Жамоатдаги Интизом

Sharqiy Osiyodagi jamoatlarga jamoat a’zoligi nima uchun kerak?

Томонидан Chariot Lu

Chariot Lu is a pastor in East Asia.
Мақолалар
05.06.2019

“A’zolik? Nima haqida gapiryapsiz? Muqaddas Kitobda ‘a’zolik’ kabi so‘zlar yo‘q-ku!.” “Bu ko‘proq dunyoviy g‘oya, kalomiy emas. Bu jamoatni xuddi bir klubga aylantiradi.” “Jamoat oiladay bo‘lishi kerak, a’zolik esa, o‘ta formal va begonalarcha munosabatdir.” “A’zolik G‘arbga xos tushuncha va u bu yerga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida, formal a’zolik amaliyotiga ega bo‘lish o‘ta xavfli, ayniqsa, hukumat ro‘yxatdagi ismlarni ko‘rib qolganda.”

“Jamoat a’zoligi” Sharqiy Osiyo jamoatlariga olib kelinganda, men doimo bu kabi e’tirozlarni eshitaman. Bunday e’tirozlar faqatgina Sharqiy Osiyodagi jamoatlarga xos emas. Ular bizning gunohkor yuraklarimizda ildiz otgan, shunchaki, insoniy e’tirozlardir.

Ushbu maqolada Sharqiy Osiyodagi jamoatlarga kalomiy va cho‘ponlikka oid sabablar tufayli jamoat a’zoligi amaliyoti kerak ekanligini tushuntirib beraman.

KALOMIY SABABLAR

Sharqiy Osiyodagi jamoatlarga jamoat a’zoligi amaliyoti nima uchun kerak? Birinchidan, bu Muqaddas Kitobda aniq o‘rgatilganligi uchun ham ularga bu kerak. Uni bu yerda boshlash muhim, chunki Xudoning haqiqati barcha insoniy madaniyatlar chegarasidan o‘tib boradi.

“A’zolik” so‘zi Muqaddas Kitobda uchramasligi e’tirozlardan biridir, lekin bu tushuncha Eski Ahdda ham, Yangi Ahdda ham keng tarqalgan. Asosan, jamoat a’zoligi imonlilarning mahalliy yig‘ilishi bo‘lib, ular xushxabar haqida nimaga ishonishlarini va o‘sha imonni kim e’tirof etishini tasdiqlashini bildiradi. Agarda biror bir jamoat 1-Korinfliklarga 5-bob yoki Matto 18:15–17 kabi parchalarga sadoqat bilan bo‘ysunishni xohlasa, ular bu atamani ishlatmasalar ham, qandaydir shaklda jamoat a’zoligi amaliyotiga ega bo‘lishlari kerak.

Yana bir ko‘p uchraydigan e’tiroz: jamoat qandaydir rasmiy institut emas, Xudoning oilasi bo‘lishi kerak. Sharqiy Osiyodagi madaniyatga konfutsiychilik chuqur ta’sir etgan, unda oila qadriyatiga alohida urg‘u beriladi. Muqaddas Kitobda jamoat haqida gapirilganda, har xil metaforalar ishlatilgan, “oila” esa, ulardan bittasidir. Shubhasiz, oilalar iliqlik va qardoshlikka asoslanishi kerak – shunday bo‘lsada, u a’zolardan tashkil topgan, ya’ni unda ichkaridagi va tashqaridagi odamlar tushunchasi bor. Sharqiy Osiyoda – bizda oilani/xonadonni ro‘yxatga olish tizimi bor va hech kim o‘zining “uy daftari” (rasmiy oila a’zolarining ismlar ro‘yxati)ga begona odamning ismini qo‘shib qo‘yishga rozi bo‘lmaydi. Hech kim bu kabi chegara “begonalarcha va sovuq” deya shikoyat qilmaydi.

CHO‘PONLIKKA OID SABABLAR

Kalomiy sabablarga qo‘shimcha ravishda, Sharqiy Osiyodagi jamoatlarga nima uchun jamoat a’zoligi amaliyoti kerakligini tushuntiradigan cho‘ponlikka oid bir necha fikrlarni taqdim etmoqchiman.

