Шогирдлик
Oddiy mahalliy jamoatingiz orqali qoniqish hissini izlash
Qoniqish hissini izlashingizda jamoatingiz asosiy rol o‘ynaydi. Bu sizni hayratga solyaptimi? Sizning izlashingizdagi kurash maydoni chiziqlari qayerda chizilgani haqida o‘ylang. Siz yo Uchbirlikning o‘zi yetarli ekanidan qanoatlanib, shodlanasiz yoki bu dunyoning aldovchi marketingiga aldanasiz. Siz yuragingizni yaratilgan narsalarga (odamlar, jihozlar va h.k.) to‘liq bog‘laysizmi yoki Xudodan qoniqasizmi? Xudo buning ikkinchisini haqiqatga aylantirishda yordam berish uchun jamoatdan foydalanadi.
Keling jamoat haqida va xususan, siz a’zo bo‘lgan jamoatingiz haqida birgalikda fikr yuritamiz. Agar u bugungi ko‘pgina jamoatlar kabi bo‘lsa, u unchalik katta emas (ehtimol ikki yuz kishidan kamroq). Sizni, “Jamoatim unchalik katta emas, shuning uchun ham unchalik ahamiyatga ega emas”, degan fikr vasvasaga solishi mumkin. Men odamlar bilan ularning jamoatlari haqida gaplashganimda ularning jamoatlari o‘lchami va uning sezilgan mashtabi borasida biroz noqulay bo‘lganlarini sezaman. Ular jamoatlari haqida gapirganlarida, kichik va oddiy kabi so‘zlarni uzrli ohangda aytishadi. Bu so‘zlar umuman kamsituvchi so‘zlar emas, ehtimol ular hatto aniq qilib aytilgan to‘g‘ri so‘zlardir. Lekin, bularning orqasida turgan hissiyot odamni xavotirga soladi, ayniqsa, jamoat qoniqishni o‘rganishingizda sizga yordam berishda qanday xizmat qilishi nuqtai nazaridan qaraganda.
QONIQISH VA MAHALLIY JAMOAT
Oddiy so‘zini o‘qiganingizda xayolingizga nima keladi? Odatiy sinonimlar ta’sirli emas, odatiy, normal va o‘rtacha kabi so‘zlarni tashkil etadi: xuddi mana bu gaplardagidek “Kunim odatdagidek o‘tdi.” “Film ta’sirli emas edi.” “Kitob o‘rtacha edi.” Siz umuman jamoat haqida va xususan, sizning jamoatingiz haqida o‘ylaganingizda, siz uning odatiyligi, ayniqsa, unda minglab a’zolar, yirik bino yoki “ajoyib jamoat” degan obro‘si bo‘lmaganligi tufayli ozgina hijolat, noqulaylik sezishingiz mumkin. U “shunchaki” jamoat bo‘lsa-chi? “Shunchaki” odatiy xizmat bo‘lsa-chi? Bu yomonmi?
Aslida, jamoat sayyoramizdagi eng muhim tashkiloti ekaniga e’tibor qaratishimiz kerak. Uning ahamiyati va ajralmas qadr-qimmati uning o‘lchamiga bog‘liq emas, balki mohiyatiga bog‘liq. Jamoat o‘z a’zolariga Isoni tanib bilishga va Unga ergashishga yordam berish orqali sayyoradagi eng oliy da’vatga javob berishga, ya’ni ularni Xudoni olqishlashga tayyorlaydi (Matt. 28:19–21). Bundanda oliyjanob va muhim hech bir narsa yo‘q. Bu boshqa tashkilotlarning ahamiyatini shubha ostiga olmaydi, chunki ular ham juda yaxshi ishlar qilishadi, lekin ularga nisbatan jamoat shunday mavqeda turadi. Hech narsa jamoat kabi shunday buyuk mavqeni egallay olmaydi. Jamoat Masihning kelinidir.
