Buyuk Topshiriq mahalliy jamoatlardan nimani talab qiladi?
Isoning borib barcha xalqlardan shogird orttirish topshirig‘ini (Matt. 28:19) bajarish uchun, jamoatlar quyidagilarni amalga oshirishi kerak: Injil Xushxabarini uzluksiz va’z qilish. Agar jamoat butun dunyoga xushxabar aytishni xohlasa, u o‘z qo‘shnilaridan boshlashi kerak. Birinchi qadam: jamoatning har bir ommaviy yig‘ilishida xushxabarni aniq va ravshan va’z qilish. Iso buyurgan hamma narsaga amal qilishni odamlarga o‘rgatish. Buyuk Topshiriq Isoning […]
Yuqoridan tug‘ilishda Xudo nima qiladi?
Yuqoridan tug‘ilish “Xudo o‘ziga yordam beradiganlarga yordam berishini” anglatmaydi. Biz muhtoj bo’lgan o’zgarish shu darajada radikal (tubdan) ki, faqatgina Xudo buni amalga oshira oladi. Yuqoridan tug‘ilishda Xudo o‘lganga hayot, ko‘r odamga ko‘z beradi. Yuqoridan tug‘ilishda Xudo tavba va imon in’omlarini beradi. Xudo nurni porlatadi. Ikkinchi Korinfliklarga 4:6da aytiladiki, Xudo yaratilish paytida zulmatda nur paydo bo‘lishini aytgani […]
Shaxsning xushxabarchilik faoliyati bilan jamoatining umumiy guvohligi o‘rtasida qanday aloqa bor?
Jamoatning umumiy guvohligi shaxsning xushxabarchilik faoliyatini yo kuchaytiradi yoki barbod qiladi. Xushxabar muqaddas Xudoning sevgisi va sevuvchi Najotkorning qurbonligi haqidagi xabardir. Bu xushxabar haqiqiy kechirim, real kamtarlik va qattiq sevgi bilan ajralib turadigan xalqni yaratadi. Agar jamoat g‘azablanish, mag‘rurlik va xudbinlik bilan ajralib tursa, u tashqaridagilarni, shunchaki uzoqlashtirmaydi, balki u xushxabar haqidagi yolg‘onlarni keng tarqatadi. […]
Markazida inson turgan xushxabar va haqiqiy xushxabarning o‘rtasida qanday farq bor?
Bugungi kunda markazida inson turgan son-sanoqsiz “xushxabarlar” mavjud. Bunday “xushxabarlar” shunday deydi: “Xudo sizni bu hayotda boy va muvaffaqiyatli qilishni xohlaydi,” yoki “Xudo sizga har qanday jismoniy va emotsional xastalikdan shifo berishni xohlaydi,” yoki “Xudo siz menda bor deb o‘ylagan har qanday muhtojliklarni ta’minlashni xohlaydi.” Lekin, markazida inson turgan bu xushxabarlar haqiqiy, kalomiy, markazida Xudo […]
Xushxabar qaysi eng asosiy (fundamental) muammoga yechim beradi?
Xushxabar asosan ehtiyojlarimizni qondirish haqidami? Kuchli xohishlarimizni amalga oshirilishini anglatadimi? Jamiyatni o’zgartirishnimi? Yaxshiroq hayotda yashash haqida o’rgatadimi? Kambag’allarning ahvolini yaxshilashnimi yoki u bizlarni boy va sog’lom qilish haqidami? Xushxabar haqidagi bu fikrlarning bari bitta muammoga qaratiladi va “Butun Xushxabar mana shu haqda!” deb aytadi. Lekin, bu narsalarning birontasi butun xushxabarni tashkil etadimi? Bu narsalarning birontasi […]
Yaxshi ishlar najotga erishishda qanday o‘ringa ega?
Qisqa javob: Biz faqatgina imon orqali oqlandik (Xudoning nazarida solih deb topildik), lekin oqlaydigan imon hech qachon yolg‘iz kelmaydi. Faqatgina imon orqali oqlandik …: Biz qonun ishlari orqali emas, imon orqali oqlandik (Rim.3:28). Xudo bizni solih deb hisoblaydi, chunki U Masihning solihligini bizning solihligimiz sifatida ko‘radi (Fil. 3:9, Rim. 5:17). Bularning bari faqatgina imon orqali amalga […]
Xushxabar aytish uchun nimalar haqida gapirishim kerak?
Xushxabar aytish uchun siz birovga quyidagilar haqidagi haqiqatni yetkazishingiz kerak: Xudo. Xudo barcha narsaning yaratuvchisidir (Ibt. 1:1). U mukammal darajada muqaddas, barcha olqishlarga loyiq va U gunohni jazolaydi (1-Yuh. 1:5, Vah. 4:11, Rim. 2:5-8). Inson. Hamma odamlar tabiatan gunohkordirlar (Ibt. 1:26-28, Zab. 50:7, Rim. 3:23). Tabiatan, hamma odamlar Xudodan ajralgan, Xudoga dushman va Xudoning qahr-g‘azabiga […]
Najotga erishish uchun tavba qilish zarurmi?
Ba’zi odamlar Isoga “Najotkor” sifatida imon keltirishingiz mumkin, lekin “Ega” sifatida emas, deb aytishadi. Ya’ni, ularning aytishicha, siz unga ishonishingiz, lekin gunohingizdan hech qachon tavba qilmasligingiz mumkin. Siz Unga ishonishingiz va hayotingiz masihiy bo‘lganingizdan oldin qanday bo‘lsa, shunday davom etsa ham, najotga erishishingiz mumkin. Va shunga o‘xshash iddaolarni davom ettirishadi. Hatto ba’zi odamlar aytishadiki, agar […]
Qay tarzda ekspozitsion va’z xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin?
Buning o‘zi xushxabarga yo‘naltirilgan. Xudoning Kalomi gunohkorlarni imonga keltiradi (Rim. 10:17; 1-But 1:23). Har hafta Xudo Kalomini sadoqat bilan va’z qilish ruhan o‘lik gunohkorlarga ruhiy hayotning yagona manbasi, ya’ni Xudoning Kalomini ochib beradi. Shuning uchun, ekspozitsion va’z mohiyatan xushxabarga yo‘nalgan. Har bir va’zda xushxabarni va’z qiling. Muqaddas Kitobdagi har bir matn, to‘g‘ri tushunilsa, Iso Masihning shaxsi va najotkorlik […]
Cho‘pon qanday qilib jamoatning umumiy xushxabarchilik guvohligini rivojlantira oladi?
Ekspozitsion (izohli) va’z ayting.Odamlaringiz har hafta Xudoning so‘zini eshitgani sari, ular Uning ulug‘vorligini dunyoga namoyon etib borishadi. Haftadan haftaga ularning hayotlari o‘z najotkorlari – Iso Masihning odamlar diqqat markazidagi surati bo‘lib boradi. Har hafta xushxabarni va’z qiling. Odamlaringiz har hafta xushxabarni tinglar ekan, ular uni qadrlashda, tushunishda o‘sadilar va uni boshqalar bilan bo‘lishish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Va’zlaringizda […]
