Етакчилик

Cho’ponlar o’z odamlari uchun ibodat qilishga da’vat etilganlar

Томонидан Ryan Fullerton

Ryan Fullerton is the senior pastor at Immanuel Baptist Church in Louisville, Kentucky. You can find him on Twitter at @RyanFullerton.
Мақолалар
06.21.2016

Agar siz Xudo tomonidan cho‘pon bo‘lishga chaqirilgan bo‘lsangiz, unda men aminmanki, siz o‘z odamlaringiz uchun ibodat qilishni juda xohlaysiz. Afsuski, xohishning o‘zi yetarli emas.

Rabbimiz O’zining sadoqatli eng yaqin shogirdlariga “shu yerda qolinglar-da, ko‘z quloq bo‘lib turinglar”, deganda, ular sadoqat bilan ko‘z-quloq bo‘lib turishni va sevgan Insonlari bilan ibodat qilishni xohlaganliklariga aminman. Afsuski, bu xohishning o‘zi yetarli bo‘lmadi. Buning o‘rniga, ular ibodat mavzusi ochilganda, har bir cho‘ponning boshidan o‘tgan achinarli haqiqati, esda qolarli misol bo‘ladi: “Ruh tetik, tana esa zaifdir” (Mat. 26:41). Necha marotaba siz o‘z odamlaringiz uchun ibodat qilishga qat’iy qaror qilgansiz, lekin tez orada sizni uyqu bosib, “ko‘zlaringiz yumilib ketgan” (Mat. 26:43)?

Bu maqolaning maqsadi Xudoning Kalomidagi ibodat qilishga kuch beradigan haqiqatlar bilan charchagan ko‘zlarimizga qarshi kurashishdir. Bu fikr-mulohazalar orqali sizning qalbingiz havoriylarning “Biz esa o‘zimizni ibodatga….bag‘ishlaylik”, degan qichqirig‘i bilan ko‘tariladi, deb umid qilamiz (Hav 6:4).

Shu maqsadda, quyida oltita kalomiy haqiqatlarni taklif etaman, umid qilamanki, ular bizni ibodatsiz mudrashlarimizdan uyg‘otib oladi.

1. O‘z odamlaringiz uchun ibodat qilmaslik – bu gunoh.

Ibodat qilmaslik – bu gunoh. Biz bu borada ochiq bo‘lishimiz kerak. O‘z odamlari uchun ibodat qilmaydigan cho‘pon, Xudo Kalomini va’z qilishdan bosh tortadigan cho‘pon singari Kalomga ziddir. Masihiy bo‘lishning eng shirin xaqiqatlaridan biri bu bizning hozirda “solihlikka qul” ekanligimizdir (Rim. 6:18). Bizning “bashariy tabiatimiz xohishlari” bizni gunoh tomon yetaklashiga qaramasdan (Gal. 5:16), imonlilarning to‘g‘ri amallarni bajarishga tuganmas xohishlari hali ham bor. Chunki, Xudo O‘z qonunlarini onglarimizga va yuraklarimizga yozib qo‘ygan (Yer. 31:33; Ibr. 8:10), shuning uchun, biz solihlikni sevishni xohlaymiz va fosiqlikni yomon ko‘ramiz (Zab. 45:7; Ibr. 1:9). Masihiylar o‘z hayotlarida gunohga toqat qilishlariga Ruh hech qachon ruxsat bermaydi. Ular xizmat qilayotgan yig‘ilish qatnashchilari singari, cho‘ponlar o‘z hayotlaridagi ibodat qilmaslikka toqat qilib hech qachon xursand bo‘la olishmaydi, chunki ibodat qilmaslik bu gunohdir.

Shomuil payg‘ambar Isroil xalqiga ular uchun ibodat qilishga va’da berib, quyidagi so‘zlarni aytganda, buni juda aniq qilib ko‘rsatadi: “albatta Egamizga sizlar uchun ibodat qilaman. Aks holda Unga qarshi gunoh qilgan bo‘laman. Bundan Xudo saqlasin!” (1 Shoh. 12:23). Shomuil Xudoning xalqi uchun ibodat qilmaslik bu Xudoga qarshi gunoh ekanligini tan oladi. Shomuil Xudoning xalqi orasida yo‘lboshchi edi. Agar u ularning muhtojliklarini Yehova Yireh oldiga, ya’ni bu muhtojliklar uchun g‘amxo‘rlik qila oladigan yagona Zot oldiga olib kelmasdan turib, qanday qilib ular haqida g‘amxo‘rlik qilaman, deb ayta olardi? Agar Shomuil Rabbiyni ibodat orqali izlashga yetaklamasa,u qanday qilib Xudo xalqiga yo‘lboshchilik qilaman, deya olardi? Xudo xalqini ibodatsiz qoldirish – ularni qarovsiz, ta’minotsiz, “cho‘ponsiz qo‘ylar kabi” bebosh qoldirish demakdir (Mat. 9:36). Cho‘ponlar sifatida, biz gunohdan qochishga va solihlik payida bo‘lishga chaqirilganmiz. Biz ibodat qilmaslik gunohidan qochishni va solihlik kiyimini kiyib, o‘z odamlarimiz uchun ibodat qilishdek ajoyib odatni o‘rganishimiz kerak.

