Qanday qilib biz berilgan har qanday matndan xushxabar tomon boramiz?
Matnni butun kitob konteksti ichiga joylashtiring.Kitobning takrorlanmas mavzulari Masih tomon yo‘l ochadi. Ibtidoda yaratilish va va’da mavzulari, Chiqishda xaloskorlik, Levilarda muqaddaslik va qurbonlik va hokazo mavzular, bularning bari oxir-oqibatda, Masih tomon yo‘naltiradi, bu kitoblarning ichidagi alohida parchalar esa, odatda, o‘sha mavzularni qandaydir tarzda yoritib beradi. Matnning teologik mavzulari qay tarzda xushxabar mavzulariga aloqador ekanligini ta’kidlang. Matnda […]
Qanday qilib va’zlarimizda yaxshi kalomiy teologiyani qo‘llashimiz mumkin?
Har bir matnni Muqaddas Kitobning umumiy hikoyasi ichiga joylashtiring. Matnda turib orqaga nazar soling va Muqaddas Kitobda ushbu matn uchun qaysi ahd va’dalariga dahldor ekanligini aniqlang: Ibrohimga berilgan va’dalarmi? Musogami? Dovudgami? Keyin oldinga qarang va siz o‘rganayotgan matn Masih shaxsi va ishida qanday amalga oshgani haqida o‘ylang. Najot tarixi ichidagi bu matn bosqichi davomiy ekanligi va […]
Mendan ancha katta bo‘lgan odamlarga qanday qilib va’z aytishim mumkin?
Xushxabarni va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar Xudoning Masihdagi najotkorlik ishi haqida eshitishi, ishonishi va yodga olishi lozim. Xudoning mutlaq hokimiyati haqida va’z qiling. Barcha yoshdagi odamlar hayotimizdagi har bir va’ziyat ustidan yagona Xudo hukmron ekanligini eslatilishga muhtojdir. Azob-uqubatlar haqida va’z qiling. Yosh biz his qiladigan va ko‘radigan azob-uqubatlarni chuqurlashtiradi, u afsuslanish azobi bo‘ladimi, bo‘gimlarning og‘rishi […]
Ekspozitsion va’z monologik va bir tomonlama emasmi? Odamlar dialog orqali yaxshiroq o‘rganishmaydimi?
Ba’zi odamlar ekspozitsion va’zning monologik tarzidan achchiqlanishadi. Bitta odam bir necha daqiqa davomida turib, va’z qiladi, qolganlar esa, tinglaydi. Bu adolatsizlik yoki hatto shafqatsizlik emasmi? Suhbat tarzida bo‘lsa-chi? Shubhasiz, jamoat hayotida suhbat uchun juda ko‘p joylar bo‘lishi kerak, xoh u induktiv Kalom darslari, xoh kichik guruhlarda qo‘shimcha va’zni muhokama qilish darslari yoki boshqa kontekstlar orqali […]
Ekspozitsion va’z nima?
Ekspozitsion va’z bu Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy g’oyasini olib, va’zning asosiy g’oyasiga aylantiradigan va bugungi hayotga moslashtiradigan va’zdir. Boshqacha qilib aytganda, ekspozitsion va’z Muqaddas Kitobdagi ma’lum bir parchaning asosiy mazmunini “ochib beradi” va tinglovchilar hayotiga uning qanday ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu xolos. Bu shuni anglatadiki, ekspozitsion va’z Faqatgina bir yoki ikki oyatga […]
Xizmatdagi muvaffaqiyat nima? U qanday o’lchanadi?
Bu qiyin savol, chunki bu savolga javob berayotganda bir-biriga raqobatdosh har xil tamoyillar yuzaga keladi. G’ayritabiiy narsalarni o’lchash?G’ayritabiiy hosilni har doim ham o’lchab bo’lmaydi. Muvaffaqiyat ishonchlilik bilan barobar.Muvaffaqiyatning eng muhim mezonlaridan biri bu Xudo Kalomini ishonchli tarzda (o’zgartirmasdan) va’z qilish va Kalomga mos ravishda yashashdir. Bu jamoatga qatnovchilar sonidan muhimroq narsa.Jamoatga qatnaydigan odamlarning soni e’tiborga […]
“Kalomiy teologiya” nima degani?
“Kalomiy teologiya” atamasi ikki usulda ishlatilishi mumkin: Sog‘lom doktrina (ta’limot). Bu atama o‘rtamiyona odam o‘ylaydigan ma’noni bildirishi mumkin: ya’ni bu Kalomga mos teologiya yoki Xudo Kalomida O‘zi haqida namoyon qilgan haqiqatlarni o‘zida aniq aks ettirgan teologiyadir. Jamoat yetakchilari odatda ommabop o‘lgan, birovni xafa qilmaydigan va odamlar eshitishni xohlagan narsalarni o‘rgatish vasvasasiga uchraydilar. Ular an’anaga sodiq qolgan […]
Sog‘lom ta’limot haqidagi tushunchamni qanday rivojlantira olaman?
Va’z qilingan Kalomga diqqatingizni qarating. Cho‘poningiz har hafta Xudo Kalomini tushuntirib berganda uni diqqat bilan eshiting. Undan keyin va’zni do‘stlaringiz va oilangiz bilan muhokama qiling. Muqaddas Yozuvlarni ishtiyoq bilan o‘rganing. Bunga keng va chuqur yondashing. Ya’ni, umumiy manzarani ko‘ra olish uchun butun Kalomni o‘qib chiqing, lekin, shu bilan birga, kichik qismlarni (masalan, alohida kitoblarni) qo‘lingizdan kelgancha butun […]
Jamoatimga sog‘lom ta’limotni tushunishda o‘sishga qanday yordam bera olaman?
Ekspozitsion va’z ayting. Siz Kalomiy matnning ma’nosini tushuntirib va hayotga moslashtirganingiz sari, sizning odamlaringiz Muqaddas Kitobni tushunishda o‘sib boradilar va uni hayotlarida qo‘llash qobiliyatlari ham oshib boradi. Va’zlaringizda tizimli teologiyadan foydalaning. Kalomdagi matnlarni ochib berayotganingizda (ekspozitsiya) har xil teologik mavzular yuzaga kelganda, o‘sha matnlar Muqaddas Kitobning o‘sha mavzuga doir butun ta’limotiga qanday aloqadorligini tushuntirib bering. Va’zlaringizda kalomiy […]

