Етакчилик

Avtoritar emas, Hokimiyat

Томонидан Teylor Turkington

Teylor Turkington Portlend hududida yashab, o’sha yerda joylashgan jamoatda so'nggi olti yil davomida shogirdlarni tarbiyalab, o’qitib, ishlab kelmoqda. Ilgari u Sharqiy Yevropada missioner bo'lib ishlagan. Hozirda Teylor Western nomli Diniy Seminariyasida doktorantura dasturi talabasi. U, shuningdek, Haqiqat guruhining asoschisi va direktori. Тейлор Туркингтон Портленд ҳудудида яшаб, ўша ерда жойлашган жамоатда сўнгги олти йил давомида шогирдларни тарбиялаб, ўқитиб, ишлаб келмоқда. Илгари у Шарқий Европада миссионер бўлиб ишлаган. Ҳозирда Teylor Western номли Диний Семинариясида докторантура дастури талабаси. У, шунингдек, Ҳақиқат гуруҳининг асосчиси ва директори.
Мақолалар
01.26.2022

Bir necha yil oldin, bir ayol o’z cho’poni bilan yig’ilishda o’tirdi. U kursiga o’tirib ko‘zlarini yerga tikkancha, chuqur nafas oldi va asta sekinlik bilan bir necha haftadan beri aytishga qaror qilib, bu uchun ibodat qilib kelayotgan gapini aytdi: “Menimcha, siz menga nisbatan qattiqqollik qilyapsiz.”

Jamoatining cho’poni bilan bir necha bor uchrashganidan so’ng, ayol birinchi marta undan maslahat so’raganida boshlangan o’zaro qiyin munosabatlarni o’ylab siqildi. Uchrashuvlar davomida cho’pon uni hadeb, ayblayverganidan, ayblovlar tuzog’iga tushib qolganini his qildi va maslahat so’radi. Ayolning maslahatgo’yi unga bu haqida cho’poni bilan samimiy gaplashib olishni taklif qildi. Cho’ponning javobi esa ayolning hafsalasini pir qildi. «Qanday ayol o’z cho’poniga shunday deydi?» — deb soʻradi u. So’ng, u ayolga mag’rurlik qilmaslik haqida tanbeh berishga o’tib, o’z fikrini aytishda davom etdi.

IMONLILAR VA HOKIMIYAT?

Jamoat ichidagi hokimiyatni muhokama qilganimizda, masihiylar buni xursandchilik bilan ma’qullashlari kerak. Biz hokimiyat Xudo tomonidan berilgan yaxshi narsa ekanligiga ishonamiz. Shu bilan birga, biz bu atamani dunyoda ishlatilgani kabi ishlatmasligimizni ishonch bilan aytishimiz kerak. Bugungi dunyo madaniyatda hokimiyat ko’pincha iboraviy so’z bo’lib, nazorat, hukmronlik yoki faqat kuchlilarga tegishli imtiyozni anglatadi. Masihiycha hokimiyat bunday emas.

Shunga qaramay, masihiylar ham gunohkor. Biz hokimiyatdan o’zimizni boshqarish va obro’-e’tibor uchun foydalanishimiz mumkin. Iso Masihni bilmaganlar hokimiyatdan qanday foydalansa, biz ham undan shunday foydalanishimiz mumkin. Boshqarish yoki samaradorlik istagi asosiy o’rinni egallaganda, Masihning kamtarona namunasi so’nib boradi. Bu vasvasalar, hokimiyat va kuchli ta’sirga ega bo’lgan har bir kishiga taluqli. Hokimiyatga ega bo’lish hirsi kuchini o’z hayotimda ko’rganman.

Butrus o’zining birinchi maktubida oqsoqollarga murojaat qilib, hokimiyatni suiste’mol qilish vasvasasi haqida gapirgandi. U jamoatdagi o’ziga xos hokimiyatga ega bo’lgan bu odamlarga shunday deydi “Nazoratingizdagi Xudoning suruvini yaxshi boqinglar. Bu xizmatni majburiyat yuzasidan emas, balki chin ko’ngildan, Xudoga manzur tarzda bajaringlar. Shunchaki pulparastlik maqsadida emas, samimiyat bilan ijro etinglar. Qo’lingiz ostidagi suruvga o’z hukmingizni o’tkazmay, ularga o’rnak bo’linglar” (1-Butrus 5:2–3).

Cho’ponlar va ustozlar Muqaddas Kalomda keltirilgan yuqoridagi parchaning “qo’l ostidagi suruvga o’z hukmini o’tkazmaslik” haqidagi so’nggi ogohlantirishga unchalik jiddiy qaramay qoldirib ketganlarini ko’p eshitganman. Cho’ponlik vakolatini suiste’mol qilish haqidagi ko’plab shov-shuvli hikoyalar buni o’ylab ko’rishimiz kerakligini ko’rsatadi.

“O’Z HUKMINI O’TKAZISH” NIMA DEGANI?

“O’z hukmini o’tkazish” so‘zi shu qadar tajovuzkor tasvirlarini yodga solib yuboradiki, har bir madaniyatli kishi bunday huquqbuzarliklarga qo’l urmaydi deb o’ylash mumkin. Lekin, aslida, boshqalar ustidan hukmronlik qilish xohishi, hokimiyatdagi har bir kishini egallab olish xafvi bor.