Bundan tashqari, jamoat eng katta jamoaviy ta’sirga ega. Ko‘pgina tashkilotlar bu dunyoda odamlarga shu hayotda yordam ko‘rsatayotganliklari uchun maqtanishsa (ular uchun Xudoga olqishlar bo‘lsin), faqatgina jamoat bu dunyoda ham, narigi dunyoda ham yordam berishini ayta oladi. Jamoat gunohkorlarni abadiy do‘zaxdan xalos qilishda ishtirok etadi. O‘ylab koring, bu dunyodagi maxsus tashkil etilgan guruh odamlarga qaramliklardan (masalan, ichkilikbozlik) ozod bo‘lishga va mazmunli hayotdan zavqlanishga yordam bera olganda xursand bo‘lamiz. Lekin, qanchalik yaxshi bo‘lmasin, u insonlarni faqat bir necha o‘n yilga qaramlikda xalos qila oladi, xolos. Jamoat esa, o‘zining yo‘qolganlarni qidirish va ularni abadiy azobdan qutqarish vazifasida qanchalik yorqinroq porlashini tasavvur qilib ko‘ring. Bu hayotda ham jamoatning ta’siri katta. Masihiylar yig‘ilib, Xudoning Kalomini tinglash va amalda qo‘llash uchun birgalikda ishlashganda, ular bir-birlarini Xudoda mamnun bo‘lishga ruhlantirishadi. Ular birgalikda Masihda o‘sishadi va shu tariqa mamnuniyat (qoniqish)da o‘sishadi.
XUDO BUNI QANDAY AMALGA OSHIRADI
Biz hammamiz sog‘lom bo‘lishning yoki yaxshi jismoniy shaklga ega bo‘lishning tez yo‘li haqidagi reklamalarga duch kelganmiz. Oldingi ming yillar davomida insoniyat uchun noma’lum bo‘lgan sirlar endi ochildi. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan yagona narsa, shunchaki, reklama ustiga bosish va sog‘lik va jismoniy shakl borasidagi barcha orzularimiz amalga oshishi uchun yangi dasturni qo‘llab ko‘rishdir. Yillar davomida men jismoniy mashqqa va sog‘lom hayot tarziga amal qilib kelyapman. Men ko‘p mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning kitoblarini o‘qiganman va men aniqlagan narsa hayratlanarli darajada oddiy: siz buning ustida ishlashingiz kerak. Bizga kerak bo‘lgan narsa doimiy mashq va sog‘lom ovqatlanish tarzi, deb aytishadi mutaxassislar. Ular buni bizga har doim aytib kelishgan. Bobomning gapini eslayman: “Qattiq mehnat va intizomning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.” Bu gap hozir ham to‘g‘ri. Xuddi shu qoida jamoatga ham tegishli.
Efesliklarga 4-bobda biz Xudoning O‘z jamoati uchun rejasini o‘qiymiz. Maqsad, oddiy qilib aytilganda, yetuklikdir: “Buning natijasida hammamiz imonda yakdil, Xudoning Oʻgʻli Masihni tanib–biladigan, Uning kamoliga erishgan yetuk odamlar boʻlamiz” (4:13). Buni amalga oshirishning vositasi Masih tanasining to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishidir (4:16). Lekin, tana qanday qilib to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatadi? Xudo Kalomini o‘rgatish in’omiga ega bo‘lganlar bilan mos ravishda qurollanib, a’zolar bir-biriga haqiqatni gapirganda buni amalga oshiradi (4:11–15). Qisqa qilib aytganda, Xudo mahalliy jamoat kontekstida, sog‘lom ta’limot va Uning Kalomini amalda qo‘llash orqali O‘z xalqi Kalomda yetuk bo‘lishini xohlaydi.
