Cho‘pon qanday qilib o‘z jamoatini jamoat intizomiy choralarini qo‘llashga donolik bilan yetaklay oladi?
Kamtarlikni qo‘llab-quvvatlang.Odamlarga ular o‘zlarining ruhiy holatlari bo‘yicha, ehtimol, xato o‘ylayotganlarini ko‘rishlariga yordam bering. 1-Korinfliklarga 5-bobdagi odam, shu bilan birga, Pavlusning 2-Korinfliklarga 13:5dagi korinflik masihiylarga aytgan nasihati haqida o‘ylang. Pavlus imondamizmi yoki yo‘qmi, buni bilish uchun o‘zimizni tekshirishga chaqiradi. Jamoat a’zolaringiz bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun bir-birlariga yordam berishlari kerakligini tan olishadimi? Jamoatingiz jamoat a’zoligi bo‘yicha […]
Cho‘pon intizomiy choralarni qo‘llashga jamoati qachon tayyor bo‘lishini qanday bilsa bo‘ladi?
Quyidagi hollarda sizning jamoatingiz intizomiy choralarni qo‘llashingizga tayyor bo‘ladi: Sizning yetakchilaringiz buni tushunganda, bunga rozi bo‘lganda va buning ahamiyatini anglaganda. (Bu oqsoqollar jamoasiga ega bo‘lish uchun yana bir sababdir: oqsoqollar jamoatning ruhiy nazoratchilari ekanliklariga qo‘shimcha ravishda, ular intizomiy choralarning qiyin vazifalari orqali jamoatni yetaklash yukini birgalikda ko‘tarib cho‘ponga yordam berishadi.) Bunday intizomiy chora kalomga mos […]
Jamoatdagi intizomiy chora nima?
Jamoatdagi intizomiy chora bu jamoat o‘zining bironta a’zosining gunohiga qarshi turish va uni tavbaga chaqirish amalidir; bunda agar shaxs tavba qilmasa, tavba qilinmagan jiddiy gunohi tufayli Isoni tan oluvchi bu jamoatdan va Qutlug‘ Kechlikdan chetlashtirishgacha boriladi. Kengroq ma’noda esa, intizomiy chora jamoat o‘z a’zolariga muqaddaslikka rioya qilishga va gunohga qarshi kurashishga yordam berish uchun ko‘riladigan […]
Nima uchun jamoatlar doimiy ravishda jamoatga qatnamaydigan a’zolarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashi kerak?
Ba’zi jamoat a’zolari jamoatga doimiy ravishda qatnashlariga sog‘liklari yoki qanaqadir zaruriyatlar (masalan, harbiy xizmatga chaqirilish) yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, boshqalari esa, o‘zlari a’zo bo‘lgan jamoatga qatnamaslikka ongli ravishda qaror qiladilar. Bunday yig‘ilishlarni qoldiruvchi odamlar jamoatga zararli ta’sir ko‘rsatadilar: Ular xushxabar aytishga qiyinchilik tug‘diradilar. Masihning nomini ko‘tarib yuruvchi – jamoatingiz tomonidan ularni a’zo sifatida tasdiqlash orqali – […]
Jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan qutulish uchun, shunchaki, a’zolikdan chiqib ketishlari mumkinmi?
Ba’zan intizomiy chora ko‘rilish jarayonida turgan jamoat a’zolari jamoat intizomiy chorasidan saqlanish maqsadida jamoat a’zoligidan chiqishga urinishadi. Jamoat bunga yo‘l qo‘yib berishi kerakmi? Albatta, yo‘q. Jamoatlar o‘z a’zolariga, shunchaki, intizomiy choradan qutulish uchun jamoat a’zoligidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak: Iso jamoatga, ya’ni bir butunlik sifatidagi mahalliy jamoatga kim ularga tegishli yoki tegishli emasligini belgilash vakolatini […]