Hokimiyatga ega bo’lgan shaxs qo’li ostidagilarga rahbarlik qilish, ularga g’amxo’rlik va xizmat qilish o’rniga, boshqarishga va hukmini o’tkazishga zarurat sezganda (hatto yaxshi maqsadlar uchun bo’lsa ham) o’z hukmini o’tkaza boshlaydi. Ehtimol Butrus oqsoqollarga murojaat qilar ekan, Iso xuddi shu so’zni g’ayriyahudiylarning hukmronlik qilish odatini tasvirlash uchun ishlatgan voqeani eslagandir. Ular boshqalar ustidan hukmronlik qiladilar, dedi Iso (Matto 20:25, Mark 10:42). Ular manipulyatsiya orqali hukmronlikka erishadilar. Bu gunohkorlar, dunyoga gunoh kirib kelganidan (Odam Ato va Momo Havoning gunohlaridan so’ng) keyin hokimiyatdan qanday foydalanganliklarini ko’rsatadi, shuning uchun Isoning buni fosh qilishi tabiiy.

Ammo sizlarning orangizda bunday bo’lmaydi”, – dedi Iso. U o’z shogirdlarini hukmronlik qilishning tamoman aksi bo’lgan, xizmat qilish va kamtarlikka asoslangan yetakchilikka o’rgatishni xohlaydi. Keyin U xochga borish orqali, bunday yetakchilikning eng katta namunasini ko’rsatadi (Mark 10:45). Shuning uchun Isoning izdoshlari uning izidan borishlari tabiiy holdir. Ular, o’zlarining manfaatlari uchun rahbarlik qilish va nazorat o’rnatishga intilmasliklari, aksincha, Butrus ta’riflaganidek, xizmat qiluvchi cho’ponlar sifatida yo’lboshchilik qilishlari kerak.

Bu mahalliy jamoat oqsoqollari uchun to’g’ri keladigan ayni haqiqatdir, lekin Butrusning tamoyillari hayotimizning barcha jabhalariga tegishli. Barcha masihiylar ishda bo’ladimi, uydami, Isodan o’rnak olib, hokimiyatlarini to’g’ri ishlatishlari kerak. Men o’z vakolatimdan shu tarzda foydalana olmadim va oqsoqol bo’lmasam ham, mening boshqaruvim hali hamon halokatli oqibatlarni olib kelyapti.

O’Z HUKMINI O’TKAZISHNI ANIQLASHNING 4 YO’LI

Jamoat hayotida oqsoqollar jamoatning farovonligi uchun rahbarlik qilish, o’rgatish, haqiqatni gapirish va tarbiyalashga chaqiriladi. Bu bilan ular, boshqalarga o’rnak bo’lib, hokimiyatdan qanday foydalanish lozimligini ko’rsatadilar. Shunday qilib, oqsoqollarning da’vati va g’amxo’rligi uchun behad minnatdor ayol sifatida, sizdagi, o’z hukmini o’tkazishga bo’lgan moyillikni aniqlashga yordam beradigan to’rtta savolni bermoqchiman.

  1. Siz qattiqqo’llik qilishga moyilmisiz? / qattiqqo’lmisiz?

Misol uchun, birov, siz gapirayotgan gapni tushunmasa (yoki fikringizga qo’shilmasa), unga balandroq tovushda va qo’polroq gapirasizmi? Suhbatingiz qovushmaganidan jahlingiz chiqqanida, urushishni boshlaysizmi?

Gapirish tarzi, ayniqsa, hokimiyatdagi kishi uchun muhim. Jamoat yetakchilari suruvning farovonligi uchun haqiqatni gapirishlari kerak. Lekin ular buni muloyimlik, mehribonlik va o’zini nazorat qilgan holda amalga oshirishlari kerak (Galatiyaliklar 5:22–23). Hokimiyatning hukmronlik qilish tomoniga og’ib ketganimizda va ishni bajarish kerak bo’lsa, o’zimizdan emas, aksincha boshqalardan muloyimlikni talab qilamiz.

Bu noto’g’ri. Men cho’ponlarning «kimnidir bo’ysundirish» usullari haqida eshitganman. Ammo cho’ponlar hech qachon bo’ysunishga majburlamasliklari kerak. Cho’ponning vazifasi majburiy samaraga erishish emas, balki Ruhning samaralarini paydo bo’lishi yo’lida ishlashdir.

Aniqroq qilib aytganda, cho’pon kimdir tavba qilganida unga inoyat bilan emas balki tanbeh yoki qo’shimcha ayblov bilan javob berishi mumkin. Go’yo cho’pon gunohini tan oluvchi kishi oxir-oqibat o’z gunohining og’irligini tushunib yetganiga ishonch hosil qilishni xohlaydi. Ammo bu jarayonda cho’pon kechirimga umid bermaydi. Bu ham qattiqqo’llikdir.

Qo’pol munosabat, yuzaki itoatkorlikni shakllantirsa-da, bu Yaxshi Cho’ponimizning xislatini ko’rsatmaydi (Yuhanno 10:11). Qo’l ostidagi suruv ham o’zgarmaydi. Oqsoqollar muloyimlik bilan rahbarlik qilsalar, Xudoyimizning rahm-shafqatini o’rgatishadi. Agar ular shunday qilmasalar, ular suruvni yuzaki itoatkorlikka boshlagan bo’ladilar.

