Jamoat oqsoqoli kim?
Asoslar: Oqsoqol bu – (i) (1 Timo‘tiy 3:1-7) va (Titus 1:6-9) dagi xususiyatlarga mos keladigan, (ii) o‘z jamoati tomonidan oqsoqol deb tan olingan (iii) va Kalomni o‘rgatish orqali jamoatni (yig‘ilishni) olib boradigan (1 Tim. 3:2), qo‘ylari uchun ibodat qiladigan (Yoqub 5:14) va jamoat masalalari ustidan nazorat qiladigan shaxsdir (1 But. 5:2). Nazorat: Oqsoqol suruv ustidan […]
Qachon jamoat yetakchilariga itoat etmasligingiz kerak?
Barchamiz vaqti-vaqti bilan yetakchilarimizning xatolari va gunohlariga kamtarlik bilan chidashimiz kerakligi aytiladi. Lekin, siz yetakchiligi zo‘ravonlik xususiyatlariga ega jamoatga tushib qolgan bo‘lsangiz, u yerdan qoching. Masihdagi shogirdligingizni himoya qilish uchun, oilangizni himoya qilish uchun, ortda qolgan a’zolarga yaxshi namuna bo‘lish uchun va jamoat xizmatiga ishonch bildirmaslik orqali imonsiz qo‘shnilaringizga xizmat qilish uchun u yerdan qoching. […]
Cho‘pon bo‘lishim kerak yoki kerak emasligini qayerdan bilsam bo‘ladi?
An’anaga ko‘ra, masihiylar cho‘ponlik xizmatiga kirishishdan oldin ikki turdagi “chaqirilish”ni boshdan kechirishi kerakligini ta’kidlashadi: bular ichki chaqirilish va tashqi chaqirilish. “Chaqirilish” so‘zi odamni chalg‘itishi mumkin bo‘lsada, asosiy g‘oya to‘g‘ri. Cho‘pon bo‘lishdan oldin shaxs bu ishni qilishni xohlashi va jamoat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bularni qilishning bir qismi oqsoqolning kalomiy xislatlarini inobatga olishga dahldordir. Bu ishni qilishni […]
Qanday holatda bolaning o‘zini yomon tutishi otasining oqsoqol yoki cho‘pon bo‘lish huquqidan mahrum etadi?
Bola ota-onasidan mustaqil bo‘lganda, u ota-onasining hokimiyati ostidan chiqadi, Pavlusning Titusga yozgan maktubidagi gapi shunga tegishli. Bola ulg‘ayib, uyini tark etganda hech qaysi yaxshi ota-onalik uning Masihni Rabbim deb tan olishiga va bu bo‘yicha yashashiga kafolat bera olmaydi. Agar bola hali ota-onasining hokimiyati ostida bo‘lsa, uning o‘zini tutishi ikki holatda otasini oqsoqol bo‘lishi huquqidan mahrum […]
Nima uchun cho‘ponlar jamoat yetakchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga shaxsan ustozlik qilishlari kerak?
Muqaddas Kitobda shunday buyurilgan. 2-Timo‘tiy 2:2da Pavlus quyidagicha yozadi: “Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.” Timo‘tiyga maktubi faqatgina Timo‘tiyga emas, bizga uchun ham taalluqli ekan (Rim. 15:4, 2-Tim. 3:16-17), har bir mahalliy jamoat cho‘poni jamoatdagi boshqa odamlarni ta’lim beruvchilar qilib tayyorlashi kerak. […]
Ayollar cho‘pon yoki oqsoqol bo‘lishlari mumkinmi?
Ushbu qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan savolga javob berish uchun bir necha kalomiy parchalarga qarab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Erkaklar va ayollar Xudoning suratida yaratilganlar va Xudoning nazarida teng qadr va mavqega egalar (Ibt. 1:26-28). Xudo yaratilish strukturasining ichida erkaklar va ayollar uchun har xil rollar bergan. U Odam Atoni bosh, yetakchi bo‘lish va hokimiyat uchun yaratgan […]
Cho‘pon Xudo tomonidan xizmatga “chaqirilishi” kerakmi?
Bir tomondan, Yangi Ahddagi oqsoqollik yoki cho‘ponlik xizmati uchun maxsus “chaqirilish” talab etilishi haqida Kalomda hech narsa deyilmagan. Cho‘ponlar Eski Ahddagi payg‘ambarlar va oliy ruhoniylar chaqirilganiga o‘xshash tarzda (Yer. 1:5; Ibr. 5:4) xizmatga chaqirilishi kerakligi haqida Yangi Ahdda hech nima deyilmagan. Bundan tashqari, Yangi Ahdda “chaqirilish” atamasi hech qachon cho‘ponlik xizmatiga nisbatan ishlatilmagan, faqatgina umumiy […]
Cho‘pon o‘z xotinini sevishning ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?
Jamoat siz bilan cho‘ponlik lavozimi uchun suhbat o‘tkazayotganida, ular xotiningizni emas, sizni ishga olishayotganligini tushuntiring (Muqaddas Kitobda oqsoqollarning xotinlari haqida hech narsa deyilmagan). Jamoat xotiningiz nima qilishi haqida so‘raganda, u jamoatga qo‘shilmoqchiligi va xuddi boshqalarga o‘xshab jamoatning oddiy bir a’zosi bo‘lmoqchiligini ayting. Jamoatning qo‘shimcha kutishlaridan o‘z qalbini himoya qilishga unga yordam bering. U jamoatdagi o‘z […]
Jamoatlar cho‘ponlarni tayyorlashga sarmoya kiritishining ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?
Quyida butun jamoat cho‘ponlarni tayyorlashda ishtirok eta olishi mumkin bo‘lgan bir necha yo‘llar keltirilgan: Faqatgina katta cho‘ponni emas, har qanday va’zxonlarni ham tinglashga ochiq bo‘ling. Va’z aytishni o‘rganishning yagona yo‘li bu va’z aytishdir. Agar Xudo jamoatdagi ba’zi odamlarga va’z aytish xohishini bersa, jamoat ularning unchalik o‘ziga rom etmaydigan chiqishlari va uslublarini sabr-toqat bilan qabul qilishni o‘rganishlari […]
Oqsoqollar ko‘p bo‘lishining afzalliklari nimalardan iborat?
Kalomiy Hisobdorlik. Xudojo‘y oqsoqol birodarlar cho‘ponni yashash, ta’lim berish va sadoqat bilan jamoatni yetaklashda hisobdorlikda saqlash uchun katta vositadirlar. Bundan tashqari, hokimiyatni bir necha odam o‘rtasida taqsimlanishi birovni jamoat ustidan xo‘jayinchilik qilish xatosidan saqlab qola oladi Donolik. Maslahatchilar ko‘p bo‘lganda ko‘proq donolik topish mumkin (Hikmatlar 11:14; 24:6). Muvozanat. Hech bir odam jamoatni o‘stirishga kerak bo‘ladigan […]