2. O‘z odamlaringiz uchun ibodat qilish Xudoni ulug‘laydi.

Ibodat haqidagi mening eng yoqtirgan oyatlarimdan biri bu Zabur 49:15: “Og‘ir kunda Menga iltijo qilgin, Senga najot beraman, Sen esa Menga maqtov aytasan.”

Qiyinchilikdagi har bir kun Xudoga maqtovlar aytish, Uni ulug‘lash uchun bizdagi imkoniyat va imtoyoz kunidir. Xastalarga dalda berishda, yangi imonga kelganlarga ustozlik qilishda va qiyin vaziyatlarda maslahatlar berishda, biz ba’zan haqiqiy da’vatimizdan chetga og‘ib ketayotgandek o‘zimizni his qilishimiz mumkin, lekin bu unday emas.

Yo‘limizda uchraydigan har bir va har qanday muammo Xudoga sharaf keltirish imkoniyatidir, zero biz Unga yordam uchun murojaat qilganimizda – U javob beradi! U bizning ibodatlarimizga javob berganida va biz ibodat qilayotgan odamlarning hayotlarida ishlaganda, U ulug‘lanadi. U xastaga dalda berganda yoki biz duch kelayotgan muammolarni hal qilganda, U ulug‘lanadi, chunki bu ishlarni U amalga oshiradi.

Biz Jon Nyuton (1725–1807) hamdlarining birida keltirilgan maslahatiga rioya etishimiz kerak:

Kel, ey qalbim, libosingni tayyorla:
Iso sevar ibodatga javob berishni,
Uning O‘zi chorladi bunga seni,
Shu sababli, U senga aslo yo‘q demas;
Shu sababli, U senga aslo yo‘q demas.

Ko‘plab arznomalaring ila,

Shox huzuriga kelmoqdasan;

Uning inoyati-yu qudrati buyukligidan,
Hech qanday arznoma Unga ko‘plik qilolmas;
Hech qanday arznoma Unga ko‘plik qilolmas.

Biz qiyinchiliklarimizning qoq o‘rtasida Rabbimizdan yordam so‘rasak, biz Unga U loyiq bo‘lgan sharafni beramiz.

3. Biz o‘z odamlari uchun ibodat qiladigan yo‘lboshchilarga taqlid qilishga chaqirilganmiz.

Ibroniylar 13:7 da jamoatimiz yo‘lboshchilari haqida fikr yuritish to‘g‘risida yozilgan: “Xudoning kalomini sizlarga o‘rgatgan ustozlaringizni xotirlanglar. Ularning bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida fikr yuritinglar. Imonlariga taqlid qilinglar.” Agar siz Masihiy Jamoatning buyuk yo‘lboshchilarini kuzatsangiz, ular uchun umumiy bo‘lgan bir narsani ko‘rishingiz mumkin: Ular ibodat qilishga bag‘ishlanganlar. Biz buni havoriy Pavlusning hayotida ko‘rishimiz mumkin, u Kolosaliklarga u va uning xizmatidagi hamrohlari, ular haqida eshitgan kunlaridan beri ular uchun ibodat qilishni “kanda qilmayotganlari” haqida aytadi (Kol. 1:9).

Barqarorlikka qanday ajoyib misol! U Kolosalik qo‘zilar haqida bilgan birinchi kundan boshlab tinmasdan ibodat qiladi. Birodarlar, bu haqda fikr yuriting va shunday hayot tarziga taqlid qiling. Shu bilan birga, Epafrasning namunasi haqida ham fikr yuritinglar. Pavlus uni quyidagicha ta’riflaydi: “Iso Masihning quli, hamshaharingiz va Xudoning irodasini to‘liq bajaradigan, imoni komil insonlar bo‘linglar, deb Epafras zo‘r g‘ayrat bilan, tinmay sizlar uchun ibodat qilmoqda” (Kol. 4:12). Pavlus va Epafras kabi xudojo‘y odamlar, ibodatgo‘y odamlarga namuna ekanligini eslab qoling.

4. O‘z odamlaringiz uchun ibodat qilish Yangi Ahd jamoatlarining ustuvorliklarini aks ettiradi.

Hosil bayramidagi Muqaddas Ruhning yog‘ilishi qilingan iboatga javob edi. Ilk masihiy yo‘lboshchilar, atigi yuzdan ortiq Masihga ergashuvchilar bilan birgalikda, ibodat qilib, Xudo qachon qudrat bilan harakatga kelishini kutayotgan edilar (Havoriylar 1–2 boblar). Ilk masihiylar o‘zlarini “ibodatga” bag‘ishlagan edilar (Havoriylar 2:42) va jamoat o‘sib borgan sari; yo‘lboshchilikka talablar kuchaygan sari jamoat yo‘lboshchilari o‘z ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqishlari kerakligini anglashadi (Havoriylar 6-bob). Jamoatdagi ba’zi bevalar e’tiborsiz qolib ketishi ularga hamma narsani qila olmasliklarini anglashga yordam beradi.