  1. Birovning yuragida nima borligini taxmin qilib «tashxis» qo’yasizmi?

Siz biror marta, tashxis qo’yishdan oldin sizga hech qanday savol bermaydigan shifokor ko’rigida bo’lganmisiz? Bunday holat kishini asabiylashtiradi, to’g’rimi? Ammo shifokor nega bunday qilishini shunga o’xshash ko’plab holatlarni boshingizdan kechirganingizda va hamma joyda ko’rib guvohi bo’lganingizda tushunasiz.

Oqsoqollar bilib turib noto’g’ri ish qiladilar. Ular odamlarning qalbida nima borligini tahmin qiladilar: «Agar ular mendek bo’lsalar, demak ular muloxaza qilishlari kerak…” «Ular shunday deganlarida, yuraklarida gunoh qilgan bo’lsalar kerak …” «Ularni gunoh shunday qilishga undagan bo’lsa kerak …» taxminlar boshlanadi. Savollar berilmaydi. Boshqalarning guvohligi haqiqat deb qabul qilinadi. So’ng «yetaklash» darhol boshqarishga aylanadi.

Odamlar o’zini Xudodek tutib boshqalardan nima uchun bunday ish qilganlarini aytib berishga undaydilar. Shunga qaramay, siz odamning yuragidagi shijoatini hukm qilib ayblasangiz, ularni muvozanatdan chiqarasiz. Bu boshqarish harakatidir. To’satdan, odam o’zi-o’ziga notanish tuyulib, o’zimni bilamanmi yoki yo’q deb, hayron qoladi. Biror kishiga sen mag’rursan, qo’zg’olonchisan, boshqalarga yo’qishga harakat qilasan yoki qo’rqoqsan deb aytishsa, u esa hatto o’zida bu jihatlarning borgini his qilmasa, bu uni, kamida esankiratib qo’yadi, yomon holatda esa qo’rquvga soladi. Bunday qilish xizmat qilishga emas, bo’ysundirishga olib keladi.

Cho’ponlar suruvlarining gunohi haqida gapirishlaridan xursandman. Cho’ponlar qiyin savollarni, hatto odamga o’z niyatlarini ko’rishga yordam beradigan savollarni berishlari kerak: «Nega bunday qildingiz deb o’ylaysiz?» Ammo keyin cho’ponlar odamning o’z yuragidagi haqiqatni gapirayotganiga darhol ishonishlari kerak yoki agar ular shubha qilsalar, hech bo’lmaganda Rabbiy yashirin narsalarni oshkor qilishiga ishonishlari kerak. Cho’ponlar Rabbiyni izlayotgan, har bir yurakka so’zlovchi va uni batamom biluvchi Muqaddas Ruhga ishonadigan suruv bilan birga yurishlari kerak.

Bunday yondashuvda inson emas, uchbirlikdagi Xudo vaziyatning Rabbiysi (Boshqaruvchisi) bo’lib qoladi. Zak Esvin o’zining «Nomukammal Cho’pon» kitobida aytganidek, cho’pon hamma narsani bilolmaydi va bilishga harakat qilgani uchun tavba qilishi kerak. Oqsoqollar yaxshi rahbarlik qilsalar, men kabi a’zolarga o’zlarini xudodek tutishni bas qilib, Ruhga ishonishni eslatib turishadi.

  1. Sizni boshqaruv o’ylantiradimi?

Siz boshqalarning ayniqsa, oqsoqol bo’lmaganlarning fikriga muhtoj emasman, nima qilish kerakligini ulardan yaxshiroq bilaman deb o’ylaysizmi? Ularning qaysidir fikrlari siznikiga qarama-qarshi bo’lishi mumkinligi sizni xavotirga soladimi? Jamoatingiz a’zolarini boshqa ustozlarning kitoblarini o’qimaslikka chaqirasizmi? Jamoatingizdagi odamlar nima deb o’ylashlari yoki qaror qabul qilishlari sizni xavotirga soladimi? Boshqalarning fikri siznikidan o’zgacha bo’lganida, o’zizga nisbatan tahdid his etasizmi? Sizning yo’lingiz yagona yo’lmi? Ruhiy intizom masalasida siz afzal ko’rgan amallar eng oliy deb o’ylaysizmi? Kundalik yuritish ro’za tutishdan ustunroq deb hisoblaysizmi yoki ibodat tuzilmangiz yaxshiroqmi?

Biror kishining fikri va afzalliklari hatto salgina bo’lsa ham muqaddas buyruqqa aylanganda, yetakchilar cho’ponlardan ko’ra ko’proq xo’jayinlarga o’xshay boshlaydilar.

Men oqsoqollarning jamoat a’zolariga oilaviy rejalar, ish tanlash, o‘qish, bolalar va uylar borasida ko‘rsatmalar berganining guvohi bo’lganman. Bunday cho’ponlik yo’riqnomasi Injil ko’rsatmalariga to’g’ri kelmaydi va ularning vakolati Injil hikmatlariga bog’liq bo’lgan barcha narsalar chegarasini kesib o’tadi. Tuyg’ular qoidalashtirilgan ta’limotlarga aylanadi va odamlar qiynaladi.

