Yuqoridan tug’ilish nima?

03.17.2017

Yuqoridan tug’ilish inson hayotidagi 180 darajaga burilish hisoblanadi. Bu najotga erishish uchun shaxs butun o‘zligini gunohdan Masihga burishi hisoblanadi. Butga sajda qilishdan, Xudoga sajda qilishga. O‘zini o‘zi oqlashdan, Masihning oqlashiga. O‘z-o‘zini boshqarishdan, Xudo boshqaruviga. Yuqoridan tug’ilish bu Xudo ruhan o‘lganlarni uyg‘otganda va ularni o‘z gunohlaridan tavba qilishga va Masihga imon keltirishga imkon berganda sodir bo‘ladigan […]

Gunoh nima?

02.18.2017

Gunoh mohiyatan Xudoga qarshi isyondir (Rim. 1:18-32). Gunoh Xudoni Xudo sifatida tan olishni rad etish va o‘zimizni Xudo o‘rniga qo‘yishdir. Gunoh Xudoning irodasi va qonuniga to‘la mos kelmaydigan har qanday amaldir (1-Yuhanno. 3:4). Gunoh Xudoning g‘azabini keltirib chiqaradi. Xudo muqaddasligi sababli, U gunoh uchun jazolaydi. Xudo bir kun kelib barcha insonni hukm qilishni va har bir kishini […]

Xushxabarchilik nima?

02.17.2017

Xushxabarchilik – bu boshqalarga Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun nima qilgani haqidagi yaxshi – xush xabarni aytishdir. Buni amalga oshirish uchun, siz boshqalarga quyidagilarni aytishingiz kerak: Xudo muqaddasdir (1 Yuhanno 1:5). U barchaning Yaratuvchisidir (Ibtido 1:1). Hamma odamlar gunohkor va Xudoning adolatli, abadiy qahriga munosibdir (Rim. 3:10-19, Mark 9:48, Vahiy 14:11). To‘laqonli Xudo va to‘laqonli […]

“Haqiqiy a’zolik” nima?

01.17.2017

“Haqiqiy a’zolik” to‘rt narsani bildiradi: Jamoat a’zolari masihiylar bo‘lishlari kerak. Havoriylar kitobida xushxabarga ishonganlargina jamoatga qo‘shilganlar (Hav. 2:41, 47). Pavlusning jamoatlarga maktublari masihiylarga atalgan maktublardir (Rim. 1:7, 1 Kor. 1:2). Hech bir jamoat kim imonli yoki imonli emasligini to‘liq aniqlay olmasada, har bir jamoat o‘z a’zoligini faqatgina Masihga imon keltirib, uni ishonchli tarzda tan olganlarga […]

Qachon jamoat yetakchilariga itoat etmasligingiz kerak?

01.13.2017

Barchamiz vaqti-vaqti bilan yetakchilarimizning xatolari va gunohlariga kamtarlik bilan chidashimiz kerakligi aytiladi. Lekin, siz yetakchiligi zo‘ravonlik xususiyatlariga ega jamoatga tushib qolgan bo‘lsangiz, u yerdan qoching. Masihdagi shogirdligingizni himoya qilish uchun, oilangizni himoya qilish uchun, ortda qolgan a’zolarga yaxshi namuna bo‘lish uchun va jamoat xizmatiga ishonch bildirmaslik orqali imonsiz qo‘shnilaringizga xizmat qilish uchun u yerdan qoching. […]

Cho‘pon bo‘lishim kerak yoki kerak emasligini qayerdan bilsam bo‘ladi?

11.17.2016

An’anaga ko‘ra, masihiylar cho‘ponlik xizmatiga kirishishdan oldin ikki turdagi “chaqirilish”ni boshdan kechirishi kerakligini ta’kidlashadi: bular ichki chaqirilish va tashqi chaqirilish. “Chaqirilish” so‘zi odamni chalg‘itishi mumkin bo‘lsada, asosiy g‘oya to‘g‘ri. Cho‘pon bo‘lishdan oldin shaxs bu ishni qilishni xohlashi va jamoat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bularni qilishning bir qismi oqsoqolning kalomiy xislatlarini inobatga olishga dahldordir. Bu ishni qilishni […]

Qanday qilib har hafta eshitadigan va’zlardan ko‘proq samara olishim mumkin?

06.17.2016

Butun hafta davomida yakshanba kuni va’z qilinadigan parcha ustida fikr yuriting. Cho‘poningiz o‘z va’zini tayyorlayotganda u uchun ibodat qiling. Matn bo‘yicha qaydlar yozib qo‘ying. Matn bo‘yicha savollar so‘rang. Matn bo‘yicha ibodat qiling. Yakshanba kungi yig‘ilish uchun tayyorlaning. Shanba kuni kechqurun yoki yakshanba kuni ertalab, Xudo Kalomini va’z qilinishini tinglash imkoniyatingiz uchun, oldindan ibodat qiling. Va’zdan oldin yuragingiz […]

Muqaddas Kitobga binoan, nima uchun har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak?

05.17.2016

Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak, chunki buni Kalom talab etadi. To’g’ri, Muqaddas Kitobda “Har bir masihiy jamoatga qo’shilishi kerak”, degan aniq buyruq yo’q, lekin Muqaddas Kitobdagi ikkita omil har bir masihiy mahalliy jamoatga qo’shilishi kerak ekanligini ko’rsatadi. Iso O’ziga imon keltirganlarni ajratib olish, ularni qo’llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun yerdagi intstitut sifatida, xalq orasida […]

Masihga chin dildan imon keltirgan kishi mamnuniyat bilan gunoh qilib yashashi mumkinmi?

01.17.2016

Umumiy qilib aytganda, yo‘q. Yuhanno mutlaqo aniq gapiradi: faqatgina nurda yurgan, Xudoning amrlariga itoat etgan va boshqa masihiylarni sevgan odam, chin dildan imon keltirgan bo‘ladi (1-Yuhanno 1:6-7, 2:4-6, 3:7-8). Pavlus ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydilar–ku!” (1-Kor. 6:9). Boshqa joyda u aniq gapiradi “Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, […]

Yangi Ahdning qaysi joyida biz jamoat a’zoligini ko‘ramiz?

01.14.2016

Matto 18:15-17: “Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan boʻlasiz. Agar sizga quloq solmasa, oʻzingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki «har bir masala ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi.» […]