Экспозицион Ваъз

Qaysi elementlar va’zning yaxshi ekanligini ko‘rsatadi? So‘rash uchun beshta savol

Томонидан Josh Vinsent

Josh Vincent is the senior pastor of Trinity Bible Church in Phoenix, Arizona.
Мақолалар
12.11.2017

Bir necha yillar davomida ko‘zimga yosh keltirgan ko‘pgina va’zlarni eshitganman, lekin yaqindan e’tibor berib qaraganimda, ularda yaxshi va’zlarda bo‘ladigan muhim elementlar yo‘qligini payqadim. Shuncha ko‘p ta’lim olganimga qaramay, yaqinda, yaxshi va’z yuzimga shapaloq tortmaguncha, oldinlari yaxshi va’z qanday bo‘lishini bilmaganimni fahmladim.

Men bu yaqqol ko‘rinib turuvchi kamchilikni yaqinda, bir necha cho‘ponlik amaliyotchilarimizning va’zlarini tinglaganimda tushundim. Talabalarga qanday rivojlanish bo‘yicha o‘rinli taqriz berish uchun yaxshi va’zning muhim elementlaridan iborat rubrika (jadval) yaratdim. Vaqti-vaqti bilan men o‘z sezgimga asoslanib “unchalik yaxshi emas” kategoriyasiga kiritgan va’zlarni eshitaman. Lekin, yaxshi va’z elementlariga e’tibor berishini boshlaganimda, ba’zi “o‘rtamiyonadan past” va’zlar, aslida, juda foydali ekanligini anglab yetdim. Instinktlarim (sezgilarim)ning o‘zi shunchaki muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

YAXSHI VA’ZNI FARQLAY OLASIZMI?

Xo‘sh, sizchi? Siz hozirgina yaxshi va’z eshitganingizni qayerdan bilasiz? Bu va’zdan so‘ng siz o‘zingiz haqingizda, boshqalar yoki Xudo haqida qanday hislarni tuydingiz, yaxshimi yoki yomon? O‘z hissiyotlaringizga ishona olasizmi? Bu hissiyotlar sizni hech aldaganmi? Hissiyotlaringizga qachon ishonishingiz kerakligini qayerdan bilasiz?

Yoki, ehtimol, biror bir va’zni foydali deya baho berishingizga undaydigan narsa bu hissiyotlaringiz emasdir. Ehtimol, bu boshqalar, masalan, imonga kelmagan oila a’zolaringiz uni qanday qabul qilishlari mumkinligi haqidagi sizning taassurotingizdir, balki. Ularga yumshoqroq bo‘lishi uchun yetarlicha kulguli, shunga qaramay, ularni tavbaga va Isoga imon keltirishga chaqira oladigan darajada aniq va ravshan bo‘lgan xabar kerakligini siz bilasiz.

Yoki, ehtimol, shunchaki jumboqlardan farqli ravishda, “Xudodan so‘z” eshitganingizda sizga buni ma’lum qiladigan qandaydir yaxshi “oshqozon” bordir.

Siz yaxshi va’zni yomonidan farqlay olishingizga aminmisiz?

“YAXSHI” SO‘ZINING TA’RIFI

Eng avvalo, men “yaxshi” so‘zi nimani anglatishini aniqlab olishim kerak, deb o‘ylayman. Men bu egiluvchan (moslashuvchan) sifatni ta’limotingizni va hayotingizni ma’lum bir vaqt o‘tib yetuklikka olib boradigan va mustahkamlaydigan, ham shaxslarni ham jamoatlarni muqaddaslaydigan va o‘zgartiradigan (ehtimol, bittagina yakshanbadan keyin emas, balki yillar davomidagi yakshanbalardan keyin) va’zlarga nisbatan ishlataman.

Shunchaki aniqlik kiritish uchun aytishim kerakki, faqatgina Xudo “buyuk” va’zlar va “buyuk” va’zxonlarni yarata oladi. Faqatgina Xudo Charlz Sperjen va’zlari orqali yuzaga kelgan betakror javoblarni (munosabatlarni) yarata oladi va biz Ruhning bunday betakror harakatlarini olqishlashimiz kerak. Lekin, biz, shu bilan birga, jon-jahdi bilan ishlaydigan, sadoqat bilan va’z qiladigan, o‘z odamlarini sevadigan va sabrli sadoqat bilan chidaydigan sodiq cho‘ponlarni ham qo‘llab-quvvatlashimiz va tahsin aytishimiz kerak. Ko‘pgina cho‘ponlar Charlz Sperjendan ko‘ra, xizmatining ilk yillari yuziga pomidorlar otilishi-yu bo‘sh o‘rindiqlardan iborat bo‘lgan Charlz Simonga o‘xshashadi. Ikkovi ham sadoqat bilan va’z aytishgan; lekin faqatgina bittasi olqishga muyassar bo‘lgan.