Lekin, ular faoliyatining diqqat markazida nima bo‘lishi lozim? Ular xayr-ehson qilish yoki ma’muriy ishlarga diqqatlarini qaratishlari kerakmi? Bular yaxshi va ruhiy variantlar edi (Rim. 12:6–8) lekin, ilk jamoat yo‘lboshchilari bundan yaxshiroq narsa borligini bilishar edi. Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostida, ular quyidagi so‘zlarni aytishadi:

— Biz Xudoning kalomini va’z qilishni bir chetda qoldirib, ozuqa tarqatish bilan ovora bo‘lishimiz to‘g‘ri emas. Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obro‘–e’tiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka to‘lib–toshgan bo‘lsin. Ularni bu xizmatga tayin etaylik. Biz esa o‘zimizni ibodatga va Xudoning kalomi xizmatiga bag‘ishlaylik (Havoriylar 6:2–4).

Havoriylar nima qilishlari kerakligi ro‘yxati nimalardan iborat ekanligiga e’tibor berdingizmi? Kalomni o‘rganish, uni va’z qilish hamda ibodat. Albatta, jamoat bevalarni e’tiborsiz qoldira olmasdi. Lekin, yo‘lboshchilar agar ibodatga o‘zlarini bag‘ishlamasalar, hamma narsani yo‘qotishlari mumkinligini anglab yetishadi. Agar yo‘lboshchilar Xudoning xalqi uchun ibodat qilish orqali Uning mehribonlik qudug‘iga o‘z chelaklarini botirib olishni davom ettirmaganlarida, bevalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun kerak bo‘lgan barcha oliyhimmatlilik qurib qolgan bo‘lar edi. Agar biz Yangi Ahd xizmatlariga ega bo‘lishni xohlasak, unda biz Yangi Ahd ibodatini tushunishimiz va amalda qo‘llashimiz lozim.

5. Xudoning odamlari uchun ibodat qilish ularni o‘zgarishga boshlaydi.

Cho‘ponlar sifatida, biz o‘z odamlarimiz Masihga o‘xshab borishda rivojlanishlarining guvohi bo‘lishni qattiq xohlaymiz. Biz va’zlar tayyorlaymiz, chunki Muqaddas Kitobning hayotni o‘zgartiruvchi kuchiga ishonamiz. Biz suruv uchun o‘rnak bo‘lamiz, chunki bilamizki, odamlar o‘z yo‘lboshchilariga ergashadilar.

Lekin, biz ibodat qilamizmi? Aniqroq aytadigan bo‘lsak, biz maslahat berishimiz, va’z aytishimiz va boshqa ta’lim imkoniyatlarini amalga oshirishimiz kerak. Lekin, Xudoning ibodat orqali harakatga keladigan qudratisiz  bularning bari befoydadir. Havoriy Pavlus ibodatga Xudo xalqining muqaddaslash sari qo‘llab quvvatlashning asosiy vositasi sifatida qaraydi. Shu sababdan, u quyidagicha ibodat qiladi:

Shu sababdan sizlar haqingizda eshitgan kunimizdan beri sizlar uchun ibodat qilishni kanda qilmayapmiz. Xudoning Ruhi beradigan donolik va aql–idrok orqali Uning irodasini to‘liq anglab yeting, deb ibodat qilyapmiz. Shunda sizlar Rabbimiz Isoga munosib hayot kechirib, har jihatdan Uni xursand qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingiz samara keltiradi va sizlar Xudoni yanada chuqurroq tushunib bilasizlar. Xudo O‘zining buyuk qudrati bilan sizlarni kuch–qudratga to‘ldirib, har qanday vaziyatda sizlarga sabr–toqat va bardosh bersin (Kol. 1:9–11).

Aql-idrok, donolik, anglash, hayot o‘zgarishi, samara keltirish, kuch-qudrat, sabr-toqat va bardosh berish – shulardan ortiq yana nimani ham so‘rashingiz mumkin! Havoriy Pavlus uchun bularning bari Xudo xalqiga ibodat orqali keladi. Yana, Filippiliklarga maktubida, Pavlus aytadiki,

«Sizlarning muhabbatingiz yanada oshib, bilim va aql–idrok bilan boyisin, deb ibodat qilyapman, chunki men sizlarning a’lo narsalarni tanlaydigan bo‘lib, Masih keladigan kunda pok va aybsiz bo‘lishingizni istayman. Toki sizlarning hayotingiz Iso Masih kuchi orqali solihlik samarasiga to‘lib, Xudoga sharaf va maqtov keltirsin» (Fil. 1:9–11).