Birinchidan, a’zolik bizning ekklesiologiya (jamoat tarixini o‘rganish)ga doir tushunchamizni mustahkamlaydi.

Sharqiy Osiyoda biz quvg‘inning har xil ko‘rinishlari ostida uzoq muddat azoblarga duch kelganmiz. Ko‘pgina yevangelist (injilchi), Muqaddas Kitobga ishonuvchi jamoatlar “yerto‘la” (yashirin) jamoatlardir. Bu ular davlat tomonidan ro‘yxatga olinmagan va ochiqchasiga yig‘ila olmasliklarini anglatadi. Bu ta’sis etilgan miqyosda, ham ma’lum bir mahalliy jamoatlar ichida va ham o‘zaro boshqacharoq tarzda birlashgan jamoatlar orasida kamroq rasmiylikka olib keldi.

Bu quvg‘inlar bir necha o‘n yilliklar davomida sodir bo‘ldi, va yaqingacha, Sharqiy Osiyo jamoatlarini G‘arbdagi jamoatlardan, umumiy qilib aytganda, ajratib qo‘ydi. Biz ekklessiologiya bo‘yicha ko‘pgina yaxshi ta’limotlar va an’analarni yo‘qotdik. Misol uchun, nashr etish qattiq nazorat ostida bo‘lganligi uchun, Sharqiy Osiyoda jamoat tarixidan yozma mumtoz adabiyotlar yetishmaydi.

Bir vaqtning o‘zida, jamoat boshqaruvi o‘zgardi. Biz yetakchilikni tasvirlash uchun, oqsoqollar va diakonlar kabi kalomiy tildan foydalanmay qoldik. Denominatsiyalar ham yo‘qoldi. Quvg‘in tahdidi ostida, oldingi avlodlar qadrli bo‘lgan, lekin eng asosiy bo‘lmagan ekklesiologiyadan ko‘ra, xushxabarning asosiy e’tiqodlarini himoya qilishga diqqat-e’tiborlarini qaratishadi.

Agar biz a’zolikka oid kalomiy g‘oyani o‘rgatsak, bu Sharqiy Osiyo jamoatlariga ekklesiologiyaning ahamiyatini qaytadan kashf etishga yordam beradi, ekklesiologiya esa xushxabarni himoya qiladi va namoyon etadi. To‘g‘ri, jamoat Xudoning oilasidir, lekin jamoat, shu bilan birga, Xudo shohligining yerdagi hukmronligini ham namoyon etadi. Sharqiy Osiyo jamoatlari, dunyodagi barcha jamoatlar kabi, Xudo shohligining elchixonalaridir. Biz jamoatga o‘ta “o‘zi bo‘lar”larcha munosabatda bo‘lmasligimiz kerak. Agar biz xushxabarni avlodlar osha saqlamoqchi bo‘lsak, biz jamoatni himoya qilishimiz kerak, jamoat a’zoligi amaliyoti esa, buning uchun zaruriy yordamdir.

Sodda qilib aytganda, Sharqiy Osiyodagi masihiylar shunday tuzatilishlari mumkin, bizga jamoat faqatgina meni foydalar bilan ta’minlashi uchun emas, balki biz Xudoni ulug‘lashimiz va Uning bizdagi go‘zal hukmronligini mahalliy tanasi orqali ochib berishimiz uchun kerak.

Ikkinchidan, a’zolik bizga ba’zi cho‘ponlikka oid xavf-xatarlardan saqlanishga yordam beradi.

Agar hozirgi siyosiy va ijtimoiy kontekst 40 yildan oldingiday bo‘lganda, bizga jamoat a’zoligining rasmiy jihatlari, ehtimol, kerak bo‘lmas edi, chunki konsepsiya yaqqolroq namoyon bo‘lar edi. Oldingi yillarda jamoatga boradigan masihiylar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishgan. Natijada, shunchaki, “yerto‘la” jamoatga qatnash shaxsning Isoga ergashish uchun qiymatini to‘lashga tayyor ekanligini namoyon etgan. Bundan tashqari, jamoat yetakchilari va jamoatlar ularga kimlar tegishi va kimlar tegishli emasligini bilishgan.