Bu haqida Jek Miller juda yaxshi yozgan, u shunday deydi: “Qizig’i shundaki, biz ishni o‘z nomimizdan boshqarishga qanchalik ko‘p harakat qilsak, ish va uning muammolari bizni shunchalik ko’p nazorat qiladi. Biz Xudoning ishini qilishga harakat qilamiz, va oxir-oqibat xizmat bizga egalik qiladi.”

Oqsoqol sifatida, boshqarishni xohlamasligingiz meni ham shunday qilishga o’rgatadi. Rabbimiz Isoning o’zi biz bilan ishlab, bizga yetakchilik qiladi degan ishonchingiz sizning jasur rahbar ekanligingizni ko’rsatadi, bu esa mening imonimni mustahkamlaydi, shunda men o’z ta’sir doiram ostidagilarni boshqarishda o’z vakolatimni suiste’mol qilmayman. Men Xudo, siz va boshqalar oldida kamtarin bo’lib, sizning g’amxo’rligingizda o’zimni xavfsiz his qilib yashashga chaqirilganman (1-Butrus 5:5).

  1. O’z gunohingizni tan olishdan qochasizmi?

Sizni ko’pincha jamoatingizdagilar bilan bir xil bo’lgan gunoh vasvasaga solayotganini tan olish qiyinmi? Siz xizmat qilayotgan insonlar bilan birga tavba qilish qo’lingizdan keladimi?

Ba’zan jamoatlar oqsoqollarning yuqori maqomda ekanligiga ishora qiladi. Ular jamoat darajasidan, ayniqsa, oddiy tinglovchi a’zolar darajasidan yuqoridir.

Bundan farqli o’laroq, men biladigan ba’zi oqsoqollar, omma oldida va alohida mag’rurlik uchun tavba qilishlari va Pavlus kabi eng katta gunohkor bo’lishlari mumkinligini tan oladilar (1-Timo’tiy 1:15). Ular o’zlarining xudbinlik vasvasasi va inoyatga bo’lgan chuqur muhtojligi haqida gapirishadi. Ular nopoklik vasvasalari haqida gapirganda, buni hech qachon ayollarni sharmanda qiladigan yoki ularni munosabatlardan yoki suhbatlardan ajratib qo’yadigan tarzda qilmaydilar. Ular xuddi vasvasaga tushishlari mumkinligini bilgandek gunoh haqida gapirishadi (Qarang: Galatiyaliklar 6:1; Yahudo 23). Ular o’zlarining benuqson martabalarini himoya qilmasdan, itoatkorlik va tavbani tanlashlarini kerakligini ochiq muhokama qilishadi.

Agar eng yuqori hokimiyatga ega rahbar o’z xatosini tan olmasa, demak, uning savobli ishlari xatosini tan olish zaruratini bekor qiladi degan fikr kelib chiqadi. Hayratlanarlisi shundaki, bu misol, muvaffaqiyatlar va taxt gunohni bekitadi degan yolg’on xushxabarni o’rgatadi.

Butrus hukmronlik qilmaslikni talab qilish bilan birga: “Qo’lingiz ostidagi suruvga o’z hukmingizni o’tkazmay, ularga o’rnak bo’linglar”, deydi (1-Butrus 5:3). Odamlar ustidan hukmronlik qilishning o’zgacha usuli – bu o’z qaramog’idagilar – erkaklar va ayollar oldida chin yurakdan tavba qilib halol va xavfsiz hayot kechirishdir. Oqsoqollar tanqidga javoban o’zlarining gunohlari va o’zlari bilmaydigan kamchiliklarini ko’rsatishni so’raganlarida, biz ular o’rgatadigan ilohiyotning ko’z o’ngimizda, amalda yashayotganini ko’ramiz.

Agar siz ham inoyatga muhtoj ekanligingizni bilsangiz, biz, jamoat a’zolariga ham gunohimizdan tavba qilish osonroq bo’ladi va buni xursandchilik bilan bajaramiz. Yetakchilar Masih ularda ishlashiga muhtoj ekanliklarini ko’rsatganlarida, katta muhtojliklarimizni ko’rishga bizning ham ko’zlarimiz ochiladi (Rimliklar 7:24–25). Xoch haqiqatan ham sizni va meni qutqardi va men a’zo sifatida buni hayotingizda ko’rishdan baxtiyorman.

HOKIMIYAT UCHUN INOYAT

Birodar cho’ponlar, men sizning jamoatdagi rahbarligingizdan behad minnatdorman. Siz bizga Iso Masihning ulug’vor inoyatini ko’rsatib u tomonga yetaklaysiz. Siz biz eshitishimiz kerak bo’lgan haqiqatni gapirasiz. Xudo sizga boshqarish huquqini berib shu joyga joylashtirdi va bu juda ajoyib. Boshqaruv joyingizda esa, o’z kuchingizdan qanday foydalanishni tanlashingiz zarur.

Xudoning marhamati bilan, siz qattiqqo’l, hammadan bilimdonroq, har doim barchaning ustidan nazoratga ega, yoki mukammal bo’lishingiz shart emas. Dunyodagi yetakchilar o’z kuchlarini shunday ushlab turish zarur deb o’ylaydilar. Lekin siz bunday deb o’ylamang. Aksincha, Bosh Cho’pon O’z jamoatiga bunday usullardan holi bo’lgan cho’ponlarni berdi. Qanday qilib? Xushxabarning kuchi orqali. Shunday qilib, o’sha cho’ponlar ko’pchilikka kamtarona xizmat qilganlaridan keyin o’zlarining ulug’vorlik tojlarini imon bilan kutishadi (1-Butrus 5:4). Bu masihiycha boshqaruvning ko’rinishi bo’lib u judayam chiroyli.