Muhabbat, bilim, aql-idrok, a’lo narsalarni tanlaydigan bo‘lish, pok, aybsiz, solihlik samarasi – Xudoga sharaf va maqtov keltiradi. Yana bir marta ta’kidlaymizki, bu marhamatlarning barchasi ibodat orqali keladi. Biz xizmat qilayotgan odamlar bu xususiyatlarni namoyon etishadimi? Ehtimol yo‘qdir, chunki biz “so‘ramaymiz” (Yoqub 4:2). Yo Rabbiy, bizni ibodat sari yetakla!

6. Ibodat bu – Xudo oddiy inson uchun noodatiy ishlarni amalga oshirishidir.

Yillar davomida, mening jamoatimdagi oqsoqollar Yoqub 5:14 oyatiga mos Xudoning xastalar uchun ibodat qilish da’vatiga itoatkor bo‘lishga intilib kelganlar. Har safar Xudoning azob chekayotgan azizlaridan biri uchun Rabbimizdan shifo berishini so‘rab yig‘ilganimizda, men Yoqub kitobidagi birgina oyat orqali ruhlanaman. Yoqub bizga Ilyos haqida eslatadi: «Ilyos ham bizga o‘xshagan oddiy bir inson edi. Yomg‘ir yog‘masin, deb u astoydil iltijo qildi va yer yuziga uch yilu olti oy yomg‘ir yog‘madi» (Yoqub 5:17). Men bu oyat 5-bobning oxirrog‘ida joylashtirilishi Xudoning rahm-shafqati ekanligini har doim his qilib kelaman.

Bu haqda fikr yuriting. Yoqub shunchaki kasal bo‘lgan insonga jamoat oqsoqollarini chaqirtirishni, ular xasta inson shifo topsin deb, u uchun ibodat qilishlarini aytmoqda. U ehtimol, shifo topish kamdan-kam sodir bo‘ladigan voqelik emasligi, bunga  biz jamoatning odatiy hayotida Xudo amalga oshiradigan ish sifatida qarashimiz kerakligi haqida o‘ylagan. U shunday deb yozadi «Imon bilan qilingan ibodat bemorni sog‘aytiradi, Rabbimizning O‘zi unga shifo beradi.” Qanday ajoyib va’da! Oqsoqollar Xudodan mo‘jiza yaratishni so‘ramoqdalar. Yoqub o‘rtamiyona cho‘pon qanday o‘ylamoqchi ekanligini biladi, “Men? Men shunchaki oddiy bir insonman!” Yoqub bu e’tirozni oldindan sezib, Ilyos hikoyasi bilan xulosa yasaydi:  “Ilyos ham bizga o‘xshagan oddiy bir inson edi. Yomg‘ir yog‘masin, deb u astoydil iltijo qildi va yer yuziga uch yilu olti oy yomg‘ir yog‘madi. So‘ng u yomg‘ir yog‘sin, deb ibodat qildi, osmondan yomg‘ir yog‘ib, yer hosil berdi» (Yoqub 5:17-18).

Yoqub shunday demoqda, “Qaranglar, oqsoqollar, sizlar Xudo ob-havo sharoitini uch yilu olti oy o‘zgartirish uchun ishlatgan xuddi Ilyos kabidirsizlar. Albatta Xudo g‘ayriodatiy ishlarni qilish uchun sizdek o‘rtamiyona insonni ishlata oladi.” Qanday ajoyib dalda! Xudo bizning xizmatimiz orqali g‘ayriodatiy ishlarini qilishi uchun g‘ayriodatiy insonlar bo‘lishimiz shart emas. Buning o‘rniga, biz odatiyligimizni to‘la va quvonch bilan egallab, Xudoning g‘ayriodatiy va’dalariga o‘tilishimiz kerak.

Birodarlar, umid qilamanki, bu olti sabab ongingizni shakllantirib, yuragingizni ibodat qilish uchun kuchli xohish va qaror sari yetaklaydi. O‘zingizni odamlaringiz uchun ibodat qilishga bag‘ishlang. Hozirning o‘zida ibodat uchun bir necha yangi qarorlar qilishga Xudo sizni yo‘naltirishini Undan so‘rashingizga nima xalaqit beradi? Xudoning so‘zi orqali yangilangan ongingizdan itoatkorlik samarasi otilib chiqishiga yo‘l qo‘ying (Rim 12:1-2). Ibodat Xudoga sharaf keltiradi, o‘tmishdagi buyuk insonlar namunasiga ergashtiradi, ilk jamoat ustuvorliklarini namoyon etadi, odamlarimizni o‘zgartiradi va Xudo tomonidan oddiy inson g‘ayriodatiy ishlarni qilishiga imkon yaratadi. Xudo bizga ibodat qilishimizda yordam bersin! Omin!