Lekin, vaqt o‘zgargan! Mening mamlakatim butunlay ochiq bo‘lmasada, uning darajasi oldingidan ancha yengilroq. Siz jamoatga borish orqali hayotingizni yo‘qotish xavfiga ega emassiz. Siz hatto ishingizni ham yo‘qotishingiz ehtimoldan yiroq. Shunday qilib, hozirda ko‘pgina yoshlar yakshanba kuni ertalabki yig‘ilishlarga kelishadi. A’zolik amaliyotisiz, Sharqiy Osiyodagi jamoatlar muammoga duch kelishmoqda: ular va dunyo o‘rtasidagi chegara noaniq. Hozirda jamoatlar ko‘proq hayoti yangilanmagan odamlar bilan to‘la. Agar a’zolik amaliyoti aniq-ravshanlik bilan qo‘llanilmasa, bu katta muammolarni keltirib chiqaradi.

Misol uchun, jamoatdagi intizomiy choralar keyinga qoldiriladigan bo‘lib qolmoqda. Men bilgan bitta jamoatda kalomga mos kelmagan ajrashishga qo‘l urmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan yetakchilar intizomiy chora ko‘rishga urinishganini bilaman, lekin urinish, oxir-oqibatda, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Nima uchun? Chunki ular o‘zlarida unga nisbatan intizomiy chora ko‘rishga hokimiyat va javobgarlik bor yoki yo‘qligini, shunchaki, bilmasdilar. U har hafta bu jamoatga qatnardi, lekin intizomiy chora tahdidini sezishni boshlaganda, u bu jamoat uning jamoati emasligini aytardi va yetakchilar unga intizomiy chora ko‘rish vakolatiga ega bo‘lmay qolar edilar. Bir necha oydan keyin, u jamoatni tark etdi. Hech kim aynan nima sodir bo‘lganini bilmasdi, odamlar gangib qolishdi, yetakchilar esa, darg‘azab va ko‘ngli g‘ash bo‘lib qolishdi.

Biz Sharqiy Osiyodagi, ayniqsa, katta shaharlardagi jamoatlarga qisqacha nazar soldik. Lekin, agar ko‘proq jamoatlar rasmiy va jiddiy a’zolik amaliyotini qo‘llashganda, jamoatdagi muqaddaslik osonroq himoya qilingan bo‘lar edi. Agar jamoatlar chegara qo‘yib, uni saqlashganda, ya’ni jamoat a’zolari, aslida, jamoatga kim tegishli, kim tegishli emasligini ayta olishganda, biz kalomiy haqiqatga bo‘ysunishga aminlik va aniq javobgarlikka ega bo‘lgan bo‘lar edik.

Yana bir narsani aytish joiz. Sharqiy Osiyo borgan sari zamonaviylashib bormoqda. Bizning jamiyatimiz narsalarni tezlik bilan o‘rganmoqda va G‘arb madaniyatini ishtiyoq bilan qabul qilmoqda. Afsuski, xushxabar nuriga ega bo‘lmasdan, odamlar uning gunohkor va kalomga mos kelmaydigan jihatlaridan chuqur ta’sirlanmoqdalar. Individualism, post-modernism va anti-institusionalism ham Sharqiy Osiyodagi Masih jamoatlarida yashirinib olgan. Globalizatsiya Sharqiy Osiyo madaniyatini G‘arbdan unchalik farqlanmaydigan qilib qo‘ymoqda. Biz odamlarimizning sevgi, hokimiyat va sadoqatga doir o‘sib borayotgan noto‘g‘ri tushunchalarini tuzatish uchun kalomiy a’zolik amaliyotini qo‘llashimiz kerak.