Shuni nazarda tutgan holda, quyida yaxshi va’zni boshqalaridan ajratishga yordam beradigan beshta muhim savollar keltirilgan.

  1. Xudoning Kalomi bu va’zning eng muhim qismini tashkil etadimi?

Men yaqinda notiqlik jihatdan kuchli, lekin teologik jihatdan kuchsiz bo‘lgan bir qancha va’zlarni eshitdim. Tinglayotganingizda hissiyotlaringizga keragidan ortiq ishonishdan ehtiyot bo‘ling. Men boshida nafaqat yaxshi va’zni yomon deya baholadim, shu bilan birga, notiqlik jihatdan kuchli, lekin markazida inson turgan va yaqinroq tekshirganda Kalomga mos bo‘lmagan teologiyaga asoslangan va’zga mahliyo bo‘lib qolganimni ham payqadim.

Men etos (kayfiyat/ruh) yoki pafos (hamdardlik/achinish) hech qanday ahamiyatga ega emas, demoqchi emasman. Lekin, Pavlus, va’zxonlar jonni, yurakni yoki ongni junbishga keltirishi kerak emas, Kalomni va’z qilishi kerak, deb aytadi. Shuning uchun, quyidagicha savol berish o‘rinli: va’zga baho berishingizda Kalomdan kelib chiqyapsizmi? Siz uchun va’zxonning Xudosidan ko‘ra uning hikoyalari ko‘proq qiziqarlimi? Bu o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin siz va’z qilingan Kalomning ahamiyatini baholayotganda rostdan ham xuddi shunday yo‘l tutasizmi?

  1. Uyga matnning asosiy g‘oyasini tushungan holda qaytasizmi?

Boshqacha qilib aytganda, siz bu va’zni eshitganingiz uchun Muqaddas Kitobni yaxshiroq tushunadigan bo‘ldingizmi? Cho‘pon yetkazib bermoqchi bo‘lgan xabaridagi asosiy g‘oya u va’z qilayotgan Kalomdagi parchaning asosiy g‘oyasi ekanligini ko‘ra olasizmi? U va’zini aynan shunday tuzganmi?

Ehtimol, u buni tashlab ketgandir. Lekin, u matnning mohiyatini o‘z kontekstida tushunish uchun mehnat qilganini va Xudoning kun tartibini o‘zining kun tartibiga (teskarisi emas) aylantirganini  sezdingizmi? Yaxshi va’z aytish Xudoning Kalomini insonning fikrlaridan ustun qo‘yadi. Yaxshi va’z aytish, asosan (lekin, faqatgina emas), ekspozitsion (izohli) tarzda aytishdir. Yaxshi va’z aytish Xudoning ko‘rsatmasini ochib berish uchun Muqaddas Kitobdagi barcha kitoblarda berilgan mavzuni oyatma-oyat ochib beradi. Juda ko‘p va’zxonlar Rim yepiskopi hokimiyat bilan bayonotlar qilganidek, eks katedra (hokimiyat bilan) yo‘nalishida va’z qilib odamlarni Xudoning So‘ziga yo‘naltirmay, ulardan o‘zining so‘zlariga ishonishlarini kutadi.

  1. Va’zxon Iso haqida va’z qildimi?

Bu savol sizga g‘alati bo‘lib tuyulishi mumkin. Qaysi (yevangeliya) injil jamoati Isoni qoldirib ketadi? Oxirgi ta’tilimda men katta, konservativ, injil jamoatlarida Eski Ahd matnlari bo‘yicha aytilgan bir qancha va’zlarda Iso nomi tilga olinmaganiga guvoh bo‘ldim. Masihning jamoatida aytilgan va’zda Masih tilga olinmadi. Bu har qaysi mahalliy sinagogaga mos kelgan bo‘lar edi. Agar Iso har hafta hikoyaning qahramoni bo‘lmasa, buni payqaysizmi?