* * * * *

Tahrirchi izohi: Ushbu maqola Suruv uchun ibodat qil: Shafoat qilish orqali Xudoning Inoyatini amalga oshirish (Pray for the Flock: Ministering God’s Grace through Intercession) (Zondervan, 2015) dan foydalanib tayyorlangan.

Ryan Fullerton

Чўпонлар ўз одамлари учун ибодат қилишга даъват этилганлар

Агар сиз Худо томонидан чўпон бўлишга чақирилган бўлсангиз, унда мен аминманки, сиз ўз одамларингиз учун ибодат қилишни жуда хоҳлайсиз. Афсуски, хоҳишнинг ўзи етарли эмас.

Раббимиз Ўзининг садоқатли энг яқин шогирдларига “шу ерда қолинглар-да, кўз қулоқ бўлиб туринглар”, деганда, улар садоқат билан кўз-қулоқ бўлиб туришни ва севган Инсонлари билан ибодат қилишни хоҳлаганликларига аминман. Афсуски, бу хоҳишнинг ўзи етарли бўлмади. Бунинг ўрнига, улар ибодат мавзуси очилганда, ҳар бир чўпоннинг бошидан ўтган ачинарли ҳақиқати, эсда қоларли мисол бўлади: “Руҳ тетик, тана эса заифдир” (Мат. 26:41). Неча маротаба сиз ўз одамларингиз учун ибодат қилишга қатъий қарор қилгансиз, лекин тез орада сизни уйқу босиб, “кўзларингиз юмилиб кетган” (Мат. 26:43)?

Бу мақоланинг мақсади Худонинг Каломидаги ибодат қилишга куч берадиган ҳақиқатлар билан чарчаган кўзларимизга қарши курашишдир. Бу фикр-мулоҳазалар орқали сизнинг қалбингиз ҳаворийларнинг “Биз эса ўзимизни ибодатга….бағишлайлик”, деган қичқириғи билан кўтарилади, деб умид қиламиз (Ҳав 6:4).

Шу мақсадда, қуйида олтита каломий ҳақиқатларни таклиф этаман, умид қиламанки, улар бизни ибодатсиз мудрашларимиздан уйғотиб олади.

1. Ўз одамларингиз учун ибодат қилмаслик – бу гуноҳ.

Ибодат қилмаслик – бу гуноҳ. Биз бу борада очиқ бўлишимиз керак. Ўз одамлари учун ибодат қилмайдиган чўпон, Худо Каломини ваъз қилишдан бош тортадиган чўпон сингари Каломга зиддир. Масиҳий бўлишнинг энг ширин хақиқатларидан бири бу бизнинг ҳозирда “солиҳликка қул” эканлигимиздир (Рим. 6:18). Бизнинг “башарий табиатимиз хоҳишлари” бизни гуноҳ томон етаклашига қарамасдан (Гал. 5:16), имонлиларнинг тўғри амалларни бажаришга туганмас хоҳишлари ҳали ҳам бор. Чунки, Худо Ўз қонунларини онгларимизга ва юракларимизга ёзиб қўйган (Ер. 31:33; Ибр. 8:10), шунинг учун, биз солиҳликни севишни хоҳлаймиз ва фосиқликни ёмон кўрамиз (Заб. 45:7; Ибр. 1:9). Масиҳийлар ўз ҳаётларида гуноҳга тоқат қилишларига Руҳ ҳеч қачон рухсат бермайди. Улар хизмат қилаётган йиғилиш қатнашчилари сингари, чўпонлар ўз ҳаётларидаги ибодат қилмасликка тоқат қилиб ҳеч қачон хурсанд бўла олишмайди, чунки ибодат қилмаслик бу гуноҳдир.

Шомуил пайғамбар Исроил халқига улар учун ибодат қилишга ваъда бериб, қуйидаги сўзларни айтганда, буни жуда аниқ қилиб кўрсатади: “албатта Эгамизга сизлар учун ибодат қиламан. Акс ҳолда Унга қарши гуноҳ қилган бўламан. Бундан Худо сақласин!” (1 Шоҳ. 12:23). Шомуил Худонинг халқи учун ибодат қилмаслик бу Худога қарши гуноҳ эканлигини тан олади. Шомуил Худонинг халқи орасида йўлбошчи эди. Агар у уларнинг муҳтожликларини Еҳова Йиреҳ олдига, яъни бу муҳтожликлар учун ғамхўрлик қила оладиган ягона Зот олдига олиб келмасдан туриб, қандай қилиб улар ҳақида ғамхўрлик қиламан, деб айта оларди?

Агар Шомуил Раббийни ибодат орқали излашга етакламаса, у қандай қилиб Худо халқига йўлбошчилик қиламан, дея оларди? Худо халқини ибодатсиз қолдириш – уларни қаровсиз, таъминотсиз, “чўпонсиз қўйлар каби” бебош қолдириш демакдир (Мат. 9:36). Чўпонлар сифатида, биз гуноҳдан қочишга ва солиҳлик пайида бўлишга чақирилганмиз. Биз ибодат қилмаслик гуноҳидан қочишни ва солиҳлик кийимини кийиб, ўз одамларимиз учун ибодат қилишдек ажойиб одатни ўрганишимиз керак.