 

Авторитар эмас, Ҳокимият

Бир неча йил олдин, бир аёл ўз чўпони билан йиғилишда ўтирди. У курсига ўтириб кўзларини ерга тикканча, чуқур нафас олди ва аста секинлик билан бир неча ҳафтадан бери айтишга қарор қилиб, бу учун ибодат қилиб келаётган гапини айтди: “Менимча, сиз менга нисбатан қаттиққўллик қиляпсиз.”

Жамоатининг чўпони билан бир неча бор учрашганидан сўнг, аёл биринчи марта ундан маслаҳат сўраганида бошланган ўзаро қийин муносабатларни ўйлаб сиқилди. Учрашувлар давомида чўпон уни ҳадеб, айблайверганидан, айбловлар тузоғига тушиб қолганини ҳис қилди ва маслаҳат сўради. Аёлнинг маслаҳатгўйи унга бу ҳақида чўпони билан самимий гаплашиб олишни таклиф қилди. Чўпоннинг жавоби эса аёлнинг ҳафсаласини пир қилди. «Қандай аёл ўз чўпонига шундай дейди?» — деб сўради у. Сўнг, у аёлга мағрурлик қилмаслик ҳақида танбеҳ беришга ўтиб, ўз фикрини айтишда давом этди.

ИМОНЛИЛАР ВА ҲОКИМИЯТ?

Жамоат ичидаги ҳокимиятни муҳокама қилганимизда, масиҳийлар буни хурсандчилик билан маъқуллашлари керак. Биз ҳокимият Худо томонидан берилган яхши нарса эканлигига ишонамиз. Шу билан бирга, биз бу атамани дунёда ишлатилгани каби ишлатмаслигимизни ишонч билан айтишимиз керак. Бугунги дунё маданиятда ҳокимият кўпинча иборавий сўз бўлиб, назорат, ҳукмронлик ёки фақат кучлиларга тегишли имтиёзни англатади. Масиҳийча ҳокимият бундай эмас.

Шунга қарамай, масиҳийлар ҳам гуноҳкор. Биз ҳокимиятдан ўзимизни бошқариш ва обрў-эътибор учун фойдаланишимиз мумкин. Исо Масиҳни билмаганлар ҳокимиятдан қандай фойдаланса, биз ҳам ундан шундай фойдаланишимиз мумкин. Бошқариш ёки самарадорлик истаги асосий ўринни эгаллаганда, Масиҳнинг камтарона намунаси сўниб боради. Бу васвасалар, ҳокимият ва кучли таъсирга эга бўлган ҳар бир кишига талуқли. Ҳокимиятга эга бўлиш ҳирси кучини ўз ҳаётимда кўрганман.

Бутрус ўзининг биринчи мактубида оқсоқолларга мурожаат қилиб, ҳокимиятни суистеъмол қилиш васвасаси ҳақида гапирганди. У жамоатдаги ўзига хос ҳокимиятга эга бўлган бу одамларга шундай дейди “Назоратингиздаги Худонинг сурувини яхши боқинглар. Бу хизматни мажбурият юзасидан эмас, балки чин кўнгилдан, Худога манзур тарзда бажаринглар. Шунчаки пулпарастлик мақсадида эмас, самимият билан ижро этинглар. Қўлингиз остидаги сурувга ўз ҳукмингизни ўтказмай, уларга ўрнак бўлинглар” (1 Бутрус 5:2–3).

Чўпонлар ва устозлар Муқаддас Каломда келтирилган юқоридаги парчанинг “қўл остидаги сурувга ўз ҳукмини ўтказмаслик” ҳақидаги сўнгги огоҳлантиришга унчалик жиддий қарамай қолдириб кетганларини кўп эшитганман. Чўпонлик ваколатини суистеъмол қилиш ҳақидаги кўплаб шов-шувли ҳикоялар буни ўйлаб кўришимиз кераклигини кўрсатади.

“ЎЗ ҲУКМИНИ ЎТКАЗИШ” НИМА ДЕГАНИ?

“Ўз ҳукмини ўтказиш” сўзи шу қадар тажовузкор тасвирларини ёдга солиб юборадики, ҳар бир маданиятли киши бундай ҳуқуқбузарликларга қўл урмайди деб ўйлаш мумкин. Лекин, аслида, бошқалар устидан ҳукмронлик қилиш хоҳиши, ҳокимиятдаги ҳар бир кишини эгаллаб олиш хафви бор.

Ҳокимиятга эга бўлган шахс қўли остидагиларга раҳбарлик қилиш, уларга ғамхўрлик ва хизмат қилиш ўрнига, бошқаришга ва ҳукмини ўтказишга зарурат сезганда (ҳатто яхши мақсадлар учун бўлса ҳам) ўз ҳукмини ўтказа бошлайди. Эҳтимол Бутрус оқсоқолларга мурожаат қилар экан, Исо худди шу сўзни ғайрияҳудийларнинг ҳукмронлик қилиш одатини тасвирлаш учун ишлатган воқеани эслагандир. Улар бошқалар устидан ҳукмронлик қиладилар, деди Исо (Матто 20:25, Марк 10:42). Улар манипулятсия орқали ҳукмронликка эришадилар. Бу гуноҳкорлар, дунёга гуноҳ кириб келганидан (Одам Ато ва Момо Ҳавонинг гуноҳларидан сўнг) кейин ҳокимиятдан қандай фойдаланганликларини кўрсатади, шунинг учун Исонинг буни фош қилиши табиий.