Shu paytda o‘ylaysiz: Yaxshi, men sizning sadoqatli mahalliy jamoatning muhimligi haqidagi fikringizga qo‘shilaman. Lekin, buning mening qoniqish hissimga qanday dahli bor? Bu muhim savol. Adan bog‘ini eslang. Odam Ato ishlov bersin, parvarish qilsin deb, unga yer beriladi (Ibt. 2:15). Ibtido bog‘ tarqalishi kerakligiga ishora beradi. Odam Ato va Momo Havo barakali bo‘lib, ko‘payishlari va yerni to‘ldirishlari kerak edi (Ibt. 1:28). Agar ular itoatkor bo‘lib qolganlarida va yerning chekkalariga tarqalganlarida, yer Xudoning ulug‘vorligi bilan to‘lgan bo‘lar edi. Bu Xudoning yaratilishdagi rejasi edi. Odam Ato Xudoning ruhoniy-shohi, Xudoning ulug‘vorligini yerning chekkalarigacha yoyish orqali Uning muqaddasligini ilgari surishi va himoya qilishi kerak edi. Shunday qilib, u buni amalga oshiradimi? Yo‘q. Ibtido 3-bobda Odam Ato va Momo Havo gunoh qilganliklarini o‘qiymiz. Ular Xudoni qadrlamadilar va Uning So‘ziga ishonmadilar. Itoatsizlik qilib, o‘ldilar.
Muqaddas Kitob Iso Masihni bir necha marta ikkinchi yoki oxirgi Odam Ato deb ataydi (1-Kor. 15:45–48). U birinchi Odam buzgan hamma narsani bekor qilishga va tiklashga keldi. Pavlus Iso jamoat orqali nima qilishini ko‘rsatganda u birinchi Odam bilan ushbu davomiylikni fahmlayotgan edi. Pavlus Efesliklarga 4:10da nima deganiga e’tibor bering: “Pastga tushgan Zot, koinotni har jihatdan butun qilay deb, falak toqidan ham yuqoriroqqa chiqdi.” Sharhlovchi Peter O‘Brien kuzatishiga ko‘ra:
Masih koinotni qanaqadir yarim-jismoniy ma’noda emas, balki O‘zining barcha narsalar ustidan kuchli boshqaruvi orqali to‘ldiradi (Efes. 1:22–23ga qarang), Eski Ahdda parallellashtirilgan nuqtai nazar, undagi koinotni to‘ldirish (ushbu mutlaq boshqaruvni olib borish ma’nosida) Xudo tomonidan ta’kidlangan: “‘Kim Mendan yashirina oladi?! Yeru koʻkni toʻldirib turgan Men emasmi?! — deb aytmoqda Egamiz” (Yer. 23:24). Bu yerdagi g‘oya Masihga o‘tadi: U barcha narsalar ustidan hukmronligini olib borish orqali koinotni to‘ldiradi. Bu butun hokimliklar ustidan qudratli hukmdor sifatida hukmronlik qilishi (Efes. 1:21) va O‘z odamlariga inoyat va kuch berishi (4:13, 15–16), ular orqali esa, O‘z maqsadlarini amalga oshirishini o‘z ichiga oladi.[1]
Boshqacha qilib aytganda, Iso butun koinot ustidan Hukmdordir. Oxirgi Odam sifatida U O‘zining mutlaq hokimiyatini butun olamga yoydi, toki hech narsa Uning hokimiyati ostidan tashqarida qolmasin. U g‘olib bo‘ldi. Masih g‘alaba qozondi. Masih jamoatlari, Uning elchilari kabi, boshqalarni Rabbiyning hokimiyatiga bo‘ysundirish uchun Uning g‘alabasini e’lon qilmoqda. Masihning shohligi xushxabar orqali dunyoning eng olis chekkalarigacha yetib bormoqda. Odamlar Masihga kelganda, jamoatdagi boshqalarga kelib qo‘shiladilar va u yerda Shoh Isoning yaxshi va mutlaq hukmronligi ostida birgalikda o‘sadilar.