2. Ўз одамларингиз учун ибодат қилиш Худони улуғлайди.

Ибодат ҳақидаги менинг энг ёқтирган оятларимдан бири бу Забур 49:15: “Оғир кунда Менга илтижо қилгин, Сенга нажот бераман, Сен эса Менга мақтов айтасан.”
Қийинчиликдаги ҳар бир кун Худога мақтовлар айтиш, Уни улуғлаш учун биздаги имконият ва имтоёз кунидир. Хасталарга далда беришда, янги имонга келганларга устозлик қилишда ва қийин вазиятларда маслаҳатлар беришда, биз баъзан ҳақиқий даъватимиздан четга оғиб кетаётгандек ўзимизни ҳис қилишимиз мумкин, лекин бу ундай эмас.

Йўлимизда учрайдиган ҳар бир ва ҳар қандай муаммо Худога шараф келтириш имкониятидир, зеро биз Унга ёрдам учун мурожаат қилганимизда – У жавоб беради! У бизнинг ибодатларимизга жавоб берганида ва биз ибодат қилаётган одамларнинг ҳаётларида ишлаганда, У улуғланади. У хастага далда берганда ёки биз дуч келаётган муаммоларни ҳал қилганда, У улуғланади, чунки бу ишларни У амалга оширади.

Биз Жон Нютон (1725–1807) ҳамдларининг бирида келтирилган маслаҳатига риоя этишимиз керак:

Кел, эй қалбим, либосингни тайёрла:
Исо севар ибодатга жавоб беришни,
Унинг Ўзи чорлади бунга сени,
Шу сабабли, У сенга асло йўқ демас;
Шу сабабли, У сенга асло йўқ демас.

Кўплаб арзномаларинг ила,
Шох ҳузурига келмоқдасан;
Унинг инояти-ю қудрати буюклигидан,
Ҳеч қандай арзнома Унга кўплик қилолмас;
Ҳеч қандай арзнома Унга кўплик қилолмас.

Биз қийинчиликларимизнинг қоқ ўртасида Раббимиздан ёрдам сўрасак, биз Унга У лойиқ бўлган шарафни берамиз.

3. Биз ўз одамлари учун ибодат қиладиган йўлбошчиларга тақлид қилишга чақирилганмиз.

Ибронийлар 13:7 да жамоатимиз йўлбошчилари ҳақида фикр юритиш тўғрисида ёзилган: “Худонинг каломини сизларга ўргатган устозларингизни хотирланглар. Уларнинг босиб ўтган ҳаёт йўли ҳақида фикр юритинглар. Имонларига тақлид қилинглар.” Агар сиз Масиҳий Жамоатнинг буюк йўлбошчиларини кузатсангиз, улар учун умумий бўлган бир нарсани кўришингиз мумкин: Улар ибодат қилишга бағишланганлар. Биз буни ҳаворий Павлуснинг ҳаётида кўришимиз мумкин, у Колосаликларга у ва унинг хизматидаги ҳамроҳлари, улар ҳақида эшитган кунларидан бери улар учун ибодат қилишни “канда қилмаётганлари” ҳақида айтади (Кол. 1:9).

Барқарорликка қандай ажойиб мисол! У Колосалик қўзилар ҳақида билган биринчи кундан бошлаб тинмасдан ибодат қилади. Биродарлар, бу ҳақда фикр юритинг ва шундай ҳаёт тарзига тақлид қилинг. Шу билан бирга, Эпафраснинг намунаси ҳақида ҳам фикр юритинглар. Павлус уни қуйидагича таърифлайди: “Исо Масиҳнинг қули, ҳамшаҳарингиз ва Худонинг иродасини тўлиқ бажарадиган, имони комил инсонлар бўлинглар, деб Эпафрас зўр ғайрат билан, тинмай сизлар учун ибодат қилмоқда” (Кол. 4:12). Павлус ва Эпафрас каби художўй одамлар, ибодатгўй одамларга намуна эканлигини эслаб қолинг.

4. Ўз одамларингиз учун ибодат қилиш Янги Аҳд жамоатларининг устуворликларини акс эттиради.

Ҳосил байрамидаги Муқаддас Руҳнинг ёғилиши қилинган ибоатга жавоб эди. Илк масиҳий йўлбошчилар, атиги юздан ортиқ Масиҳга эргашувчилар билан биргаликда, ибодат қилиб, Худо қачон қудрат билан ҳаракатга келишини кутаётган эдилар (Ҳаворийлар 1–2 боблар). Илк масиҳийлар ўзларини “ибодатга” бағишлаган эдилар (Ҳаворийлар 2:42) ва жамоат ўсиб борган сари; йўлбошчиликка талаблар кучайган сари жамоат йўлбошчилари ўз устуворликларини қайта кўриб чиқишлари кераклигини англашади (Ҳаворийлар 6-боб). Жамоатдаги баъзи бевалар эътиборсиз қолиб кетиши уларга ҳамма нарсани қила олмасликларини англашга ёрдам беради.