Lekin, biz faqatgina Masih va’z qilinganmi deb so‘ramasligimiz kerak, biz shu bilan birga, Masih qanday va’z qilingan deb ham so‘rashimiz kerak. Bizga har ikkala Ahdlardan Kalomdagi Masih qanday tanishtirildi? Iso, shunchaki, yaxshi yahudiy xabariga zaruriy qo‘shimcha sifatida tanishtirilmadimi? Va’zxon Iso sizning nikohingiz yaxshiroq bo‘lishi va farzandlaringiz itoatliroq bo‘lishi uchun kelib O‘zini qurbon qilgandek gapirdimi?

Masihiylarga ham, masihiy bo‘lmaganlarga ham, tirilgan va yashayotgan Masihdan boshqa narsa kerak emas. Bu Havoriylar 8-bobda Filip Ishayo kitobini o‘qiyotgan Efiopiyalik amaldorga qanday javob berganiga o‘xshaydi. Bu Isoning O‘zi Emmaus yo‘lida barcha Muqaddas yozuvlarni ochib berib, ular U haqda qanday gapirganlarini ko‘rsatganini bildiradi. Aslida, shunchaki, Yangi Ahd kitoblarini o‘qing va uning mualliflari Masihni markazda tutishda qanchalik sodiq bo‘lganliklarini ko‘ring.

Bizga Iso, Butrus va Pavlusga o‘xshab va’z aytadigan va’zxonlar kerak.

  1. Va’zxon va’zni mening hayotimga qo‘lladimi?

Ishontirish Muqaddas Ruhning ishidir. Lekin, Muqaddas Ruh va’zxonlarga va ta’lim beruvchilarga in’omlar beradi, toki ular masihiylarga Xudoning Kalomini qo‘llashga yordam bersinlar. Va’zxon ibodatgo‘ylik bilan sizni yaxshi bilishga intilyotganini sezdingizmi? Sizdan farqlanishi mumkin bo‘lgan xonadagi boshqa masihiylar-chi?

Masih jamiyatdagi turli toifalardan bo‘lgan har xil odamlar bilan O‘z jamoatini quryapti. Cho‘pon faqatgina o‘rtamiyona oilalarga va ular haqida gapiradimi? Yoki u masihiy bo‘lmaganlar va nomiga masihiy bo‘lganlarni ham, qari va yosh, oq va qora, boy-u kambag‘alarni, yolg‘iz va ajrashgan, oilali va beva odamlarni ham inobatga oladimi?

Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, lekin maqsad oddiy: va’zxon Xudoning Kalomi kontekstda har xil odamlarga qanchalik muhimligi haqida cho‘ponlardek o‘ylayaptimi?  Yoki u o‘zidagi bor jamoatiga emas, o‘zi ega bo‘lishni xohlagan jamoatga va’z aytyaptimi? Buni joriy etish u cho‘ponlik qilayotgan qalblarga Muqaddas Ruhdan ilhomlangan g‘amxo‘rlikni namoyon etadimi? Yoki u boshqa narsani, masalan, dangasalik yoki tor fikrlash yoxud yuzaki o‘ylash kabilarni namoyon etadimi?

  1. U Xudoni biladigan odamdek gapiradimi yoki Xudo haqida biladigan odamdekmi?

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu punktgacha deyarli to‘liq taqdimot haqida gapirdim. Bu muloqot muhim ekanligi tufaylidir. Lekin, u oshirib yuborilishi va chalg‘ituvchi bo‘lishi ham mumkin.

Ushbu savolga javob berishda va’zxonlar har xil odamlar bo‘lganliklari uchun minbar oldida o‘zlarini har xil tutishlarini unutmaslik o‘ta muhim. Ba’zilari katta va dabdabali shaxsiyatga ega bo‘lishsa, boshqalari bosiqroq bo‘lishadi. Ba’zilari latifalar aytsa, boshqalari aytmaydi. Bu yerda gap bu afzallik masalari bo‘yicha buyruq berishda emas. Aksincha, men, shunchaki, va’zxonlar matnga to‘g‘ri keladigan hissiyotlardan foydalanishlari kerakligi haqida umumiy tavsiya bermoqchiman. U yaxshi narsalar haqida gapirayotganda quvonchni va dahshatli narsalar haqida gapirganda jiddiylikni ko‘rsatadimi? Boshqacha qilib aytganda, u masihiy tajribani xuddi faqatgina kitobdan bu haqda eshitgandek tasvirlaydimi yoki uni rostdan ham Xudo bilan birga yurgan odam sifatida ifodalaydimi?