Qoniqishning mahalliy jamoatingizga qanday aloqasi bor? Hamma narsada uning aloqasi bor. Haqiqiy qoniqish Masihni haqiqatdan tanib bilishidan kelib chiqadi va jamoat esa, xushxabarni tashqariga yoyishdagi asosiy vosita hamda xushxabar amalda qo‘llaniladigan asosiy kontekstdir. Muqaddas Yozuvlar o‘rgatilib, amalda qo‘llanilganda, biz birgalikda Masihga o‘xshab boramiz. Bu biz qoniqishda o‘samiz, deb aytishning yana bir yo‘lidir. Iso dunyoda yashagan eng mamnun (qoniquvchi) odam edi. U Xudoni O‘zining xazinasi deb bildi (qadrladi) va Uning va’dalariga ishondi. Shunday qilib, Masihda bo‘lganlar Unga o‘xshab boradilar. Biz Uni o‘zimizda aks ettirib borganimiz sari, U bizni mustahkamlab boradi (Fil. 4:13).
Muharrir izohi: Ushbu maqola Erik Raymondning Qoniqish Izlab: Ko‘ngli To‘lmaydigan Asrda Xudoga Ishonish [Chasing Contentment: Trusting God in a Discontented Age by Erik Raymond, 2017 nomli kitobidan moslashtirilgan. Xush Xabar Nashriyotchilarining Crossway noshirlik xizmati ruxsatidan foydalanilgan (Crossway, a publishing ministry of Good News Publishers, Wheaton, Il 60187, www.crossway.org).
* * * * *
[1] Peter Thomas O’Brien, The Letter to the Ephesians, The Pillar New Testament Commentary (Grand Rapids, MI: Eerdmans, 1999), 296–97.
Erik Raymond
Erik Raymond Metropolitan shahar Bostondagi “Redeemer Fellowship Church”ning katta cho’ponidir. U va uning xotini Kristining olti nafar farzandlari bor. U Oddiy Cho‘ponlik blogini yuritadi. Uni Twitterda @erikraymond nomi ostida topishingiz mumkin.
Оддий маҳаллий жамоатингиз орқали қониқиш ҳиссини излаш
Қониқиш ҳиссини излашингизда жамоатингиз асосий рол ўйнайди. Бу сизни ҳайратга соляптими? Сизнинг излашингиздаги кураш майдони чизиқлари қаерда чизилгани ҳақида ўйланг. Сиз ё Учбирликнинг ўзи етарли эканидан қаноатланиб, шодланасиз ёки бу дунёнинг алдовчи маркетингига алданасиз. Сиз юрагингизни яратилган нарсаларга (одамлар, жиҳозлар ва ҳ.к.) тўлиқ боғлайсизми ёки Худодан қониқасизми? Худо бунинг иккинчисини ҳақиқатга айлантиришда ёрдам бериш учун жамоатдан фойдаланади.
Келинг жамоат ҳақида ва хусусан, сиз аъзо бўлган жамоатингиз ҳақида биргаликда фикр юритамиз. Агар у бугунги кўпгина жамоатлар каби бўлса, у унчалик катта эмас (эҳтимол икки юз кишидан камроқ). Сизни, “Жамоатим унчалик катта эмас, шунинг учун ҳам унчалик аҳамиятга эга эмас”, деган фикр васвасага солиши мумкин. Мен одамлар билан уларнинг жамоатлари ҳақида гаплашганимда уларнинг жамоатлари ўлчами ва унинг сезилган маштаби борасида бироз ноқулай бўлганларини сезаман. Улар жамоатлари ҳақида гапирганларида, кичик ва оддий каби сўзларни узрли оҳангда айтишади. Бу сўзлар умуман камситувчи сўзлар эмас, эҳтимол улар ҳатто аниқ қилиб айтилган тўғри сўзлардир. Лекин, буларнинг орқасида турган ҳиссиёт одамни хавотирга солади, айниқса, жамоат қониқишни ўрганишингизда сизга ёрдам беришда қандай хизмат қилиши нуқтаи назаридан қараганда.