Лекин, улар фаолиятининг диққат марказида нима бўлиши лозим? Улар хайр-эҳсон қилиш ёки маъмурий ишларга диққатларини қаратишлари керакми? Булар яхши ва руҳий вариантлар эди (Рим. 12:6–8) лекин, илк жамоат йўлбошчилари бундан яхшироқ нарса борлигини билишар эди. Муқаддас Руҳнинг бошқаруви остида, улар қуйидаги сўзларни айтишади:

— Биз Худонинг каломини ваъз қилишни бир четда қолдириб, озуқа тарқатиш билан овора бўлишимиз тўғри эмас. Биродарлар, орангиздан етти кишини танланглар. Улар обрў–эътиборга эга, Муқаддас Руҳга ва доноликка тўлиб–тошган бўлсин. Уларни бу хизматга тайин этайлик. Биз эса ўзимизни ибодатга ва Худонинг каломи хизматига бағишлайлик (Ҳаворийлар 6:2–4).

Ҳаворийлар нима қилишлари кераклиги рўйхати нималардан иборат эканлигига эътибор бердингизми? Каломни ўрганиш, уни ваъз қилиш ҳамда ибодат. Албатта, жамоат беваларни эътиборсиз қолдира олмасди. Лекин, йўлбошчилар агар ибодатга ўзларини бағишламасалар, ҳамма нарсани йўқотишлари мумкинлигини англаб етишади. Агар йўлбошчилар Худонинг халқи учун ибодат қилиш орқали Унинг меҳрибонлик қудуғига ўз челакларини ботириб олишни давом эттирмаганларида, беваларга ғамхўрлик қилиш учун керак бўлган барча олийҳимматлилик қуриб қолган бўлар эди. Агар биз Янги Аҳд хизматларига эга бўлишни хоҳласак, унда биз Янги Аҳд ибодатини тушунишимиз ва амалда қўллашимиз лозим.

5. Худонинг одамлари учун ибодат қилиш уларни ўзгаришга бошлайди.

Чўпонлар сифатида, биз ўз одамларимиз Масиҳга ўхшаб боришда ривожланишларининг гувоҳи бўлишни қаттиқ хоҳлаймиз. Биз ваъзлар тайёрлаймиз, чунки Муқаддас Китобнинг ҳаётни ўзгартирувчи кучига ишонамиз. Биз сурув учун ўрнак бўламиз, чунки биламизки, одамлар ўз йўлбошчиларига эргашадилар.

Лекин, биз ибодат қиламизми? Аниқроқ айтадиган бўлсак, биз маслаҳат беришимиз, ваъз айтишимиз ва бошқа таълим имкониятларини амалга оширишимиз керак. Лекин, Худонинг ибодат орқали ҳаракатга келадиган қудратисиз буларнинг бари бефойдадир. Ҳаворий Павлус ибодатга Худо халқининг муқаддаслаш сари қўллаб қувватлашнинг асосий воситаси сифатида қарайди. Шу сабабдан, у қуйидагича ибодат қилади:

Шу сабабдан сизлар ҳақингизда эшитган кунимиздан бери сизлар учун ибодат қилишни канда қилмаяпмиз. Худонинг Руҳи берадиган донолик ва ақл–идрок орқали Унинг иродасини тўлиқ англаб етинг, деб ибодат қиляпмиз. Шунда сизлар Раббимиз Исога муносиб ҳаёт кечириб, ҳар жиҳатдан Уни хурсанд қиласизлар. Қилган ҳар бир яхшилигингиз самара келтиради ва сизлар Худони янада чуқурроқ тушуниб биласизлар. Худо Ўзининг буюк қудрати билан сизларни куч–қудратга тўлдириб, ҳар қандай вазиятда сизларга сабр–тоқат ва бардош берсин (Кол. 1:9–11).

Ақл-идрок, донолик, англаш, ҳаёт ўзгариши, самара келтириш, куч-қудрат, сабр-тоқат ва бардош бериш – шулардан ортиқ яна нимани ҳам сўрашингиз мумкин! Ҳаворий Павлус учун буларнинг бари Худо халқига ибодат орқали келади. Яна, Филиппиликларга мактубида, Павлус айтадики,

«Сизларнинг муҳаббатингиз янада ошиб, билим ва ақл–идрок билан бойисин, деб ибодат қиляпман, чунки мен сизларнинг аъло нарсаларни танлайдиган бўлиб, Масиҳ келадиган кунда пок ва айбсиз бўлишингизни истайман. Токи сизларнинг ҳаётингиз Исо Масиҳ кучи орқали солиҳлик самарасига тўлиб, Худога шараф ва мақтов келтирсин» (Фил. 1:9–11).