Josh Vinsent

Қайси элементлар ваъзнинг яхши эканлигини кўрсатади? Сўраш учун бешта савол

Бир неча йиллар давомида кўзимга ёш келтирган кўпгина ваъзларни эшитганман, лекин яқиндан эътибор бериб қараганимда, уларда яхши ваъзларда бўладиган муҳим элементлар йўқлигини пайқадим. Шунча кўп таълим олганимга қарамай, яқинда, яхши ваъз юзимга шапалоқ тортмагунча, олдинлари яхши ваъз қандай бўлишини билмаганимни фаҳмладим.

Мен бу яққол кўриниб турувчи камчиликни яқинда, бир неча чўпонлик амалиётчиларимизнинг ваъзларини тинглаганимда тушундим. Талабаларга қандай ривожланиш бўйича ўринли тақриз бериш учун яхши ваъзнинг муҳим элементларидан иборат рубрика (жадвал) яратдим. Вақти-вақти билан мен ўз сезгимга асосланиб “унчалик яхши эмас” категориясига киритган ваъзларни эшитаман. Лекин, яхши ваъз элементларига эътибор беришини бошлаганимда, баъзи “ўртамиёнадан паст” ваъзлар, аслида, жуда фойдали эканлигини англаб етдим. Инстинктларим (сезгиларим)нинг ўзи шунчаки муваффақиятсизликка учради.

ЯХШИ ВАЪЗНИ ФАРҚЛАЙ ОЛАСИЗМИ?

Хўш, сизчи? Сиз ҳозиргина яхши ваъз эшитганингизни қаердан биласиз? Бу ваъздан сўнг сиз ўзингиз ҳақингизда, бошқалар ёки Худо ҳақида қандай ҳисларни туйдингиз, яхшими ёки ёмон? Ўз ҳиссиётларингизга ишона оласизми? Бу ҳиссиётлар сизни ҳеч алдаганми? Ҳиссиётларингизга қачон ишонишингиз кераклигини қаердан биласиз?

Ёки, эҳтимол, бирор бир ваъзни фойдали дея баҳо беришингизга ундайдиган нарса бу ҳиссиётларингиз эмасдир. Эҳтимол, бу бошқалар, масалан, имонга келмаган оила аъзоларингиз уни қандай қабул қилишлари мумкинлиги ҳақидаги сизнинг таассуротингиздир, балки. Уларга юмшоқроқ бўлиши учун етарлича кулгули, шунга қарамай, уларни тавбага ва Исога имон келтиришга чақира оладиган даражада аниқ ва равшан бўлган хабар кераклигини сиз биласиз.

Ёки, эҳтимол, шунчаки жумбоқлардан фарқли равишда, “Худодан сўз” эшитганингизда сизга буни маълум қиладиган қандайдир яхши “ошқозон” бордир.

Сиз яхши ваъзни ёмонидан фарқлай олишингизга аминмисиз?

“ЯХШИ” СЎЗИНИНГ ТАЪРИФИ

Энг аввало, мен “яхши” сўзи нимани англатишини аниқлаб олишим керак, деб ўйлайман. Мен бу эгилувчан (мослашувчан) сифатни таълимотингизни ва ҳаётингизни маълум бир вақт ўтиб етукликка олиб борадиган ва мустаҳкамлайдиган, ҳам шахсларни ҳам жамоатларни муқаддаслайдиган ва ўзгартирадиган (эҳтимол, биттагина якшанбадан кейин эмас, балки йиллар давомидаги якшанбалардан кейин) ваъзларга нисбатан ишлатаман.

Шунчаки аниқлик киритиш учун айтишим керакки, фақатгина Худо “буюк” ваъзлар ва “буюк” ваъзхонларни ярата олади. Фақатгина Худо Чарлз Спержен ваъзлари орқали юзага келган бетакрор жавобларни (муносабатларни) ярата олади ва биз Руҳнинг бундай бетакрор ҳаракатларини олқишлашимиз керак. Лекин, биз, шу билан бирга, жон-жаҳди билан ишлайдиган, садоқат билан ваъз қиладиган, ўз одамларини севадиган ва сабрли садоқат билан чидайдиган содиқ чўпонларни ҳам қўллаб-қувватлашимиз ва таҳсин айтишимиз керак. Кўпгина чўпонлар Чарлз Спержендан кўра, хизматининг илк йиллари юзига помидорлар отилиши-ю бўш ўриндиқлардан иборат бўлган Чарлз Симонга ўхшашади. Иккови ҳам садоқат билан ваъз айтишган; лекин фақатгина биттаси олқишга муяссар бўлган.