ҚОНИҚИШ ВА МАҲАЛЛИЙ ЖАМОАТ
Оддий сўзини ўқиганингизда хаёлингизга нима келади? Одатий синонимлар таъсирли эмас, одатий, нормал ва ўртача каби сўзларни ташкил этади: худди мана бу гаплардагидек “Куним одатдагидек ўтди.” “Филм таъсирли эмас эди.” “Китоб ўртача эди.” Сиз умуман жамоат ҳақида ва хусусан, сизнинг жамоатингиз ҳақида ўйлаганингизда, сиз унинг одатийлиги, айниқса, унда минглаб аъзолар, йирик бино ёки “ажойиб жамоат” деган обрўси бўлмаганлиги туфайли озгина ҳижолат, ноқулайлик сезишингиз мумкин. У “шунчаки” жамоат бўлса-чи? “Шунчаки” одатий хизмат бўлса-чи? Бу ёмонми?
Аслида, жамоат сайёрамиздаги энг муҳим ташкилоти эканига эътибор қаратишимиз керак. Унинг аҳамияти ва ажралмас қадр-қиммати унинг ўлчамига боғлиқ эмас, балки моҳиятига боғлиқ. Жамоат ўз аъзоларига Исони таниб билишга ва Унга эргашишга ёрдам бериш орқали сайёрадаги энг олий даъватга жавоб беришга, яъни уларни Худони олқишлашга тайёрлайди (Матт. 28:19–21). Бунданда олийжаноб ва муҳим ҳеч бир нарса йўқ. Бу бошқа ташкилотларнинг аҳамиятини шубҳа остига олмайди, чунки улар ҳам жуда яхши ишлар қилишади, лекин уларга нисбатан жамоат шундай мавқеда туради. Ҳеч нарса жамоат каби шундай буюк мавқени эгаллай олмайди. Жамоат Масиҳнинг келинидир.
Бундан ташқари, жамоат энг катта жамоавий таъсирга эга. Кўпгина ташкилотлар бу дунёда одамларга шу ҳаётда ёрдам кўрсатаётганликлари учун мақтанишса (улар учун Худога олқишлар бўлсин), фақатгина жамоат бу дунёда ҳам, нариги дунёда ҳам ёрдам беришини айта олади. Жамоат гуноҳкорларни абадий дўзахдан халос қилишда иштирок этади. Ўйлаб коринг, бу дунёдаги махсус ташкил этилган гуруҳ одамларга қарамликлардан (масалан, ичкиликбозлик) озод бўлишга ва мазмунли ҳаётдан завқланишга ёрдам бера олганда хурсанд бўламиз. Лекин, қанчалик яхши бўлмасин, у инсонларни фақат бир неча ўн йилга қарамликда халос қила олади, холос. Жамоат эса, ўзининг йўқолганларни қидириш ва уларни абадий азобдан қутқариш вазифасида қанчалик ёрқинроқ порлашини тасаввур қилиб кўринг. Бу ҳаётда ҳам жамоатнинг таъсири катта. Масиҳийлар йиғилиб, Худонинг Каломини тинглаш ва амалда қўллаш учун биргаликда ишлашганда, улар бир-бирларини Худода мамнун бўлишга руҳлантиришади. Улар биргаликда Масиҳда ўсишади ва шу тариқа мамнуният (қониқиш)да ўсишади.
