Nima uchun masihiylar xushxabarni eshitishni davom etishlari kerak?

Nima uchun masihiylar xushxabarni eshitishni davom etishlari kerak?

Ba’zi odamlar xushxabar faqatgina xushxabarchilik faoliyati uchun foydali, ya’ni u imonsiz odamlargina eshitishi kerak bo‘lgan xabar deya ishonishadi. Shunga qaramay, Muqaddas Kitobda Isoning izdoshlari yuqoridan tug‘ilganlaridan keyin ham, xushxabarni eshitishni davom ettirishlari kerakligi o‘rgatilgan. Masihiylar har kuni Muqaddas Kitobni o‘qish vaqtlarida xushxabar haqida fikr yuritishlari, cho‘ponlar esa, har bir va’zda xushxabarni va’z qilishlari kerak. Biz […]

Qaysi ba’zi xabarlar odamlar tomonidan noto’g’ri ravishda xushxabar deb ataladi?

12.13.2018

Xudo bizni boyitishni xohlaydi. Bugun ba’zi va’zxonlar xushxabar bu Xudo bizni ko’p pul va mol-mulk bilan marhamatlashidir va biz qilishimiz kerak bo’lgan yagona narsa bu so’rashdir, deb aytishadi. Lekin, xushxabar ruhiy marhamatlar haqidagi xabardir (Efes. 1:3): Xudo Iso Masihni biz uchun o’lib, uchinchi kuni tirilishi uchun yuborgan, toki biz oqlanaylik, Xudo bilan yarashaylik va Xudo bilan […]

Markazida inson turgan xushxabar va haqiqiy xushxabarning o‘rtasida qanday farq bor?

10.17.2018

Bugungi kunda markazida inson turgan son-sanoqsiz “xushxabarlar” mavjud. Bunday “xushxabarlar” shunday deydi: “Xudo sizni bu hayotda boy va muvaffaqiyatli qilishni xohlaydi,” yoki “Xudo sizga har qanday jismoniy va emotsional xastalikdan shifo berishni xohlaydi,” yoki “Xudo siz menda bor deb o‘ylagan har qanday muhtojliklarni ta’minlashni xohlaydi.” Lekin, markazida inson turgan bu xushxabarlar haqiqiy, kalomiy, markazida Xudo […]

Xushxabar qaysi eng asosiy (fundamental) muammoga yechim beradi?

09.17.2018

Xushxabar asosan ehtiyojlarimizni qondirish haqidami? Kuchli xohishlarimizni amalga oshirilishini anglatadimi? Jamiyatni o’zgartirishnimi? Yaxshiroq hayotda yashash haqida o’rgatadimi? Kambag’allarning ahvolini yaxshilashnimi yoki u bizlarni boy va sog’lom qilish haqidami? Xushxabar haqidagi bu fikrlarning bari bitta muammoga qaratiladi va “Butun Xushxabar mana shu haqda!” deb aytadi.  Lekin, bu narsalarning birontasi butun xushxabarni tashkil etadimi? Bu narsalarning birontasi […]

Yaxshi ishlar najotga erishishda qanday o‘ringa ega?

08.17.2018

Qisqa javob: Biz faqatgina imon orqali oqlandik (Xudoning nazarida solih deb topildik), lekin oqlaydigan imon hech qachon yolg‘iz kelmaydi. Faqatgina imon orqali oqlandik …: Biz qonun ishlari orqali emas, imon orqali oqlandik (Rim.3:28). Xudo bizni solih deb hisoblaydi, chunki U Masihning solihligini bizning solihligimiz sifatida ko‘radi (Fil. 3:9, Rim. 5:17). Bularning bari faqatgina imon orqali amalga […]

Xushxabar aytish uchun nimalar haqida gapirishim kerak?

07.17.2018

Xushxabar aytish uchun siz birovga quyidagilar haqidagi haqiqatni yetkazishingiz kerak: Xudo. Xudo barcha narsaning yaratuvchisidir (Ibt. 1:1). U mukammal darajada muqaddas, barcha olqishlarga loyiq va U gunohni jazolaydi (1-Yuh. 1:5, Vah. 4:11, Rim. 2:5-8). Inson. Hamma odamlar tabiatan gunohkordirlar (Ibt. 1:26-28, Zab. 50:7, Rim. 3:23). Tabiatan, hamma odamlar Xudodan ajralgan, Xudoga dushman va Xudoning qahr-g‘azabiga […]

Najotga erishish uchun tavba qilish zarurmi?

06.17.2018

Ba’zi odamlar Isoga “Najotkor” sifatida imon keltirishingiz mumkin, lekin “Ega” sifatida emas, deb aytishadi. Ya’ni, ularning aytishicha, siz unga ishonishingiz, lekin gunohingizdan hech qachon tavba qilmasligingiz mumkin. Siz Unga ishonishingiz va hayotingiz masihiy bo‘lganingizdan oldin qanday bo‘lsa, shunday davom etsa ham, najotga erishishingiz mumkin. Va shunga o‘xshash iddaolarni davom ettirishadi. Hatto ba’zi odamlar aytishadiki, agar […]

Qay tarzda xushxabar ham aybdorlik va ham uyatga yechim beradi?

12.13.2017

Bugungi kunda ba’zi jamoat yetakchilari xushxabar aybdorlikka emas, uyatga yechim beradi, deya ta’kidlashadi. Yoki ular uyat, Muqaddas Kitobdagi muhimroq (asosiyroq) kategoriya va biz xushxabar aytayotganda aybdorlik g‘oyasiga urg‘u bermasligimiz kerak, deb aytishadi. Kengroq ma’noda aytadigan bo‘lsak, biz aybdorlikni Xudoga qarshi jinoyat qilish va Uning qonuniy qahr-g‘azabiga duchor bo‘lish obyektiv (xolis) holati deya ifodalashimiz mumkin. Boshqa […]

Xushxabar bizdagi muhotjliklarni qondirish haqidami?

12.01.2017

Yo‘q. Lekin… Yo‘q.U bizning haqiqiy muhtojligimizni ochib berish haqidadir, ya’ni bizning Xudo oldidagi aybdor holatimizdir (Yuhanno 3:36). Muqaddas Ruh tomonidan insonning aybdor ekanligi ko‘rsatilmaguncha, bu muhtojlik bo‘lmaydi. Yo‘q. Katta muammo biz Xudo haqida qanday hissiyotga ega ekanligimiz emas, balki Xudo biz haqimizda qanday hissiyotga ega ekanligidir. O‘zining muqaddasligida, u gunohdan nafratlanadi. Biz qahr-g‘azabga loyiq farzandalar […]

Gunoh nima?

02.18.2017

Gunoh mohiyatan Xudoga qarshi isyondir (Rim. 1:18-32). Gunoh Xudoni Xudo sifatida tan olishni rad etish va o‘zimizni Xudo o‘rniga qo‘yishdir. Gunoh Xudoning irodasi va qonuniga to‘la mos kelmaydigan har qanday amaldir (1-Yuhanno. 3:4). Gunoh Xudoning g‘azabini keltirib chiqaradi. Xudo muqaddasligi sababli, U gunoh uchun jazolaydi. Xudo bir kun kelib barcha insonni hukm qilishni va har bir kishini […]

  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2