Шуни назарда тутган ҳолда, қуйида яхши ваъзни бошқаларидан ажратишга ёрдам берадиган бешта муҳим саволлар келтирилган.

  1. Худонинг Каломи бу ваъзнинг энг муҳим қисмини ташкил этадими?

Мен яқинда нотиқлик жиҳатдан кучли, лекин теологик жиҳатдан кучсиз бўлган бир қанча ваъзларни эшитдим. Тинглаётганингизда ҳиссиётларингизга керагидан ортиқ ишонишдан эҳтиёт бўлинг. Мен бошида нафақат яхши ваъзни ёмон дея баҳоладим, шу билан бирга, нотиқлик жиҳатдан кучли, лекин марказида инсон турган ва яқинроқ текширганда Каломга мос бўлмаган теологияга асосланган ваъзга маҳлиё бўлиб қолганимни ҳам пайқадим.

Мен этос (кайфият/руҳ) ёки пафос (ҳамдардлик/ачиниш) ҳеч қандай аҳамиятга эга эмас, демоқчи эмасман. Лекин, Павлус, ваъзхонлар жонни, юракни ёки онгни жунбишга келтириши керак эмас, Каломни ваъз қилиши керак, деб айтади. Шунинг учун, қуйидагича савол бериш ўринли: ваъзга баҳо беришингизда Каломдан келиб чиқяпсизми? Сиз учун ваъзхоннинг Худосидан кўра унинг ҳикоялари кўпроқ қизиқарлими? Бу ўз-ўзидан маълум бўлиб туюлиши мумкин, лекин сиз ваъз қилинган Каломнинг аҳамиятини баҳолаётганда ростдан ҳам худди шундай йўл тутасизми?

  1. Уйга матннинг асосий ғоясини тушунган ҳолда қайтасизми?

Бошқача қилиб айтганда, сиз бу ваъзни эшитганингиз учун Муқаддас Китобни яхшироқ тушунадиган бўлдингизми? Чўпон етказиб бермоқчи бўлган хабаридаги асосий ғоя у ваъз қилаётган Каломдаги парчанинг асосий ғояси эканлигини кўра оласизми? У ваъзини айнан шундай тузганми?

Эҳтимол, у буни ташлаб кетгандир. Лекин, у матннинг моҳиятини ўз контекстида тушуниш учун меҳнат қилганини ва Худонинг кун тартибини ўзининг кун тартибига (тескариси эмас) айлантирганини сездингизми? Яхши ваъз айтиш Худонинг Каломини инсоннинг фикрларидан устун қўяди. Яхши ваъз айтиш, асосан (лекин, фақатгина эмас), экспозицион (изоҳли) тарзда айтишдир. Яхши ваъз айтиш Худонинг кўрсатмасини очиб бериш учун Муқаддас Китобдаги барча китобларда берилган мавзуни оятма-оят очиб беради. Жуда кўп ваъзхонлар Рим епископи ҳокимият билан баёнотлар қилганидек, eks katedra (ҳокимият билан) йўналишида ваъз қилиб одамларни Худонинг Сўзига йўналтирмай, улардан ўзининг сўзларига ишонишларини кутади.

  1. Ваъзхон Исо ҳақида ваъз қилдими?

Бу савол сизга ғалати бўлиб туюлиши мумкин. Қайси (евангелия) инжил жамоати Исони қолдириб кетади? Охирги таътилимда мен катта, консерватив, инжил жамоатларида эски Аҳд матнлари бўйича айтилган бир қанча ваъзларда Исо номи тилга олинмаганига гувоҳ бўлдим. Масиҳнинг жамоатида айтилган ваъзда Масиҳ тилга олинмади. Бу ҳар қайси маҳаллий синагогага мос келган бўлар эди. Агар Исо ҳар ҳафта ҳикоянинг қаҳрамони бўлмаса, буни пайқайсизми?

