Gunoh nima?
Gunoh mohiyatan Xudoga qarshi isyondir (Rim. 1:18-32). Gunoh Xudoni Xudo sifatida tan olishni rad etish va o‘zimizni Xudo o‘rniga qo‘yishdir. Gunoh Xudoning irodasi va qonuniga to‘la mos kelmaydigan har qanday amaldir (1-Yuhanno. 3:4). Gunoh Xudoning g‘azabini keltirib chiqaradi. Xudo muqaddasligi sababli, U gunoh uchun jazolaydi. Xudo bir kun kelib barcha insonni hukm qilishni va har bir kishini […]
Xushxabarchilik nima?
Xushxabarchilik – bu boshqalarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilgani haqidagi yaxshi – xush xabarni aytishdir. Buni amalga oshirish uchun, siz boshqalarga quyidagilarni aytishingiz kerak: Xudo muqaddasdir (1 Yuhanno 1:5). U barchaning Yaratuvchisidir (Ibtido 1:1). Hamma odamlar gunohkor va Xudoning adolatli, abadiy qahriga munosibdir (Rim. 3:10-19, Mark 9:48, Vahiy 14:11). To‘laqonli Xudo va to‘laqonli […]
Nima uchun jamoatlar doimiy ravishda jamoatga qatnamaydigan a’zolarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashi kerak?
Ba’zi jamoat a’zolari jamoatga doimiy ravishda qatnashlariga sog‘liklari yoki qanaqadir zaruriyatlar (masalan, harbiy xizmatga chaqirilish) yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, boshqalari esa, o‘zlari a’zo bo‘lgan jamoatga qatnamaslikka ongli ravishda qaror qiladilar. Bunday yig‘ilishlarni qoldiruvchi odamlar jamoatga zararli ta’sir ko‘rsatadilar: Ular xushxabar aytishga qiyinchilik tug‘diradilar. Masihning nomini ko‘tarib yuruvchi – jamoatingiz tomonidan ularni a’zo sifatida tasdiqlash orqali – […]
Sog‘lom ta’limot haqidagi tushunchamni qanday rivojlantira olaman?
Va’z qilingan Kalomga diqqatingizni qarating. Cho‘poningiz har hafta Xudo Kalomini tushuntirib berganda uni diqqat bilan eshiting. Undan keyin va’zni do‘stlaringiz va oilangiz bilan muhokama qiling. Muqaddas Yozuvlarni ishtiyoq bilan o‘rganing. Bunga keng va chuqur yondashing. Ya’ni, umumiy manzarani ko‘ra olish uchun butun Kalomni o‘qib chiqing, lekin, shu bilan birga, kichik qismlarni (masalan, alohida kitoblarni) qo‘lingizdan kelgancha butun […]
Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?
Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]
Jamoatlardagi jiddiy a’zolikning jamoat tashqarisidagi imonsizlar uchun qanday foydalari bor?
Jamoat tavba qilgan imonlilarning jiddiy a’zoligi haqida qayg‘urish bilan birga, jamoatdan tashqaridagi imonsizlarga ham bir necha yo‘llarda xizmat qiladilar: Ular imonsizlarga Masihiy hayotning aniqroq manzarasini ko‘rsatadilar.Masihiycha hayot komillik emas, balki gunohga qarshi kurashish haqidadir. U tavba haqidadir. Ular imonsizlarga Masihning aniqroq suratini ko‘rsatishadi. Bir-birini muqaddaslikda sevishga jon dili bilan intiladigan masihiylar Masihning shogirdlari ekanliklarini va […]
Jamoatdagi xizmatlar, asosan, imonsizlarga xushxabar aytish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi yoki masihiylarni imonda mustahkamlash uchunmi?
Birinchi Korinfliklarga 14-bobda masihiylarning umumiy yig‘ilishiga doir butun Yangi Ahddagi eng batafsil ba’zi ko‘rsatmalar keltirilgan. Ushbu bobda Pavlus jamoatdagi xizmatlar, asosan, masihiylarning imonini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini tushuntirib beradi. Jamoat xizmatlari imonsizlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.Pavlus ta’kidlaydiki, masihiy yig‘ilishlardagi xizmatlar masihiy bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lishi kerak, toki ular xushxabarni eshita olsinlar, gunohkor ekanliklarini tan olsinlar […]
Ekspozitsion va’zlar xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi?
Albatta! Nima uchun? Havoriy Pavlus bunga namuna ko‘rsatdi. Havoriy Pavlus jamoatdagi har bir narsa imonlilarning imonini mustahkamlash uchun qilinishi kerakligini aytgan bir paytda, (1-Kor. 14:12, 26), u yig‘ilishga kelgan imonsizlar ham o‘z gunohlaridan tavba qilib, Masihga imon keltirishlarini xohlaydi (1-Kor. 14:23-25). Shuning uchun, ekspozitsion va’z aziz imonlilarni imonda mustahkamlashi kerak, lekin u, shu bilan birga, imonsizlarga xushxabarni […]


