Tayyorlanayotgan cho‘pon uchun o‘rganishi kerak bo‘lgan eng muhim narsalar nimalardan iborat?

12.14.2018

Muqaddas Kitob. Cho‘pon uchun eng birinchi ustuvor narsa – Kalomni va’z qilishdir (2-Tim. 4:2). Tayyorlanayotgan cho‘pon uchun eng asosiy narsa Kalomni o‘rganish bo‘lishi kerak. Muqaddaslik. Oqsoqol uchun talab etiladigan asosiy xususiyatlar bu axloqiy va ruhiy xususiyatlardir (1-Tim. 3:2-7). Cho‘pon o‘z odamlariga namuna ko‘rsatish orqali cho‘ponlik qilishi kerak (1-But. 5:3). Shuning uchun, bu xizmatda bo‘lishga intilayotgan inson doimiy, […]

Ota-onalar o‘zlari haqida o‘rganishi zarur bo‘lgan darslar

12.12.2018

Farzandlaringizning sadoqatli qarovchisi bo‘lish uchun siz Masihda bo‘lishingiz kerak (Yuhanno 15:5). Pastga tomish nazariyasi: Onaning har kungi sokin vaqti tabiiy ravishda Rabbimizning daldasi va yo‘l-yo‘rig‘i ko‘rinishida pastga-bolalarga tomadi. Farzandlaringizni eshitmaslik ularni nohaq hukm qilishingizga olib keladi (Yoqub 1:19-20). Biz qilishimiz kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxati farzandlarimizning ichki o‘y-xayollari hayotichalik muhim emas. Inoyat xushxabarini va’z qiling, o‘zini […]

Cho‘ponlar jamoatda ayollarga maslahat va dalda berishlari uchun ba’zi umumiy yo‘l-yo‘riqlar nimalardan iborat?

12.10.2018

Cho‘pon sifatida, sizning maqsadingiz o‘zingizni, ayollarni va jamoatni himoya qilish uchun amaliy chegaralar o‘rnatish bo‘lishi kerak: Siz o‘zingizni nohaq ayblovlardan himoya qilishingiz kerak (1-Tim. 5:19). Bundan tashqari, cho‘ponlar yaxshi nomga ega bo‘lishlari kerak, shuning uchun, ham badnomlikdan xoli bo‘lish va ham badnomlikdan xoli bo‘lib ko‘rinishga ishonch hosil qilish uchun chegaralar o‘rnatishni xohlaysiz. Siz ayollarni har qaysi […]

Kim oqsoqol bo‘lishi kerakligi haqida ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri tasavvurlar nimalardan iborat?

12.05.2018

Kalom tasvirlagan oqsoqol shunchaki yoshi kattaroq erkak kishi emas. Odam oqsoqol bo‘lish uchun hayotiy tajribaning o‘zi kalomiy xislatlarga mos kelishni kafolatlamaydi (1-Tim. 3:1-7, Tit. 1:6-9). Kalom tasvirlagan oqsoqol shunchaki muvaffaqiyatli mutaxassis emas. Aslida, ba’zi mutaxassislarni korporatsiya, sanoat yoki siyosiy zinapoyaning tepasiga olib chiqadigan xuddi o‘sha o‘ziga xosliklar ularni jamoat yetakchiligi zinapoyasining eng pastki pog‘onasiga qo‘yishi […]

Jamoatlar yig‘ilganda nima qilishlari kerakligi haqida Yangi Ahdda nima deyilgan?

12.04.2018

Yangi Ahdda jamoatlar yig‘ilganda ular Kalomni o‘qishlari, Kalomni va’z qilishlari, Kalomni ibodat qilishlari, Kalomni kuylashlari va Kalomni ko‘rishlari kerakligi aytilgan. Kalomni o‘qish: Pavlus Timo‘tiyga “Muqaddas Bitiklarni ovoz chiqarib o‘qishga .. vaqtingni bag‘ishla”, deb aytadi (1 Tim. 4:13). Jamoatlar o‘z yig‘ilishlarida Kalomni ovoz chiqarib o‘qishlari lozim. Kalomni va’z qilish: Pavlus Timo‘tiyga, “Xudoning Kalomini targ‘ib qil”, deb aytadi (2 Tim. […]

Cho‘pon qanday qilib o‘z jamoatini jamoat intizomiy choralarini qo‘llashga donolik bilan yetaklay oladi?