XULOSA

Biz faqatgina xushxabar adashgan yuraklarni o‘zgartira olishini unutmasligimiz kerak. Faqatgina O‘zini xochda noloyiq gunohkorlar uchun qurbon qilgan Qutqaruvchimiz bizning xudbin va gunohkor hayotimizni butunlay o‘zgartirib yubora oladi. Jamoat a’zoligi bu o‘zgarishni namoyishga qo‘yadi.

Chariot Lu

Chariot Lu Sharqiy Osiyodagi cho‘ponlardan biri.

Шарқий Осиёдаги жамоатларга жамоат аъзолиги нима учун керак?

“Аъзолик? Нима ҳақида гапиряпсиз? Муқаддас Китобда ‘аъзолик’ каби сўзлар йўқ-ку!.” “Бу кўпроқ дунёвий ғоя, каломий эмас. Бу жамоатни худди бир клубга айлантиради.” “Жамоат оиладай бўлиши керак, аъзолик эса, ўта формал ва бегоналарча муносабатдир.” “Аъзолик Ғарбга хос тушунча ва у бу ерга тўғри келмайди. Аслида, формал аъзолик амалиётига эга бўлиш ўта хавфли, айниқса, ҳукумат рўйхатдаги исмларни кўриб қолганда.”

“Жамоат аъзолиги” Шарқий Осиё жамоатларига олиб келинганда, мен доимо бу каби эътирозларни эшитаман. Бундай эътирозлар фақатгина Шарқий Осиёдаги жамоатларга хос эмас. Улар бизнинг гуноҳкор юракларимизда илдиз отган, шунчаки, инсоний эътирозлардир.

Ушбу мақолада Шарқий Осиёдаги жамоатларга каломий ва чўпонликка оид сабаблар туфайли жамоат аъзолиги амалиёти керак эканлигини тушунтириб бераман.

КАЛОМИЙ САБАБЛАР

Шарқий Осиёдаги жамоатларга жамоат аъзолиги амалиёти нима учун керак? Биринчидан, бу Муқаддас Китобда аниқ ўргатилганлиги учун ҳам уларга бу керак. Уни бу ерда бошлаш муҳим, чунки Худонинг ҳақиқати барча инсоний маданиятлар чегарасидан ўтиб боради.

“Аъзолик” сўзи Муқаддас Китобда учрамаслиги эътирозлардан биридир, лекин бу тушунча эски Аҳдда ҳам, Янги Аҳдда ҳам кенг тарқалган. Асосан, жамоат аъзолиги имонлиларнинг маҳаллий йиғилиши бўлиб, улар хушхабар ҳақида нимага ишонишларини ва ўша имонни ким эътироф этишини тасдиқлашини билдиради. Агарда бирор бир жамоат 1 Коринфликларга 5-боб ёки Матто 18:15–17 каби парчаларга садоқат билан бўйсунишни хоҳласа, улар бу атамани ишлатмасалар ҳам, қандайдир шаклда жамоат аъзолиги амалиётига эга бўлишлари керак.

Яна бир кўп учрайдиган эътироз: жамоат қандайдир расмий институт эмас, Худонинг оиласи бўлиши керак. Шарқий Осиёдаги маданиятга конфутсийчилик чуқур таъсир этган, унда оила қадриятига алоҳида урғу берилади. Муқаддас Китобда жамоат ҳақида гапирилганда, ҳар хил метафоралар ишлатилган, “оила” эса, улардан биттасидир. Шубҳасиз, оилалар илиқлик ва қардошликка асосланиши керак – шундай бўлсада, у аъзолардан ташкил топган, яъни унда ичкаридаги ва ташқаридаги одамлар тушунчаси бор. Шарқий Осиёда – бизда оилани/хонадонни рўйхатга олиш тизими бор ва ҳеч ким ўзининг “уй дафтари” (расмий оила аъзоларининг исмлар рўйхати)га бегона одамнинг исмини қўшиб қўйишга рози бўлмайди. Ҳеч ким бу каби чегара “бегоналарча ва совуқ” дея шикоят қилмайди.

ЧЎПОНЛИККА ОИД САБАБЛАР

Каломий сабабларга қўшимча равишда, Шарқий Осиёдаги жамоатларга нима учун жамоат аъзолиги амалиёти кераклигини тушунтирадиган чўпонликка оид бир неча фикрларни тақдим этмоқчиман.

