Cho‘pon o‘z oilasini sevishning ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?
Oilaviy sajda vaqti uchun reja tuzishga tashabbus ko‘rsating va bu rejaga amal qiling! Uyda soat nechada bo‘lishingizni aytgan bo‘lsangiz xuddi o‘sha vaqtda, kech qolmasdan qayting va oilangizga xizmat qilish uchun yuragingizni tayyorlang, xizmat qildirish uchun emas. Farzandalaringizning o‘qishi va tartib-intizomi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yningizga oling – buni xotiningiz bo‘yniga qoldirmang. Jamoatda sodir bo‘layotgan ba’zi yaxshi […]
Cho‘pon o‘z farzandlarini sevishiga ba’zi amaliy yo‘llari nimalardan iborat?
Farzandlaringizning har biri bilan yakkama-yakka har haftalik rejalashtirilgan vaqt o‘tkazing, ehtimol birga o‘ynash, Kalom o‘qish yoki ibodat qilish uchun. Qizlaringiz bilan uchrashuvlar o‘tkazing. Jamoatni jamoatda qoldiring, toki ota uyda ota bo‘la olishi uchun. Bolani tashriflarga yoki qisqa sayohatlarga o‘zingiz bilan oling. Bolalaringiz nima qilishdan zavqlanishlari haqida qiziqish bildiring. Ularga o‘qib bering. Ular yoqtirgan kitoblar olib […]
Cho‘pon qaysi amaliy yo‘llar bilan yoshlarni xizmatga tayyorlashi mumkin?
Minbaringiz bilan bo‘lishing (ehtiyotkorlik bilan). Ta’limot va cho‘ponlik masalalarida ishonchli bo‘lgan jamoatingizdagi yoshlarga va’z qilishga va ta’lim berishga imkon bering – hattoki ular omma oldida gapirish tajribasiga ega bo‘lishmasalar ham. Jamoatingizni boshqa jamoatlar va Xudoning kengroq shohligi maqsadlari haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgating, shu tariqa ular cho‘ponlarni yetishtirish ishida o‘z hissalarini qo‘shadilar. Bu uzoq istiqbolda ularga […]
Cho‘ponlar jamoatda ayollarga maslahat va dalda berishlari uchun ba’zi umumiy yo‘l-yo‘riqlar nimalardan iborat?
Cho‘pon sifatida, sizning maqsadingiz o‘zingizni, ayollarni va jamoatni himoya qilish uchun amaliy chegaralar o‘rnatish bo‘lishi kerak: Siz o‘zingizni nohaq ayblovlardan himoya qilishingiz kerak (1-Tim. 5:19). Bundan tashqari, cho‘ponlar yaxshi nomga ega bo‘lishlari kerak, shuning uchun, ham badnomlikdan xoli bo‘lish va ham badnomlikdan xoli bo‘lib ko‘rinishga ishonch hosil qilish uchun chegaralar o‘rnatishni xohlaysiz. Siz ayollarni har qaysi […]
Cho‘pon qanday qilib o‘z jamoatini jamoat intizomiy choralarini qo‘llashga donolik bilan yetaklay oladi?
Kamtarlikni qo‘llab-quvvatlang.Odamlarga ular o‘zlarining ruhiy holatlari bo‘yicha, ehtimol, xato o‘ylayotganlarini ko‘rishlariga yordam bering. 1-Korinfliklarga 5-bobdagi odam, shu bilan birga, Pavlusning 2-Korinfliklarga 13:5dagi korinflik masihiylarga aytgan nasihati haqida o‘ylang. Pavlus imondamizmi yoki yo‘qmi, buni bilish uchun o‘zimizni tekshirishga chaqiradi. Jamoat a’zolaringiz bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun bir-birlariga yordam berishlari kerakligini tan olishadimi? Jamoatingiz jamoat a’zoligi bo‘yicha […]