Cho‘pon nima uchun ekspozitsion va’z aytishi kerak?
Cho‘pon ekspozitsion (izohli) va’z aytishi kerak, chunki Xudo Kalomi orqali Xudo ishlaydi. Gapiruvchi Xudo ijro etuvchi hamdir.* Xudo olamni O‘z Kalomi orqali yaratgan (Ibt. 1:3; Zab. 33:6), va U bizni O‘z Kalomi orqali yangidan yaratadi (2-Kor. 4:5-6). Xudo Ibrohimni So‘zi orqali O‘ziga chaqirgan va U imonlilarni So‘zi orqali O‘ziga chaqirmoqda (Ibt. 12:3; Rim. 8:30). Xudoning Kalomi […]
Odamlar ekspozitsion va’z haqida qanday noto‘g‘ri fikr qilishadi?
Kop odamlarda ekspositsion va’z haqida quyidagicha noto‘g‘ri fikrlar mavjud: Zerikarli egzegetik (talqin qiluvchi) ma’ruza.Ekspozitsion va’z quruq, akademik ma’ruza emas. To’g‘ri, u sinchikovlik bilan qilingan ekzegetikani/talqinni o‘z ichiga olishi kerak, lekin u, odatda, o‘sha ekzegetikaning mayda-chuyda tafsilotlarini taqdim etmasligi kerak. Aksincha, ekspozitsion va’z parchaning mohiyatini uning tinglovchilariga yo‘l-yoriq beradigan, ularni tuzatadigan va ayblarini ko‘rsatadigan tarzda aniq […]
Ekspozitsion va’z boshqa turdagi va’zlardan qay tarzda farqlanadi?
Tematik (mavzuviy) va’z: Tematik va’zda va’zxon o‘zi yetkazmoqchi bo‘lgan mavzuni tanlaydi va keyin o‘sha mavzuga mos kalomdan material izlaydi. Tematik va’z va’zxonning kun tartibi (rejasi)dan, ya’ni, u gapirishni xohlagan narsadan kelib chiqadi. Ekspozitsion va’z esa, boshqa tomondan, Muqaddas Kitobdan boshlanadi. Va’zxon nimani va’z qilishga qaror qilmasdan Kalomga qaraydi; u Kalomdagi matnga qaraydi va nimani va’z qilishni […]
Mendan ancha katta bo‘lgan odamlarga qanday qilib va’z aytishim mumkin?
Xushxabarni va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar Xudoning Masihdagi najotkorlik ishi haqida eshitishi, ishonishi va yodga olishi lozim. Xudoning mutlaq hokimiyati haqida va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar hayotimizdagi har bir va’ziyat ustidan yagona Xudo hukmron ekanligini eslatilishga muhtojdir. Azob-uqubatlar haqida va’z qiling. Yosh biz his qiladigan va ko‘radigan azob-uqubatlarni chuqurlashtiradi, u afsuslanish azobi bo‘ladimi, bo‘gimlarning og‘rishi […]
Ekspozitsion va’z monologik va bir tomonlama emasmi? Odamlar dialog orqali yaxshiroq o‘rganishmaydimi?
Ba’zi odamlar ekspozitsion va’zning monologik tarzidan achchiqlanishadi. Bitta odam bir necha daqiqa davomida turib, va’z qiladi, qolganlar esa, tinglaydi. Bu adolatsizlik yoki hatto shafqatsizlik emasmi? Suhbat tarzida bo‘lsa-chi? Shubhasiz, jamoat hayotida suhbat uchun juda ko‘p joylar bo‘lishi kerak, xoh u induktiv Kalom darslari, xoh kichik guruhlarda qo‘shimcha va’zni muhokama qilish darslari yoki boshqa kontekstlar orqali […]
Ekspozitsion va’z nima?
Ekspozitsion va’z bu Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy g’oyasini olib, va’zning asosiy g’oyasiga aylantiradigan va bugungi hayotga moslashtiradigan va’zdir. Boshqacha qilib aytganda, ekspozitsion va’z Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy mazmunini “ochib beradi” va tinglovchilar hayotiga uning qanday ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu xolos. Bu shuni anglatadiki, ekspozitsion va’z Faqatgina bir yoki ikki oyatga […]
Qanday qilib har hafta eshitadigan va’zlardan ko‘proq samara olishim mumkin?
Butun hafta davomida yakshanba kuni va’z qilinadigan parcha ustida fikr yuriting. Cho‘poningiz o‘z va’zini tayyorlayotganda u uchun ibodat qiling. Matn bo‘yicha qaydlar yozib qo‘ying. Matn bo‘yicha savollar so‘rang. Matn bo‘yicha ibodat qiling. Yakshanba kungi yig‘ilish uchun tayyorlaning. Shanba kuni kechqurun yoki yakshanba kuni ertalab, Xudo Kalomini va’z qilinishini tinglash imkoniyatingiz uchun, oldindan ibodat qiling. Va’zdan oldin yuragingiz […]