Биринчидан, аъзолик бизнинг экклесиология (жамоат тарихини ўрганиш)га доир тушунчамизни мустаҳкамлайди.

Шарқий Осиёда биз қувғиннинг ҳар хил кўринишлари остида узоқ муддат азобларга дуч келганмиз. Кўпгина евангелист (инжилчи), Муқаддас Китобга ишонувчи жамоатлар “ертўла” (яширин) жамоатлардир. Бу улар давлат томонидан рўйхатга олинмаган ва очиқчасига йиғила олмасликларини англатади. Бу таъсис этилган миқёсда, ҳам маълум бир маҳаллий жамоатлар ичида ва ҳам ўзаро бошқачароқ тарзда бирлашган жамоатлар орасида камроқ расмийликка олиб келди.

Бу қувғинлар бир неча ўн йилликлар давомида содир бўлди, ва яқингача, Шарқий Осиё жамоатларини Ғарбдаги жамоатлардан, умумий қилиб айтганда, ажратиб қўйди. Биз экклессиология бўйича кўпгина яхши таълимотлар ва анъаналарни йўқотдик. Мисол учун, нашр этиш қаттиқ назорат остида бўлганлиги учун, Шарқий Осиёда жамоат тарихидан ёзма мумтоз адабиётлар етишмайди.

Бир вақтнинг ўзида, жамоат бошқаруви ўзгарди. Биз етакчиликни тасвирлаш учун, оқсоқоллар ва диаконлар каби каломий тилдан фойдаланмай қолдик. Деноминациялар ҳам йўқолди. Қувғин таҳдиди остида, олдинги авлодлар қадрли бўлган, лекин энг асосий бўлмаган экклесиологиядан кўра, хушхабарнинг асосий эътиқодларини ҳимоя қилишга диққат-еътиборларини қаратишади.

Агар биз аъзоликка оид каломий ғояни ўргатсак, бу Шарқий Осиё жамоатларига экклесиологиянинг аҳамиятини қайтадан кашф этишга ёрдам беради, экклесиология эса хушхабарни ҳимоя қилади ва намоён этади. Тўғри, жамоат Худонинг оиласидир, лекин жамоат, шу билан бирга, Худо шоҳлигининг ердаги ҳукмронлигини ҳам намоён этади. Шарқий Осиё жамоатлари, дунёдаги барча жамоатлар каби, Худо шоҳлигининг элчихоналаридир. Биз жамоатга ўта “ўзи бўлар”ларча муносабатда бўлмаслигимиз керак. Агар биз хушхабарни авлодлар оша сақламоқчи бўлсак, биз жамоатни ҳимоя қилишимиз керак, жамоат аъзолиги амалиёти эса, бунинг учун зарурий ёрдамдир.

Содда қилиб айтганда, Шарқий Осиёдаги масиҳийлар шундай тузатилишлари мумкин, бизга жамоат фақатгина мени фойдалар билан таъминлаши учун эмас, балки биз Худони улуғлашимиз ва Унинг биздаги гўзал ҳукмронлигини маҳаллий танаси орқали очиб беришимиз учун керак.

Иккинчидан, аъзолик бизга баъзи чўпонликка оид хавф-хатарлардан сақланишга ёрдам беради.

Агар ҳозирги сиёсий ва ижтимоий контекст 40 йилдан олдингидай бўлганда, бизга жамоат аъзолигининг расмий жиҳатлари, эҳтимол, керак бўлмас эди, чунки консепсия яққолроқ намоён бўлар эди. Олдинги йилларда жамоатга борадиган масиҳийлар ўз ҳаётларини хавф остига қўйишган. Натижада, шунчаки, “ертўла” жамоатга қатнаш шахснинг Исога эргашиш учун қийматини тўлашга тайёр эканлигини намоён этган. Бундан ташқари, жамоат етакчилари ва жамоатлар уларга кимлар тегиши ва кимлар тегишли эмаслигини билишган.