Муҳаббат, билим, ақл-идрок, аъло нарсаларни танлайдиган бўлиш, пок, айбсиз, солиҳлик самараси – Худога шараф ва мақтов келтиради. Яна бир марта таъкидлаймизки, бу марҳаматларнинг барчаси ибодат орқали келади. Биз хизмат қилаётган одамлар бу хусусиятларни намоён этишадими? Эҳтимол йўқдир, чунки биз “сўрамаймиз” (Ёқуб 4:2). Ё Раббий, бизни ибодат сари етакла!

6. Ибодат бу – Худо оддий инсон учун ноодатий ишларни амалга оширишидир.

Йиллар давомида, менинг жамоатимдаги оқсоқоллар Ёқуб 5:14 оятига мос Худонинг хасталар учун ибодат қилиш даъватига итоаткор бўлишга интилиб келганлар. Ҳар сафар Худонинг азоб чекаётган азизларидан бири учун Раббимиздан шифо беришини сўраб йиғилганимизда, мен Ёқуб китобидаги биргина оят орқали руҳланаман. Ёқуб бизга Илёс ҳақида эслатади: «Илёс ҳам бизга ўхшаган оддий бир инсон эди. Ёмғир ёғмасин, деб у астойдил илтижо қилди ва ер юзига уч йилу олти ой ёмғир ёғмади» (Ёқуб 5:17). Мен бу оят 5-бобнинг охирроғида жойлаштирилиши Худонинг раҳм-шафқати эканлигини ҳар доим ҳис қилиб келаман.

Бу ҳақда фикр юритинг. Ёқуб шунчаки касал бўлган инсонга жамоат оқсоқолларини чақиртиришни, улар хаста инсон шифо топсин деб, у учун ибодат қилишларини айтмоқда. У эҳтимол, шифо топиш камдан-кам содир бўладиган воқелик эмаслиги, бунга биз жамоатнинг одатий ҳаётида Худо амалга оширадиган иш сифатида қарашимиз кераклиги ҳақида ўйлаган. У шундай деб ёзади «Имон билан қилинган ибодат беморни соғайтиради, Раббимизнинг Ўзи унга шифо беради.” Қандай ажойиб ваъда! Оқсоқоллар Худодан мўжиза яратишни сўрамоқдалар. Ёқуб ўртамиёна чўпон қандай ўйламоқчи эканлигини билади, “Мен? Мен шунчаки оддий бир инсонман!” Ёқуб бу эътирозни олдиндан сезиб, Илёс ҳикояси билан хулоса ясайди: “Илёс ҳам бизга ўхшаган оддий бир инсон эди. Ёмғир ёғмасин, деб у астойдил илтижо қилди ва ер юзига уч йилу олти ой ёмғир ёғмади. Сўнг у ёмғир ёғсин, деб ибодат қилди, осмондан ёмғир ёғиб, ер ҳосил берди» (Ёқуб 5:17-18).

Ёқуб шундай демоқда, “Қаранглар, оқсоқоллар, сизлар Худо об-ҳаво шароитини уч йилу олти ой ўзгартириш учун ишлатган худди Илёс кабидирсизлар. Албатта Худо ғайриодатий ишларни қилиш учун сиздек ўртамиёна инсонни ишлата олади.” Қандай ажойиб далда! Худо бизнинг хизматимиз орқали ғайриодатий ишларини қилиши учун ғайриодатий инсонлар бўлишимиз шарт эмас. Бунинг ўрнига, биз одатийлигимизни тўла ва қувонч билан эгаллаб, Худонинг ғайриодатий ваъдаларига ўтилишимиз керак.

Биродарлар, умид қиламанки, бу олти сабаб онгингизни шакллантириб, юрагингизни ибодат қилиш учун кучли хоҳиш ва қарор сари етаклайди. Ўзингизни одамларингиз учун ибодат қилишга бағишланг. Ҳозирнинг ўзида ибодат учун бир неча янги қарорлар қилишга Худо сизни йўналтиришини Ундан сўрашингизга нима халақит беради? Худонинг сўзи орқали янгиланган онгингиздан итоаткорлик самараси отилиб чиқишига йўл қўйинг (Рим 12:1-2). Ибодат Худога шараф келтиради, ўтмишдаги буюк инсонлар намунасига эргаштиради, илк жамоат устуворликларини намоён этади, одамларимизни ўзгартиради ва Худо томонидан оддий инсон ғайриодатий ишларни қилишига имкон яратади. Худо бизга ибодат қилишимизда ёрдам берсин! Омин!

* * * * *

Таҳрирчи изоҳи: Ушбу мақола Сурув учун ибодат қил: Шафоат қилиш орқали Худонинг Иноятини амалга ошириш (Pray for the Flock: Ministering God’s Grace through Intercession) (Zondervan, 2015)) дан фойдаланиб тайёрланган.

Рян Фуллертон