Аммо сизларнинг орангизда бундай бўлмайди”, – деди Исо. У ўз шогирдларини ҳукмронлик қилишнинг тамоман акси бўлган, хизмат қилиш ва камтарликка асосланган етакчиликка ўргатишни хоҳлайди. Кейин У хочга бориш орқали, бундай етакчиликнинг энг катта намунасини кўрсатади (Марк 10:45). Шунинг учун Исонинг издошлари унинг изидан боришлари табиий ҳолдир. Улар, ўзларининг манфаатлари учун раҳбарлик қилиш ва назорат ўрнатишга интилмасликлари, аксинча, Бутрус таърифлаганидек, хизмат қилувчи чўпонлар сифатида йўлбошчилик қилишлари керак.

Бу маҳаллий жамоат оқсоқоллари учун тўғри келадиган айни ҳақиқатдир, лекин Бутруснинг тамойиллари ҳаётимизнинг барча жабҳаларига тегишли. Барча масиҳийлар ишда бўладими, уйдами, Исодан ўрнак олиб, ҳокимиятларини тўғри ишлатишлари керак. Мен ўз ваколатимдан шу тарзда фойдалана олмадим ва оқсоқол бўлмасам ҳам, менинг бошқарувим ҳали ҳамон ҳалокатли оқибатларни олиб келяпти.

ЎЗ ҲУКМИНИ ЎТКАЗИШНИ АНИҚЛАШНИНГ ЙЎЛИ

Жамоат ҳаётида оқсоқоллар жамоатнинг фаровонлиги учун раҳбарлик қилиш, ўргатиш, ҳақиқатни гапириш ва тарбиялашга чақирилади. Бу билан улар, бошқаларга ўрнак бўлиб, ҳокимиятдан қандай фойдаланиш лозимлигини кўрсатадилар. Шундай қилиб, оқсоқолларнинг даъвати ва ғамхўрлиги учун беҳад миннатдор аёл сифатида, сиздаги, ўз ҳукмини ўтказишга бўлган мойилликни аниқлашга ёрдам берадиган тўртта саволни бермоқчиман.

  1. Сиз қаттиққўллик қилишга мойилмисиз? / қаттиққўлмисиз?

Мисол учун, биров, сиз гапираётган гапни тушунмаса (ёки фикрингизга қўшилмаса), унга баландроқ товушда ва қўполроқ гапирасизми? Суҳбатингиз қовушмаганидан жаҳлингиз чиққанида, урушишни бошлайсизми?

Гапириш тарзи, айниқса, ҳокимиятдаги киши учун муҳим. Жамоат етакчилари сурувнинг фаровонлиги учун ҳақиқатни гапиришлари керак. Лекин улар буни мулойимлик, меҳрибонлик ва ўзини назорат қилган ҳолда амалга оширишлари керак (Галатияликлар 5:22–23). Ҳокимиятнинг ҳукмронлик қилиш томонига оғиб кетганимизда ва ишни бажариш керак бўлса, ўзимиздан эмас, аксинча бошқалардан мулойимликни талаб қиламиз.

Бу нотўғри. Мен чўпонларнинг «кимнидир бўйсундириш» усуллари ҳақида эшитганман. Аммо чўпонлар ҳеч қачон бўйсунишга мажбурламасликлари керак. Чўпоннинг вазифаси мажбурий самарага эришиш эмас, балки Руҳнинг самараларини пайдо бўлиши йўлида ишлашдир.

Аниқроқ қилиб айтганда, чўпон кимдир тавба қилганида унга иноят билан эмас балки танбеҳ ёки қўшимча айблов билан жавоб бериши мумкин. Гўё чўпон гуноҳини тан олувчи киши охир-оқибат ўз гуноҳининг оғирлигини тушуниб етганига ишонч ҳосил қилишни хоҳлайди. Аммо бу жараёнда чўпон кечиримга умид бермайди. Бу ҳам қаттиққўлликдир.

Қўпол муносабат, юзаки итоаткорликни шакллантирса-да, бу Яхши Чўпонимизнинг хислатини кўрсатмайди (Юҳанно 10:11). Қўл остидаги сурув ҳам ўзгармайди. Оқсоқоллар мулойимлик билан раҳбарлик қилсалар, Худойимизнинг раҳм-шафқатини ўргатишади. Агар улар шундай қилмасалар, улар сурувни юзаки итоаткорликка бошлаган бўладилар.

  1. Бировнинг юрагида нима борлигини тахмин қилиб “ташхис” қўясизми?

Сиз бирор марта, ташхис қўйишдан олдин сизга ҳеч қандай савол бермайдиган шифокор кўригида бўлганмисиз? Бундай ҳолат кишини асабийлаштиради, тўғрими? Аммо шифокор нега бундай қилишини шунга ўхшаш кўплаб ҳолатларни бошингиздан кечирганингизда ва ҳамма жойда кўриб гувоҳи бўлганингизда тушунасиз.

