «har bir masala ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi.» […]

Nima uchun cho‘ponlar jamoat yetakchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga shaxsan ustozlik qilishlari kerak?

01.09.2016

Muqaddas Kitobda shunday buyurilgan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus quyidagicha yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.” Timo‘tiyga maktubi faqatgina Timo‘tiyga emas, bizga uchun ham taalluqli ekan (Rim. 15:4, 2-Tim. 3:16-17), har bir mahalliy jamoat cho‘poni jamoatdagi boshqa odamlarni ta’lim beruvchilar qilib tayyorlashi kerak. […]