ХУДО БУНИ ҚАНДАЙ АМАЛГА ОШИРАДИ
Биз ҳаммамиз соғлом бўлишнинг ёки яхши жисмоний шаклга эга бўлишнинг тез йўли ҳақидаги рекламаларга дуч келганмиз. Олдинги минг йиллар давомида инсоният учун номаълум бўлган сирлар энди очилди. Биз қилишимиз керак бўлган ягона нарса, шунчаки, реклама устига босиш ва соғлик ва жисмоний шакл борасидаги барча орзуларимиз амалга ошиши учун янги дастурни қўллаб кўришдир. Йиллар давомида мен жисмоний машққа ва соғлом ҳаёт тарзига амал қилиб келяпман. Мен кўп мутахассислар билан суҳбатлашиб, уларнинг китобларини ўқиганман ва мен аниқлаган нарса ҳайратланарли даражада оддий: сиз бунинг устида ишлашингиз керак. Бизга керак бўлган нарса доимий машқ ва соғлом овқатланиш тарзи, деб айтишади мутахассислар. Улар буни бизга ҳар доим айтиб келишган. Бобомнинг гапини эслайман: “Қаттиқ меҳнат ва интизомнинг ўрнини ҳеч нарса боса олмайди.” Бу гап ҳозир ҳам тўғри. Худди шу қоида жамоатга ҳам тегишли.
Эфесликларга 4-бобда биз Худонинг Ўз жамоати учун режасини ўқиймиз. Мақсад, оддий қилиб айтилганда, етукликдир: “Бунинг натижасида ҳаммамиз имонда якдил, Худонинг Ўғли Масиҳни таниб–биладиган, Унинг камолига эришган етук одамлар бўламиз” (4:13). Буни амалга оширишнинг воситаси Масиҳ танасининг тўғри фаолият кўрсатишидир (4:16). Лекин, тана қандай қилиб тўғри фаолият кўрсатади? Худо Каломини ўргатиш инъомига эга бўлганлар билан мос равишда қуролланиб, аъзолар бир-бирига ҳақиқатни гапирганда буни амалга оширади (4:11–15). Қисқа қилиб айтганда, Худо маҳаллий жамоат контекстида, соғлом таълимот ва Унинг Каломини амалда қўллаш орқали Ўз халқи Каломда етук бўлишини хоҳлайди.
Шу пайтда ўйлайсиз: Яхши, мен сизнинг садоқатли маҳаллий жамоатнинг муҳимлиги ҳақидаги фикрингизга қўшиламан. Лекин, бунинг менинг қониқиш ҳиссимга қандай даҳли бор? Бу муҳим савол. Адан боғини эсланг. Одам Ато ишлов берсин, парвариш қилсин деб, унга ер берилади (Ибт. 2:15). Ибтидо боғ тарқалиши кераклигига ишора беради. Одам Ато ва Момо Ҳаво баракали бўлиб, кўпайишлари ва ерни тўлдиришлари керак эди (Ибт. 1:28). Агар улар итоаткор бўлиб қолганларида ва ернинг чеккаларига тарқалганларида, ер Худонинг улуғворлиги билан тўлган бўлар эди. Бу Худонинг яратилишдаги режаси эди. Одам Ато Худонинг руҳоний-шоҳи, Худонинг улуғворлигини ернинг чеккаларигача ёйиш орқали Унинг муқаддаслигини илгари суриши ва ҳимоя қилиши керак эди. Шундай қилиб, у буни амалга оширадими? Йўқ. Ибтидо 3-бобда Одам Ато ва Момо Ҳаво гуноҳ қилганликларини ўқиймиз. Улар Худони қадрламадилар ва Унинг Сўзига ишонмадилар. Итоатсизлик қилиб, ўлдилар.