Лекин, биз фақатгина Масиҳ ваъз қилинганми деб сўрамаслигимиз керак, биз шу билан бирга, Масиҳ қандай ваъз қилинган деб ҳам сўрашимиз керак. Бизга ҳар иккала Аҳдлардан Каломдаги Масиҳ қандай таништирилди? Исо, шунчаки, яхши яҳудий хабарига зарурий қўшимча сифатида таништирилмадими? Ваъзхон Исо сизнинг никоҳингиз яхшироқ бўлиши ва фарзандларингиз итоатлироқ бўлиши учун келиб Ўзини қурбон қилгандек гапирдими?

Масиҳийларга ҳам, масиҳий бўлмаганларга ҳам, тирилган ва яшаётган Масиҳдан бошқа нарса керак эмас. Бу Ҳаворийлар 8-бобда Филип Ишаё китобини ўқиётган эфиопиялик амалдорга қандай жавоб берганига ўхшайди. Бу Исонинг Ўзи Эммаус йўлида барча Муқаддас ёзувларни очиб бериб, улар У ҳақда қандай гапирганларини кўрсатганини билдиради. Аслида, шунчаки, Янги Аҳд китобларини ўқинг ва унинг муаллифлари Масиҳни марказда тутишда қанчалик содиқ бўлганликларини кўринг.

Бизга Исо, Бутрус ва Павлусга ўхшаб ваъз айтадиган ваъзхонлар керак.

  1. Ваъзхон ваъзни менинг ҳаётимга қўлладими?

Ишонтириш Муқаддас Руҳнинг ишидир. Лекин, Муқаддас Руҳ ваъзхонларга ва таълим берувчиларга инъомлар беради, токи улар масиҳийларга Худонинг Каломини қўллашга ёрдам берсинлар. Ваъзхон ибодатгўйлик билан сизни яхши билишга интилётганини сездингизми? Сиздан фарқланиши мумкин бўлган хонадаги бошқа масиҳийлар-чи?

Масиҳ жамиятдаги турли тоифалардан бўлган ҳар хил одамлар билан Ўз жамоатини қуряпти. Чўпон фақатгина ўртамиёна оилаларга ва улар ҳақида гапирадими? Ёки у масиҳий бўлмаганлар ва номига масиҳий бўлганларни ҳам, қари ва ёш, оқ ва қора, бой-у камбағаларни, ёлғиз ва ажрашган, оилали ва бева одамларни ҳам инобатга оладими?

Бу рўйхатни яна давом эттириш мумкин, лекин мақсад оддий: ваъзхон Худонинг Каломи контекстда ҳар хил одамларга қанчалик муҳимлиги ҳақида чўпонлардек ўйлаяптими?  Ёки у ўзидаги бор жамоатига эмас, ўзи эга бўлишни хоҳлаган жамоатга ваъз айтяптими? Буни жорий этиш у чўпонлик қилаётган қалбларга Муқаддас Руҳдан илҳомланган ғамхўрликни намоён этадими? Ёки у бошқа нарсани, масалан, дангасалик ёки тор фикрлаш ёхуд юзаки ўйлаш кабиларни намоён этадими?

  1. У Худони биладиган одамдек гапирадими ёки Худо ҳақида биладиган одамдекми?

Эътибор берган бўлсангиз, бу пунктгача деярли тўлиқ тақдимот ҳақида гапирдим. Бу мулоқот муҳим эканлиги туфайлидир. Лекин, у ошириб юборилиши ва чалғитувчи бўлиши ҳам мумкин.

Ушбу саволга жавоб беришда ваъзхонлар ҳар хил одамлар бўлганликлари учун минбар олдида ўзларини ҳар хил тутишларини унутмаслик ўта муҳим. Баъзилари катта ва дабдабали шахсиятга эга бўлишса, бошқалари босиқроқ бўлишади. Баъзилари латифалар айтса, бошқалари айтмайди. Бу ерда гап бу афзаллик масалари бўйича буйруқ беришда эмас. Аксинча, мен, шунчаки, ваъзхонлар матнга тўғри келадиган ҳиссиётлардан фойдаланишлари кераклиги ҳақида умумий тавсия бермоқчиман. У яхши нарсалар ҳақида гапираётганда қувончни ва даҳшатли нарсалар ҳақида гапирганда жиддийликни кўрсатадими? Бошқача қилиб айтганда, у масиҳий тажрибани худди фақатгина китобдан бу ҳақда эшитгандек тасвирлайдими ёки уни ростдан ҳам Худо билан бирга юрган одам сифатида ифодалайдими?

Жош Винсент