Лекин, вақт ўзгарган! Менинг мамлакатим бутунлай очиқ бўлмасада, унинг даражаси олдингидан анча енгилроқ. Сиз жамоатга бориш орқали ҳаётингизни йўқотиш хавфига эга эмассиз. Сиз ҳатто ишингизни ҳам йўқотишингиз эҳтимолдан йироқ. Шундай қилиб, ҳозирда кўпгина ёшлар якшанба куни эрталабки йиғилишларга келишади. Аъзолик амалиётисиз, Шарқий Осиёдаги жамоатлар муаммога дуч келишмоқда: улар ва дунё ўртасидаги чегара ноаниқ. Ҳозирда жамоатлар кўпроқ ҳаёти янгиланмаган одамлар билан тўла. Агар аъзолик амалиёти аниқ-равшанлик билан қўлланилмаса, бу катта муаммоларни келтириб чиқаради.

Мисол учун, жамоатдаги интизомий чоралар кейинга қолдириладиган бўлиб қолмоқда. Мен билган битта жамоатда каломга мос келмаган ажрашишга қўл урмоқчи бўлган шахсга нисбатан етакчилар интизомий чора кўришга уринишганини биламан, лекин уриниш, охир-оқибатда, муваффақиятсизликка учради. Нима учун? Чунки улар ўзларида унга нисбатан интизомий чора кўришга ҳокимият ва жавобгарлик бор ёки йўқлигини, шунчаки, билмасдилар. У ҳар ҳафта бу жамоатга қатнарди, лекин интизомий чора таҳдидини сезишни бошлаганда, у бу жамоат унинг жамоати эмаслигини айтарди ва етакчилар унга интизомий чора кўриш ваколатига эга бўлмай қолар эдилар. Бир неча ойдан кейин, у жамоатни тарк этди. Ҳеч ким айнан нима содир бўлганини билмасди, одамлар гангиб қолишди, етакчилар эса, дарғазаб ва кўнгли ғаш бўлиб қолишди.

Биз Шарқий Осиёдаги, айниқса, катта шаҳарлардаги жамоатларга қисқача назар солдик. Лекин, агар кўпроқ жамоатлар расмий ва жиддий аъзолик амалиётини қўллашганда, жамоатдаги муқаддаслик осонроқ ҳимоя қилинган бўлар эди. Агар жамоатлар чегара қўйиб, уни сақлашганда, яъни жамоат аъзолари, аслида, жамоатга ким тегишли, ким тегишли эмаслигини айта олишганда, биз каломий ҳақиқатга бўйсунишга аминлик ва аниқ жавобгарликка эга бўлган бўлар эдик.

Яна бир нарсани айтиш жоиз. Шарқий Осиё борган сари замонавийлашиб бормоқда. Бизнинг жамиятимиз нарсаларни тезлик билан ўрганмоқда ва Ғарб маданиятини иштиёқ билан қабул қилмоқда. Афсуски, хушхабар нурига эга бўлмасдан, одамлар унинг гуноҳкор ва каломга мос келмайдиган жиҳатларидан чуқур таъсирланмоқдалар. Индивидуалисм, пост-модернисм ва анти-институсионалисм ҳам Шарқий Осиёдаги Масиҳ жамоатларида яшириниб олган. Глобализация Шарқий Осиё маданиятини Ғарбдан унчалик фарқланмайдиган қилиб қўймоқда. Биз одамларимизнинг севги, ҳокимият ва садоқатга доир ўсиб бораётган нотўғри тушунчаларини тузатиш учун каломий аъзолик амалиётини қўллашимиз керак.

ХУЛОСА

Биз фақатгина хушхабар адашган юракларни ўзгартира олишини унутмаслигимиз керак. Фақатгина Ўзини хочда нолойиқ гуноҳкорлар учун қурбон қилган Қутқарувчимиз бизнинг худбин ва гуноҳкор ҳаётимизни бутунлай ўзгартириб юбора олади. Жамоат аъзолиги бу ўзгаришни намойишга қўяди.

Чариот Лу

Чариот Лу Шарқий Осиёдаги чўпонлардан бири.