05.17.2018

Kamtarlikni qo‘llab-quvvatlang.Odamlarga ular o‘zlarining ruhiy holatlari bo‘yicha, ehtimol, xato o‘ylayotganlarini ko‘rishlariga yordam bering. 1-Korinfliklarga 5-bobdagi odam, shu bilan birga, Pavlusning 2-Korinfliklarga 13:5dagi korinflik masihiylarga aytgan nasihati haqida o‘ylang. Pavlus imondamizmi yoki yo‘qmi, buni bilish uchun o‘zimizni tekshirishga chaqiradi. Jamoat a’zolaringiz bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun bir-birlariga yordam berishlari kerakligini tan olishadimi? Jamoatingiz jamoat a’zoligi bo‘yicha […]

Qanday qilib cho‘pon jamoatini diakon-boshqaruvidagi jamoatdan oqsoqol-boshqaruvidagi jamoatga oqilona tarzda aylantirishi mumkin?

04.17.2018

Boshqaruvni sabr-toqat bilan o‘rgating. Agar siz jamoatinigzning tuzilishini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, siz kalomiy boshqaruvni sabr-toqat bilan ta’lim berishingiz kerak. bu ta’limotni turli xil joylardan turib bir nechta qatlamli holda: ya’ni, minbar, Kalomni o‘rganish darslari, kichik guruh, erkaklar yig‘ilishlari, yakkama-yakka va hokazo. Qatlamli holda ta’lim berish boshqaruv haqidagi qisqa kurslardan ko‘ra yaxshiroq xizmat qiladi. Shunga qaramay, jamoatni o‘zgartirishdan […]

Qanday qilib va’zxon o‘z jamoatini ekspozitsion va’zdan samarali foydalanishga tayyorlay oladi?

03.17.2018

Ularni cho‘zilishga majbur qiladigan yuqorilikdagi darajada va’z qiling, lekin va’z boshlari ustidan uchib ketadigan darajada yuqori bo‘lmasin. Matnni ularning hayotlariga xos ravishda moslashtiring. Jamoatni yaqin kelajakda aytiladigan barcha va’zlarning ro‘yxati keltirilgan varaqalar, blog postlar yoki shunga o‘xshash narsalar bilan ta’minlang, toki jamoat kelasi haftalarda va’zxon qaysi kalomiy matnlar bo‘yicha va’z qilishi haqida oldindan xabardor bo‘lsin. […]

Cho‘pon qanday qilib jamoatning umumiy xushxabarchilik guvohligini rivojlantira oladi?

01.17.2018

Ekspozitsion (izohli) va’z ayting.Odamlaringiz har hafta Xudoning so‘zini eshitgani sari, ular Uning ulug‘vorligini dunyoga namoyon etib borishadi. Haftadan haftaga ularning hayotlari o‘z najotkorlari – Iso Masihning odamlar diqqat markazidagi surati bo‘lib boradi. Har hafta xushxabarni va’z qiling. Odamlaringiz har hafta xushxabarni tinglar ekan, ular uni qadrlashda, tushunishda o‘sadilar va uni boshqalar bilan bo‘lishish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Va’zlaringizda […]

Cho‘pon intizomiy choralarni qo‘llashga jamoati qachon tayyor bo‘lishini qanday bilsa bo‘ladi?

12.19.2017

Quyidagi hollarda sizning jamoatingiz intizomiy choralarni qo‘llashingizga tayyor bo‘ladi: Sizning yetakchilaringiz buni tushunganda, bunga rozi bo‘lganda va buning ahamiyatini anglaganda. (Bu oqsoqollar jamoasiga ega bo‘lish uchun yana bir sababdir: oqsoqollar jamoatning ruhiy nazoratchilari ekanliklariga qo‘shimcha ravishda, ular intizomiy choralarning qiyin vazifalari orqali jamoatni yetaklash yukini birgalikda ko‘tarib cho‘ponga yordam berishadi.) Bunday intizomiy chora kalomga mos […]