Оқсоқоллар билиб туриб нотўғри иш қиладилар. Улар одамларнинг қалбида нима борлигини таҳмин қиладилар: «Агар улар мендек бўлсалар, демак улар мулохаза қилишлари керак…” «Улар шундай деганларида, юракларида гуноҳ қилган бўлсалар керак …” «Уларни гуноҳ шундай қилишга ундаган бўлса керак …» тахминлар бошланади. Саволлар берилмайди. Бошқаларнинг гувоҳлиги ҳақиқат деб қабул қилинади. Сўнг «етаклаш» дарҳол бошқаришга айланади.

Одамлар ўзини Худодек тутиб бошқалардан нима учун бундай иш қилганларини айтиб беришга ундайдилар. Шунга қарамай, сиз одамнинг юрагидаги шижоатини ҳукм қилиб айбласангиз, уларни мувозанатдан чиқарасиз. Бу бошқариш ҳаракатидир. Тўсатдан, одам ўзи-ўзига нотаниш туюлиб, ўзимни биламанми ёки йўқ деб, ҳайрон қолади. Бирор кишига сен мағрурсан, қўзғолончисан, бошқаларга йўқишга ҳаракат қиласан ёки қўрқоқсан деб айтишса, у эса ҳатто ўзида бу жиҳатларнинг боргини ҳис қилмаса, бу уни, камида эсанкиратиб қўяди, ёмон ҳолатда эса қўрқувга солади. Бундай қилиш хизмат қилишга эмас, бўйсундиришга олиб келади.

Чўпонлар сурувларининг гуноҳи ҳақида гапиришларидан хурсандман. Чўпонлар қийин саволларни, ҳатто одамга ўз ниятларини кўришга ёрдам берадиган саволларни беришлари керак: «Нега бундай қилдингиз деб ўйлайсиз?» Аммо кейин чўпонлар одамнинг ўз юрагидаги ҳақиқатни гапираётганига дарҳол ишонишлари керак ёки агар улар шубҳа қилсалар, ҳеч бўлмаганда Раббий яширин нарсаларни ошкор қилишига ишонишлари керак. Чўпонлар Раббийни излаётган, ҳар бир юракка сўзловчи ва уни батамом билувчи Муқаддас Руҳга ишонадиган сурув билан бирга юришлари керак.

Бундай ёндашувда инсон эмас, учбирликдаги Худо вазиятнинг Раббийси (Бошқарувчиси) бўлиб қолади. Зак Эсвин ўзининг «Номукаммал Чўпон» китобида айтганидек, чўпон ҳамма нарсани билолмайди ва билишга ҳаракат қилгани учун тавба қилиши керак. Оқсоқоллар яхши раҳбарлик қилсалар, мен каби аъзоларга ўзларини худодек тутишни бас қилиб, Руҳга ишонишни эслатиб туришади.

  1. Сизни бошқарув ўйлантирадими?

Сиз бошқаларнинг айниқса, оқсоқол бўлмаганларнинг фикрига муҳтож эмасман, нима қилиш кераклигини улардан яхшироқ биламан деб ўйлайсизми? Уларнинг қайсидир фикрлари сизникига қарама-қарши бўлиши мумкинлиги сизни хавотирга соладими? Жамоатингиз аъзоларини бошқа устозларнинг китобларини ўқимасликка чақирасизми? Жамоатингиздаги одамлар нима деб ўйлашлари ёки қарор қабул қилишлари сизни хавотирга соладими? Бошқаларнинг фикри сизникидан ўзгача бўлганида, ўзизга нисбатан таҳдид ҳис этасизми? Сизнинг йўлингиз ягона йўлми? Руҳий интизом масаласида сиз афзал кўрган амаллар энг олий деб ўйлайсизми? Кундалик юритиш рўза тутишдан устунроқ деб ҳисоблайсизми ёки ибодат тузилмангиз яхшироқми?

Бирор кишининг фикри ва афзалликлари ҳатто салгина бўлса ҳам муқаддас буйруққа айланганда, етакчилар чўпонлардан кўра кўпроқ хўжайинларга ўхшай бошлайдилар.

Мен оқсоқолларнинг жамоат аъзоларига оилавий режалар, иш танлаш, ўқиш, болалар ва уйлар борасида кўрсатмалар берганининг гувоҳи бўлганман. Бундай чўпонлик йўриқномаси Инжил кўрсатмаларига тўғри келмайди ва уларнинг ваколати Инжил ҳикматларига боғлиқ бўлган барча нарсалар чегарасини кесиб ўтади. Туйғулар қоидалаштирилган таълимотларга айланади ва одамлар қийналади.

Бу ҳақида Жек Миллер жуда яхши ёзган, у шундай дейди: “Қизиғи шундаки, биз ишни ўз номимиздан бошқаришга қанчалик кўп ҳаракат қилсак, иш ва унинг муаммолари бизни шунчалик кўп назорат қилади. Биз Худонинг ишини қилишга ҳаракат қиламиз, ва охир-оқибат хизмат бизга эгалик қилади.”

