Amalda, boshqa masihiylarga qanday ustozlik qila olaman?
Jamoatga qo‘shiling. Jamoat yig‘ilishlariga ertaroq boring va u yerdan kechroq chiqing. Jamoatingiz a’zolari bilan mehmondo‘st bo‘ling. Xudodan doimiy do‘stlik bo‘lishi haqida so‘rang. Agar iloji bo‘lsa, o‘z oilangiz yoki cho‘ponlik budjet xarajatlaringizdan masihiy birodarlaringiz bilan haftalik uchrashuvlar ham joy olsin. Bu masalani turmush o‘rtog‘ingiz bilan maslahatlashing. Agar iloji bo‘lsa, unga ham shunday xarajatlar uchun budjetingizdan mablag‘ […]
Butun jamoat “xizmatlari” g‘oyasi jamoatning tadbir emas, “odamlar guruhi, ya’ni, xalq” ekanligiga qarama-qarshimi?
Bunday deb o‘ylamaymiz… Ba’zi odamlar mahalliy jamoatni Islohotchilar tomonidan belgilangan jamoatning uch “belgilari”: va’z aytish, marosimlar va jamoat intizomiy chora ko‘rishiga qarab ifodalashga qarshi chiqishadi. Ular jamoat bir tadbir yoki faoliyat emas, yoki faqat yakshanba kunlari emas, butun hafta davomidagi Masihning bir xalqi deb aytishadi. Bu yozuvchilar nominal (nomigagina bo‘lgan) masihylikka va imonlilar orasida shohlikka […]
Jamoatda nimani izlashim kerak?
Ekspozitsion (izohli) va’zni. Cho‘pon Xudo Kalomini va’z qiladimi yoki o‘z g‘oyalarinimi? U o‘z va’zining rejasini Kalomga asoslanib tuzadimi yoki mavzularni boshqa bir mezonga asoslanib tanlaydimi? (2 Tim. 2:15, 4:2-2) Kalomiy teologiyani. Jamoat asosiy kalomiy doktrinalarni (ta’limotlarni) ochiq tan oladimi? Yetakchilar doimiy tarzda sog‘lom ta’limotni o‘rgatishadimi? (Titus 1:9-11) Xushxabarga doir kalomiy tushunchani. Jamoat Iso Masih O‘z o‘limi va […]
Xushxabar aytganimizdan keyin nima qilishimiz kerak?
Bu asosan tinglovchingizning javobiga bog‘liq. Quyida siz duch kelishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi javoblar keltirilgan. Men qaror qilolmayapman.Agar odamlar bizga bir qarorga kelolmayotganlarini aytishsa, biz albatta ularni bunga majburlay olmaymiz. Lekin, ular beqaror bo‘lganlarida yupatmasligimiz kerak. Insoniyatning Xudoga qarshi isyonida real neytrallik yo‘q. Men kutishni xohlayman. Agar siz kimnidir xushxabar unchalik jalb etmaganini sezsangiz, xabarni aniqroq qilib […]
Yuqoridan tug’ilish haqida kalomiy tushunchaga ega bo’lish Jamoat hayotida qanday namoyon bo’ladi?
Yuqoridan tug’ilish haqida kalomiy tushunchaga ega bo’lgan jamoat … A’zo sifatida kimni qabul qilayotganiga ehtiyot bo’ladi. Jamoatga a’zo bo’lish xohishini bildirgan har bir kishidan xushxabarni tushuntirib berishni so’raydi. Tavba qilinmagan biror bir soha bor yoki yo’qligini aniqlaydi. Cho’mdirish va Qutlug’ Kechlikni ehtiyotkorlik bilan amalga oshiradi. A’zolar birovni shoshma-shosharlik bilan va tekshiruvlarsiz cho’mdirishga majbur qilishmaydi. Qutlug’ […]
Jamoat oqsoqoli kim?
Asoslar: Oqsoqol bu – (i) (1 Timo‘tiy 3:1-7) va (Titus 1:6-9) dagi xususiyatlarga mos keladigan, (ii) o‘z jamoati tomonidan oqsoqol deb tan olingan (iii) va Kalomni o‘rgatish orqali jamoatni (yig‘ilishni) olib boradigan (1 Tim. 3:2), qo‘ylari uchun ibodat qiladigan (Yoqub 5:14) va jamoat masalalari ustidan nazorat qiladigan shaxsdir (1 But. 5:2). Nazorat: Oqsoqol suruv ustidan […]
Jamoatdagi intizomiy chora nima?
Jamoatdagi intizomiy chora bu jamoat o‘zining bironta a’zosining gunohiga qarshi turish va uni tavbaga chaqirish amalidir; bunda agar shaxs tavba qilmasa, tavba qilinmagan jiddiy gunohi tufayli Isoni tan oluvchi bu jamoatdan va Qutlug‘ Kechlikdan chetlashtirishgacha boriladi. Kengroq ma’noda esa, intizomiy chora jamoat o‘z a’zolariga muqaddaslikka rioya qilishga va gunohga qarshi kurashishga yordam berish uchun ko‘riladigan […]
Jamoat konsultatsiyasi nima?
Jamoat konsultatsiyasi “konsultatsiya”ni mahalliy jamoatning intizomiy ishiga olib kelishga urinishdir. Bu “tashqaridagi” mutaxassisga murojaat qilishdan ko‘ra, bir-birlarining konsultativ muhtojliklarini qondirishlari uchun jamoat a’zolari va yetakchilarini qurollantirish orqali konsultatsiya amaliyotini qo‘llashdir. Jamoat konsultatsiyasi “mutaxassis” rolidan yoki birovni mutaxassisga borishni tavsiya qilishdan butunlay voz kechmaydi, ayniqsa, murakkab vaziyatlarda. Shunga qaramay, bir necha kalomiy qarashlarga asoslanadi: 1) Konsultatsiya […]
“Haqiqiy a’zolik” nima?
“Haqiqiy a’zolik” to‘rt narsani bildiradi: Jamoat a’zolari masihiylar bo‘lishlari kerak. Havoriylar kitobida xushxabarga ishonganlargina jamoatga qo‘shilganlar (Hav. 2:41, 47). Pavlusning jamoatlarga maktublari masihiylarga atalgan maktublardir (Rim. 1:7, 1 Kor. 1:2). Hech bir jamoat kim imonli yoki imonli emasligini to‘liq aniqlay olmasada, har bir jamoat o‘z a’zoligini faqatgina Masihga imon keltirib, uni ishonchli tarzda tan olganlarga […]