Муқаддас Китоб Исо Масиҳни бир неча марта иккинчи ёки охирги Одам Ато деб атайди (1 Кор. 15:45–48). У биринчи Одам бузган ҳамма нарсани бекор қилишга ва тиклашга келди. Павлус Исо жамоат орқали нима қилишини кўрсатганда у биринчи Одам билан ушбу давомийликни фаҳмлаётган эди. Павлус Эфесликларга 4:10да нима деганига эътибор беринг: “Пастга тушган Зот, коинотни ҳар жиҳатдан бутун қилай деб, фалак тоқидан ҳам юқорироққа чиқди.” Шарҳловчи Петер ОБриен кузатишига кўра:
Масиҳ коинотни қанақадир ярим-жисмоний маънода эмас, балки Ўзининг барча нарсалар устидан кучли бошқаруви орқали тўлдиради (Эфес. 1:22–23га қаранг), эски Аҳдда параллеллаштирилган нуқтаи назар, ундаги коинотни тўлдириш (ушбу мутлақ бошқарувни олиб бориш маъносида) Худо томонидан таъкидланган: “Ким Мендан яширина олади?! Еру кўкни тўлдириб турган Мен эмасми?! — деб айтмоқда эгамиз” (Ер. 23:24). Бу ердаги ғоя Масиҳга ўтади: У барча нарсалар устидан ҳукмронлигини олиб бориш орқали коинотни тўлдиради. Бу бутун ҳокимликлар устидан қудратли ҳукмдор сифатида ҳукмронлик қилиши (Эфес. 1:21) ва Ўз одамларига иноят ва куч бериши (4:13, 15–16), улар орқали эса, Ўз мақсадларини амалга оширишини ўз ичига олади.[1]
Бошқача қилиб айтганда, Исо бутун коинот устидан Ҳукмдордир. Охирги Одам сифатида У Ўзининг мутлақ ҳокимиятини бутун оламга ёйди, токи ҳеч нарса Унинг ҳокимияти остидан ташқарида қолмасин. У ғолиб бўлди. Масиҳ ғалаба қозонди. Масиҳ жамоатлари, Унинг элчилари каби, бошқаларни Раббийнинг ҳокимиятига бўйсундириш учун Унинг ғалабасини эълон қилмоқда. Масиҳнинг шоҳлиги хушхабар орқали дунёнинг энг олис чеккаларигача етиб бормоқда. Одамлар Масиҳга келганда, жамоатдаги бошқаларга келиб қўшиладилар ва у ерда Шоҳ Исонинг яхши ва мутлақ ҳукмронлиги остида биргаликда ўсадилар.
Қониқишнинг маҳаллий жамоатингизга қандай алоқаси бор? Ҳамма нарсада унинг алоқаси бор. Ҳақиқий қониқиш Масиҳни ҳақиқатдан таниб билишидан келиб чиқади ва жамоат эса, хушхабарни ташқарига ёйишдаги асосий восита ҳамда хушхабар амалда қўлланиладиган асосий контекстдир. Муқаддас Ёзувлар ўргатилиб, амалда қўлланилганда, биз биргаликда Масиҳга ўхшаб борамиз. Бу биз қониқишда ўсамиз, деб айтишнинг яна бир йўлидир. Исо дунёда яшаган энг мамнун (қониқувчи) одам эди. У Худони Ўзининг хазинаси деб билди (қадрлади) ва Унинг ваъдаларига ишонди. Шундай қилиб, Масиҳда бўлганлар Унга ўхшаб борадилар. Биз Уни ўзимизда акс эттириб борганимиз сари, У бизни мустаҳкамлаб боради (Фил. 4:13).
Муҳаррир изоҳи: Ушбу мақола Эрик Раймонднинг Қониқиш Излаб: Кўнгли Тўлмайдиган Асрда Худога Ишониш [Chasing Contentment: Trusting God in a Discontented Age by Erik Raymond, 2017] номли китобидан мослаштирилган. Хуш Хабар Нашриётчиларининг Crossway ноширлик хизмати рухсатидан фойдаланилган (Crossway, a publishing ministry of Good News Publishers, Wheaton, Il 60187, www.crossway.org).
* * * * *
[1] Peter Thomas O’Brien, The Letter to the Ephesians, The Pillar New Testament Commentary (Grand Rapids, MI: Eerdmans, 1999), 296–97.
Эрик Раймонд
Эрик Раймонд Метрополитан шаҳар Бостондаги “Redeemer Fellowship Church”нинг катта чўпонидир. У ва унинг хотини Кристининг олти нафар фарзандлари бор. У Оддий Чўпонлик блогини юритади. Уни Тwиттерда @erikraymond номи остида топишингиз мумкин.