Оқсоқол сифатида, бошқаришни хоҳламаслигингиз мени ҳам шундай қилишга ўргатади. Раббимиз Исонинг ўзи биз билан ишлаб, бизга етакчилик қилади деган ишончингиз сизнинг жасур раҳбар эканлигингизни кўрсатади, бу эса менинг имонимни мустаҳкамлайди, шунда мен ўз таъсир доирам остидагиларни бошқаришда ўз ваколатимни суистеъмол қилмайман. Мен Худо, сиз ва бошқалар олдида камтарин бўлиб, сизнинг ғамхўрлигингизда ўзимни хавфсиз ҳис қилиб яшашга чақирилганман (1 Бутрус 5:5).

  1. Ўз гуноҳингизни тан олишдан қочасизми?

Сизни кўпинча жамоатингиздагилар билан бир хил бўлган гуноҳ васвасага солаётганини тан олиш қийинми? Сиз хизмат қилаётган инсонлар билан бирга тавба қилиш қўлингиздан келадими?

Баъзан жамоатлар оқсоқолларнинг юқори мақомда эканлигига ишора қилади. Улар жамоат даражасидан, айниқса, оддий тингловчи аъзолар даражасидан юқоридир.

Бундан фарқли ўлароқ, мен биладиган баъзи оқсоқоллар, омма олдида ва алоҳида мағрурлик учун тавба қилишлари ва Павлус каби энг катта гуноҳкор бўлишлари мумкинлигини тан оладилар (1 Тимўтий 1:15). Улар ўзларининг худбинлик васвасаси ва иноятга бўлган чуқур муҳтожлиги ҳақида гапиришади. Улар нопоклик васвасалари ҳақида гапирганда, буни ҳеч қачон аёлларни шарманда қиладиган ёки уларни муносабатлардан ёки суҳбатлардан ажратиб қўядиган тарзда қилмайдилар. Улар худди васвасага тушишлари мумкинлигини билгандек гуноҳ ҳақида гапиришади (Қаранг: Галатияликлар 6:1; Яҳудо 23). Улар ўзларининг бенуқсон мартабаларини ҳимоя қилмасдан, итоаткорлик ва тавбани танлашларини кераклигини очиқ муҳокама қилишади.

Агар энг юқори ҳокимиятга эга раҳбар ўз хатосини тан олмаса, демак, унинг савобли ишлари хатосини тан олиш заруратини бекор қилади деган фикр келиб чиқади. Ҳайратланарлиси шундаки, бу мисол, муваффақиятлар ва тахт гуноҳни бекитади деган ёлғон хушхабарни ўргатади.

Бутрус ҳукмронлик қилмасликни талаб қилиш билан бирга: “Қўлингиз остидаги сурувга ўз ҳукмингизни ўтказмай, уларга ўрнак бўлинглар”, дейди (1 Бутрус 5:3). Одамлар устидан ҳукмронлик қилишнинг ўзгача усули – бу ўз қарамоғидагилар – эркаклар ва аёллар олдида чин юракдан тавба қилиб ҳалол ва хавфсиз ҳаёт кечиришдир. Оқсоқоллар танқидга жавобан ўзларининг гуноҳлари ва ўзлари билмайдиган камчиликларини кўрсатишни сўраганларида, биз улар ўргатадиган илоҳиётнинг кўз ўнгимизда, амалда яшаётганини кўрамиз.

Агар сиз ҳам иноятга муҳтож эканлигингизни билсангиз, биз, жамоат аъзоларига ҳам гуноҳимиздан тавба қилиш осонроқ бўлади ва буни хурсандчилик билан бажарамиз. Етакчилар Масиҳ уларда ишлашига муҳтож эканликларини кўрсатганларида, катта муҳтожликларимизни кўришга бизнинг ҳам кўзларимиз очилади (Римликлар 7:24–25). Хоч ҳақиқатан ҳам сизни ва мени қутқарди ва мен аъзо сифатида буни ҳаётингизда кўришдан бахтиёрман.

ҲОКИМИЯТ УЧУН ИНОЯТ

Биродар чўпонлар, мен сизнинг жамоатдаги раҳбарлигингиздан беҳад миннатдорман. Сиз бизга Исо Масиҳнинг улуғвор иноятини кўрсатиб у томонга етаклайсиз. Сиз биз эшитишимиз керак бўлган ҳақиқатни гапирасиз. Худо сизга бошқариш ҳуқуқини бериб шу жойга жойлаштирди ва бу жуда ажойиб. Бошқарув жойингизда эса, ўз кучингиздан қандай фойдаланишни танлашингиз зарур.

Худонинг марҳамати билан, сиз қаттиққўл, ҳаммадан билимдонроқ, ҳар доим барчанинг устидан назоратга эга, ёки мукаммал бўлишингиз шарт эмас. Дунёдаги етакчилар ўз кучларини шундай ушлаб туриш зарур деб ўйлайдилар. Лекин сиз бундай деб ўйламанг. Аксинча, Бош Чўпон Ўз жамоатига бундай усуллардан ҳоли бўлган чўпонларни берди. Қандай қилиб? Хушхабарнинг кучи орқали. Шундай қилиб, ўша чўпонлар кўпчиликка камтарона хизмат қилганларидан кейин ўзларининг улуғворлик тожларини имон билан кутишади (1 Бутрус 5:4). Бу масиҳийча бошқарувнинг кўриниши бўлиб у жудаям чиройли.

“Тег”лар: