Avtoritar emas, Hokimiyat

Bir necha yil oldin, bir ayol o’z cho’poni bilan yig’ilishda o’tirdi. U kursiga o’tirib ko‘zlarini yerga tikkancha, chuqur nafas oldi va asta sekinlik bilan bir necha haftadan beri aytishga qaror qilib, bu uchun ibodat qilib kelayotgan gapini aytdi: “Menimcha, siz menga nisbatan qattiqqollik qilyapsiz.” Jamoatining cho’poni bilan bir necha bor uchrashganidan so’ng, ayol birinchi marta […]

Kalomiy Teologiya va Cho’ponlik

Cho’ponlik ish tasnifini qanday yozgan bo’lar edingiz? Namunalarni qayerdan izlagan bo’lar edingiz? Ehtimol, siz boshqa bir necha mahalliy jamoatlarda allaqachon mavjud namunani olib unga o’z jamoatingizning ish jadvali va dasturlariga bir necha o’zgartirishlar kiritarsiz. Bu, albatta, cho’pon qanday bo’lishi va nima qilishini allaqachon hamma bilishini ko’rsatadi. Lekin, cho’ponning asosiy/fundamental roli nima ekanligini qanday bilamiz? Shubhasiz, […]

“Iso gunohkorlar uchun O‘zini qurbon qilgan”: Jamoatingiz a’zolari bu aslida nimani anglatishini bilishadimi?

Cho‘ponlikda tajribam ortgani sari, cho‘ponlar nafaqat imonsizlarning najotga erishishlari uchun, balki, imonlilarning inoyatda o‘sib borishlari uchun ham Masihning aql bovar qilmaydigan marhamatlarini muntazam ravishda va’z qilib turishlari kerakligiga shuncha amin bo‘laman. Lekin afsuski, Najotkorimizning bizni gunohlarimizdan qutqarish ishiga kelganda, biz va’zxonlar ko‘pincha juda oz gapiramiz. Shu sababdan, vaqt o‘tishi bilan xatarli narsa sodir bo‘ladi: bizni […]

Oqsoqollar diakonlar bilan qanday aloqada bo‘ladilar?

12.06.2017

Ko‘pgina jamoatlarda diakonlar oqsoqollarga o‘xshab faoliyat olib boradilar va ular orasidagi aloqani adashtirishadi. Lekin, ularning o‘ziga xos kalomiy vazifalarini yana bir marta ko‘rib chiqish orqali ular bir-biri bilan qanday aloqada bo‘lishlari kerakligini ko‘rishimiz mumkin: Oqsoqollar Kalomiy ta’lim berish va nazorat qilish orqali suruvga cho‘ponlik qiladilar (1-Tim. 3:2; 1-But 5:2). Diakonlar jamoatning moddiy va moliyaviy ehtiyojlari […]

Jamoat oqsoqoli kim?

07.17.2017

Asoslar: Oqsoqol bu – (i) (1 Timo‘tiy 3:1-7) va (Titus 1:6-9) dagi xususiyatlarga mos keladigan, (ii) o‘z jamoati tomonidan oqsoqol deb tan olingan (iii) va Kalomni o‘rgatish orqali jamoatni (yig‘ilishni) olib boradigan (1 Tim. 3:2), qo‘ylari uchun ibodat qiladigan (Yoqub 5:14) va jamoat masalalari ustidan nazorat qiladigan shaxsdir (1 But. 5:2). Nazorat: Oqsoqol suruv ustidan […]

Xizmatdagi muvaffaqiyat nima? U qanday o’lchanadi?

03.21.2017

Bu qiyin savol, chunki bu savolga javob berayotganda bir-biriga raqobatdosh har xil tamoyillar yuzaga keladi. G’ayritabiiy narsalarni o’lchash?G’ayritabiiy hosilni har doim ham o’lchab bo’lmaydi. Muvaffaqiyat ishonchlilik bilan barobar.Muvaffaqiyatning eng muhim mezonlaridan biri bu Xudo Kalomini ishonchli tarzda (o’zgartirmasdan) va’z qilish va Kalomga mos ravishda yashashdir. Bu jamoatga qatnovchilar sonidan muhimroq narsa.Jamoatga qatnaydigan odamlarning soni e’tiborga […]

Qachon jamoat yetakchilariga itoat etmasligingiz kerak?

01.13.2017

Barchamiz vaqti-vaqti bilan yetakchilarimizning xatolari va gunohlariga kamtarlik bilan chidashimiz kerakligi aytiladi. Lekin, siz yetakchiligi zo‘ravonlik xususiyatlariga ega jamoatga tushib qolgan bo‘lsangiz, u yerdan qoching. Masihdagi shogirdligingizni himoya qilish uchun, oilangizni himoya qilish uchun, ortda qolgan a’zolarga yaxshi namuna bo‘lish uchun va jamoat xizmatiga ishonch bildirmaslik orqali imonsiz qo‘shnilaringizga xizmat qilish uchun u yerdan qoching. […]

Cho’ponlar o’z odamlari uchun ibodat qilishga da’vat etilganlar

Cho’ponlar o’z odamlari uchun ibodat qilishga da’vat etilganlar

Agar siz Xudo tomonidan cho‘pon bo‘lishga chaqirilgan bo‘lsangiz, unda men aminmanki, siz o‘z odamlaringiz uchun ibodat qilishni juda xohlaysiz. Afsuski, xohishning o‘zi yetarli emas. Rabbimiz O’zining sadoqatli eng yaqin shogirdlariga “shu yerda qolinglar-da, ko‘z quloq bo‘lib turinglar”, deganda, ular sadoqat bilan ko‘z-quloq bo‘lib turishni va sevgan Insonlari bilan ibodat qilishni xohlaganliklariga aminman. Afsuski, bu xohishning […]

Diakon yetaklaydigan jamoatdan oqsoqol yetaklaydigan jamoatga o‘tish

Mening ilk cho‘ponlik xizmatlarimdan birida ikkita diakon noodatiy bir ish qilishdi: ular, aslida, jamoatga cho‘ponlik (g‘amxo‘rlik) qilishdi. O‘sha ikki kishidan tashqari, jamoatda yigirmanchi asr o‘rtalariga xos Baptist boshqaruvi amal qilardi: sakkista diakon direktorlar kengashi sifatida xizmat qilar va jamoat bir butun organizm sifatida har oydagi ishchi yig‘ilishlarda jamoat hayotiga ta’sir qiladigan har qanday qarorga ovoz […]

Diakonlardan talab qilinadigan kalomiy xususiyatlar va ularning majburiyatlari

Kimlar diakon bo‘lishi mumkin? Muqaddas Kitobda diakonlar nima qilishlari kerakligi haqida nima deyilgan? IKKITA KALOMIY UNVONLAR: OQSOQOLLAR VA DIAKONLAR Diakonlik xizmatini oqsoqollik xizmati bilan taqqoslasak, bu savollarga javob topishimizga yordam beradi. Jamoatning birlamchi (asosiy) ruhiy yetakchilari oqsoqollar bo‘lishgan, ular Yangi Ahdda yana nazoratchilar yoki cho‘ponlar deb atalgan. Oqsoqollar Kalomni va’z qilishadi va u bo‘yicha ta’lim […]

  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2